Otlardagi aloqa-munosabat kategoriyalari: kelishik kategoriyalar



Yüklə 54,94 Kb.
səhifə1/5
tarix23.12.2023
ölçüsü54,94 Kb.
#154699
  1   2   3   4   5
Otlardagi aloqa-munosabat kategoriyalari-fayllar.org


Otlardagi aloqa-munosabat kategoriyalari

OTLARDAGI ALOQA-MUNOSABAT KATEGORIYALARI:

KELISHIK KATEGORIYALAR

Ot (yoki otlashgan so`z)ning boshqa so`zlarga bo`lgan sintaktik munosabatini ko`rsatuvchi ma’nolar va bu ma’nolarni ifodalovchi shakllar tizimiga kelishik kategoriyasi deyiladi. Kelishik kategoriyasi oltita grammatik ma’no va uni ifoda etuvchi shakllarni o`z ichiga oladi. Bularga bosh kelishik, qaratqich kelishik, tushum kelishik, jo`nalish kelishik, o`rin-payt kelishik va chiqish kelishik kabi grammatik ma’nolar hamda bu ma’nolarni ifodalovchi –ning, -ni, -ga (-ka,-qa), -da, -dan kelishik shakllari kiradi. Har bir kelishik o`z nomi, ifoda shakliga ega, ma’lum bir so`roqlarga javob beradi.

Otlarda kelishik affikslari turlovchi affikslar deb ham yuritiladi. Otlarning kelishiklar bilan o`zgarishi turlanish deb yuritiladi.


  • Kelishik affiksi yo`q holat bosh kelishik bo`lib, bunday shakldagi ot ko`pincha boshqa so`zni o`ziga tobelaydi. SHuning uchun ham bosh kelishik deb yuritiladi.

Qaratqich, tushum, jo`nalish, o`rin-payt chiqish kelishigi shaklidagi ot gapda boshqa so`zlarga grammatik jihatdan tobe bo`ladi. Bu kelishiklar vositali kelishiklar deyiladi.

Kelishik shaklidagi otlar boshqa so`zlar bilan o`zaro sintaktik munosabatga kirishadi.

Kelishik shaklidagi otlar boshqa so`zlar bilan o`zaro sintaktik munosabatga kirishadi.

Qaratqich va qisman bosh kelishik shakli ot bilan otning, tushum, jo`nalish, o`rin-payt va chiqish kelishiklari, odatda, ot bilan fe’lning sintaktik munosabatini ko`rsatadi

Ba’zan kelishik shaklidagi otlar sifat, son, olmosh, ravish, undov bilan ham bog`lanib, ularga tobe bo`lib keladi: ipakdan mayin, talabalardan beshtasi, Barnoning o`zi, xonada ko`p, holiga voy kabi.

Ba’zan kelishik shaklidagi otlar sifat, son, olmosh, ravish, undov bilan ham bog`lanib, ularga tobe bo`lib keladi: ipakdan mayin, talabalardan beshtasi, Barnoning o`zi, xonada ko`p, holiga voy kabi.


Yüklə 54,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə