Antimonopol qonunchilik va monopoliyalarni tartibga solish



Yüklə 27,36 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü27,36 Kb.
#151853
Маъруза-11


ANTIMONOPOL QONUNCHILIK VA MONOPOLIYALARNI TARTIBGA SOLISH

Raqobatning amal qilishi ma’lum shart-sharoitlar mavjud bo‘lishini taqozo qiladi. Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni vaqtda raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi.


Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr davomida, o‘z-o‘zidan, evolutsion yo‘l bilan vujudga kelgan. Bu asta-sekin erkin raqobat muhitini keltirib chiqargan. Iqtisodiyotda monopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham qatnashadi. Bu esa, yuqorida ta’kidlanganidek, davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o ‘z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya’ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi uning miqyosi va tavsifiga qarab, bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo‘lganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi.
Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o'tayotgan mamlakatlarda, shu jumladan, bizning respublikada sog‘lom raqobatga shart-sharoit hozirlash, iqtisodiy subyektlar mustaqilligini kengaytirish orqali ulami raqobatchilikka jalb qilish iqtisodiy islohotlami amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlaming muhim jihatlari hisoblanadi. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, bugungi kunda «... kuchli talab va raqobat iqtisodiy islohotlami yanada chuqurlashtirishni obyektiv shart qilib qo'ymoqda. Bu borada ham juda ko‘p yechilmagan muammolar bor. Ya’ni eski ma’muriy-taqsimot tizimi qoliplaridan butunlay voz kechish, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini yanada cheklash, erkin tadbirkorlik faoliyati uchun amaliy kafolatlami ta’minlash, iqtisodiyot va biznesni barqaror rivojlantirish, to‘laqonli bozor infratuzilmasini shakllantirish yo‘lidagi mavjud g‘ov-to‘siqlami bartaraf etishimiz zarur».
Bugungi kunda O‘zbekistonda ham uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar shaklidagi monopoliyalar saqlanib qolgan bo‘lib, ular ko‘pincha tarmoq vazirliklari mavqe va vazifalariga ega bo‘ladilar. Mahsulot va xomashyolarning alohida turlarini limit va fond ko‘rinishida taqsimlashning eskicha tizimi, shuningdek, biznesni amalga oshirish uchun ruxsat, litsenziya, sertifikatlar berish, kelishish kabi mavjud ma’muriy to ‘siqlar monopolistik tendensiyalarga ko‘proq imkon yaratadi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishning asosiy yo‘li, bu raqobatni inkor qiluvchi davlat monopoliyasidan nodavlat, turli xo‘jalik shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqobatni taqozo etuvchi bozor tizimiga o‘tishdir. Bu yerda raqobatchilik munosabatlarini shakllantirish, awalo, mustaqil erkin tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo bo‘lishini taqozo qiladi, chunki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy mas’uliyat asosida o‘z manfaatiga ega bo‘lgan va tadbirkorlik tahlikasini zimmasiga oluvchi erkin xo‘jalik subyektlarining mavjudligi, ularning bozor orqali aloqa qilishidir.
Shu maqsadda O‘zbekistonda «Monopol faoliyatm cheklash to‘g‘risida»gi qonun (1992-yil, avgust) kuchga kiritildi hamda uning asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir turkum me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Mazkur qonunga ko‘ra, bozorda taqchillikni yuzaga keltirish narxlami monopollashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib borishiga to ‘sqinlik qilish, raqobatning noo‘rin usullarini qo‘llash man etiladi. Qonunni buzuvchilar raqibiga yetkazgan zararni qoplashlari, jarima to‘lashlari, g ‘irromlik bilan olgan foydadan mahrum etilishlari shart. Iqtisodiyot va monopoliyaga qarshi amaliyot sohasidagi ahamiyatli o ‘zgarishlar tegishli qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishni taqozo etdi. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1996-yil 27-dekabrda «Tovar bozorlarida monopolistic faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida»gi yangi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun monopolistik faoliyat va g‘irrom raqobatning oldini olish, uni cheklash, to‘xtatishning tashkiliy va huquqiy asoslarini belgilab berib, respublikaning tovar bozorlarida raqobat munosabatlarini shakllantirish va samarali amal qilishga qaratilgan.
Shuningdek, qonunda asosan ikkita muhim yo‘nalish, ya’ni birinchidan, monopoliyaga qarshi taribga solishning prinsipial yangi ko‘rinishi bo‘lib, u mavjud va saqlanib qolgan monopolistlar tomonidan bozorda hukmronlik mavqeini suiiste’mol qilishning oldini olish va unga barham berishni ko'zda tutsa, ikkinchidan, eng asosiy muhim masalalardan bo‘lib hisoblangan monopoliyadan chiqarish va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish ekanligi belgilab qo‘yilgan.
Monopoliyaga qarshi faol choralami amalga oshirish uchun 1992-yilda O‘zbekistonda monopoliyaga qarshi bo‘linma Moliya vazirligining Monopoliyaga qarshi va narx siyosati bosh boshqarmasi sifatida tashkil etildi. Boshqarmaga ro‘yxatga kiritilgan monopoliya mavqeidagi korxonalar mahsuloti bo‘yicha narxlami va rentabillikni tartibga solib turish huquqi berildi. 1996-yilda ushbu boshqarma negizida Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi tashkil qilindi. 2000-yilda Respublika Prezidentining « O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni riojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to ‘g ‘risida»gi Farmoniga asosan monopoliyaga qarshi bo‘linma Moliya vazirligi tarkibidan chiqarildi va mustaqil davlat qo‘mitasiga aylantirildi. Keyinchalik mazkur qo‘mitaning faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2005-yil 30-apreldagi Farmoniga binoan mazkur qo‘mita Monopoliyadan chiqarish, raqobatni va tadbirkorlikni qo‘llab-quwatlash davlat qo‘mitasiga aylantirildi.
Respublikada monopol mavqeiga ega bo‘lgan korxonalarni Davlat reestriga kiritish uchun mezonlar belgilashda jahon tajribasi hamda o‘tish davrining o‘ziga xos jihatlari hisobga olinadi. Hozirgi davrda Respublikada agar korxona ishlab chiqargan muayyan mahsulotlar bozordagi shu turdagi mahsulotning 35% dan ortiq bo‘lsa, bu korxona monopolistik korxona sifatida Davlat reestriga kiritiladi. Oziq-ovqat tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi 20% deb belgilangan. Respublikada monopoliyalar ro‘yxatiga kirgan korxona yoki tarmoqlaming bozordagi mavqeini tartibga solishda davlat bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullardan ikkitasini ajratib ko‘rsatish lozim:
1. Monopol mavqeidagi korxonalar mahsulotlariga narxlaming eng yuqori darajasini yoki rentabellikning chegarasini belgilab qo‘yish.
2. O‘z monopol mavqeini suiiste’mol qilgan monopolistik birlashmalarni bo"lib tashlash yoki maydalashtirish. Bu usul Vazirlar Mahkamasining (1994-yil 18-iyuldagi 366-sonli) qarori bilan tasdiqlangan «Obyektlarning xo'jalik yurituvchi jamiyatlar va shirkatlar tarkibidan chiqish tartibi to‘g‘risidagi Nizom» asosida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida» (1996-yil, aprel) qonuni asosida g‘irrom raqobatga, shu jumladan Respublika bozorlariga belgilangan talablarga javob bermaydigan tovarlarni chiqarishga yo‘l qo'ymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida e’tibor beriladi.
Tabiiy monopoliyalarni davlat yo‘li bilan tartibga solish, mahsulot va xizmatlariga narxlar va tariflar darajasini, shuningdek, taklif etiladigan tovarlar va xizmatlar turiga doir asosiy ko‘rsatkichlami belgilashni o‘z ichiga oladi. Respublikada raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda amalga oshirilayotgan barcha ishlar bozor iqtisodiyotini tarkib toptirishga xizmat qiladi.
Monopoliyaga qarshi qonunchilik davlatning monopoliyaga qarshi kurash siyosati demakdir. Monopoliyaga qarshi qonunchilik asosan, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha shakllandi.Birinchidan, ishlab chiqarish (tarmoq)ni boshqaruvchi qonunlar. Bu qonunlarga binoan, odatda, hech bir korxona (korporatsiya)ning biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishning yarmidan ko‘pini nazorat qilishga huquq berilmaydi.
Ikkinchidan, barcha yirik korporatsiyalar ishtirokchilari boshqa korporatsiyalar aksiyalarining ma’lum cheklangan miqdoridan ortig‘iga ega b o ia olmasligi belgilab qo‘yiladi.
Uchinchidan, narxlarni bozor muvozanati belgilagan darajadan yuqori yoki past turishini, narx ustidan kelishib olishni taqiqlovchi kartellarga qarshi qonunlar joriy qilinadi.
Bozorda monopoliyani o‘rnatishga urinishlar va monopol mavqeni suiiste’mol qilishni taqiqdaydigan trestlarga qarshi birinchi qonun-Sherman qonuni AQSHda 1890-yilda qabul qilingan. Monopoliyaga qarshi qonunchilik va uni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan choratadbirlar har bir mamlakatda sharoit taqozo etgan shakllarda amal qiladi. Bunda sog‘lom raqobat muhitini himoya qilish maqsadida turli ko‘rinishdagi, monopolistik foaliyatlar ustidan davlat tomonidan tartibga solish amalga oshiritadi.
Kleyton qonuni - (1914 y) - iste’molchilami narx orqali qochirish, majburiy shartnomalar tuzish, raqobatni korxonalaming zaiflashuviga olib keluvchi aksiyalami sotib olish taqiqlanishidan iborat. Seller -Kefaver qonuni - (1950 y) bu qonunda Kleyton qonuniga o‘zgartirish kiritilgan bo'lib, unda nafaqat raqobatni korxonalaming zaiflashuviga olib keluvchi aksiyalami, balki ishlab chiqarish vositalarini sotib olish ham taqiqlanadi.
Monopoliyaga qarshi faoliyatni tartibga solishning asosiy yo‘nalishlari:
- bozorning monopollashuvini cheklash;
- raqobatchi kompaniyalar qo‘shilishini taqiqlash;
monopol narxlar belgilanishini taqiqlash;
- raqobatni madaniylashgan tarzda olib borishni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Tartibga solinadigan narx o‘rtacha umumiy xarajatlarga teng bo‘lsa, monopolist hech qanday iqtisodiy foyda olmaydi. Iqtisodiy monopoliyalar-ishlab chiqarish va kapitalning to ‘planishi hamda korxonalarning turli yo‘llar bilan birlashishi natijasida vujudga keladi. Masalan kartelni olaylik. Kartel bu - bir tarmoq korxonalarning ittifoqi boTib, uning ishtirokchilari to‘liq iqtisodiy mustaqilligini saqlab qoladi, faqat ishlab chiqarish hajmi, sotish bozorlari va baholari to‘g‘risida kelishib oladilar. Yoki sindikatni olaylik. Sindikat - bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonlar birlashmasi bo‘lib, uning a’zolari ishlab chiqarish sohasida mustaqilligini saqlab qoladi, mahsulot esa sindikat mulki sifatida sotiladi. Qolaversa, ishlab chiqarish vositalari va mahsulotga birgalikda egalik qiluvchi korxonalar guruhi bo'lib, foyda qo‘shilgan kapital hajmiga qarab ham taqsimlanishi mumkin. Tabiiy monopoliyada o ‘rtacha umumiy xarajatlar kamaytirilib, marjinal xarajatga nisbatan o‘rtacha umumiy xarajat kamroq qilib belgilanadi. Shuning uchun, narx o‘rtacha umumiy qiymati quyida bo‘ladi va monopolist zarar ko‘radi. Tartibga solinadigan xarajatlar narx belgilashda monopolist tomonidan aniq hisob-kitob qilinmasa, u monopolist kam xarajat, ammo foyda ham ko‘rmaydi. Amalda, monopolistlar yuqori foyda olish maqsadida xarajatlar kamaytirib, chekli iqtisodiy xarajatlar ba’zi talablaridan amalda foydalanmay bu muammodan qutulishga harakat qiladi. Monopoliya bilan shug‘ullanish uchun hukumat tomonidan ishlatiladigan uchinchi siyosat davlat mulk siyosati hisoblanadi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining qarori (19.04.2019-yilda 3155-son bilan ro‘yxatdan o ‘tkazilgan) bilan Qonun hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash metodikasi tasdiqlandi.
Raqobatga ta’sirni baholash chog‘ida tovar va moliya bozorlarida raqobatni bevosita yoki bilvosita cheklaydigan holatlar aniqlanadi. Bunda baholash ikki xil usul asosida amalga oshiriladi:
- «ex-ante» - qonunlar, Prezidentning, Oliy Majlis palatalarining, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Prezidentning farmonlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari loyihalariga (bundan keyin - NHH loyihalari) nisbatan;
- «ех-post» - amaldagi qonun hujjatlariga nisbatan.
NHH loyihalarini baholash Metodikaga ko‘ra, NHH loyihasi quyidagi oqibatlaming biriga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lganda uning ta’siri raqobat uchun salbiy deb baholanadi:
• tovar ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlaming doirasi va sonini cheklasa;
• yetkazib beruvchilarning o‘zaro raqobatlashish imkoniyatini chegaralasa yoki ularning bunga qiziqishini pasaytirsa;
-iste’molchilar uchun kerakli axborotni tanlash imkonini chegaralasa.
NHH loyihalarida muayyan kc‘rsatmalar mavjud bo‘lsa, baholash uchun Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga (yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan NHH) yoki uning hududiy bo‘ linmalariga (mahalliy hokimiyat organlarining hujjatlari loyihalari) kiritiladi. Masalan: ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlar va litsenziyaning yangi turlarini joriy etish; bozor ishtirokchilarida ortiqcha xarajatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan talablar yoki shartlami kiritish; tabiiy monopoliya subyektlarining tovar (ish, xizmat)lari narxi (tarifi)ni, shuningdek boshqa tartibga solinadigan narx (tarif)ni oshirish va h.k. Jami 10 banddan iborat. Ro‘yxat batafsil hisoblanadi.
Baholash yakunlariga ko‘ra ikki nusxada xulosa tuziladi, bir nusxasi loyihani ishlab chiqqan tashkilotga yuboriladi, u uni ko‘rib chiqishi shart. Olingan xulosa loyiha bilan birga huquqiy ekspertizadan o‘tkazishi uchun Adliya vazirligiga taqdim etiladi. Loyiha Oliy Majlis, Prezidentning Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasiga kiritilganda unga xulosa majburiy tartibda ilova qilinadi. Amaldagi hujjatlarni baholash «ех-post» usuli bo‘yicha raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishini aniqlash уuzas id an amaldagi NHH yiliga kamida ikki marotaba xatlovdan o‘tkaziladi. Ular aniqlansa, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari:
- yuqori yuridik kuchga ega boigan qonun hujjatlari yuzasidan -Prezident Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
- vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, hokimliklarning qonun hujjatlari yuzasidan - qonun hujjatlari buzilish holatini bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritadi.
Baholashni o‘tkazishda rasmiy va norasmiy axborotlardan foydalaniladi. Rasmiy axborotlarga xalqaro shartnomalar, internetning rasmiy resurslari, vakolatli davlat organlarining statistik ma’lumot va hisobotlari, sud amaliyoti kiradi. Norasmiy ma’lumot Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga NNT hamda fuqarolar tomonidan kiritilgan murojaatlar, internetning norasmiy resurslari, tijorat ma’lumotlari, jamoatchilik orasida o ‘tkaziladigan so‘rovnomalar yordamida olinishi mumkin.
Yüklə 27,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə