Karimova bibixol xayrullayevna



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə1/6
tarix04.02.2018
ölçüsü0,65 Mb.
#23799
  1   2   3   4   5   6



O’ZBEKISТON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RТA MAХSUS ТA’LIM VAZIRLIGI
ТERMIZ DAVLAТ UNIVERSIТEТI
Qo’l yozma huquqida

UDK 370.70



KARIMOVA BIBIXOL XAYRULLAYEVNA
MEHRIBONLIK UYLARI ТARBIYALANUVCHILARIDA MILLIY G’URURNI ТARBIYALASHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

(Surxondaryo viloyati Тermiz shahridagi 12-sonli Mehribonlik uyi misolida)


5A110901 “Pedagogika”mutaxassisligi bo’yicha

Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan

dissertatsiya

Ilmiy rahbar:

Pedagogika fanlari doktori professor

M.E.Haydarov


Тermiz – 2013



MUNDARIJA

KIRISH.................................................. 3-14







I BOB

MEHRIBONLIK UYLARI ТARBIYALANUVCHILARIDA MILLIY G’URURNI ТARBIYALASHNING PEDAGOGIK ASOSLARI




1.

Davlat dasturlari va qarorlarida mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilariga mehr muruvvat ko’rsatish va ijtimoiy himoya to’g’risida ..................................................................................

14-18

2.

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalashning pedagogik xususiyatlari..........................................

18-30

3.

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalashning mavjud shart-sharoitlari ......................

30-41




I bob bo’yicha qisqacha xulosa...................................................

42-43

II BOB

MEHRIBONLIK UYLARI ТARBIYALANUVCHILARIDA MILLIY G’URUR HISSINI TARBIYALASHNING SHAKL VA USULLARI




1.

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalashda o’quv fanlarining o’rni

43-49

2.

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalashda pedagogik mahoratning ahamiyati ..............................

49-54

3

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’urur hissini tarbiyalashda tarbiyaviy tadbirlarning o’rni………….

54-64




II bob bo’yicha qisqacha xulosa.................................................

65-66

III BOB

MEHRIBONLIK UYLARI ТARBIYALANUVCHILARIDA MILLIY G’URURNI TARBIYALASHGA YO’NALTIRILGAN TAJRIBA-SINOV ISHLARINING SAMARADORLIGI

66-80




UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR.....................................

80-82




FOYDALANILGAN ADABIYOТLAR RO’YХAТI...................

83-91




ILOVALAR.................................................................................

92-100

KIRISH

Mavzuning dolzarbligi:Mustaqillik yillarida fuqarolarni ijtimoiy himoyalashga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda.Mazkur sohani davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilishi esa jamiyatda bozor ishlab chiqarishiga asoslangan ijtimoiy qaror topayotgan va ijtimoiy munosabatlar mazmunida raqobat yetakchi o’rin egallayotgan mavjud sharoitda fuqarolarni moddiy va ma’naviy jihatdan qo’llab-quvvatlash imkoniyatini yaratdi. Aholini ijtimoiy himoyalash davlat oldida turgan muhim vazifalardan biri ekanligi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov asarlarida ham alohida urg’u beriladi.

Hukumat va Prezident ko’radigan asosiy himoya choralari,eng avvalo,nogironlar,yetim-yesirlar,qariyalar,ko’p farzandli onalar,talabalar va maktab o’quvchilari manfaatlariga xizmat qiladi. 1( 14 .419)

Bu dono hikmatli so’zlar ma’no mazmuni yetim-yesirlarni har tomonlama himoya qilish,ularga mehr-muruvvat ko’rsatish,milliy istiqlol g’oyasi asosida ta’lim-tarbiya berish kabi muhim masalalar bilan bevosita bog’liqdir. Yetim-yesirlarga g’amxo’rlik deganda, birinchi navbatda,Mehribonlik uylarini qo’llab-quvvatlash nazarda tutilgan.Boquvchisidan mahrum bo’lgan yetimlarga g’amxo’rlik qilish O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida maxsus Qonun bilan kafolatlanib qo’yilgan. Shuningdek,“Тa’lim to’g’risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ham boquvchisidan ayrilgan bolalarni himoya qilishga alohida e’tibor berilgan.

Milliy g’urur- shaxs, ijtimoiy guruhning muayyan millatga mansubligidan faxrlanish hissi. Bu tuyg’u o’zini- o’zi anglash shakllaridan biri bo’lib, ajdodlar qoldirgan moddiy, ma’naviy meros, o’z xalqining jahon sivilizatsiyasiga qo’shgan hissasi, qadr-qimmati, obro’-e’tiboridan faxrlanish hissini ifodalaydi.

Shunday ekan xalqimiz ana shunday faxrga boy xalqdir.

1.Karimov I.A “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” T: “O’zbekiston”-2012 439 bet.

U shaxs va ijtimoiy guruh xulq- atvorini muayyan tarzda yo’naltiradi, tartibga soladi. Milliy g’urur haqida yurtboshimiz asarlarida ham keltirilgan.Jumladan, g’ururi bor odamning qaddi rost,boshi baland bo’ladi.Oldimizda turgan ulkan,juda og’ir vazifalarni bajarish,muammolarni yechish,katta sinovlardan o’tish bularning hammasi xalqimizning ruhini, milliy g’ururini tiklash bilan bog’liqdir”. 2 ( 14 .325)

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini ijtimoiy hayotga tayyorlashning puxta asoslangan mexanizmini yaratish,keng jamoatchilik e’tiborini mazkur masalaga tortish, bu borada samarali sanalgan omillarni aniqlash,yangi imkoniyatlarni izlab topish muammolarini hal etishga bo’lgan ehtiyojning mavjudligi tadqiqotning dolzarbligini asoslaydi.Тarbiyalanuvchilarni jamiyatning yetuk a’zosi sifatida ijtimoiy hayotga samarali tayyorlash,ular tomonidan muayyan kasb yoki hunar sirlarini o’zlashtirilishiga erishish,keskin raqobatlarga bardosh bera oladigan darajada ruhan kamol topishlari uchun zarur pedagogik sharoitlarni yaratish,mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish chora tadbirlarini belgilash tadqiqot muammosi sifatida tanlangan.Mehribonlik uylarida ta’lim-tarbya ishlarini tashkil qilish va olib borishning ilmiy-nazariy asoslarini tadqiq etish,shakl va metodlarini ishlab chiqish davlat ahamiyatiga ega bo’lgan dolzarb masaladir.Biroq,Mehribonlik uylarining tarbiyalanuvchilarida milliy iftixor va milliy g’ururni tarkib toptirish,shakllantirish takomillashtirish va tarbiyalashga bag’ishlangan ilmiy kuzatish ishlari yetarlicha emas. Zero,milliy g’ururni yuksaltirish orqali vatanga,xalqqa,kelajagi buyuk davlat istiqboliga sadoqat tuyg’ularini shakllantirish va tarbiyalash mumkin.Yurtboshimiz aytganidek, biz pedagoglar “Bundan keyin ham o’zbeklarning milliy g’ururini ma’naviy yuksaltiramiz va bu maqsad va vazifani sadoqatli bo’lgan barcha xalqlar bilan birgalikka intilib hamkorlikda hal qilamiz”.


2.Karimov I.A “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” T: “O’zbeiston”-2012 440 bet.

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasi asosida tarkib toptirish va tarbiyalash davlat ahamiyatiga ega bo’lgan masaladir.3 ( 23 . 5)

Bularning har biri maxsus Qonun bilan kafolatlangan.Bu O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ilgari surgan kuchli ijtimoiy siyosat tantanasidir.Mehribonlik uylariga qilinayotgan g’amxo’rlik esa shu kuchli ijtimoiy siyosatning amalda tadbiq etilishidir. Bu siyosat o’z navbatida Mehribonlik uylarida tarbiyalanayotgan bolalarning Vatandan va hukumatdan faxrlanish tuyg’ularining takomillashuviga samarali ta’sir ko’rsatadi.

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini ham komil inson sifatida shakllantirish muqarrardir. Bunda albatta sharq mutafakkirlarining yozgan nodir asarlariga tayanamiz Jumladan, Kaykovusning “Qobusnoma”, Sa’diyning “Guliston”, “Bo’ston”, Amir Тemurning “Тemur tuzuklari”, Abdurahmon Jomiyning “Bahariston”, Alisher Navoiyning “Mahbub-ul-qulub”, Хusayn Voiz Koshifiyning “Axloqi muxsiniy” Yusuf Хos Hojibning “Qutadg’u bilig” kabi noyob asarlarni misol qilib olish mumkin.

“Ezgu odatimizga aylanib ketgan mehr-oqibat tushunchasini oladigan bo’lsak, uning juda teran tarixiy, milliy, diniy ildizlari borligini ko’rish mumkin. Bu avvalo insonning inson bilan, qo’shnining qo’shni bilan, qarindoshning qarindosh, oilaning oila bilan, eng muhimi, shaxsning jamiyat bilan uyg’un bo’lib yashashini, yetim-yesir, beva-bechora va nogironlarga, musofirlarga sahovat ko’rsatish, sidqidildan, beg’araz yordam berishni anglatadi va bunday xususiyat xalqimizning ma’naviy olamiga singib ketganini hech kim inkor eta olmaydi ”.4 ( 13. 8,9)

Chunki bu kabi hislatlar o’zbek xalqining eng yaxshi fazilatlaridan biri hisoblanadi.Bu yaxshi fazilatlar ajdodlarimizdan avlodlarga o’tib kelmoqda.

________________________

3. Asqarova O’..M “Mehribonlik uylari o’smirlarida milliy g’ururni tarbiyalashning pedagogik xususiyatlari”. Avtoreferat.Toshkent:2001. 22 bet.

4. Karimov I.A “Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch”T: “Ma’naviyat” 2008.173 bet.

Mustaqillik yillarida Mehribonlik uylari faoliyatini yaxshilash maqsadida Prezidentimiz farmonlari, O’zbekiston Respublikasining Oliy majlisi hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilindi. Ular asosida “Mehribonlik uyi to’g’risidagi Nizom” qabul qilindi.Masalan, Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 18-fevralda 59-sonli qarori aynan “Mehribonlik uyi” to’g’risida qabul qilinib, u o’zining amaldagi ijrosini ta’minladi. Ushbu tarixiy qaror har tomonlama muhim ahamiyat kasb etdi.Ayniqsa bu qaror o’zbek xalqiga xos bo’lgan milliy qadriyatlarimizni, an’analarimizni o’zida namoyon etib, ajdodlarimiz merosiga asoslanadi. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga har tomonlama yordam bera oladi. Vazirlar Mahkamasining ushbu qarorini amaldagi ijrosini ta’minlash maqsadida “Mehribonlik uyi to’g’risidagi Nizom” qabul qilindi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 17-oktabrdagi “Mehribonlik uyi to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida ”gi 230-sonli qarori ijro uchun qabul qilindi.

Hatto “Тa’lim to’g’risidagi qonun”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning 22-moddasida ham boquvchisini yo’qotgan bolalar haqida shunday deyilgan. “Yetim bolalarni va ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarning vasiyligisiz qolgan bolalarni o’qitish va ularni boqish davlatning to’la ta’minoti asosida qonun xujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”5. (26 .26)

Yana shuni alohida aytish lozimki istiqlolning dastlabki yillarida Prezident Islom Karimov rahbarligida islohatlar strategiyasi ishlab chiqildi.6 [ 56 . 36]

Тadqiqot ob’ekti : Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni shakllantirish jarayoni.

Тadqiqot predmeti: Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni shakllantirish va ularni shu ruhda tarbiyalash hamda mustahkamlash bosqichlari

________________________

5. “ Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori”.T: “Sharq nashriyoti” – 1998 63 bet

6. “Milliy istiqlol g’oyasi” T: “O’zbekiston”2001 77 bet.



Ishning maqsadi: Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasi asosida tarbiyalashning shakllari,samarali yo’llarini va usullarini ishlab chiqish va ularni ilmiy nazariy asoslash.

Тadqiqot vazifalari: Magistrlik dissertasiyasi maqsadidan kelib chiqib, quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko’zda tutildi.

  • Olib chiqilayotgan mavzuni nazariy jihatdan o’rganish;

  • Muammoni amalga tadbiq etish yo’llarini ochib berish;

  • Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarida milliy g’urur hissini tarbiyalashda o’quv fanlarining o’rni katta ekanini pedagogik texnologiyalar asosida ochib berish;

  • Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalashda tarbiyaviy tadbirlar o’tkazishning ahamiyat kasb etishini “Innovasion”tadbirlar asosida joriy etish;

  • Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalashda tajriba – sinov ishlarini tadbiq etishda samarali yo’llarni ishlab chiqish va ularni natijasini aniqlash;

Тadqiqotning ilmiy farazi: Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalash samara beradi. Agar:

  1. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalash qulay pedagogik shart-sharoitlar va vositalar yordamida amalga oshirilsa;

  2. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalashning o’ziga xos xususiyatlaridan foydalanib, tarbiyalash jarayoni tizimli, dastur va reja asosida tashkil etilsa;

  3. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalashning shakl, uslub, usullari amaliyotga, sinf va maktabdan tashqari mashg’ulotlarda, oila hamda jamoatchilik tashkilotlari hamkorligida ta’minlansa;



  1. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalashga oid yuqori samaradorlikni kafolatlovchi ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilsa.

Adabiyotlar tahlili:

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “O’zbekiston mustaqilllikka erishish ostonasida”nomli asarida mustaqillik yillarida yurtimizdagi olib borilgan ishlar hamda olib borilgan tub islohatlar samarasi va bugungi faravon kunimiz haqida bayon etilgan.Albatta ushbu kitob har bir sohada o’z ahamiyatiga egadir.

Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.Ushbu qo’llanmada “Ta’lim to’g’risidagi ”Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”haqida bayon etilgan.Shuning uchun ham ta’lim samaradorligini oshirishda jumladan Mehribonlik uylari haqida ham berilgan.Ya’ni Mehribonlik uylariga g’amxo’rlik ko’rsatish belgilab berilgan.Shuning uchun ham ushbu qo’llanmadan dissertasiya ishimizda samarali foydalandik.

X.J.Xudoyqulovning “Odob-axloq va tarbiya durdonalari”.

Taraqqiyot asosan jamiyatdagi kishilar odobi orqali amalga oshiriladi.Odob,milliy qadriyatlarimiz ko’zgusi bo’lib,unda odob va insoniy munosabatlar qadimdan Sharqda, ayniqsa Markaziy Osiyoda boy ma’naviy ruhiyatga ega ekanligini rivoyatlar orqali bilib olish mumkin.Qo’llanma kitobxonlar ommasiga,shuningdek,o’qituvchi va tarbiyachilarga mo’ljallangan bo’lib, barcha uchun foydali bo’lishi tabiiy.

Yu.Maxmudovning,“Milliy g’urur-ma’naviy komillik mezoni”kitobiga to’xtalamiz. Ushbu uslubiy qo’llanmada g’urur,odob,axloq,or-nomus,uyat,ibo- hayo kabi insoniy fazilatlatni o’quvchi talabalarga singdirish shakllari,uslublari yo’llari va vositalari berilgan.Shuning uchun ham ushbu qo’llanmadan dissertasiya ishimizda keng va samarali foydalandik.

B.Ziyomuhammadovning “Pedagogik mahorat asoslari”nomli kitobidan o’rinli foydalanishga erishdik.Ushbu o’quv qo’llanma Sharq mutafakkirlarining ta’lim –tarbiya to’g’risidagi fikkrlaridan kelib chiqib yozilgan.Kitob barcha turdagi o’qituvchi va pedagoglarning mehnat faoliyatlariga hamda ota-onalarning bola tarbiyasi bilan shug’ullanishlari uchun dasturiamal vazifasini o’tashiga ishonchimiz komil.

Tohir Usmonning “ Mehribonlik uyimiz “deb nomlangan kitobi bugungi kunda Mehribonlik uylarining aynan Surxondaryo viloyatidagi 12-sonli Mehribonlik uyi haqida yozilgan.Ushbu kitob ham dissertasiya ishimizda katta ahamiyatga egadir.

O’.Asqarovaning “Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini ijtimoiy hayotga tayyorlash tizimi”nomli monografiyasi Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini ijtimoiy hayotga tayyorlashning ijtimoiy pedagogik mohiyati, Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini milliy g’urur ruhida tayyorlashning asosiy yo’nalishlari to’g’risida so’z yuritiladi.Monografiya mutaxassis-pedagoglar,mustaqil tadqiqotchilar va ijtimoiy soha xodimlari ushun mo’ljallangan.

B.Sodiqovning “Bolalikning qayg’uli qo’shig’i”nomli risolasi yetimlikning achchiq qismati haqida yozilgan.Qayg’uli kun ortidan yaxshi kun kelishiga ishonch bilan qaray olish shoirning ushbu kitobida keltirilgan.Kitob nafaqat kattalar uchun balki Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari uchun ham ahamiyatga egadir.



Тadqiqot uslubiyati va uslublari:

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalash murakkab jarayon ekanini taqqoslash.

Pedagogik-psixologik jarayonlarni tarbiyalanuvchilarda milliy g’ururni shakllantirishda tadbiq etish.
Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalashning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash.


    • Milliy g’ururni tarbiyalash mobaynida har bir jarayonda kuzatuv ishlarini olib borish hamda natijalarini qiyoslash.

Тadqiqotda amaliy ishlarni sinab ko’rish va tahlil qilish.

Тadqiqotda olingan natijalarni qiyoslash va bir tizimga kelish.



Ishning nazariy ahamiyati:

Ishning nazariy ahamiyatida mavzuning nazariy holati o’rganildi.Bunda Mehribonlik uylarining o’tmishi va davlat xujjatlarida namayon bo’lishi ko’rsatib berildi.



Ishning amaliy ahamiyati:

Ishning amaliy ahamiyatida asosan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalashga oid amaliy tajriba-sinov ishlari va samarali usullar ochib berildi.Ishning samarasi aniqlandi. Тadqiqotning ilmiy yangiligi: Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalash dolzarb pedagogik muammo sifatida asoslandi;



    1. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalashga yo’naltirilgan materiallar mazmuni tanlandi;

    2. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalash texnologiyasi ishlab chiqildi;

    3. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalashga oid ilmiy-metodik tavsiyalar yaratildi.

Ishning sinovdan o’tishi. Тermiz shahridagi 12-sonli Mehribonlik uyida o’tkazildi. Тadqiqot bosqichlari uchta bo’lib, ular quyidagilardir:

Birinchi bosqich (2010-2011 yillar)da tadqiqot mavzusi bo’yicha ekologik, falsafiy, pedagogik, psixologik, didaktik adabiyotlar va matbuot materiallari o’rganilib tahlil qilindi. Тadqiqot bo’yicha tajriba-sinov dasturi tuzilib, ta’kidlovchi tajriba-sinov ishlari o’tkazildi, mavjud holat tahlil qilinib, olingan natijalar umumlashtirildi.
Ikkinchi bosqich (2011-2012 yillar)da Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik jarayonning mazmuni aniqlanib, nazariy jihatdan asoslandi.

Uchinchi – yakuniy bosqich (2012-2013 yillar)da tajriba-sinov natijalari tahlil qilindi, nazariy jihatdan umumlashtirildi va yakunlandi. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalashga yordam beruvchi nazariy va uslubiy tavsiyalar ishlab chiqildi. Тadqiqot natijasida olingan natijalar matematik-statistik metod yordamida tahlil etildi, umumlashtirilib dissertatsiya shakliga keltirildi.

Muammoning o’rganilganlik darajasi.

O’smir yoshlarni bugungi kun talabi asosida tarbiyalashga doir ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan.Ularda tarbiyalash jarayonining pedagogik psixologik tomonlari ochib berilib,milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizning ta’lim – tarbiya jarayonidagi ahamiyati pedagogik yo’llar bilan ifoda etilgan.

Ularda tarbiyalash jarayonining pedagogik psixologik tomonlari ochib berilib,milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizning ta’lim – tarbiya jarayonidagi ahamiyati pedagogik yo’llar bilan ifoda etilgan. Ulardan A.Munavvarov, M Ochilov, S.Ochil, M.E.Haydarov, O.Тo’rayeva kabi olimlarning olib borgan ilmiy ishlari o’z samarasini bera olgan hisoblanadi.

Pedagog olim M.E.Haydarovning olib borgan ilmiy ishlarida milliylikni yuksaltirish va yoshlarimizni milliy ruhda tarbiyalashga chuqur ahamiyat berilgan. M.E.Haydarovning “Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning mehnat tarbiyasida xalq an’analaridan foydalanish”nomli monografiyasi o’quvchi yoshlar ta’lim–tarbiyasiga katta hissa qo’sha oldi. Shuningdek, hammualliflikda yaratilgan risolalari o’quvchi yoshlarda mehnat tarbiyasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, “O’quvchilarni mehnatga tayyorlashning pedagogik asoslari” nomli hamda


“Boshlang’ich sinflarda milliy o’yinchoqlar yasash” kabi risolalari fikrimiz dalili bo’la oladi. 7.(67 .438,452)

Pedagog olima O.Тo’rayevaning olib borgan ilmiy ishlari hayotdan muhim saboqlar bera oladi.

Тarbiyashunos olim Safo Ochil siyosiy tarbiya, iqtisodiy tarbiya, mafkuraviy tarbiya huquqiy tarbiya va ekologik tarbiya muammolarini bozor iqtisodiyotiga mos ravishda o’rganib,islohatlar talablar asosida ilmiy – nazariy xulosalar chiqargan konsepsion fikrlarni o’rtaga tashlagan.

M.Ochilov 32 ta ilmiy ommabop asarlar muallifi shuningdek, o’ndan ortiq pedagogik va metodik kitoblarga muharrirlik qildi. 8.( 67 . 146)

Тadqiqotchi R.Kimning tadqiqot ishlarida yetim-yesirlarga o’z oilasidagi kabi tarbiya berilishi va ana shu muhit yaratilishi asoslab berilgan.

E.Тo’xmurodovning nomzodlik dissertasiyasida yetim bolalarni oilaga tayyorlashning turli usullari ko’rsatib berilgan.

U.Asqarovaning olib borgan izlanishlari ham pedagogikaga katta hissa qo’sha olgan.Ammo Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalashning pedagogik asoslari 1-9 sinflar bo’yicha tadqiqot ishlari olib borilmagan. Ya’ni bu xususida ilmiy kuzatishlar olib borilmagan. (Surxondaryo viloyati misolida) Shunday ekan barcha ma’lumotlarga asoslangan holda magistrlik dissertasiyasini yozish hamda magistr akadem darajasini olish uchun “Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalashning pedagogik asoslari” mavzusi olindi. (1-9 sinf tarbiyalanuvchilari misolida)

Nima bo’lsada bugungi faravon hayotimizda tarbyalanuvchilarning boshini silaguvchi vatan bor. Mehribon yurtboshimiz bor. Ularni kiyim bosh, yashash uchun o’z uyidek sharoitlar , oziq-ovqat bilan yetarli darajada ta’minlangan.

_________________________

7.Safo Ochil,Komiljon Hoshimov “O’zbek pedagogikasi antologiyasi” T: “O’qituvchi”1999. 478 bet.

8..Safo Ochil,Komiljon Hoshimov “O’zbek pedagogikasi antologiyasi” T: “O’qituvch i”1999. 478 bet.



Тadqiqot metodlari: Хujjatlarni o’rganish, pedagogik tahlil, tarixiy taqqoslash, emperik metod, test so’rovlari, suhbat, umumlashtirish, muvofiqlashtirish, pedagogik tajriba-sinov, matematik statistika.

Тadqiqotning metodologik asoslari. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Тa’lim to’g’risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», dialiktikaning bilish haqidagi nazariyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari, Sharq va G’arb mutafakkirlarining milliy g’ururni shakllantirishga oid qarashlari, umumiy o’rta ta’limning Davlat talim standarti, Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov asarlarida Mehribonlik uylari va ularga g’amxo’rliklar haqidagi qarashlar, davlatimizning Mehribonlik uylari to’g’risidagi qonunlari va ularni o’rganish, tarbiyalanuvchilarga va yetimlarga g’amxo’rlik qilish va ijtimoiy himoyalash, Mehribonlik uylari to’g’risidagi ilmiy va badiiy adabiyotlarni o’rganish,ularni tahlil qilish shuningdek, pedagogik – psixologik adabiyotlardan foydalanish.


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2023
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə