A. I. A. Karimov



Yüklə 241 Kb.
səhifə1/9
tarix17.04.2023
ölçüsü241 Kb.
#105984
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
тарих тест 40 VARAQ


  1. «Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo‘lmaganidek, o‘z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo‘lmaydi».Ushbu so’zlar muallifini aniqlang?

A). I.A.Karimov
B) Sh.M.Mirziyoyev
C) A.Navoiy
D). M.Behbudiy

  1. Qadimgi odam suyaklarini diqqat bilan o’rganish asosida ularning tashqi qiyofalarini tiklash bilan mashg’ul odamlar qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

A).antropologlar
B).biologlar
C).genetiklar
D).etnograflar

  1. Xalqlarning urf-odatlarini o’rganuvchi olimlar....deb ataladi?

A). etnograflar
B).arxeologlar
C). antropologlar
D).tilshunoslar

  1. O’rta paleolit davri madaniyatiga oid manzilgohni aniqlang.

A). Teshiktosh
B). Selung’ur
C).Zamonbobo
D).Olduvoy

  1. O’zbek davlatchiligining tamal toshlari bundan 2700 yil muqaddam ayni …….. vohasida qo’yilgan.

A) Xorazm
B) So’g’d
C) Surxon
D) Farg’ona

  1. Fanga “neolit” tushunchasini olib kirgan olimni aniqlang?

A).ingliz arxeologi Lebbok
B) daniyalik arxeolog K.Y.Tomsen
C) o’zbek arxeologi A.Asqarov
D) golland shifokori E.Dyubua

  1. «Temir davri» atamasi antik dunyoda tosh, jez asri tushunchalari qatorida yuzaga kelgan bo’lishiga qaramasdan, fanga XIX asrning o‘rtalarida …… tomonidan kiritilgan.

A). daniyalik arxeolog K.Y.Tomsen
B) ingliz arxeologi Lebbok
C) o’zbek arxeologi A.Asqarov
D) golland shifokori E.Dyubua

  1. Ahmoniylar davlati tarixiga oid asar yozgan tarixchi olim?

A) I.M.Dandamayev
B) L.N.Gumilev
C) B.G. Gafurov
D) S. K. Kabanov

  1. «Ming shahar o’lkasi» deb nomlangan mamlakatni aniqlang?

A) Baqtriya
B) Farg’ona
C) Sug’diyona
D) Xorazm.

  1. O’zbekistonning qaysi hududida dunyoga mashhur qoyatosh suratlari topilgan?

A) Surxondaryodan
B) Qashqadaryodan
C) Samarqanddan
D) Toshkentdan

  1. Selung’ur g’orida qaysi arxeolog tadqiqot ishlarini olib borgan?

A) O’.Islomov
B) A. Asqarov
C) F.Qosimov
D) Ya.G’ulomov

  1. 1970-1980 yillarda ……boshchiligidagi arxeologlar guruhi Farg’ona viloyati So’x yaqinidagi Obishir soyining ungurlarida qidiruv ishlari olib borib, Obishir deb atalgan makonlarda urug’ jamoalarining izlarini topgan.

A). O’.Islomov
B) Okladnikov
C) M.Masson
D) Yu.Buryakov

  1. Baqtriya satrapligi Eron ahmoniylariga qancha miqdorda yillik soliq to’lagan?

A) 360 talant
B) 250 talant
C) 200 talant
D) 300 talant

  1. Sarazm yodgorligi qayerda joylashgan?

A) Panjakent yaqinida
B) Xorazmda
C) Surxondaryoda
D) Buxoro vohasida

  1. Kushonlar imperiyasi kimning davrida kuchaygan va budda dini davlat dini deb e’lon qilgan?

A) Kanishka
B) Vima Kadfiz
C) Kadjula Kadfiz
D) Vasudeva

  1. «Qang’ davlati va qang’lilar» asarining muallifi kim?

A) K. Shoniyozov
B) M.Jo’raqulov
C) Yu.F. Buryakov
D) A.Asqarov.

  1. «Qoroqum Parfiya podsholigining beshigidir» degan so’zlar kimga tegishli?

A) M.Masson
B) B.Kuftin
C) S.P.Tolstov
D) Ya.G’ulomov.

  1. Zardushtiylik dinini qabul qilgan Baqtriya podshosini aniqlang?

A) Kavi Vishtasp
B) Diodot
C) Saksafar
D) Arrian.

  1. ……«toshboltalar asri» ham deyiladi.

A). Neolit davri
B). Mezolit davri
C). Paleolit davri
D). Temir davri

  1. Kushonlar davrida Markaziy Osiyoda oromiy yozuvi keng tarqalganini bilasiz. Bu yozuv dastlab qayerda paydo bo’lgan edi?

A). G’arbiy Osiyoda
B). Markaziy Osiyoda
C).Sharqiy Osiyoda
D).Old Osiyoda

  1. Surxondaryo viloyatidagi Zarautsoy qoya tasvirlari qaysi davrga oid hisoblanadi?

A) Mezolit
B) Eneolit
C) Neolit
D) Paleolit



  1. Zardushtiylar e’tiqodlariga va urf-odatlariga bag’ishlab asar yozgan shaxsni toping?

A) M.Boys
B) A.Dyuperron
C) K.Kipling
D) F.Berton

  1. O’rta Osiyoda qachon kichik-kichik paxsa va somonli loysovuq uylar qurilgan?

A) Neolitda
B) Mezolitda
C) Eneolit
D) Bronza

  1. Xorazmning sug’orish inshootlari va sug’orilish tarixini o’rganishda mashhur olim-qadimshunos, ..... katta hissa qo’shgan?

A) akademik Ya.G’.G’ulomov
B) professor A.S.Sagdullayev
C) akademik A.Muhammadjonov
D) professor M.Jo’raqulov

  1. Ibtidoiy jamoa tuzumining qaysi davrida kamon va o’q ixtiro qilingan?

A) Mezolitda
B) Ilk paleolitda
C) Neolitda
D) Eneolitda

  1. Mamlakatimiz hududida ilk davlatchilik birlashmalariga o’tish jarayoni mil.avv...... boshlangan.

A). II mingyillikning boshlarida
B). I mingyillikning boshlarida
C).III mingyillikning o’rtalarida
D).II mingyillikning o’rtalarida

  1. Zardushtiylarning muqaddas kitobi "Avesto"da Aryonam Vayjon deganda qayer nazarda tutiladi?

A). Xorazm
B).Baqtriya
C).Farg’ona
D). So’g’diyona

  1. Buyuk ipak yo’lining "kumush yo’l" tarmog’i qaysi hududlar orqali o’tgan edi?

A). O’rta Osiyo, Xazar xoqonligi, Bulg’or davlati, Kiyev Rusi
B).Xitoy, O’rta Osiyo, Hindiston, Old Osiyo
C).Hindiston, Xitoy, O’rta Osiyo, Kavkaz
D). Marv, Damashq, Termiz, Balx

  1. Makedoniyallik Iskandar bosqini arafasida Xorazm hukmdori bo’lgan podshoni aniqlang?

A) Farasman
B) Feruz.
C) Saksafor
D) Chin So’fi

  1. Yunon-Baqtriya podsholigining yuqori cho’qqisi qaysi hukmdor davriga to’g’ri keladi?

A) Demetriy
B) Yevtedem
C) Deodot
D) Yevkrotid

  1. Samarqand yaqinidagi Tolibarzu yodgorligi qaysi davrga tegishli?

A) Kushonlar davriga
B) Yunon-Makedononlar davriga
C) Ahomoniylar davriga
D) Eftaliylar davriga

  1. S.P.Tolstov qaysi qal’ani behisob tangalar muzeyi deb nomlagan?

A) Tuproqqal’a
B) Oybuyirqal’a
C) Jonbosqal’a
D) Quyqirilganqal’a

  1. «Harbiy hiylalar» asarining muallifini aniqlang?

A) Poliyen
B) Strabon
C) Gerodot
D) Polibiy

  1. «Sirli kushonlar saltanati» nomli asar yozgan tarixchi olimni aniqlang?

A) Sh.Pidayev
B) T.Shirinov
C) F.Qosimov
D) R.Sulaymonov

  1. Kushon davlatida aholi asosan buddizmning qaysi mazhabiga e’tiqod qilgan

A) mahayana
B) hinduizm
C) buddizm
B) konfusiylik

  1. Milodning III asriga oid budda matnida dunyo uch qismga bo’lingan» degan jumlalar uchraydi. Bular qaysi davlatlar?

A) Xitoy, Rim, Kushon
B) Rim, Parfiya, Kushon
C) Hindiston, Xitoy, Rim.
D) Yunoniston, Rim, Xitoy

  1. Sirdaryoning o’rta oqimida miloddan avalgi III-asrdan milodiy V-asrgacha yashagan xalqlar Xitoy salnomasida kimlar deb qayd etilgan?

A) Qang’uylar
B) Sug’diylar
C) Baqtriyaliklar
D) Dovonliklar

  1. Xorazmdagi qaysi qal’adan arxiv hujjatlari topilgan?

A) Tuproqqal’adan
B) Oybuyirqal’adan
C) Jonbosqa’adan
D) Quyqirilganqal’adan.

  1. Saymalitosh yodgorligi qayerda joylashgan?

A) Farg’onada
B) Surxandaryoda
C) Qashqadaryoda
D) Xorazmda.

  1. Qaysi olim “ellinizm” tushunchasini fanga kiritgan?

A) I.G.Droyzen
B) Rixtgafen
C) A.Dyupperon
D) K.Kassovich

  1. Quyidagi arxeologik yodgorliklarda qaysilari Qang’ davlatiga tegishli?

A) Qovunchi madaniyati
B) Quyqirilganqal’a
C) Sapollitepa
D) Tuproqqal’a

  1. Jangchi ayollar haykallari ishlangan sharafa qayerdan topilgan?

A) Termiz yaqinidagi Ayritom mavzesida
B) Qabul yaqinida
C) Denov shahri yaqinida,
D) Sirdaryo kechuvi yaqinida



  1. Bolaliktepa kim tomonidan nechanchi yilllarda o’rganilgan?

A) 1953-1955 y L.I.Albaum
B) 1944-1950 y Akladnikov
C) 1953-1954 y Ranov
D) 1960-1962 y Albaum va Ranov

  1. Eftalitlar ilk bor qaysi manbalarda uchraydi?

A) Arman manbalarida
B) Suriya bitiklarida
C) Mug’ tog’i hujjutlarida
D) Xitoy manbalarida

  1. «Toxariston» atamasi yozma manbalarda dastlab qachondan boshlab uchraydi?

A) 338 yildan
B) 446 yildan
C) 319 yildan
D) 345 yildan

  1. Mahalliy hokimlar ustidan nazoratni kuchaytinsh maqsadida G’arbiy turk xoqonligida ..?

A). hokimlarga xoqonlikning «jabg’u» unvoni berildi
B). xo’jalikni rivojlantirishga e’tibor berildi
C). ma’muriy islohot o’tkazilgan
D). «Ko’kaldosh» lavozimi ta’sis etildi

  1. Ilk O’rta asrlar O’rta Osiyo viloyatlaridagi «dehqon» so’zining ma’nosi nima?

A) qishloq hokimi
B) harbiy boshliq
C) shahar hokimi
D) hokim noibi

  1. Dehqonlar – yangi zodagon tabaqa vakillari sifatida qaysi davr manbalarida tilga olingan?

A) ilk o’rta asrlar davrida
B) quldorlik tuzumining ilk bosqichida
C) quldorlik tuzumining so’nggi bosqichida
D) patriarxal quldorlik tuzumining so’nggi bosqichida

  1. Qaysi sulola tangalarining old tomonida shoh va orqasida suvoriy tasviri tushirilgan edi?

A) Afrig’iylar
B) Anushteginlar
C) Qo’ng’irotlar
D) Xorazmshoxlar

  1. Qadimda Oltoyning g‘arbida yashagan qarluqlar keyin qayerda yashaganlar?

A) Irtish daryosining o‘rta oqimida
B) Sirdaryoning yuqori oqimlarida
C) Ural tog‘larida
D) Ob daryosi havzalarida

  1. Turk xoqonligida kimlar «Yabg‘u» unvoniga ega bo‘lish huquqini qo‘lga kirita olgan?

A) xoqonning qarindoshlari
B) katta yer egalari
C) yirik sarkardalar
D) urug‘ sardorlari

  1. V-VII asrlarda O‘rta Osiyo hududida tashkil topgan mustaqil hokimliklar orasida eng yirigini aniqlang.

A) So‘g‘d
B) Choch
C) Farg‘ona
D) Toxariston

  1. V-VII asrlarda O‘rta Osiyo hududida tashkil topgan mustaqil hokimliklarning qaysi birida qurolsozlik yaxshi rivojlangan?

A) Toxaristonda
B) Iloqda
C) Farg‘onada
D) Chochda

  1. Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo hududida tashkil topgan mustaqil hokimliklarning qaysi birida hukmdor «ixshid» deb atalgan?

A) Farg‘onada
B) Iloqda
C) Chochda
D) Toxaristonda

  1. Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo hududida tashkil topgan mustaqil hokimliklarning qaysi birida hukmdor «dehqon» deb atalgan?

A) Iloqda
B) Chochda
C) Farg‘onada
D) Toxaristonda

  1. VI-VII asrlarda O‘rta Osiyoda aholining ko‘pchiligi qaysi dinga etiqod qilishgan?

A) zardushtiylikka
B) buddaviylikka
C) xristianlikka
D) islomga

  1. Somoniylar davrida iqto dastavval . . .

A) amirzodalar va yirik mansabdorlarga berilgan
B) bir umrga berilgan
C) alohida xizmat ko‘rsatgan har bir shaxsga berilgan
D) shayxulislomga in’om etilgan

  1. Islomiy odob qoidalari, shariat qonunlari, ma’naviy-axloqiy kamolot sirlaridan ta’lim beruvchi «Sunniylik an’analari sharhi» asarining muallifini aniqlang.

A) Abu Mansur al-Moturidiy
B) Abu Iso Muhammad at-Termiziy
C) Abduxoliq G‘ijduvoniy
D) Burhoniddin Marg‘inoniy

  1. Ma’lumki, ilk o‘rta asrlarda dehqonlar, kadivarlar va kashovarzlar tabaqalari shakllandi. Turon aholisining ijtimoiy va iqtisodiy hayotida sodir bo‘lgan bunday keskin o‘zgarish . . .

A) mamlakatning mayda davlatlarga bo‘linib ketishiga sabab bo‘ldi.
B) Sharq va G‘arb o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarga asos soldi.
C) aholi asosiy qismining qishloqlarga zichlashuviga olib keldi.
D) yirik davlatlarning paydo bo‘lishiga asos bo‘lgan edi.

  1. Eftallar davrida xalqaro savdo aloqalarining rivojlanishi bilan . . .

A) mamlakatda tanga pul muomalasi tartibga solindi.
B) mahalliy oltin tangalar tashqi savdoga joriy etildi.
C) Sosoniy hukmdorlarining kumush tangalari muomaladan chiqarildi.
D) faqat Buxoro va Samarqandda zarbxonalar barpo etildi.

  1. Grumbat kim bo’lgan?

A) xiyoniylar podshohi
B) afrig’ning valiahdi
C) fors podshohi
D) kidariylar hukmdori

  1. «O’zbek davlatchiligi tarixi» asarining muallifini ko’rsating.

A) Azamat Ziyo
B) B.Ahmedov
C) O’.Islamov
A) A.Asqarov

  1. Qaysi hukmdor «Payg’ambar xonadonining ishonchli vakili» degan unvoniga sazovor bo’lgan?

A) Abu Muslim
B) Said Xoroshiy
C) Hoshim ibn Hakim
D) Qutayba ibn Muslim

  1. 750 yilda Sharik ibn Shayx Al-Maxri boshchiligidagi qo’zg’olon qaysi shaharda ….bo’lib o’tadi?

A) Buxoroda
B) Samarqandda
C) Hirotda
D) Marvda

  1. IX asrning 60 yillarida tohiriy hukmdorlarga qarshi ko’tarilgan qo’zg’olonga kimlar boshchilik qilgan?

A). G’oziylar
B) Safforiylar
C) Somoniylar
D) Qipchoqlar

  1. Xalifa Ma’munning taxtga chiqishiga yordam bergan hukmdorni aniqlang?

A). Tohir ibn Xusayn
B) Talxa ibn Tohir
C) Xalifa Amin
D) Abul Abbos Abdulloh.

  1. 769-783 yillarda Movarounnahrda bo’lib o’tgan "Oq kiyimlilar" qo’zg’olonining yengilishidagi birinchi asosiy sababni aniqlang.

A). qo’zg’olonchilar uyushqoqlik bilan harakat qila olmadilar
B). qo’zg’olonchilar oddiy xalqning qo’llab-quvvatlashidan mahrum bo’lishdi
C).mahalliy mulkdorlar arablar tomoniga o’tib ketishdi
D).uzoq davom etgan qo’zg’olon ishtirokchilarni holdan toydirdi

  1. V asr oxiri- VI asr boshlarida "Hamma barobar bo’lsin", degan g’oyani ilgari surgan xalq qo’zg’oloni rahbarini aniqlang.

A). Mazdak
B).Muqanna
C). Spitamen
D).Kubod

  1. U yoshlik chog’ida kudungarlik kasbi bilan shug’ullangan bo’lib, savodli, aqlli va tadbirkor bo’lgan. Xurosonda sarxanglikdan (kichik lashkarboshi)dan vazirlik darajasiga ko’tarilgan. Bu yerda kim haqida so’z ketayapti?

A). Hoshim ibn Hakim
B). Abu Ja’far Davonaqiy
C).Abu Muslim
D).Qutayba ibn Muslim

  1. Varaxsha qasri qayerda joylashgan?

A) Buxoroning Qoraqul tumanida
B) Naviyning Xatirchi tumanida
C) Buxoroning Jondor tumanida
D) Buxoroning Vobkent tumanida

  1. «Anushtegin Xorazmshohlar davlati (1097-1231)» asarining muallifini aniqlang?

A) Z.Bunyotov
B) R.Shamsutdinov
C) Azamat Ziyo
D) O’.Islomov

  1. Turkon xotun kim bo’lgan?

A) Alouddin Muhammadning onasi
B) Amir Temurning volidasi
C) Chingizxonning kanizagi
D) Takashning onasi

  1. Xorazm davlatini 1097-1231 yillarda boshqargan sulolani aniqlang?

A) Anushteginiylar sulolasi
B) Ma’muniylar sulolasi
C) Siyovushiylar sulolasi
D) Afrig’iylar sulolasi

  1. Abdulkarim Sotuk Bug’roxon kim bo’lgan?

A) Qoraxoniylar davlatining asoschisi
B) Qoraxitoylar davlatining asoschisi
C) Xorazm hukmdori
D) Chingizxonning Xorazmshohga yuborgan elchisi

  1. Qaysi hukmdor davrida G’aznaviylar davlati hududi kengayib, Sharqning eng qudratli davlatlaridan biriga aylangan?

A) Mahmud G’aznaviy
B) Sobuqtegin
C) Ma’sud G’aznaviy
D) Alptegin

  1. Xurosonda 821-873 yillarda hukmronlik qilgan davlatni aniqlang?

A) Tohiriylar davlati
B) Safforiylar davlati
C) Soljuqiylar davlati
D) Somoniylar davlati

  1. Xorazmshohlar davlati hukmdorlari ketma-ketligi to‘g‘ri keltirilgan javobni aniqlang?

A) Qutbiddin Muhammad, Otsiz,Elarslon, Takash
B) Otsiz, Elarslon, Aloviddin Muhammad,Takash
C) Takash, Aloviddin Muhammad, Otsiz,Takash, Abulg‘ozi
D) Shohmalik, Otsiz, Elarslon, Takash

  1. Somoniylar davrida qanday yerlar «mulki xos» deb atalgan?

A) oliy martabali ruhoniylar va sayyidlarning yerlari
B) madrasaga qarashli yerlari
C) davlat oldidagi xizmatlari uchun hadya qilingan yerlari
D) qishloq jamoasi yerlari

  1. Somoniylar davrida davlat hujjatlari va elchilik aloqalari devoni qanday atalgan?

A).Devoni amid ul-mulk
B).Devoni mustovfiy
C).Devoni sohibi shurat
D).Devoni avqof

  1. Somoniylar davrida qaysi yo‘l orqali Janubiy Sibir va Mo‘g‘ulistonga Movarounnahrdan turli mahsulotlar olib borilgan?

A) Shimoliy yo‘l orqali
B) G‘arbiy yo‘l orqali
C) Sharqiy yo‘l orqali
D) Janubiy yo‘l orqali

  1. 1187-1193 yillarda Nishopur, Ray va Marv shaharlarini bosib olgan Xorazmshoh qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

A).Takash
B).Otsiz
C).Sulton Muhammad
D).Jaloliddin



  1. G’aznaviylarning eng yuksalgan davri qaysi hukumdor davriga to’g’ri keladi?

A) Sulton Maxmud
B) Sabuqtegin
C)Ismoil
D) Mansur ibn Nux

  1. Somoniylar davrida qaysi shaharlar savdo-sotiq va xunarmandchilik markazlari sifatida tashkil topgan

A) Samarqand, Buxoro, Marv shaharlari
B) Farg’ona, Xorazim, Usturushona
C) Shosh, Xorazm, Baqtriya
D) Baqtriya, Usturushona, Marv

  1. Narshaxiyning yozishicha qaysi hukmdor Buxoro Registonida o’zi uchun katta saroy qurdirgan?

A). Nasr ibn Ahmad
B) Ismoil Somoniy
C)Nuh ibn Mansur
D) Mansur ibn Nuh

  1. Qoraxoniylar davrida qurilgan Minorai Kalon kimning davrda qurilgan?

A) Arslonxon
B) Ibrohim Bo’rigogin
C)Takash
D) Otsiz

  1. XI asr Movarounnahrda, ayniqsa Zarafshon vodiysida qishloq xo‘jaligi ahvoli qanday bo‘lgan?

A) ko‘pgina dalalar, paykal va bog‘lar barbod bo‘lgan, ekin maydonlari
qisqarib ketgan
B) ko‘pgina dalalar, paykal va bog‘lar rivoj topib, ekin maydonlari kengaydi
C) sug‘orish tarmoqlari vositasida sug‘orilib obod etilgan serunum vohalarda g‘allakorlik, sholikorlik, paxtachilik, sabzavotchilik, yuqori darajada rivoj topgan edi
D) bog‘ va chorbog‘larda uzum, anor, anjir, olma, nok, behi, o‘rik, shaftoli, olxo‘ri, jiyda va ko‘pgina boshqa mevalar yetishtirilar, ekin maydonlari kengayib borar edi

  1. O’rta asrlarda mavjud bo’lgan qaysi davlatda viloyat hukmdori voliy, shahar hokimi rais deb yuritilgan?

A) G’aznaviylar davlatida
B) Somoniylar davlatida
C) Qoraxitoylar davlatida
D) Qoraxoniylar davlatida

  1. Beruniyning falakiyotga oid asarlari sonini aniqlang?

A) 45 dan ortiq
B) 35 ga yaqin
C) 42 ta
D) 20 ta

  1. Beruniyning 13 yil davomida olib borgan ilmiy-qidiruv ishlari asosida yozilgan va 80 bobdan iborat asarini aniqlang?

A) Hindiston
B) Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar
C) Geodeziya
D) Mineralogiya

  1. Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asari kim tomonidan arab tilidan forsiy tiliga qisqartirib tarjima qilingan?

A) Quboviy
B) Drayzer
C) Dandamiyev
D) Narshaxiy

  1. Marg’inoniyning qaysi asari jamiyatshunos, huquqshunos, tarixshunos, sharqshunos, dinshunos hamda ona Vatan tarixi va shariat bilan shug'ullanuvchi barcha kitobxonlar uchun byebaho qo’llanma hisoblanadi?

A) «Xidoya»
B) «Kitob al qonun»
C) «Kitob ul-mashoyiq»
D) «Kitob at tahvid»

  1. Arab ota maqbarasi qayerda joylashgan?

A) Samarqandda
B) Buxoroda
C) Xorazmda
D) Toshkentda

  1. Buxorodagi Minorai Kalon maqbarasi qaysi yilda qurilgan?

A) 1127 yilda
B) 1172 yilda
C)1072 yilda
D) 1227 yilda

  1. XI—XII asrlarga tegishli Samarqand bilan Buxoro o‘rtasida bunyod etilgan inshoatni aniqlang?

A) Raboti Malik karvonsaroyi
B) Sulton saroy majmuasi
C) Sulton Sanjar maqbarasi
D) Ismoil Somoniy maqbarasi

  1. Respublikamizda «Xorazm Ma’mun akademiyasi»ning 1000 yilligi qachon nishonlangan?

A). 2006-yil kuzida
B) 2005 yil kuzida
C) 2007 yil 11-noyabrda
D) 2001 yil kuzida

  1. Beruniyning astranomiyaga oid «Al-Qonun al-Mas’udiy» asari qaysi hukmdorga bag’ishlangan?

A) Mas’ud G’aznaviy
B) Mahmud G’aznaviy
C) Sobuktegin
D) Alptegin

  1. «O’rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizasiya rivojidagi roli va ahamiyati» mavzusida xalqaro konferensiya qachon va qaysi shaharda o’tkazilgan?

A) 2014 yil may oyida Samarqandda
B) 2015 yil may oyida Buxoroda
C) 2014 yil mart oyida Samarqandda
D) 2014 yil may oyida Toshkentda

  1. «Dil ba yor-u dast ba kor» («Ko’ngil Allohda bo’lsin-u, qo’l mehnat bilan band bo’lsin») degan hikmat qaysi tariqatning hayotiy mohiyatini ifodalaydi?

A) Naqshbandiya tariqatining
B) Yassaviya tariqatining
C) Kubraviya tariqatining
D) Xusraviya tariqatining

  1. Musulmonlarni halollikka, poklikka, tenglikka, inson qadr-qimmatini yerga urmaslikka chorlovchi, har kimni o’zining halol mehnati bilan yashashga, boshqalarning kuchidan foydalanmaslikka da’vat etuvchi ta’limot bu….?

A) Tasavvuf
B) Tariqat
C) Mashvarat
D) Hidoyat

  1. Quyidagi tarixiy asarlardan qaysi birida ilm va ma’rifat targ’ib qilingan, olimlar esa ulug’langan hamda davlat boshliqlarini ilm-fan ahllaridan ta’lim olishga va ularning maslahatlari bilan ish ko’rishga da’vat etiladi?

A). "Qutadg’u bilig" asarida
B)."Al-Kashshof" asarida
C)."O’tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida
D). "Zaynul axbor"da

  1. Al-As’har diniy dorulfununining talabalari Qur’oni karimni Zamaxshariyning "Al-Kashshof" asari asosida o’rganadilar. Bu oliy o’quv yurti qaysi shaharda joylashgan?

A) Qohirada
B) Quddusda
C) Damashqda
D) Bag’dodda

  1. «Ikki buyuk sarkarda» asarining muallifini aniqlang?

A). M.Ivanin
B) Bartolld
C) Mirxond
D) Livshis

  1. «Xo’jand qal’asi» tarixiy romanining muallifini aniqlang?

A) Mirmuhsin
B) Maqsud Shayxzoda
C) Shkurullo
D). G’ofur G’ulom

  1. XIII asr boshida qaysi hukmdor Manchjuriyadan Irtishgacha, Boykol (Baykal)dan Tongg‘utgacha bo‘lgan hududlarga cho‘zilib ketgan yerlarda ko‘chib yuruvchi ko‘p sonli jangari qabilalar saltanatining kuchli hukmdoriga aylanadi?

A) Temuchin
B) Jaloliddin Manguberdi
C) Xorazmshoh Muhammad
D) Amir Temur

  1. «Temur Malik shunday jasoratli sarkarda ediki, agar paxlavon Rustam tirik bo'lganida uning otiga jilovdorlikka yarardi, xolos» deb Temur Malikning jasorati to’g’risida qaysi tarixchi ma’lumot bergan?

A) Juvayniy
B) Juzjoniy
C) Mirzo Ulug’bek
D) Nasafiy

  1. 2000-yil 30-avgustda .....?

A). «Jaloliddin Manguberdi» ordeni ta’sis etildi.
B) Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi nishonlandi
C) Samarqand shahrining 2750 yillik yubileyi o’tkazildi
D) Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi nishonlandi.

  1. «Jaloliddin qorachadan kelgan, o’rta bo’yli, turkiy qiyofalik va turkiyda gapiradigan odam edi, shu bilan birga forsiyda ham so’zlasha olardi. U mard, jasur bo’lib, sherlar orasida eng zo’r sher edi, qo’rqmas chavandoz, lashkarlar orasida eng botir edi. U yuvosh, muloyim odam edi, jahldor emasdi, haqoratomuz so’zlarni aytmasdi. U nihoyatda jiddiy edi, kulmasdi, faqat jilmayib qo’yardi, kam gapirardi. U haqgo’ylikni, adolatni ulug’lardi». Jaloliddin Manguberdi haqida aytilgan so’zlar muallifini aniqlang?

A). Shihobiddin Muhammad an-Nasaviy
B) Mirzo Ulug’bek
C) Alouddin Atomalik Juvayniy
D) Maqsud Shayxzoda



  1. «Siyrat as-sulton Jalol ad-Din Mengburni» («Sulton Jaloliddin Manguberdining tarjimayi holi») nomli asar muallifini aniqlang?

A). Shihobiddin Muhammad an-Nasaviy
B) Mirzo Ulug’bek
C) Alouddin Atomalik Juvayniy
D) Juzjoniy



  1. «Tarixi jahonkushoy» («Jahon fotihi tarixi») asarining muallifini aniqlang?

A). Alouddin Atomalik Juvayniy
B) Mirzo Ulug’bek
C) Shihobiddin Muhammad an-Nasaviy
D) Juzjoniy



  1. Temur Malik kim bo’lgan?

A) Mo’g’ullar bosqini davrida Xo’jand hokimi
B) Xorazm shohi
C) Xorazmshohning elchisi
D) Amir Temurning lashkarboshisi

  1. 1220-yilning mart oyida Chingizxon boshliq mo’g’ullar....?

A) Samarqandni egallaydilar
B) Buxoroni egallaydilar
C) Termizni bosib oladi
D) Qarshini egallaydilar



  1. Mo’g’ullarga qarshi kurashda qahramonona vafot etgan tasavvuf ta’limotining buyuk siymosini aniqlang?

A) Najmiddin Kubro
B) Yusuf Hamadoniy
C) Ahmad Yassaviy
D) Bahouddin Naqshband



  1. Amir Temurning buyuk saltanat barpo qilish bobidagi sa’y-harakatini shartli ravishda ikki davrga bo’lish mumkin. Shundan birinchi davr qaysi yillarni o‘z ichiga oladi?

A).1370-1388-yillar
B) 1336-1370-yillar
C) 1336-1388-yillar
D) 1388-1405 yillar



  1. Amir Temurning buyuk saltanat barpo qilish bobidagi sa’y-harakatini shartli ravishda ikki davrga bo’lish mumkin. Shundan ikkinchi davr qaysi yillarni o‘z ichiga oladi?

A). 1388-1405 yillar
B) 1336-1370-yillar
C) 1336-1388-yillar
D) 1370-1388-yillar



  1. Amir Temur Oltin O’rda xoni To’xtamishga qarshi uch marta jang olib borishga majbur bo’lgan. Shundan so’nggi uchinchi jang qachon va qayerda bo’lib o’tgan?

A). 1395-yil 15-aprelda Terek daryosi bo‘yida
B) 1389-yil Djizakining achchiq mavzeyida
C) 1391 yil Qunduzcha jangida
D) 1395 yil Anqara yaqinida



  1. Yevropa olimlarining Amir Temur shaxsi va uning faoliyatiga qiziqishi qaysi asrdan boshlangan?

A) XVI asrdan
B) XVIII asrdan
C) XIX asrdan
D) XX asrdan



  1. «Skifiyalik Tamerlanning ulug’vorligi» asarining muallifini aniqlang?

A) Perondino
B) Mirxond
C) A.Samarqandiy
D) Klavixo



  1. «Buyuk Temur tarixi» asarining muallifini aniqlang?

A) Pero Meksika
B) Klavixo
C) Perondino
D) Nizomiddin Shomiy



  1. «Buyuk Temur» nomli sahna asarining muallifini aniqlang?

A) Ingliz dramaturgi Xristofor Morlo
B) Ispan elchisi R.Klavixo
C) Saroy tarixchisi Sh.Aliyazdiy
D) tarixchi A.Samarqandiy



  1. Hozirgi paytga kelib Amir Temur va Temuriylar haqida......chet ellik tadqiqotchilarning asarlari chop etilgan.

A). 33 mamlakatda 500 dan ziyod
B) 43 mamlakatda 200 dan ziyod
C) 24 mamlakatda 100 dan ziyod
D) 55 mamlakatda 500 dan ziyod



  1. «Amir Temurning O’rta Osiyo tarixida tutgan o’rni va roli» risolasinining muallifi kim?

A). I.M.Mo’minov
B) A.Asqarov
C). A.Muhammadjonov
D) B.Axmedov



  1. Zayniddin Taybodiy bu.....

A). Amir Temurning pirlaridan biri
B) Chingizxonning elchisi
C) Jaloliddin Manguberdining munshiysi
D) Ulug’bek madarasasi mudarisi



  1. «Jo’yi arzis» bu....

A). Samarqandning bosh suv inshoati
B) Ilk o’rta asrlarda ekin maydonlarini sug’oradigan inshoat
C) Sultonband to’g’onining so’g’dcha nomi
D) Eftaliylar davridagi yirik sug’orish inshoati


  1. «Ajoyib ul-maqdur fi axbori Temur» (Temur haqidagi xabarlarda taqdir ajoyibotlari) asarining muallifini aniqlang?

A) Ibn Arabshoh
B) Hofizi Abro’
C) Mirxond
D) Xondamir



  1. Musavvirlikda «Hirot maktabi» deb nomlangan yangi bir ijodiy uslubning asoschisini aniqlang?

A) Behzod
B) Mashhadiy
C) Tabriziy
D) Navoiy



  1. «Agar bu ulug’ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak shoirlarning sultonidir». Ushbu so’zlar Islom Karimovning qaysi asarida keltirilgan?

A) «Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch».
B) Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish - eng oliy saodatdir.
C) Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q
D) Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.



  1. 1424-1429-yillarda buyod etilgan inshoatni aniqlang?

A) Ulug’bek rasadxonasi
B) Amir Temur maqbarasi
C) Shohi zinda memoriy majmuasi
D) Registon ansambli



  1. «Bilim olish har bir musulmon ayol va yerkakning burchidir», degan so’zlar qaysi inshoatning peshtoqiga yozilgan?

A) Buxoro madrasasining darvozasiga
B) Oqsaroy ansambli peshtoqiga
C) Amir Temur maqbarasi peshtoqiga
D) Samarqand madrasasi peshtoqiga



  1. Shamsiddin Muhammad Xavofiy kim bo’lgan?

A) 1420-yilda ochilgan Samarqand madrasasi yetakchi mudarrisi
B) Amir Temurning pirlaridan biri
C) Mirzo ulug’bekning vorisi
D) «O’z davrining Ptolomeyi» nomi bilan shuhrat qozongan alloma



  1. O’rta asr dunyoviy fanlaridan biri sanalgan «handasa» bu...?

A) geometriya
B) matematika
C) mantiq
D) falakiyot



  1. O’rta asr dunyoviy fanlaridan biri sanalgan «riyoziyot» bu...?

A) matematika
B) geometriya
C) mantiq
D) falakiyot



  1. Sho’rolar tuzumi davrida Amir Temur shaxsi va faoliyatiga…..?

A) adolatsizlik bilan yondashilib, bir yoqlama baho berib kelindi.
B) ijobiy baho berilib, adolatli hukmdor deb baho berib kelindi.
C) bunyodkor va quruvchi hukmdor deb baho berilgan
D) oliy hukmdor Movaraunnahrda ulkan davlat barpo qilgan shaxs sifatida baho berilgan



  1. «Amir Temurning asosiy tarixiy xizmati shundan iboratki, aynan uning hukmronligi davrida Yevropa va Osiyo qit’alari ilk bor o’zlarining bir geosiyosiy maydonda yashayotganliklarini his etdilar». Ushbu so’zlar muallifini aniqlang?

A) I.A.Karimov
B) Sh.M.Mirziyoyev
C) I.Mo’minov
D) Klavixo



  1. «Samarqandga sayohat kundaligi» asarining muallifini aniqlang?

A) Klavixo
B) Mirxond
C) Ibn Arabshoh
D) Xondamir



  1. Amir Temur vafot etganidan keyin uning saltanati parchalanishiga olib kelgan asosiy sababni aniqlang.

A) saltanat tasarrufiga olingan yurtlar va ellar xilma-xil, uzoq masofalarga cho‘zilganligi, ulardagi muxolifatchi kuchlar ajralib chiqish uchun harakat qilishi
B) Pirmuhammadning o‘z vaziri Pir Ali Toz boshliq fitnachilar qo‘lida shahid bo‘lishi
C) Qoraqo‘yunli turkmanlarning qabila boshlig‘i Qora Yusuf bilan bo‘lgan jangda Mironshoh halok bo‘lishi
D) Amir Temurning taxt vorisini tanlay olmaganligi



  1. «Xoqonga foydali maslahatlar» asari kim tomonidan yozilgan?

A) Muhammad Sharif Buxoriy
B) Sayido Nasafiy
C) Turdi
D) Xo`jamqulixon Balxiy



  1. Mahmud ibn Valining «Bahr ul-asror» («Sirlar dengizi») asari qaysi yilda yozilgan?

A) 1636-yilda
B) 1644-yilda
C) 1642-yilda
D) 1640-yilda



  1. «Tarixi Muqimxoniy» asari kim tomonidan yozilgan?

A) Muhammad Yusuf Munshiy
B) Muhammad Zamon Buxoriy
C) Xo`jamqulixon Balxiy
D) Muhammad Amin Buxoriy



  1. Shayboniylar tomonidan ta’limni rivojlantirish sohasida islohot o’tkazlishning sababini aniqlang?

A) barcha sohalar bo’yicha ilmli amaldorlar guruhini vujudga keltirish va ularni jamiyatning asosiy tayanchiga aylantirish
B) aniq va tabiiy fanlarda erishilgan yutuqlarni keng ommaga yetkazish
C) Yevropaning rivojlanib ketish sabablarini o’rganish va unga imkon qadar yetib olish
D) temuriylar davridan yetib kelgan ilmiy muassasalarni yanada rivojlantirish



  1. Qoraqalpoq xalqining jiddiy tus olgan va qariyb o’n yil davom etgan qo’zg’oloni rahbarini aniqlang.

A) Bobo Go’klan
B) Maman botir
C) Oydo’stbiy
D) Ernazarbiy



  1. Abdullaxon II saroyida xizmat qilgan qaysi shoir o’z she’rlarida yuqori tabaqa vakillarining adolatsizliklarini ayovsiz fosh etgan?

A) Mushfiqiy
B) Turdi Farog’iy
C) Mujrim Obid
D) Mahmur



  1. Amir Doniyolbiy davrida qaysi viloyatlarning mustaqillikka intilishlari kuchaygan?

A) Balx, Hisor, Ko’lob, O’ratepa
B) Shahrisabz,Qarshi,Hisor, Urgut
C) Qarshi, Balx, Hisor, O’ratepa
D) Balx, Hisor, Boysun, Qarshi



  1. Buxoro amirligida davlatning barcha boshqaruv idoralari qaysi amaldorga bo’ysungan?

A) qushbegiga
B) mushrifga
C) ko’kaldoshga
D) devonbegiga



  1. Xiva xonlari kutubxonalarida qachondan xattotlik, husnixat maktabi shakllandi?

A) XVI asrda
B) XIV asrda
C) XV asrda
D) XVII asrda



  1. Xiva xonligida mamlakat miqyosida soliqlar yig’ilishiga javobgar bo’lgan amaldorlarni belgilang?

A) mehtar va qushbegi
B) qushbegi va mushrif
C) mehtar va otaliq
D) devonbegi va naqib



  1. Xiva xonligida xonlik hayotiga oid kundalik masalalar tomonidan ko’rib chiqilgan.

A). Kichik Kengash
B) inoq
C) xon kutvoli
D) Nozirlar Kengashi



  1. Amir Shohmurod soliq siyosatida qanday yo’l tutgan?

A) boj va xirojdan boshqa barcha soliqlar miqdorini kamaytirdi
B) ayrim yerlardan olinadigan soliqlarni bekor qildi
C) yangi soliq turlarini joriy qildi
D) mavjud barcha soliqlar miqdorini kamaytirdi



  1. Xivada qaysi xon davrida 14 gumbazli tim, karvonsaroy va omborxonadan iborat majmua bunyod yetilgan?

A) Olloqulixon
B) Muhammad Aminxon
C) Muhammad Rahimxon II
D) Muhammad Rahimxon I



  1. Xiva xonligida faoliyat yuritgan Oliy Kengash majlislari qancha muddatda o’tkazilgan?

A) haftasiga bir marta
B) oyiga uch marta
C) oyiga bir marta
D) oyiga ikki marta



  1. Quyidagi ma’lumotlarni yozib qoldirgan olimni aniqlang. «Xiva shahri keng maydonda bog’-rog’ bilan o’ralgan. Atrofi devor bilan o’ralgan hamda Amudaryodan suv chiqarilgan. Xiva aholisi o’zining mashaqqatli mehnati bilan cho’l-u biyobonni hosildor o’lkaga aylantirgan».

A) N.Muravyov
B) N.Vasilevskiy
C) X.Vamberi
D) N.Ignatev



  1. Qo’qon xonligidagi mansablarga ta’rif berilgan qaysi asarda ta’kidlanishicha xonlikda xondan keyingi o’rinda mingboshi turgan?

A) «Tarixi Turkiston»
B) «Tarixi Rashidiy»
C) «Saralangan tarixlar»
D) «Tarixi Toshqand»



  1. Xiva xonligida kimlar bevatan deb atalgan?

A) davlat yerlarini ijaraga oluvchilar
B) ko’chmanchi qozoq chorvadorlari
C) qoraqalpoqlar
D) Xurosondan qaytib kelgan turkman qabilalari



  1. Shayboniylarning harbiy yurishlariga bag’ishlangan asar mualliflarini aniqlang?

A) Muhammad Solih va Hofiz Tanish Buxoriy
B) Muhammad Haydar va Mahmud ibn Ahmad Farog’iy
C) Sultonali Samarqandiy va Muhammad Solih
D) Kamoliddin Binoiy va Muhammad Buxoriy



  1. Buxoro amirlaridan kim Qur’oni Karimni yoddan bilgan va o’zi ham madrasa talabalariga maruzalar o’qib turgan?

A) Amir Haydar
B) Abdulahad
C) Doniyolbiy
D) Amir Muzaffar



  1. Buxoroning mang‘it hukmdorlari ichkisiyosatidagi asosiy maqsadi nimadan iborat edi?

A) markaziy hokimiyatni mustahkamlash, xalq ommasini qattiq itoatda tutish
B) Qo‘qon va Xiva xonliklari bilan do‘stona aloqalarni yo‘lga qo‘yish
C) iqtisodiy islohotlar orqali markazlashgan davlat hokimiyatini mustahkamlash asosida xalq farovonligini ta’minlash
D) yirik zodagonlarning nufuzini oshiruvchi tayanch kuchlarni vujudga keltirish asosida markaziy hokimiyatni mustahkamlash



  1. Ashtarxoniy Nodir Muhammad davrida nima sababdan davlatchilik asoslari zaiflashgan edi?

A) asosiy viloyatlarni o‘g‘illari va yaqin qarindoshlariga bo‘lib berganligi uchun
B) asosiy viloyatlarni atrofidagi amirlar va beklarga bo‘lib berganligi uchun
C) ichki va tashqi siyosatni vazirlarga topshirib qo‘yganligi uchun
D) Nodir Muhammad olib borgan tinimsiz urushlar tufayli



  1. XVI asrning oxirlarida Buxoro va Hindiston o‘rtasida ma’lum muddat sovuqlik tushishining sababi nimada edi?

A) Abdullaxon II ning o‘g‘li Abdulmo‘min Akbarshohga maktub yo‘llab, noma’qul shartlar qo‘ygan edi
B) Akbarshoh safaviylar tomonida turib Abdullaxon II ga qarshi harakatlar olib
borgan edi
C) Akbarshoh Buxoroda shayboniylarga qarshi isyon uyushtirgan edi
D) Akbarshoh elchilari Abdullaxon II tomonidan qabul qilinmay, quvg‘in qilingan edi



  1. XVIII asr boshlarida Qo‘qon xonligida minglar sulolasi hokimiyat tepasiga kelmasdan avval . . .

A) hokimiyat Chust yaqinidagi Chodak xo‘jalari qo‘liga o‘tdi.
B) hokimiyatni Dashti Ashtdagi qipchoq qabilalari egallaganlar.
C) siyosiy parokandalikka barham berilib, tinch rivojlanish pallasi boshlangan.
D) Sharqiy Turkiston o‘zbeklari bilan qonli urushlar olib borilgan.



  1. Shayboniyxonning davlatni iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustahkamlash yo‘lidagi dastlabki islohotini aniqlang.

A) davlat boshqaruvida suyurg‘ol tizimining joriy etilishi
B) mamlakatda yer-suvning qaytadan taqsim qilinishi
C) mamlakat ichidagi ijtimoiy hayotning tartibga solinishi
D) pul tizimining tartibga solinishi



  1. Elbarsxon hukmronligi davrida Xorazmga qaysi hududlar qo‘shib olingan?

A) Saraxs, Orol, Mang‘ishloq, Shimoliy Xuroson
B) Janubiy Dashti Qipchoq va Amudaryoning o‘ng sohilidagi yerlar
C) Kirmon, Shimoliy Eron, Xuroson
D) Dehiston, Bolqon tog‘lari, O‘zboy



  1. Quyidagi qaysi omil qoraqalpoqlarni Eron shohi Nodirshoh hujumidan saqlab qolgan?

A) qoraqalpoqlarning Rossiya imperiyasi fuqaroligiga o‘tganligi
B) qish mavsumining boshlanib qolishi va eronliklarning sahro yurishidan voz kechishi
C) qoraqalpoqlarning Kichik juz xonligi tarkibiga kirganligi
D) Eronda boshlangan qo‘zg‘olon va Nodirshohning o‘z vataniga qaytib ketishi



  1. Muhammad Rahimbiy bo‘ysunishni istamagan, markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaslikka uringan qabilalarga nisbatan qanday chora ko‘rgan?

A) yashayotgan joyidan ko‘chirib yuborgan
B) ularni bir-biriga gij-gijlab, dushman qilib qo‘ygan
C) ulardan ikki barobar soliqlar undirilgan
D) qabila boshliqlariga sovg‘a-salomlar berib, o‘ziga og‘dirib olgan



  1. Shoh Ismoil va Shayboniyxon o‘rtasidagi jang qayerda bo‘lgan?

A) Marv yaqinida
B) Balxda
C) Hirotda
D) Ray atrofida



  1. Shayboniyxonning O‘rta Osiyo shaharlarini bosib olishidagi ketma-ketlikni ko‘rsating.

A) Shohruxiya, Farg‘ona, Urganch, Hirot
B) Samarqand, Urganch, Toshkent, Buxoro
C) Farg‘ona, Shohruxiya, Qunduz, Urganch
D) Samarqand, Buxoro, Hirot, Farg‘ona



  1. Xivaning qaysi hukmdorlari davrida Ichan qal’ada keng ko‘lamli buyodkorlik ishlari amalga oshirilgan edi?

A) Muhammad Rahimxon I, Olloqulixon, Muhammad Aminxon
B) Muhammad Aminxon, Eltuzarxon, Anushaxon
C) Olloqulixon, Muhammad Aminxon, Abulg‘ozixon
D) Anushaxon, Eltuzarxon, Abulg‘ozixon



  1. Xiva xoni Abulg‘ozi topshirig‘i bilan «Dastur ul-amal» asari yozilgan bo‘lib, ushbu asarda . . .

A) Sohibqiron Amir Temurdan Zahiriddin Muhammad Boburga qadar temuriylar
shajarasi qisqacha sharhlangan.
B) «Shajarai turk» asariga batafsil izoh berilgan.
C) Abulxayrxondan Abdulmo‘mingacha bo‘lgan shayboniylar shajarasi sharhlangan.
D) Afrig‘iylardan Abulg‘ozixongacha bo‘lgan Xiva hukmdorlari sulolasi sharhlangan.



  1. Abdullaxon II Rossiya bilan savdo aloqalarini yaxshilashga harakat qilar ekan, bu bilan qanday maqsadni ko‘zlagan edi?

A) Savdo aloqalarini yaxshilash orqali o‘z davlatining siyosiy ahvolini
mustahkamlashga erishmoqchi edi
B) Zamonaviy qurol-yarog‘ masalasida Ivan Grozniydan yordam so‘rashni ko‘zlagan edi
C) Podsho Ivan Grozniyning xonlik bilan chegaradosh Sibir hududlariga bo‘lgan
yurishlarini to‘xtatishni rejalashtirgan edi
D) Savdo aloqalarini yaxshilash orqali Rossiya davlati bilan harbiy ittifoq tuzmoqchi edi



  1. Mang‘it hukmdori Muhammad Rahimxon o‘z hukmronligi davrida yirik yer egalariga bo‘lgan munosabatida qanday muvaffaqiyatga erishdi?

A) u yirik yer egalarining davlatni boshqarish ishlariga aralashuvini keskin
kamaytirishga erishdi
B) u yirik yer egalaridan o‘z mavqeini mustahkamlash yo‘lida foydalanib, barcha
bekliklarning markaziy hokimiyatni tan olishlariga erishdi
C) u yirik yer egalarining kuchayishidan qo‘rqib, ularni maxsus nazorat ostiga oldi
D) u yirik yer egalari orasidan viloyat hokimlari tayinlab, ularni davlat ishlariga jalb etdi



  1. Abdullaxon II tomonidan zabt etilgan hududlar ketma-ketligi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) Balx, Samarqand, Toshkent va Farg‘ona, Badaxshon, Xorazm
B) Samarqand, Toshkent va Farg‘ona, Balx, Badaxshon, Xorazm
C) Toshkent va Farg‘ona, Balx, Xorazm, Badaxshon
D) Balx, Badaxshon, Toshkent va Farg‘ona, Xorazm



  1. Xiva tarixshunosligi maktabiga kim tomonidan asos solindi?

A) Abulg‘ozixon
B) Munis
C) Ogahiy
D) Muhammad Rizo Ohund



  1. Amir Haydar hukmronligi davrida dastlabki qo‘zg‘olon qayerda ko‘tarilgan?

A) Marvda
B) Qarshida
C) Kattaqo‘rg‘onda
D) Samarqandda



  1. Qaysi Shayboniy hukmdor buyrug‘iga ko‘ra Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asari o‘zbek tiliga o‘girilgan?

A) Ko‘chkinchixon
B) Muhammad Shayboniy
C) Iskandar Sulton
D) Abdullaxon II



  1. 1842-yil dekabrda «Majburiyatlar akti» deb ataluvchi shartnoma qaysi davlatlar o‘rtasida imzolangan?

A) Xiva va Rossiya
B) Buxoro va Orenburg
C) Qo‘qon va Rossiya
D) Toshkent va Orenburg



  1. Turkistonda «Abulma’oniy» («Ma’nolar otasi») degan nom olgan shoirni belgilang.

A) Bedil
B) Sayido Nasafiy
C) Turdi
D) So‘fi Olloyor



  1. Xiva shahrini tashqi dushmanlar hujumidan saqlash maqsadida 6250 metrli devor barpo etgan hukmdorni aniqlang.

A) Olloqulixon
B) Arab Muhammadxon
C) Abulg‘ozi Bahodirxon
D) Muhammad Aminxon



  1. Nechanchi yilda Ichan qal’a Butunjahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi va muzeyga aylantirildi?

A) 1990-yilda
B) 1991-yilda
C) 1992-yilda
D) 1993-yilda



  1. «Qoraqalpoqlar sahrodagi birinchi shoir ham qo‘shiqchilardir, shundan keyin qirg‘izlar va turkmanlar». Ushbu so‘zlar muallifi ko‘rsatilgan javobni toping.

A) Cho‘qon Valixonov
B) Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li
C) Berdimurod Qarg‘aboy o‘g‘li
D) Qaipbergen To‘lepbergenov



  1. Yosh buxoroliklar mamlakatda islohotlar o‘tkazish bo‘yicha tashviqot ishlari olib borgan hududlarni aniqlang.

A) Kogon, Chorjo‘y va Termiz
B) Samarqand, Buxoro va Qarshi
C) Buxoro, Shahrisabz va Kerki
D) Samarqand, Termiz va Buxoro



  1. Toshkentda bunyod etilgan shahar Dumasi binolari loyihasi muallifini aniqlang.

A) A.L. Benua
B) Hoji Hofiz
C) Usta Shirin Murodov
D) M.S. Likoshin



  1. O‘rta Osiyo xonliklari shaharlarida qozixonalar soni qanday belgilangan?

A) shahar aholisi nufuziga ko‘ra
B) shahardagi dahalar miqdoriga ko‘ra
C) har bir shaharda 2 tadan
D) har bir shaharda 4 tadan



  1. XX asr boshlarida Turkistonda mahalliy sanoat ishchilari . . . hisobidan ortib borgan.

A) xonavayron bo‘lgan dehqon va ishsiz hunarmandlar
B) Rossiyadan kelgan malakali ishchilar
C) mahalliy sarmoyadorlar qo‘lidagi hunarmand kosiblar
D) Rossiyadan ko‘chib kelgan qashshoq ishsizlar



  1. XX asr boshlarida Turkistondagi qaysi viloyatlar paxta yetishtirishning eng muhim markazlari bo‘lishi lozim edi?

A) Farg‘ona, Sirdaryo, Samarqand
B) Toshkent, Qo‘qon, Namangan
C) Sirdaryo, O‘ratepa, Jizzax
D) Farg‘ona, Andijon, Marg‘ilon



  1. XX asr boshlarida Turkiston qishloqlarida tovar pul munosabatlari kirib kelishi natijasida xonavayron bo‘lgan yersiz dehqonlar o‘rniga vujudga kelgan yangi ijtimoiy kuchni aniqlang.

A) chorakorlar
B) mirishkorlar
C) mardikorlar
D) chilangar hunarmandlar



  1. XX asr boshlarida Turkiston qishloqlarida vujudga kelgan yangi ijtimoiy zanjirni aniqlang.

A) boy-sudxo‘r-kreditor-chorakor-mardikor
B) dehqon-hunarmand-mardikor-sudxo‘r-chorakor
C) sudxo‘r-dehqon-kreditor-savdogar-mardikor
D) dehqon-chorvador-hunarmand-savdogar-boy



  1. N.I. Veselovskiyga qadimiy yodgorliklar kolleksiyasini to‘plashda yordam bergan shaxsni aniqlang.

A) Akrom polvon Asqarov
B) Mulla Olim Mahmud Hoji
C) Mulla Qosimov
D) Mirza Abdulin



  1. XIX asrning o‘rtalari Xivada xon oily hokimiyatni . . .

A) beklar va biylar yordamida boshqarardi.
B) mutlaq o‘zi boshqarar edi.
C) faqat devonbegi yordamida boshqarar edi.
D) faqat qushbegi va otaliq yordamida boshqarar edi.



  1. Ma’lumki, XIX asrning o‘rtalarida Xiva xonligida yerlarning ma’lum qismi ijarachi dehqonlarga berilib, ular «yarimchi» deb atalardi. Buning sababini aniqlang.

A) chunki ular ijara haqi sifatida hosilning yarmini xo‘jayinga berishardi
B) chunki ular ijaraga olingan yerlarining yarmidan to‘la foydalanish huquqiga ega
edilar
C) chunki ijarachi dehqonlar mavjud soliqlarning yarmini to‘lash imtiyoziga ega edilar
D) Xiva xonligida ijarachi dehqonlar «yarimchi» deb atalmagan



  1. XIX asrning o‘rtalari O‘rta Osiyo xonliklari hunarmandchiligida bo‘yoqchilik, ko‘nchilik, shampazlik, sovunpazlik kabi mayda sohalar rivoj topganligining sababini aniqlang.

A) hunarmandchilik ishlab chiqarishi uy-ro‘zg‘or buyumlari, idish-tovoqlar,
diniy marosimlarda ishlatiladigan buyumlar yasash bilan cheklanib qolgan edi
B) hunarmandchilikning mayda sohalaridan xonliklar xazinalariga yirik-yirik mablag‘lar tushar edi
C) mayda hunarmandchilik mahsulotlari Eron, Xitoy, Afg‘oniston, Sibir va Volgabo‘yi xalqlariga ko‘plab chiqazilgani bois ularga talab katta edi
D) mayda hunarmandchilik sohalari nisbatan raqobatbardosh edi



  1. 1898-yilgi Andijondagi Dukchi Eshon qo‘zg‘olonining ahamiyati – . . .

A) mustamlakachi ma’muriyat va zulmga qarshi kurash yo‘llarini ko‘rsatib berdi.
B) qo‘zg‘olon bostirilgan bo‘lsa-da, mustamlakachi ma’muriyat dehqonlarga
biroz yon bosib, agrar sohasidagi ko‘pgina soliqlarni bekor qildi.
C) Farg‘ona vodiysida paxta yetishtirish qat’iy rejalashtirilib, suvdan foydalanishning dehqonlarga ma’qul tizimi joriy etildi.
D) bu qo‘zg‘olon tarixda stixiyali harakat sifatida ahamiyat kasb etadi.



  1. Yangi usul maktablarida turkiy xalqlar tarixi o‘qitilishini kim birinchi bo‘lib joriy qilgan?

A) Munavvar Qori Abdurashidxonov
B) Mulla Olim Maxdum hoji
C) Mahmudxo‘ja Behbudiy
D) Ahmad Donish



  1. 1907-yilda Rossiya va O‘rta Sharqqa sayohat qilgan jadid ma’rifatparvarini aniqlang.

A) Mahmudxo‘ja Behbudiy
B) Furqat
C) Munavvar Qori
D) H.H.Niyoziy



  1. Quyidagi yevropalik olimlardan qaysilari O‘rta Osiyo xonliklaridagi aholining mehnatsevarligini hurmat bilan tilga oladi?

A) V.Masalskiy, A.Middendorf
B) V.Komissarjevskaya, V.Nalivkin
C) N.Mallitskiy, N.Likoshin
D) N.Veselovskiy, V.Vyatkin



  1. XIX asrning o‘rtalarida sug‘orish ishlari qaysi hududda ayniqsa yaxshi rivojlangan edi?

A) Farg‘ona vodiysida
B) Zarafshon vohasida
C) Toshkent vohasida
D) Surxon vohasida



  1. 1867-yilda general-adyutant fon Kaufman Turkiston o‘lkasi general-gubernatori etib tayinlandi. Tayinlanishidan oldin u . . .

A) Rossiyaning O‘rta Osiyodagi yerlarini kengaytirish to‘g‘risida aniq ko‘rsatma
oldi va 1881-yilgacha bu ko‘rsatmalarni amalga oshirdi.
B) Peterburgda podsho huzuridagi Akademiyada harbiy va davlat boshqaruvi kurslarida uch oylik saboq oldi.
C) Buyuk Britaniya bilan Hindistonni bo‘lib olish uchun muzokaralar olib borish va shu orqali imperiya yeralarini janubga tomon kengaytirish haqida ko‘rsatma oldi.
D) Qonun doirasida ish tutish, boshqaruv ishlariga mahalliy aholini jalb etish,
imkoniyat darajsida harbiy harakatlar olib bormaslik hamda o‘lka iqtisodiy-madaniy hayotini rivojlantirish haqida ko‘rsatma oldi.



  1. Har bir kishi mehnat qilishi va o‘z mehnati bilan topgan mablag‘i hisobiga kun kechirishi darkor. Yuqoridagi purma’no fikr kimga tegishli?

A) o‘zbek shoiri va mutafakkiri Ahmad Donishga
B) buyuk sohibqiron Amir Temurga
C) mo‘g‘ullarga qarshi qo‘zg‘olon boshlig‘I Mahmud Tarobiyga
D) buyuk mutafakkir Alisher Navoiyga



  1. «Mug‘ullar hujumi davrida Turkiston» asarining muallifini aniqlang.

A) V.V. Bartold
B) N.I. Veselovskiy
C) N.G. Mallitskiy
D) V.P. Nalivkin



  1. Beruniy va Ibn Sino ijodi, ilmiy merosi bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan sharqshunos olimni aniqlang.

A) A.A. Semyonov
B) N.A. Seversev
C) I.V. Mushketov
D) A.P. Fedchenko



  1. 1873-yilda rus qo‘shinlari Xiva xonligini bosib olish uchun to‘rt okrug orqali hujumga o‘tdilar. Qaysi okrug qo‘shinlari tabiiy iqlim sharoitiga chiday olmasdan, ortga qaytishga majbur bo‘ldi?

A) Krasnovodsk va Mang‘ishloq
B) Turkiston va Krasnovodsk
C) Orenburg va Kazalinsk
D) Turkiston va Orenburg



  1. O‘zbek drama teatri tashkil etilishida kimning truppasi muhim ahamiyat kasb etadi?

A) V.F. Komissarjevskayaning
B) U. Hojibekovning
C) Nusratulla Qudratullaning
D) A.L. Benuaning



  1. 1914-yilda «Turkiston» nomli teatr ochgan shaxsni aniqlang?

A) A. Avloniy
B) A. Qodiriy
C) H.H. Niyoziy
D) M. Behbudiy



  1. 1866-yili Xo‘jand shahrida Orenburg general-gubernatori Krijanovskiy tomonidan sulh tuzish uchun kelgan Buxoro amirining elchisiga qanday shart qo‘yilgan?

A) o‘n kun ichida 100 ming rubl tovon pulini to‘lash
B) Buxoro amirining Rossiya imperiyasi vassalligini tan olishi
C) O‘ratepa va Jizzax shaharlaridagi qarshiliklarni to‘xtatish
D) amirlik hududlarini Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritish



  1. 1911-yil Qo‘qonda H.H. Niyoziy o‘zining havaskorlar teatrini tashkil etib unda birinchi marta . . .

A) «Zaharlangan hayot» spektakli namoyish etildi.
B) «Olovli yo‘llar» spektakli namoyish etildi.
C) «Padarkush» pyesasi qo‘yildi.
D) «To‘y» asari namoyish etildi.



  1. Rossiya imperiyasi tomonidan Turkiston o‘lkasida shariat sudlarini bekor qilish to‘g‘risidagi qaror. . .

A) Birinchi jahon urushi boshlanishidan oldin uzoq munozaralardan keyin qabul
qilindi.
B) Toshkent «Shahar nizomi»ning joriy etilishi bilan birga amalga oshirildi.
C) 1866-yilgi «Nizom» bilan bir vaqtda qabul qilindi.
D) Harbiy sud komissiyasi tashkil qilinishi bilan bir vaqtda kuchga kirdi



  1. 1865-yil 6-avgustda podsho Aleksandr II . . .

A) «Turkiston viloyatini idora qilish to‘g‘risidagi Muvaqqat Nizom»ni
tasdiqladi.
B) «Turkiston general-gubernatorligini tashkil etish haqida»gi qonunni imzoladi.
C) «Bosib olingan yerlarda Zarafshon okrugini tashkil etish haqida»gi farmonni e’lon qildi.
D) «Turkiston o‘lkasida harbiy-gubernatorlik holati haqidagi Nizom»ni tasdiqladi.

  1. XIX asrning o‘rtalarida Buxoro amirligining chegarasi . . .

A) Eron, Xiva xonligi va qozoq juzlari hududi bo‘ylab o‘tardi.
B) faqat Zarafshon vodiysini o‘z ichiga olar edi.
C) Qo‘qon xonligi yerlari hisobiga anchagina kengayib va mustahkamlanib bordi.
D) Eron va Afg‘oniston yerlari hisobiga kengayib va mustahkamlanib bordi.



  1. Turkiston general-gubernatori bosh qo’mondonlikdan tashqari yana qanday lavozimni egallagan?

A) bosh sudya
B) polisiya boshlig’i
C) bosh vazir
D) xazinabon



  1. Toshkentda birinchi rus-tuzem maktabi va birinchi gimnaziya ochilgan yillar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping?

A) 1884-1896-yillar
B) 1889-1894-yillar
C) 1884-1894-yillar
D) 1885-1911-yillar



  1. 1865 yil 6 avgustda qabul qilingan "Turkiston viloyatini idora qilish to’g’risidagi Muvaqqat Nizom"ga ko’ra hokimiyatni tashkil etuvchi tizim qanday nomda yuritiladigan bo’ldi?

A). "harbiy-xalq boshqaruvi"
B)."general-gubernatorning siyosiy-ma’muriy boshqaruvi"
C)."milliy-demokratik hukumat boshqaruvi"
D). "harbiy-polisiya boshqaruvi"



  1. Buxoro amirligining rus qo’shinlari bilan birinchi jangi qachon va qayerda bo’lib o’tgan?

A). 1866 yil, Erjar yaqinida
B).1866 yil, Jizzax yonida
C).1866 yil, O’ratepa atrofida
D). 1865 yil, Samarqand yaqinida



  1. "Qabilasining ismi va yetti otasining otini bilmay turg’onlarni "qul marquq" derlar" so’zlari kim tomondan aytilgan?

A).Mahmudxo’ja Behbudiy
B). Munavvar qori
C).Abdulla Avloniy
D).Ismoil Faspirali



  1. Jadidlar islohotlarni amalga oshirish va taraqqiyotga erishishning qanday yo’lini mo’ljallamagan edi?

A). inqilobiy yo’l bilan erishish
B).tinchlik yo’li bilan erishish
C).bosqichma-bosqich amalga oshirish
D). parlament orqali erishish



  1. Turkiston o’lkasida istiqomat qiluvchi rus aholisi uchun vaqtinchalik ……. joriy yetildi.

A). harbiy sud komissiyalari
B). sudyalar
C). mirovoy sudyalar
D). Toshkent sud palatasi



  1. 1898-1899-yillarda qaysi hudud oralig’ida temiryo’l qurilishi yakunlandi?

A). Toshkent va Andijongacha bo’lgan oraliqda
B) Ashxobod va Samarqand oralig’ida
C) Namangan va O’shgacha bo’lgan oraliqda
D). Farg’ona va Toshkent oralig’ida



  1. 1914-yildan 1916-yilgacha Namangan – Jalolobod – Farg’ona – Andijon – O’sh temiryo’li qurib bitkazildi, bu yo’l …….

A). Rossiyani Xitoy chegarasigacha olib chiqardi
B). Rossiyani Afg’oniston chegarasigacha chiqish imkoniyatini tug’dirdi
C). Farg’ona vodiysini Moskva bilan bog’lardi
D). Rossiyani Yaponiya chegarasigacha olib chiqardi



  1. Jadidlarning milliy g’oyasida qanday masalalar asosiy maqsad qilib qo’yilgan yedi?

A). Xalqimizni dunyoning ma’rifatli millatlar darajasiga ko’tarish, Turkistonda milliy demokratik davlat tuzish
B) Turkistonda milliy-demokratik davlat tuzish
C) Millatimiz farzandlarini chet yellarga o’qishga yuborish
D) Xalqimizni dunyoning ma’rifatli millatlari darajasiga ko’tarish



  1. Kim tomonidan o’rtaga tashlangan «haq olinur berilmas» shiori butun millatning jangovor chaqirig’iga aylandi?

A) M.Behbudiy
B) A.Fitrat
C) Fayzulla Xo’jayev
D) Polvonniyoz Yusupov



  1. 1917-yilda Butunturkiston musulmonlari qurultoyi necha marta o’tkazildi?

A) to’rt marta
B) uch marta
C) besh marta
D) yetti marta



  1. Turkiston musulmonlarining birinchi siyosiy partiyasi ..... edi.

A). «Sho’roi islom» tashkiloti
B) «Shuroi ulamo» tashkiloti
C) «Turon» partiyasi
D) «Yosh xivaliklar» partiyasi



  1. «Ulug’ Turkiston» gazetasining yozishicha, 1917-yil 6-dekabrda Toshkentda qanday voqyea bo’lib o’tdi?

A). Turkiston muxtoriyatini quvvatlovchi 60000 kishilik musulmonlar mitingi bo’ldi
B) Tinch namoyishchilar XKS qo’shinlari tomonidan o’qqa tutildi
C). Turkistonda kaolision hukumat tuzishga kelishib olindi
D). Turkiston masalasi bilan shug’ulla-nuvchi maxsus komissiya)Turkiston XKS muxtoriyatni yo’q qilish uchun harakat boshladi



  1. Turkiston o’lka musulmonlarning favqulodda IV qurultoyi qaysi shaharda bo’lib o’tgan?

A). Qo’qonda
B).Samarqandda
C).Yangi Marg’ilonda
D). Toshkentda



  1. Quyidagi matbuot nashrlaridan qaysi biri Turkiston Muxtoriyati nashri hisoblanmaydi?

A). "Hurriyat"
B)."Birlik tug’i"
C). "El bayrog’i"
D). "Известия Временного Правителства Автономного Туркестана"



  1. Turkiston o’lkasi ishchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetlarining nechanchi qurultoyida Turkiston Xalq Komissarlari Soveti tuzilgan?

A). III qurultoyida
B).II qurultoyida
C). I qurultoyida
D).IV qurultoyida



  1. Quyidagi qaysi tashkilot Turkistondagi barcha istiqlolchi guruhlarga rahbarlik qiluvchi markaz vazifasini bajargan?

A).Turkiston Milliy birligi
B).Turkiston muvaqqat hukumati
C)."Milliy ittihod"
D)."Milliy istiqlol"



  1. "Qasoskor" partizanlar brigadasi tarkibidagi Jonibek Otaboyev boshchilik qilgan bo’lim qaysi urushda faol ishtirok etgan?

A). Gomel atrofidagi "temir yo’l urushi" da
B).Dnepr uchun bo’lgan qaqshatqich jangda
C).Kursk yonida bo’lgan og’ir janglarda
D). Oryol yaqinidagi Zolotaryovka qishlog’i uchun bo’lgan jangda



  1. Dnepr uchun bo’lgan janglarda shuhrat qozongan 461-o’qchi diviziya qayerda tuzilgan?

A). Toshkent viloyatida
B).Buxoro viloyatida
C).Farg’ona viloyatida
D). Samarqand shahrida



  1. Qaysi shaharni ozod qilishdagi jasorati uchun Rem Afzalovga Qahramon unvoni berilgan?

A). Budapeshtni
B).Varshavani
C).Gdanskni
D). Kiyevni



  1. Ikkinchi jahon urushi yillarida O’zbekistonda qaysi ekin yetishtirish ancha kamayganligini aniqlang.

A). paxta
B). bug’doy
C).sholi
D).qand lavlagi



  1. Nechanchi yildan boshlab O’zbekistonda paxtani mashinada terish boshlangan?

A).1948 yildan
B).1953 yildan
C).1960 yildan
D).1965 yildan



  1. 1917 yil Turkistondagi paxta tozalash korxonalarining ko’pchiligi qaysi viloyatda edi?

A). Farg’ona viloyatida
B).Sirdaryo viloyatida
C). Zarafshon viloyatida
D).Buxoro viloyatida



  1. "Ulamo Jamiyati" va "Sho’roi Islomiya" o’rtasidagi kelishmovchilik bizning umumiy kurashimizni zaiflashtirmoqda va ishlarimizni chuvalashtirmoqda", deb xotiralarida yozib qoldirgan shaxsni aniqlang.

A).Mustafo Cho’qayev
B).Mahmudxo’ja Behbudiy
C).Abdurauf Fitrat
D).Munavvar Qori



  1. Turkistonda tub xalqlarning muxtoriyat tomon qat’iy intilishi, o’z an’analari, urf-odatlari va turmush tarzini izchil turib himoya qilish kabi manfaatlarning ifodachisi bo’lgan Milliy markaz ...edi.

A). Turkiston musulmonlari Markaziy Kengashi
B). "Turon" jamiyati
C).Turkiston musulmon kommunistlari byurosi
D)."Sho’roi Ulamo" tashkiloti



  1. Moskva ostonalaridagi janglarda qatnashgan minglab o’zbekistonliklar orden va jangovar medallar bilan taqdirlandi. Shulardan biri ..... Qahramon unvoniga sazovor bo’ldi.

A). S. Qosimxo’jayev
B).H. Aminov
C).A. Shukurov
D). M. Jabborov



  1. O’zbekistonda XIX asrning 20-yillarida o’tkazilgan yer-suv islohotlari uch bosqichda amalga oshirilgan bo’lib, ikkinchi bosqich qayerda bo’lib o’tdi?

A). Zarafshon viloyatida
B). Toshkent, Samarqand va Farg’ona
C).Qashqadaryo va Surxondaryo
D).Xorazm viloyatida



  1. Sovet hukumati rahbar hodimlardan kimni "g’oyaviy jihatdan" tor-mor qilindi deb hisoblab uni Qashqadaryoning chekka qishloqlaridan biriga ishga jo’natib yubordi?

A). R. Inog’omovni
B).I. Xidiraliyevni
C).R. Rafiqovni
D). T. Risqulovni



  1. Turkiston Muxtoriyati hukumatining yer va suv boyliklari vazirini aniqlang.

A). Hidoyatbek Yurg’uli Agayev
B).Solomon Gersfeld
C). Abdurahmon O’rozayev
D).Obidjon Mahmudov



  1. "Farg’ona Muvaqqat Muxtoriyat hukumati" qachon va kim boshchiligida tuzilgan?

A). 1919 yil 22 oktyabrda Madaminbek boshchiligida
B).1918 yil 16 oktyabrda Katta Ergash boshchiligida
C).1917 yilda M.Cho’qayev boshchiligida
D). 1919 yilda Kichik Ergash boshchiligida



  1. Kollektivlashtirish va quloq xo’jaliklarni tugatish to’g’risidagi qaror qachon qabul qilingan?

A). 1930 yil 17 fevralda
B).1929 yil 15 yanvarda
C). 1927 yil 17 fevralda
D).1931 yil 15 martda



  1. 1930-yilga kelib qancha quloq va boylar xo’jaliklari tugatildi?

A) 2698 ta
B) 2700 ta
C) 2744 ta
D) 2800 ta



  1. Yo’ldosh Oxuboboyevning tashabbusi bilan qaysi tumanda 3 ta kolxoz tashkil etilagan?

A) Andijon
B) Farg’ona
C) Qarshi
D) Namangan



  1. O‘zSSR «Yozuvchilar uyushmasi» qachon tashkil topgan?

A) 1934 yil
B) 1935 yil
C) 1943 yil
D) 1948 yil



  1. Katta Farg’ona kanali barpo etilishi natijasida necha gektar yerlar o`zlashtirildi?

A) 60 ming
B) 140 ming
C) 170 ming
D) 75 ming



  1. 1939 yilga kelib O`zbekiston davlatga qancha paxta etkazib berdi?

A) 1 million 583 ming tonna
B) 4 million 583 ming tonna
C) 2 million 583 ming tonna
D) 3 million 583 ming tonna



  1. 1926 yildan 1940 yilgacha O‘zbekiston aholisi yangi ko’chib kelganlar hisobiga qanchaga ko’paydi?

A) 750 ming
B) 850 ming
C) 890 ming
D) 789 ming



  1. O‘zSSR da 1937-1939 yilda qancha odam otib tashlangan?

A) 6 ming 920 ta
B) 16 ming 125 ta
C) 8 ming 205 ta
D) 9 ming 112 ta



  1. O‘zbekistonda ayniqsa ocharchilik daxshatli bo’lgan yillrarni kursating?

A) 1931-1933 yillar
B) 1933-1935 yillar
C) 1932-1934 yillar
D) 1938-1939 yillar



  1. Qaysi o‘zbek rahbari sovet totalitarizmi davrida qatag‘on qilinganlarni oqlash tashabbusi bilan chiqqan?

A) I.Karimov
B) R.Nishonov
C) Sh.Rashidov
D) U.Yusupov



  1. Respublikada «bosmachilikka qarshi kurash» «favqulotda uchlik» ya'ni «troyka» qachon tuzilgan?

A) 1922 y
B) 1926 y
C) 1929 y
D) 1930 y



  1. XX asrning 1940-yillari oxiri va 1950 yillari boshidagi qatag‘onlar asosan kimlarga qaratilgan?

A) Madaniyat va fan arboblariga
B) Urushdan qaytgan partiya a'zolariga
C) Urushdan qaytgan temir yo‘l ishchilariga
D) Pedagog xodimlarga



  1. Qo‘yidagilardan qaysi biri «Qo‘shchi» ittifoqining raisi sanaladi?

A) Yu. Oxunboboev
B) S.Qosimxo‘jaev
C) N.Muhiddinov
D) J.Otaboev



  1. 1937-1940 yillar mobaynida respublikada sug‘oriladigan maydonlar necha gektarga kengaydi?

A) 260 ming
B) 280 ming
C) 295 ming
D) 306 ming



  1. Qachon Toshkent qishloq xo‘jalik mashinasozlik zavodi ishga tushirildi?

A) 1931 yil
B) 1932 yil
C) 1933 yil
D) 1934 yil



  1. Turkiston Iqtisodiy Kengash (TurkEKOSO) qachon tuzildi?

A) 1921 yil mart
B) 1925 yil aprel
C) 1926 yil may
D) 1928 yil avgust



  1. Qo‘yidagilardan qaysi biri Stalin davr ommaviy jinoyatchiligini qayta ko‘rib chiqish tashabuskori hisoblanadi ?

A) N.Xrushchev
B) L.Beriya
C) V. Moltov
D) L Kaganovich



  1. 2019 yil dekabr oyida bo’lib o’tgan O’zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi va Senati xamda viloyat tuman, shaxar kengashlariga deputatlar saylovlari qaysi shior asosida bo’lib o’tdi?

A). «Yangi O’zbekiston-yangi saylovlar».
B). «Demokratik saylovlar».
C). «Birdamlik xarakati saylovlar».
D). «Yangi saylovlar yili».



  1. 2020 yilda intensiv usulda baliq yetishtirish uni kupaytirish borasida qaysi mamlakatlar bilan yaqin xamkorlik yo’lga qo’yildi?

A). Vetnam va Xitoy
B). Xitoy va Malayziya.
C). Rossiya va Xitoy.
D). Singapur va Xindiston.



  1. O’zbekistonning 2017-2021 yillarda yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida qishloq xo’jaligini modernizasiya qilish borasida eng muhim vazifalar...

A). Yerdan unumli foydalanish va uni talon-taroj qilishni oldini olish.
B). Suv tarmoqlarini ko’paytirish.
C). Hosildorligini oshirish.
D). Yangi ekin turlarini ko’paytirish.



  1. Dunyodagi eng nufuzli nashrlardan biri «Ekonomist jurnali» 2019 yilda O’zbekistonni ...

A). «Yil mamalkati» deb e’tirof etdi.
B). «Rivojlangan davlat» deb e’tirof etdi.
C). «Iqdisodiy o’sish» deb e’tirof etdi.
D). «Iqdisodiy sog’lom» deb e’tirof etdi.



  1. O’zbekistonda maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 2020 yilda ...

A). 25% yetkazish.
B). 20% yetkazish.
C). 30% yetkazish.
D). 35% yetkazish.



  1. O’zbekistonda maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 2030 yilda ...

A). 50-60% yetkazish.
B). 70-75% yetkazish.
C). 60-65% yetkazish.
D). 80-85% yetkazish.



  1. O’zbekistonda 2025 yilga borib turizm sohasida qanday yutuqlarga erishish rejalashtirilmoqda?

A). Har yili 7 mln. xorijiyliklarni O’zbekistonga kelishi va undan tushgan daromadni 2 mln. dollarga yetkazish.
B). Turistlarga yetarli sharoitlarni yaratib berish.
C). O’zbekistonga keladigan turistlar sonini 5 mln. kishiga yetkazish.
D). Ayniqsa ekologik turizmni mamlakatda rivojlantirish.



  1. Qachondan boshlab, Respublikamizda har yili 1-sinf o‘quvchilariga bepul o‘quv anjomlari, darsliklarni berish joriy etildi, kam ta’minlangan oilalarning boshlang‘ich sinfl arda o‘qiydigan bolalariga bepul qishki issiq kiyimlar berish yo‘lga qo‘yildi.

A) 1997-yildan
В) 1998-yildan
C)1996-yildan
D) 1999-yildan



  1. Bugungi kunda O‘zbekistonda qancha milliy-madaniy markazlar millatlararo totuvlik g‘oyasini hayotga tatbiq etmoqda?

A) 138 ta
В) 130 ta
C)133 ta
D) 120 ta



  1. Birlashgan millatlar tashkiloti har yilning qaysi sanasini «Xalqaro bag‘rikenglik kuni» deb e’lon qildi.

A) 16-noyabrni
В) 1-dekabrni
C) 21-oktyabrni
D) 16 dekabrni



  1. ......yilda Islom Hamkorligi tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat masalalar bo‘yicha tuzilmasi – AYSESKO tomonidan «Toshkent – Islom madaniyati poytaxti» deb e’lon qilindi?

A) 2007
В) 2005
C) 2009
D) 2000



  1. «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi». Ushbu jumlalar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasidan o’rin olgan?

A) 31-modda
В) 49-modda
C)51-modda
D) 29-modda



  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentning 2017-yil 15-dekabrdagi farmoni asosida....?

A) O‘zbekiston Islom akademiyasi tashkil etildi.
В) 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi.
C)Yurtimizda «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e’lon qilindi
D) «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunlarni qabul qilindi



  1. «Ta’lim to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi qonun hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»qachon qabul qilingan?

A) 1997-yil 29-avgustda
В) 1992-yil 2-iyulda
C)1996-yil 29-avgustda
D) 1999-yil 29-avgustda



  1. Qaysi yildan boshlab har yili 1-oktabr «O‘qituvchilar va murabbiylar kuni» sifatida nishonlanib kelinmoqda?

A) 1997-yildan
В) 1996-yildan
C)1999-yildan
D) 1998-yildan



  1. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» 3 bosqichdagi islohotlar asosida amalga oshirilmoqda. Shundan birinchi bosqichi qaysi yillarni o’z ichiga oladi?

A) 1997–2001-yillar
В) 2001–2005-yillar
C)1997-2000-yillar
D) 1997-1999-yillar



  1. Orol ekologik inqirozi qanday muammo hisoblanadi?

A) xalqaro miqyosdagi
B) faqat mintaqaviy miqyosdagi
C) mahalliy miqyosdagi
D) Orolga chegaradosh mamlakatlar ko’lamidagi



  1. Istiqlol sharofati bilan muqaddas Qur’oni Karimni o’zbek tiliga izohli tarjima qilgan olimni aniqlang.

A) Alouddin Mansur
B) Abdulaziz Mansur
C) Muhammad Latif Julanov
D) Alixon To’ra Sog’uniy



  1. O’zbekistonning qaysi viloyatida Xitoyning «Nunkel» firmasi bilan hamkorlikda yo’g’och tolali plita ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi?

A) Jizzax
B) Samarqand
C) Namangan
D) Qashqadaryo



  1. O’zbekistonda neftni qayta ishlash komplekslarining barpo etilishida qaysi davlatning «Marubeni» va «Jey-Ji-Si» kompaniyalari katta hissa qo’shgan?

A) Yaponiya
B) AQSh
C) Janubiy Koreya
D) Xitoy



  1. O’zbekiston brezent ishlab chiqaruvchi «Kenaf» qo’shma korxonasini qaysi davlat hamkorligida tashkil etgan?

A) Chexiya
B) Vengriya
C) Italiya
D) Gresiya



  1. O’zbekistonning ta’lim muassasalariga ko’mak berayotgan JAIKA-xalqaro hamkorlik agentligi qaysi davlatga qarashli?

A) Yaponiya
B) Koreya
C) Germaniya
D) Fransiya



  1. O’zbekiston Respublikasida viloyat, tumanlarning chegarasini o’zgartirish qaysi organ roziligi asosida amalga oshiriladi?

A) Oliy Majlis
B) Prezident
C) Vazirlar Mahkamasi
D) Davlat Mulk qo’mitasi



  1. Qaysi davlatning «Shanxay forumi»ga kirishi munosabati bilan uning nomi «Shanxay Hamkorlik Tashkiloti – ShHT», deb o‘zgartirildi?

A) O‘zbekistonning
B) Rossiyaning
C) Turkmanistonning
D) Tojikistonning



  1. «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi qonun necha moddadan iboarat?

A) 17
В) 12
C)10
D) 28



  1. ....O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga muqobillik asosida saylov bo‘lib o‘tdi?

A) 1991-yil 29-dekabrda
В) 1990-yil 29-dekabrda
C)1990-yil 24-martda
D) 1991-yil 29-yanvarda



  1. Qaysi yildan boshlab mamlakatimiz tarixida ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan – Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat tarzda ish boshladi?

A) 2005-yildan
В) 2002-yildan
C)2006-yildan
D) 2003-yildan



  1. 1990–1994-yillarda mamlakatimiz parlamenti qanday nom bilan faoliyat ko’rsatgan?

A) Oliy Kengash
В) Oliy majlis
C) Ijroiya hokimiyat
D) Vakillik organi



  1. Mamlakat parlamentining bosib o‘tgan yo‘lini tarixiy nuqtayi nazardan tahlil etar ekanmiz, uni shartli ravishda uchta asosiy davrga bo‘lish mumkin. Shundan birinchi davri qaysi yillarni o’z ichiga oladi?

A) 1991–1994-yillar
В) 1990-1994 yillar
C) 1995–2004-yillar
D) 2005-yildan hozirgi paytgacha.



  1. Mamlakat parlamentining bosib o‘tgan yo‘lini tarixiy nuqtayi nazardan tahlil etar ekanmiz, uni shartli ravishda uchta asosiy davrga bo‘lish mumkin. Shundan ikkinchi davri qaysi yillarni o’z ichiga oladi?

A) 1995–2004-yillar
В) 1991–1994-yillar
C)1990-1994 yillar
D) 2005-yildan hozirgi paytgacha.



  1. Mamlakat parlamentining bosib o‘tgan yo‘lini tarixiy nuqtayi nazardan tahlil etar ekanmiz, uni shartli ravishda uchta asosiy davrga bo‘lish mumkin. Shundan uchinchi davri qaysi yillarni o’z ichiga oladi?

A) 2005-yildan hozirgi paytgacha.
В) 1995–2004-yillar
C)1991–1994-yillar
D) 1990-1994 yillar



  1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining XX bobi.... bag’ishlangan?

A) Vazirlar Mahkamasiga
В) Oliy Majlisga
C)Sud hokimyatiga
D) Siyosiy partiyalarga



  1. 2017-yil 22-dekabrda.....?

A) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi e’lon qilindi.
В) Harakatlar strategiyasi qabul qilindi
C) Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi e’lon qilindi
D) Prezidentlikka umumxalq saylovi bo’lib o’tdi



  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi farmoni bilan....?

A) 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi.
В) Yurtimizda «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e’lon qilindi
C)«Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni imzolandi
D) «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunlarni qabul qilindi



  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi farmoni bilan 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi. Harakatlar strategiyasida davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning 5 ta ustuvor yo‘nalishi keltirilgan. Shundan birinchi ustuvor yo’nalishni aniqlang?

A) Davlat va jamiyat qurilish tizimini takomillashtirish
В) Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish
C) Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish
D) Ijtimoiy sohani rivojlantirish



  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi farmoni bilan 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi. Harakatlar strategiyasida davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning 5 ta ustuvor yo‘nalishi keltirilgan. Shundan uchinchi ustuvor yo’nalishni aniqlang?

A) Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish
В) Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish
C) Ijtimoiy sohani rivojlantirish
D) Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat



  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi farmoni bilan 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi. Harakatlar strategiyasida davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning 5 ta ustuvor yo‘nalishi keltirilgan. Shundan to’rtinchi ustuvor yo’nalishni aniqlang?

A) Ijtimoiy sohani rivojlantirish
В) Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish
C) Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish
D) Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat



  1. Respublikamizda prezidentlik lavozimi ta’sis etish to’g’risidagi qaror ….

qabul qilingan.
A). 1990 yil 24 martda
B).1990 yil 15 fevralda
C).1990 yil 20 aprelda
D). 1989 yil 23 iyunda



  1. O’zbekistonning yangi tarixi markazi qachon tashkil etilgan?

A).1996 y
B).1995 y
C).1994 y
D).1993 y



  1. Mustaqillik yillarida Xoja Alhori Valiy tavalludining necha yillik yubileyi keng ko’lamda nishonlandi?

A). 600 yilligi
B).550 yilligi
C).1000 yilligi
D).800 yilligi



  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 19-sentabrda...?

A) Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘zladi.
B) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi e’lon qilindi.
C)Harakatlar strategiyasi qabul qilindi
D) Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi e’lon qilindi



  1. 2018-yildan boshlab qaysi shahrida har ikki yilda bir marta Xalqaro maqom san’ati festivalini o‘tkazish belgilandi?

A) Shahrisabzda
B) Samarqandda
C)Buxoroda
D) Toshkentda



  1. 2015- yili Samarqand shahrida o’tkazilgan «Sharq taronalari» X- xalqaro musiqa festivalida nechta xorijiy mamlakatdan vakillar qatnashgan?

A) 66
B) 77
C)88
D) 55



  1. YUNESKO qaroriga binoan qaysi shaharda Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti tashkil etilgan?

A) Samarqandda
B) Toshkentda
C) Buxoroda
D) Xivada



  1. «O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida»gi Qonuni qachon qabul qilingan?

A) 2012 yil sentyabr
B) 2010 yil oktyabr
C) 2014 yil dekabr
D) 2008 yil may



  1. «Bundan buyon har bir tuman va shaharlarga kerak bo’lsa, cheka-cheka qishloq va ovullarga kirib boramiz. U yerda istiqomat qilayotgan odamlarning dardini eshitamiz, muammolarini hal qilishga qaratilgan dasturlar ishlab chiqamiz va ijrosini qat’iy nazoratga olamiz»-ushbu so’zlar……tegishli?

A). Sh.M.Mirziyoyevga
B). I. Karimovga
C). Sh. Rashidovga
D). A. Aripovga



  1. BMT Bosh Assambleyasining 72 sessiyasida «Ma’rifat va diniy bag’rikenglik» deb nomlangan maxsus rezolyusiyani qabul qilish taklifi bilan murojaat qilgan davlat rahbari kim?

A). Sh. Mirziyoyev
B). BMT bosh kotibi A.Guterish
C). Ashraf G’ani.
D). Navoz Shari

1.So`ngi paleolit davrida yashagan odam manzilgohlari Ozbekistoning qaysi hududlaridan topilgan ?



Yüklə 241 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə