1-mavzu: Gapning ajratilgan bo`laklari. Reja



Yüklə 14,02 Kb.
səhifə1/4
tarix24.12.2023
ölçüsü14,02 Kb.
#158310
  1   2   3   4
1-mavzu Gapning ajratilgan bo`laklari. Reja-fayllar.org


1-mavzu: Gapning ajratilgan bo`laklari. Reja

1-mavzu: Gapning ajratilgan bo`laklari.
Reja:
1.Gap bo`laklarining ajratilish sabablari.
2.Ajratilgan bo`laklarning turlari: ajratilgan ega, ajratilgan kesim, ajratilgan aniqlovchi (ajratilgan sifatlovchi, ajratilgan qaratqich, ajratilgan izohlovchi), ajratilgan to`ldiruvchi, ajratilgan hol.
3.Ajratilgan bo`lakli gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi.
Tayanch tushunchalar: ajratilgan bo’laklar,ega,kesim,to’ldiruvchi,to’ldiruvchi,hol,izohlovchi,sifatlovchi aniqlovchi,tinish belgilar
Ajratilgan to‘ldiruvchilar
Ajratilgan to‘ldiruvchilar shakllanishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:
1. Ko‘makchili qurilma oboroti shaklidagi ajratilgan to‘ldiruvchilar.
2. Oddiy gap bo‘lagi shaklidagi ajratilgan to‘ldiruvchilar.
Ko‘makchili qurilma oboroti shaklidagi ajratilgan to‘ldiruvchilar kesimdan uzoqda kelib, qaraganda, ustiga, singari, bilan, birga va shu kabi ko‘makchilar yordamida shakllanadi.Oddiy gap bo‘lagi shaklidagi ajratilgan to‘lidiruvchilar o‘zidan oldin kelgan to‘ldiruvchining ma’nosini izohlaydi, unga aniqlik kiritadi. Bunda vositasiz to‘ldiruvchi ham, vositali to‘ldiruvchi ham ajratilishi mumkin. Masalan: Sizga, o‘rta bo‘yli qizga, atlas ko‘ylak juda yarashibdi. (Y.Shukurov). Bu norozilik, hech shubhasiz, uning dadasiga, Otaqo‘ziga, qarshi qaratilgan edi. (O.Yoqubov).
Ajratilgan aniqlovchilar
Ajratilgan aniqlovchilar ikki xil: ajratilgan sifatlovchi, ajratilgan qaratuvchi.
Ajratilgan sifatlovchi predmetning belgisini bo‘rttirib ko‘rsatish uchun ajratiladi. Masalan, Muxtor, yalangbosh, majnuntollar tagida aylanib, xayol surib yurardi. (S.Soliyev) gapida yalangbosh sifatlovchisi shaxsning (Muxtor) belgisini bo‘rttirib berish uchun sifatlanmishdan keyin keltirilgan.Ajratilgan qaratuvchi. Bunda qaratuvchi o‘zidan oldin kelgan boshqa bir qaratuvchini izohlash, aniqlashtirish yo‘li bilan ajratiladi. Masalan: To‘g‘ri, uning yozganlari, aniqrog‘i, mashinistkaga aytib turib, qog‘ozga tushirganlarining aksari mazmunan sayoz bo‘lar, oldingilarini takrorlardi. (T.Po‘lat). Bu gapda «mashinistkaga aytib turib, qog‘ozga tushirganlarining» aniqlovchisi, o‘zidan oldin kelgan qaratuvchining (yozganlari so‘zining) ma’nosini izohlab, bo‘rttirib kelgan.



Yüklə 14,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə