5-sinf. O‘zbek tili (davlat tili) II bsb o‘qib tushunish (25 ball) O‘qituvchi uchun zehnli bola


Quyidagi savollarga matn asosida javob bering. Javoblaringizni javoblar varaqasiga ko‘chiring



Yüklə 292,41 Kb.
səhifə11/13
tarix19.12.2023
ölçüsü292,41 Kb.
#152278
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Demo BSB II U.M 5-11-sinflar uchun

Quyidagi savollarga matn asosida javob bering. Javoblaringizni javoblar varaqasiga ko‘chiring:
1. 2018-yilgi ma’lumotlarga ko‘ra O‘zbekiston aholi soni bo‘yicha dunyoda nechanchi o‘rinda turadi?
Mazkur test topshirig‘i qisqa javobli ochiq turdagi test topshirig‘i bo‘lib, bunday topshiriqlar yordamida matnda aniq ifodalangan ma’lumotni (raqam, nom va hokazo) topa olish va tushunish malakasi baholanadi. Bu o‘quvchida kerakli ma’lumotni axborotlar ichidan qidirib topa olish layoqatini shakllantiradi. Bunday topshiriqlarga test topshiruvchilarning aksariyati to‘g‘ri javob beradi.
2–3 Matn mazmunidan kelib chiqqan holda quyidagi hukmlarni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini aniqlang.
1. 1991-yilda tug‘ilish ko‘rsatkichi hozirgi ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lgan.
A. To‘g‘ri B. Noto‘g‘ri
2. Mustaqillikdan keyin to 2000-yillargacha tug‘ilish soni pasayishi kuzatilgan.
A. To‘g‘ri B. Noto‘g‘ri
Mazkur test topshirig‘i binar (ikkita javobli) turdagi test topshirig‘i bo‘lib, bunday topshiriqlar orqali matnda ochiq va yashirin ifodalangan ma’lumotlarni tushunish; matndagi chizma va diagrammalarda berilgan vizual ma’lumotlarni o‘qish; matndagi verbal va vizual ma’lumotlar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni tushunish; matndagi mazmuniy bog‘lanishlarni anglash bilan bog‘liq bo‘lgan malakalarni baholash mumkin. Bu esa o‘quvchining haqiqiy mazmunni anglash, kinoya, piching kabi tagma’nolarni fahmlash, umuman, nutqiy vaziyatlarni idrok etish kabi ko‘nikmasini rivojlantiradi, shuningdek, o‘quvchilarda vizual axborotni o‘qiy olish ko‘nikmasini ham shakllantiradi.
4–5. Berilgan ma’lumotlar va unga aloqador vizual ma’lumotlarni o‘zaro moslashtiring.
Verbal ma’lumotlar Vizual ma’lumotlar
4. 2000-yilda erkaklarning o‘rtacha umr davomiyligi? 5. 2000-yilda ayollarning o‘rtacha umr davomiyligi?
A. 73,2 yosh B. 70,8 yosh D. 68,4 yosh

(Eslatma: javob variantlari orasida ortiqchasi bor) Mazkur test topshirig‘i moslashtirishni talab qiladigan test topshirig‘i bo‘lib, bunday topshiriqlar orqali ona tilidagi matnni o‘qib tushunish malakasi bilan bog‘liq bo‘lgan matnda yashirin ifodalangan ma’lumotlarni tushunish; matndagi verbal va vizual ma’lumotlar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni tushunish; matndagi mazmuniy bog‘lanishlarni anglash; matn yoki uning qismlari umumiy ma’nosini tushunish; matndagi mazmuniy bog‘lanishlarni anglash; matn mazmunini tushunishi va talqin qila olish kabi ko‘nikmalarni baholash mumkin. Bu esa o‘quvchida haqiqiy mazmunni anglash, nutqiy vaziyatlarni idrok etish, o‘zaro bog‘liqliklarni fahmlash, voqelikka munosabat bildirish, verbal va vizual axborot o‘rtasidagi bog‘liqliklarni idrok eta olish kabi ko‘nikmalarni shakllantiradi.



Yüklə 292,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə