Notiqlik san’ati va liderlik fanidan 2-mustaqil ish mavzusu



Yüklə 25,91 Kb.
səhifə1/2
tarix27.08.2023
ölçüsü25,91 Kb.
#120979
  1   2
2-mustaqil ish.Jo\'rayeva Mohira


Notiqlik san’ati va liderlik fanidan
2-mustaqil ish
Mustaqil ish mavzusu: Notiqlik nutqini tayyorlash va uni taqdim etish.
Kirish
Insonga fikrini ifoda etish uchun sezgi organlaridan biri sifatida Alloh tomonidan til berildi. Aqlni esa inson ixtiyoriga qoldirdi. Endi inson bolasi aqlini ishga solib, tili orqali so‘zlar (nutqi)ni ifodalashga kirishdi. Yaratgan Egam tanam izdagi sezgi organlarimizdan biri til (zabonimiz)ni ehtiyot qilib joylagan. Unga o‘ttiz ikkita tislilarimiz ortidan joy berib, yana lablar bilan berkitdi. Bu suyaksiz tilimizga ehtiyotkorlik chorasi ham edi. Chunki shu bir parcha (go‘sht) til orqali: yaxshilik va yomonlik; go'zallik va xunuklik; mehribonlik va yovuzlik; baxt va baxtsizlik; mansab va itoatkorlik; boylik va kambag'allik; do'stlik va dushmanlik; visol va ayriliq; obro‘ va obro'sizlik; omad va omadsizlik; ezgulik va johillik; mehnatsevarlik va dangasalik; halimlik va qo'pollik; havas va hasad; taraqqiyot va zalolat; yarashish va janjal; tinchlik va urush; ruhiy tetiklik va tushkunlik; sog'lomlik va.bemorlik; izzat va sharmandalik; xursandchilik va dilxiralik; madaniyatlilik va madaniyatsizlik kabi bu foniy dunyoda mavjud bo‘lgan barcha narsaga erishish mumkin. Sezgi organlarimizning ko‘z, quloq va burundan tashqari barchasini odam o'ziga bo'ysundira oladi, jumladan, tilni ham. Madomiki, shunday ekan, biz o‘zimiz aql va farosatimizni ishga solib, loaqal tilimizni jilovlay bilishimiz zarur. Shundagina biz so'zimiz va nutqimizning qanchalik kuch-qudratga ega ekanligini his etib yashaymiz. Notiqlikni o'rgatuvchi va targ‘ib qiluvchi qadim adabiyotlardan tortib bizning davrimizda yozilgan va yozilayotgan maqola va 5 kitoblarda notiq, notiqlik, nutq odobi, notiqlik san’ati; voiz, voizlik, voizlik san’ati kabi atama va tushunchalarni o‘qiymiz. Og‘zaki nutqda odamlar orasida: so‘z ustasi, so‘zga chechan, so‘zga usta, so'zamol, so‘zni boplaydi, gapni do‘ndiridi, gapga usta, chiroyli gapiradi; suhandon, tilchi-da, adabiyotchi-da, shoir-da singari iboralarni eshitamiz. To‘g‘ri, hamma ham nutqiy nuqsonsiz tug'ilsa, albatta gapiradi. Biroq hamma odamlar ham gapga chechan bo‘lavermaydi. Gapga chechanlik, ya’ni notiqlik bu — qobiliyat va iste’dod. Notiqlik bu — san’at. Qachonki, inson Alloh bergan tabiiy qobiliyat bilan cheklanib qolmay, o‘z nutqi va tili ustida erinmay ishlasa, mashq qilsagina chinakam notiqlik mahoratini egallashi mumkin.



Yüklə 25,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə