Otlardan kelishik kategoriyalari yuzasidan berilgan mashqlarni tahlil qilish



Yüklə 112,5 Kb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü112,5 Kb.
#135055
  1   2   3
Otlardan kelishik kategoriyalari yuzasidan berilgan mashqlarni tahlil qilish.


Otlardan kelishik kategoriyalari yuzasidan berilgan mashqlarni tahlil qilish.


Reja:
Otlardan kelishik kategoriyalari yuzasidan berilgan mashqlarni tahlil qilish
Reja:
1. Otlardan kelishik kategoriyalari yuzasidan berilgan mashqlarni tahlil qilish
2. Otlarda kelishik kategoriyasi.
3. Ot bilan otni bosh va qaratqich kelishiklari, ot bilan fe'l va boshqa turkumdagi so'zlarni bosh, tushum. jo'nalish, o'rin-payt, chiqish,ba'zan qaratqich
Otlarda kelishik kategoriyasi

  1. Kelishik kategoriyasi haqida ma'lumot

  2. Otlarda kelishik ma'nolari, shakli va vazifasi




  1. Kelishik kategoriyasi haqida ma'lumot

Kelishik kategoriyasi otning o'ziga xos grammatik xususiyatlaridan biri sanaladi.
Ot (yoki) otlangan so'zning boshqa so'zlarga bo'lgan sintaktik munosabatini ko'rsatuvchi ma'nolari va bu ma'nolarni ifodalovchi shakllar yig'indisiga kelishik kategoriyasi deyiladi. Kelishik kategoriyasi oltita grammatik ma'no va uni ifoda etuvchi shakllarini o'z ichiga oladi. Bularga bosh kelishik, qaratqich kelishik, tushum kelishik, jo'nalish, o'rin-payt kelishigi, chiqish kelishik ma'nolari kiradi. Har bir kelishikning o'ziga xos qo'shimchalari mavjud. Otlardagi kelishik qo'shimchalari turlovchi qo'shimchalar deb yuritiladi. Otning kelishik qo'shimchalarini olib o'zgarishiga esa turlanish deyiladi. Kelishik qo'shimchalari quyidagilar: -ning, -ni, -ga (-ka, qa), -da, -dan.
Kelishik qo'shimchasi yo'q holat bosh kelishik bo'lib, bunday shaklidagi ot ko'pincha boshqa so'zni o'ziga tobelaydi. Qaratqich, tushum, jo'nalish, o'rin-payt, chiqish kelishigi shaklidagi ot gapdagi boshqa so'zlarga grammatik jihatdan tobe bo'ladi.
Masalan: Pokiza aql insonni ayb va kamchiliklardan qutqaradi (U.Mahkamov).
Bu gapda aql so'zi bosh kelishik shaklida qutqaradi so'ziga nisbatan hokim holatda, insonni so'zi -ni tushum kelishigida kelib, qutqaradi fe'liga tobe, ayb (dan), kamchiliklardan so'zlari -dan chiqish kelishikda kelib, ular ham qutqaradi fe'liga tobe bo'lib kelgan.
Kelishik shaklida kelgan otning ma'nosi va vazifasi uning leksik-grammatik ma'nosi, uning qanday so'zlar bilan (fe'l, ot) bog'lanishiga qarab aniqlanadi.
Masalan: jo'nalish kelishigining asosiy ma'nosi harakatning yo'nalish o'rnini bildiradi: maktabga bordi. Bundan tashqari jo'nalish kelishigida kelgan ot vosita, payt, atash, maqsad ma'nolarini ifoda qiladi: kitobga qaradi, o'zga qoldirildi, singlisiga oldi, o'qishga keldi kabi.
Demak, har bir kelishik bir necha ma'noni ifodalaydi. Shunga ko'ra ma'lum bir kelishikdagi so'z gapda turli gap bo'lagi vazifasini bajaradi. Lekin kelishik ma'nolaridan biri asosiy ma'no sanaladi, kelishik shu asosiy ma'noga ko'ra nomlanadi.
Kelishik shaklidagi otlar gapda boshqa so'zlar bilan quyidagicha sintaktik munosabatga kirishadi:

  1. Qaratqich kelishigi, qisman bosh kelishik ot bilan otni bog'laydi: farzandning baxti, Kitob-bilim manbai.

  2. Tushum, jo'nalish, o'rin-payt, chiqish kelishiklari otni fe'l bilan bog'laydi: xatni yozdi, sayohatga bordi, ko'chada duch keldi, xonadan chiqdi kabi.

Ba'zan kelishik shaklidagi otlar sifat, ravish, son, olmosh, undovga ham bog'lanadi: osmon, musaffo, guldan nozik, xonada ko'p, holiga voy kabi.

Yüklə 112,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə