5-sinf. O‘zbek tili (davlat tili) II bsb o‘qib tushunish (25 ball) O‘qituvchi uchun zehnli bola


Matn mazmuniga mos ma’lumotni aniqlang



Yüklə 292,41 Kb.
səhifə12/13
tarix19.12.2023
ölçüsü292,41 Kb.
#152278
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Demo BSB II U.M 5-11-sinflar uchun

6. Matn mazmuniga mos ma’lumotni aniqlang.
A. O‘zbekistonda erkaklarning o‘rtacha umr davomiyligi ayollarnikiga nisbatan yuqori.
B. O‘zbekistonda o‘tgan asrning 50-yillarida aholi soni o‘sishdan to‘xtagan.
D. O‘zbekiston aholisining qariyb 70 foizi mehnatga layoqatli hisoblanadi.
E. Ma’lumotlarga ko‘ra O‘zbekistonda 2018-yilda qariyb 160 ming o‘lim kuzatilgan.
Mazkur test topshirig‘i bitta to‘g‘ri javobga ega muqobil javobli test topshirig‘i bo‘lib, bunday topshiriqlar orqali ona tilidagi matnni o‘qib tushunish malakasi bilan bog‘liq bo‘lgan matnda o‘z ma’nosida ishlatilgan leksik birliklarning ma’nosini tushunish; matnda ko‘chma ma’noda ishlatilgan leksik birliklarning ma’nosini tushunish; matndagi ibora, maqol, hikmatli so‘zlar ma’nosini tushunish; matn qismlarini bog‘lovchi vositalar ma’nosi va ularning matndagi vazifasini tushunish; matnning grammatik qurilishini anglash; matnda ochiq va yashirin ifodalangan ma’lumotlarni tushunish; matndagi verbal va vizual ma’lumotlar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni tushunish; matndagi mazmuniy bog‘lanishlarni anglash; matn yoki uning qismlari umumiy ma’nosini tushunish kabi ko‘nikmalarni baholash mumkin. Bu esa o‘quvchida o‘zaro bog‘liqliklarni fahmlash, haqiqiy mazmunni anglash, nutqiy vaziyatlarni idrok etish, voqelikka munosabat bildirish, o‘quvchining avvaldan mavjud bilimi hamda matndan olingan ma’lumotni ma’lum darajada integratsiyalash, matn bilan ishlayotganda o‘zlarining shaxsiy fikrlari va tajribalaridan foydalana olish kabi ko‘nikmalarni shakllantiradi.
Xullas, o‘quvchilarning ona tilidagi matnlarni o‘qib tushunish malakasini test topshiriqlari yordamida baholashda yuqorida sanab o‘tilgan test topshiriqlaridan foydalanish samarali boʻladi. Bunda oʻquvchilarning oʻqib tushunish malakasini baholash test topshiriqlarining ishonchliligi hamda baholash natijalarining obyektivligi oshishiga xizmat qiladi.
O‘quvchi uchun
O‘ZBEKISTON AHOLISINING KO‘PAYISHI
Aholi sonining ko‘payishi – davlat rivojlanishi va taraqqiyotiga ta’sir etuvchi omillardan biri. Birlashgan Millatlar Tashkilotining aholishunoslik jamg‘armasining 2018-yildagi ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekiston aholi soni bo‘yicha jahonda 44-o‘rinda turadi va aholi soni o‘sib bormoqda. Darhaqiqat, keyingi yillarda O‘zbekistonda tug‘ilish soni o‘lim soniga nisbatan ortganligi hisobiga aholi soni ko‘payib bormoqda. Мustаqillik yillаridа mаmlаkаtimizdа аhоlining tug‘ilish vа o‘lim ko‘rsаtkichlаridа hаm o‘zgаrishlаr kuzatildi. 1991-yildа rеspublikаdа 723,4 ming nаfаr bоlа tug‘ilgаn bo‘lsа, kеyingi yillаrdа tug‘ilish sоni kаmаyib, 2001-yildа tug‘ilish 513 ming nаfаrni tаshkil etdi. Kеyinchаlik аhоlining turmush fаrоvоnligi ko‘tаrilishi bilаn tug‘ilish sоni hаm ko‘pаydi. 2017-yilgа kеlib 716 mingdаn оrtiq chаqаlоq tug‘ilgan bo‘lsa, 2018-yilda 768 mingdаn оrtiq bola dunyogа kеlgan. 2019-yil esa 815,9 ming bola tug‘ilishi ro‘yxatga olingan bo‘lib, 1000 aholiga tug‘ilish darajasi 24,3 promilleni tashkil etdi va 2018-yilning shu davriga nisbatan 1 promillega ko‘paydi. Umuman olganda, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2020-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra 33905,8 ming kishini tashkil etmoqda. Mehnatga yaroqli yoshdan kichiklar aholining 30,5%, mehnatga layoqatli yoshdagilar 58,9% va mehnatga layoqatli yoshdan kattalar 10,6% ni tashkil etdi. Aholi sonining oshishiga ta’sir qiluvchi muhim omillardan yana biri umr dаvоmiyligi ko‘rsatkichidir. Маmlаkаtimizdа umr dаvоmiyligi ko‘rsаtkichida ham so‘nggi yillаrdа o‘sish kuzatilgan, jumlаdаn, 1991-yildа ushbu ko‘rsаtkich 66,4 yoshni tаshkil etgаn bo‘lsа, 2000-yildа 70,8 yoshni, 2010-yildа 73,0 yoshni tаshkil etdi. 2016-yilga kelib esa 73,8 yoshni tаshkil etgаn. Shuningdek, tibbiyot sоhаsidа amalga oshirilayotgan islohotlar nаtijаsidа rеspublikаdа o‘lim dаrаjаsi, jumlаdаn, bоlаlаr vа оnаlаr o‘limi ko‘rsаt kichlаri pаsаydi vа bu rеspublikа аhоlisi o‘rtаsidа umr dаvоmiyligi ko‘rsаtkichining o‘sishigа o‘z tа’sirini ko‘rsаtdi. (Internet manbalari asosida tayyorlandi)

Yüklə 292,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə