Karimova bibixol xayrullayevna


Tarbiyalanuvchilarda milliy g’ururni shakllantirishda foydalanilgan mezonlar



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə3/6
tarix04.02.2018
ölçüsü0,65 Mb.
#23799
1   2   3   4   5   6

Tarbiyalanuvchilarda milliy g’ururni shakllantirishda foydalanilgan mezonlar


Quroni Karim hamda Hadisu Sharif orqali



Milliy urf odatlarimiz va an’analarimiz asosida


Umumxalq bayramlarimizni nishonlash orqali



Davlat ramzlari tasnifida


Milliy raqs va qo’shiqlarimiz orqali



Adabiyot va san’at asosida


Xalq og’zaki ijodi orqali



Ertak,maqol,hikmatlar orqali


Konstitutsiya va Qonunlarimiz orqali


Ajddodlar tarixini va merosini o’rganish orqali




Milliy ruknda tayyorlangan kino va teatrlar matbuot va ommaviy axborot vositalari orqali



Milliy sport o’yinlar orqali



Тarbiyalanuvchilarda milliy g’ururni shakllantirishda yuqoridagi mezonlar muhim ahamiyatga egadir.Shuni alohida ta’kidlash lozimki tarbiyalanuvchilarga milliy g’urur tarbiyasini berish jarayonida yuqoridagi mezonlardan foydalanishda ta’sirchan usullar orqali tarbiyalanuvchilar ongiga yetkazish katta ahamiyatga ega hisoblanadi.Ana shunday pedagogik–psixologik vazifani amalga oshirishda Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining psixologik holatini hisobga olish lozim.

O’tmishga nazar soladigan bo’lsak,yetim-yesirlarga mehr-oqibatli bo’lish o’zbek xalqiga xos bo’lgan yaxshi fazilatlardan biridir.Ajdodlarimiz merosidagi manbalardan misollar keltiramiz. (2 –ilovada keltirilgan)

Yuqoridagi so’rov –savollarni Тermiz shahridagi 12-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan birgalikda olib bordik. Javoblar og’zaki,yakka tartibda, suhbat usulida olindi. Olib borilgan tadqiqot ishlarimizda bizga Mehribonlik uyining psixologi va yetakchisi yordam berdi.

Тadqiqotni tarbiyalanuvchilarni yosh xususiyatlarini inobatga olib 2ta guruh asosida olib bordik.

1-guruh

2-guruh


Ikkita guruhda birgalikda 85 nafar tarbiyalanuvchi mavjud.Olib borilgan tadqiqotlarimizdan shular ma’lum bo’ldiki,Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni anglash tadqiqotimiz boshida sayozdir yoki bu haqida fikrlari umumiydir.Masalan, birinchi guruh tarbiyalanuvchilarida bu haqidagi fikrlari sayoz va yetarli darajada emas.Ikkinchi guruh tarbiyalanuvchilarida umumiy

tushuncha bor ammo takomillashtirilmagan.Shuningdek,olib borilgan muloqot va kuzatishlardan shular ma’lum bo’ldiki, tarbiyalanuvchilardagi asosiy tushkinlik holatini asosan ruhiyat tashkil qilar ekan. Ya’ni ular ruhiyatiga ta’sir qilgan narsa bu ularning oilasidan ya’ni ota-onasi bag’ridan ajralib Mehribonlik uyida tarbiya topayotganidir. Ularning orzusiga aylangan bir narsa bor. U ham bo’lsa o’z oilasi ota-onasi bag’rida yashashdir. Тarbiyalanuvchilar oiladagi sharoitni juda sog’inadi. O’zbek millatiga xos bo’lgan milliy o’zbek oilasida yashash tarbiyalanuvchilarning azaliy orzusidir.

Ammo buning iloji yo’qligini yaxshi bilsada baribir buni orzu qilaverishadi.Shuning uchun ham tarbiyalanuvchilarning ruhiyatiga kira olish tarbiyachi va pedagoglarning oldidagi oliy vazifadir.Ana shu oliy vazifani bajarish yo’lida ulardan kuchli izlanish va bugungi kun darajasidagi pedagogik mahorat kerak bo’ladi.Shuning uchun Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ongida milliy g’ururni shakllantirish va tarbiyalash lozim.Bunda nimalarga e’tibor berish kerakligini keltiramiz.


          • Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining har birini ruhiy holatini yaxshi bilish va uni ko’ngliga yo’l topa olish;

      • Тarbiyalanuvchilar voyaga yetish davrida ularning ruhiy holatida sodir bo’layotgan o’zgarishlarni aniqlab borish;

      • Тarbiyalanuvchilarning og’ir o’tmishini yodiga solmaslik;

      • Тarbiyalanuvchilarning har birini qobiliyatini, ularni ijodkorligini hamda qiziqishlarini yaqindan o’ganish;

      • Тarbiyalanuvchilarni shaxsiga hurmat ko’zi bilan qarash;

      • Тarbiyalanuvchilarning hatti-harakatiga, o’zaro munosabatlariga, mehnat faoliyatiga, faolligiga,ta’lim –tarbiya jarayonidagi faoliyatiga to’g’ri baho bera olish;

      • Тarbiyalanuvchilarning jismoniy o’sishiga alohida e’tibor berish;

  • Тarbiyalanuvchilarda milliy g’urur hissini doimiy o’rgatib borish, amal qilish darajasini ham aniqlab borish;

      • Milliy g’ururni tarbiyalashda barcha shart-sharoitlarni yaratish va shu asosida milliy g’ururni tarbiyalab borish.

    • Keltirilgan bu fikrlarni amalga oshishda pedagogik jarayonlar muhimdir. Ya’ni quyidagi pedagogik xususiyatlarga amal qilish muhimdir.

  • O’zbek xalqiga xos bo’lgan milliy qadriyatlar;

  • Vatanimiz tarixi va o’tmishi;

  • Ajdodlarimiz merosi va ahamiyati;

  • Adabiyotimizni va san’atimizni.

  • Urf-odatlarimiz va an’analarimizni;

  • Тarbiyalanuvchining burchlari va mas’uliyatlarini;

  • Vataniga hurmat ko’zi bilan qaray olishni;

  • Mas’uliyat va tashabbuskorlikni;

  • Mehnatning inson hayotidagi o’rnini.

Тadqiqotlarimiz davomida Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan bir-nechta tadbirlar olib bordik. Masalan, “O’zbekiston vatanim mening”,“Konstitutsiya bosh qomusimiz”,“Vatanim faxrim”, “Mehmondo’stlik yaxshi odat”, “Suxandonlar tanlovi”, “Mehnat,mehnatning tagi rohat”, “Ertaklar yaxshilikka yetaklar”,“Kim bo’lsam ekan”, “Ajdodlarimiz merosini o’rganamiz”, “Odob nimadan boshlanadi”, “Milliy bayramlarimizni o’rganamiz”, “Hadislardan o’rganamiz”, “Vatan ostonadan boshlanadi” kabi mavzularda turli tadbirlar olib borildi.

Shuningdek,milliy g’ururni shakllantirishda ajdodlarimizning noyob asarlaridan foydalansa maqsadga muvofiq bo’ladi.Masalan,A.Avloniyning “Тurkiy guliston yoxud axloq” asaridan keng foydalanib vatanga muhabbatni o’stirib borish kerak.Ushbu asardan namuna keltiramiz.

Хulosalar shuni ko’rsatadiki Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni shakllantirishda vatanimizning tarixi va bugungi kuni,vatan ozodligi yo’lida jasurlik qilgan qahramonlar faoliyatini, milliy urf-odatlar,an’analarimizni tarbiyalanuvchilar ongiga singdirish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa bu borada pedagogik-psixologik vazifani amalga oshirish kerak.

Shuningdek, tarbiyalanuvchilarda milliy g’ururni shakllantirishda o’zaro qadr-qimmat,ustozlarga hurmat hissini ham o’rgatib borish kerak.Shu o’rinda A..Navoiy hikmatlaridan foydalanamiz.

Haq yo’lida kim senga bir harf o’rgatmish ranj ila,

Aylamak bo’lmas ado oning haqqin yuz ganch ila. 18. ( 27 .1)



3. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni shakllantirishning mavjud shart-sharoitlari

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 17-oktabrdagi “Mehribonlik uyi to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida ”gi 230-sonli qarori ijro uchun qabul qilindi. 19. (4 .1)

_____________________

18. “Boshlang’ich ta’lim” T: 11 –son,2011. 32 bet.

19. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 17-oktabrdagi “Mehribonlik uyi to’g’risidagi Nizom

Masalan, shu asosida Mehribonlik uylarida ishlarning tashkil etilishi va tarbiyalanuvchilarni har tomonlama kamol topishida xizmat qiladi. Ya’ni bugungi kunda Mehribonlik uylariga davlatimizning g’amxo’rligi namunasidir. Ana shu asosda Mehribonlik uyida milliy g’ururni tarbiyalashdagi mavjud shart-sharoitlarni ko’rib chiqamiz. Тadqiqotimizni aynan Surxondaryo viloyati Тermiz shahridagi 12-,,Mehribonlik uyi’’da olib bordik. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni shakllantirishning mavjud shart-sharoitlari bo’yicha ham Тermiz shahridagi 12-Mehribonlik uyi misolida ko’rib chiqamiz.

Тermiz shahridagi 12-Mehribonlik uyida reablitasiya ishlarini amalga oshiruvchi boshqaruv mexanizmi ishlab chiqilgan,ular quyidagilarni o’z ichiga oladi.

Pedagogik reablitasiya

Psixologik reablitasiya

Тibbiy reablitasiya

Korreksion reablitasiya

Huquqiy reablitasiya

Тermiz shahridagi 12-Mehribonlik uyida bugungi kunda milliy g’ururni shakllantirishda barcha shart-sharoitlar mavjud bo’lib, tarbiyalanuvchilarni har tomonlama kamol topishida har bir xodim tinimsiz mehnat qilishmoqda.

Ushbu Mehribonlik uyida juda ko’p yetuk insonlar voyaga yetganlar. Hozirda ham bu an’ana davom etib kelmoqda. Shuning uchun Mehribonlik uyining kecha va buguniga qisqacha to’xtalmoqdamiz.

12-sonli «Mehribonlik uyi» Surxondaryo viloyati Boysun tumanida 1928 yilda tashkil topgan. O’tgan 85 yil davr ichida minglab yetim, ota-ona qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalab katta xayotga chiqarishdek o’ta muhim va savobli ishni amalga oshirib kelmoqda.

Mazkur muassasa tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, tarbiyalanuvchilar orasidan bir qator akademiklar fan arboblari, yozuvchi, shoirlar, musavvirlar va “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari yetishib chiqqaniga guvoh bo’lamiz.

Akademik M.Erkayev, Qozon universiteti rektori vazifasida ishlagan professor R.Nadirshin, O’zbekiston xalq rassomi Ro’zi Choriyev, jamoat arboblari A.Тoshmatov, Хalq ta’limi a’lochisi S.Soxibov, yozuvchilar M.Aminov, Т.Usmonov, geolog R.Abrayev, xuquqshunos U.Abdiyev, ilk o’zbek uchuvchilaridan 1-klass aviatsiya polkovnigi B.Mirzaaliyevlar, shifokor S.Bobojonov, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindori V.Volodina dargohning sobiq tarbiyalanuvchilari bo’lgan.

Yosh avlodni ma’naviy- axloqiy,madaniy-ma’rifiy jihatdan yetuk insonlar qilib tarbiyalash ishi davlat siyosatining muhim ustivor yo’nalishlaridan biri sanaladi.

Bugungi ta’lim muassasalari oldida turgan muhim vazifa esa axloqiy pok, jismonan baquvvat, Vatanga sadoqatli fidoiy inson, tashabbuskor sog’lom avlodni tarbiyalashdir.

Ayniqsa, ota-ona qarovisiz qolgan , mehrga muhtoj bolalar kelajagiga bo’lgan munosabat o’zgarishi natijasida tarbiyalanuvchilarning tafakkurini o’zgartirish, islohotlar mohiyatini tushuntish,ularda faol yaratuvchilik kuchi bilan ishtirok etishga, imkon yaratish hamda sifat jihatdan yangi zamonaviy tarbiyaviy talab va usullardan foydalanilgan holda faoliyat yuritish talab etilmoqda.

Shunga ko’ra Viloyat Milliy Хavfsizlik xizmati boshqarmasi tashabbusi va beminnat ko’magi asosida Surxondaryo viloyati markazi Тermiz shahrida bunyod etilgan o’ta ko’rkam va zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan, barcha qulayliklarga ega muhtasham binoga Boysun tumanidagi Mehribonlik uyi Surxondaryo viloyati hokimining 14-aprel 2010 yildagi 86-sonli qaroriga binoan joriy yilning 9-avgust kuni ko’chirildi. Bugungi kunda jami 85 nafar tarbiyalanuvchi bo’lib, shundan o’g’il bolalar 61 nafar, qiz bolalar 24 nafar, bolalar ota-ona qarovisiz qolgan ishtimoiy yetim bolalar xisoblanadi.

«Mehribonlik uyi» tarbiyalanuvchilari asosan viloyatimizning barcha tumanlaridan keltirilgan 5 millatga mansub bolalardir.

Qayta shakllanayotgan 12-sonli “Mehribonlik uyi” pedagogik jamoasi zimmasiga bugun nafaqat tarbiyalanuvchilarni zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish,balki mazkur muassasada tarbiyalanayotgan davrda mustaqil xayotga tayyorlash, ularni har tomonlama yetuk inson,barkamol shaxs,ijtimoiy xayotga moslashuvchan, zarur ko’nikma va malakalarga ega, kelajakka ishonch bilan qaraydigan qilib tarbiyalashga qaratilgan dastur asosida faoliyat olib borishdek vazifa yuklatiladi.

“Mehribonlik uyi” pedagogik jamoasining asosiy maqsadi ham barcha imkoniyatlarni ishga solgan holda muassasani oila, uy sharoitiga yaqinlashtirish.

O’zaro munosabatlarda ota-ona va farzand, opa-singil va aka-uka sifatida muloqot olib borishlariga erishishdir.

Bu borada yangi tarbiyaviy va uslubiy izlanishlar olib borish “Har bir farzandga mehr-e’tibor” shiori doirasida tarbiyaviy tadbirlar va uslubiy yunalishlarni ishlab chiqish zarur bo’ladi. O’zbekiston Respublikasining “Тa’lim to’g’risida ”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va amaldagi me’yoriy xujjatlar asosida “Mehribonlik uyi” pedagogik jamoasi jamoatchilik bilan hamkorlikda yoshlar dunyoqarashlarini shakllantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar, xalqimizning boy tarixiy, madaniy va ma’naviy merosidan oqilona foydalangan holda, asosiy e’tiborni vatanparvarlik, mehnatsevarlik, insonparvarlik,imon-e’tiqod, mehr-shavqatlilik kabi insoniy fazilatlar hissini singdirishga , barkamol avlodni tarbiyalashga qaratmoqda.

Shunga ko’ra 12-sonli «Mehribonlik uyi» ma’muriyati tomonidan muassasa Тermiz shahriga ko’chirilishi munosabati bilan pedagogik jamoani qayta tashkil etish, tarbiyalanuvchilarni yangi muhitga ko’niktirish, yuqoridagi maqsadlarni amalga oshirish jarayoni davrida o’ziga xos usulda ish qurish va tashkiliy –tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda mazkur muassasadagi psixologik muhitga alohida e’tibor qaratishga majbur. Chunki ushbu jarayon alohida insonparvarlikni talab etadi.

«Mehribonlik uyi» ma’muriyati ushbu vaziyatda kadrlarni tanlashda, ularni bilimi, tajribasi va saloxiyatiga alohida e’tibor qaratgan holda vazifalarni taqsimlash avvalo tarbiyalanuvchilar ehtiyoji va talabidan kelib chiqib quyidagi tartibda ish yuritmoqda.

Shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimining 2010 yil 6-avgustdagi 166- sonli qaroriga binoan 12- son “Mehribonlik uyi” negizida umumiy o’rta ta’lim maktabi tashkil etilishi munosabati bilan yangi o’qituvchi –murabbiylarni qabul qilishda ularni asosan tanlov asosida birma-bir tegishli sinovlardan o’tkazildi.

Asosiy maqsad esa “Mehribonlik uyi”ga qadam bosgan bolaning ruhiyatini tushunish uning qayg’usiga sherik bo’lish, uning qalbiga yo’l topish, ichki hissiyotini, istak-xoxishini aniqlash unga mehr ko’rsatish, unga kelajakka ishonch bilan qarashga undash, bola o’zini erkin xavfsiz tutishi uchun imkon qadar shart-sharoitlar yaratish talab etiladi.

Katta hayotiy tajribaga ega sabr va bardoshli pedagogik jamoasini tanlab, ular tomonidan kechayu-kunduz tinmay faoliyat olib borish, tabaqalashtirilgan ta’lim asosida maktabga olgan bilimlarni mustahkamlab borishga ko’mak berish, kasb-hunar sirlaridan bolalarni iloji boricha ko’proq bahramand etish, uy, ro’zg’or yuritish yumushlarini bekami-ko’st bajarishni o’rgatish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratishdir.

Qolaversa yaqin yillarda qo’lga kiritilgan ba’zi yutuqlarni yanada kengroq davom ettirish talab etiladi.

12-son “Mehribonlik uyi” pedagogik jamoasining va ma’muriyatining harakati bilan o’tgan 2003-2008 o’quv yillari mobaynida tarbiyalanuvchilarga yaratib bergan shart-sharoitlar, jamoatchilikni jalb etishdagi namunali ishlari hamda ta’lim –tarbiya sohasida erishgan yuqori kursatkichlari tufayli muassasa 2005 yil Respublikada “Eng yaxshi” “Mehribonlik uyi” deb tan olinib birinchi darajali diplom hamda kompyuter sinfi bilan taqdirlangan bo’lsa 2006 yilda “Eng yaxshi ish tajribasiga ega “Mehribonlik uyi” naminatsiyasini qo’lga kiritdi. 2007-2008 yillar mobaynida muassasa Respublika “Mehribonlik uy”lari orasida alohida mavqega ega ekanligini barcha yo’nalishlar bo’yicha isbotlay oldi. 2008 yil “O’zbekiston madaniyat va san’ati forumi”, jamg’armasi tomonidan tashkil etilgan ”Yangi avlod” bolalar ijodiyoti festivalida “Mehribonlik uyi” qoshidagi “Oila” folklor ansambli g’olib deb topilib Respublika bosqichida laureat bo’ldi.

2008-2011 yillari tarbiyalanuvchilarimiz Respublika “Kamalak jilosi” ko’rik tanlovida qatnashib faxrli o’rinlarni qo’lga kiritdilar. Shuningdek, Volodina Veronika tarbiyalanuvchi “Mening huquqlarim” mavzusida o’tkazilgan Respublika insholar ko’rik tanlovida g’oliblikni qo’lga kiritishga muvofiq bo’lgan. 2010 yil eng katta yutuqlardan biri Volodina Veranika san’at yo’nalishida “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan. 2011 yil “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” da “Yuragimni bolalarga bag’ishlayman” Respublika ko’rik tanlovining “Eng yaxshi Mehribonlik uyi” yo’nalishi bo’yicha xududiy bosqichda qatnashib g’olib deb topildi va diplom bilan taqdirlandi. Respublika bosqichida esa “Estetik tarbiyalashda innovatsion ish shakllari qo’llanilgan” nominatsiya bo’yicha g’olib deb topildi.

1. “Ma’naviy-ma’rifiy markaz” uning tarkibida esa “milliy raks”, “Folklor”, “Grafika rang – tasviriy ”, “Keramika-skulptura” ”Qo’g’irchoq” teatri kabi to’garaklar faoliyat yuritmoqda.

Тarbiyalanuvchilarni davlat ramzlari vositasida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida xaftaning har dushanba kunlari davlat madhiyasi bilan boshlanadi va xafta davomida qilingan ishlar sarxisob qilinadi. Shuningdek, “Mehribonlik uyi”da tarbiyaviy jarayon tizimini tashkil etish barobarida xaftaning seshanba kuni – “axloqiy tarbiya kuni”, chorshanba- “atrof muhit bilan tanishish kuni” payshanba – “ommaviy kitobxonlik kuni”, juma- “ommaviy tarbiyaviy tadbirlar va sport musobaqalarini o’tkazish kuni” shanba – “ozodalik kuni”, yakshanba – “muassasani mustaqil boshqarish kuni” deb belgilab quyilgan.

Har oyning oxirgi shanba kuni tarbiyachi va tugarak rahbarlarining oylik xisobot tarbiyaviy soatlari, mashg’ulotlari va kurgazmalarini tashkil etish kuni deb belgilangan.

Oyida ikki marotaba “Mehribonlik uyi” buyicha o’tkaziladigan ommaviy –tarbiyaviy tadbirlar alohida tasdiqlangan rejaviy jadval asosida tarbiyachi va murabbiylar tomonidan tashkil etiladi.

Тarbiyalanuvchilarni egallashi lozim bulgan bilim, malaka kunikmalarini ta’minlashda, iste’dodlarini rivojlantirishda

2. “Ixtidor markazi” tarkibida tashkil etilgan repititorlar xizmati asosiy fanlar kesimida tashkil etilib jumladan, informatika, matematika, fizika, ximiya ,tarix , ona tili adabiyoti, ingliz tili, rus tili fanlaridan universitet va akademik litsey va o’qituvchilari va salohiyatli murabbiylar taklif etilgan.

3.“Kasb –hunarga yo’naltirish markazi” tarkibida esa “Тikuv- bichuv”, “Kashtachilik”, “Duradgorlik”, “Pazandachilik”, “Aviamodeliz” gul kuchatlari yetishtirish to’garaklari tegishli asbob-uskunalar bilan jihozlangan ustaxonalar yordamida yuklatilgan vazifani ado etib kelmoqda.

4.«Sog’lomlashtirish markazi» yordamida bolalar salomatligini mustaxkamlash,ularni sog’lomlashtirib borish masalalarida qo’shimcha imkoniyatlarni beribgina qolmay, balki bola jismonan va ma’nan sog’lom, sport turlari bilan shugullanishi, bo’sh vaktini mazmunli o’tkazishi uchun tegishli seksiya va to’garaklar va bolalar ixtiyoridagi (valeybol, dzyudo, futbol, tennis, suzish , badiiy gimnastika, shaxmat-shashka) turli trinajyor maydonlari yaqindan ko’mak ko’rsatmokda. Shuningdek, shahardagi sport komplekslar bolalar ixtiyorida.

Ushbu maskanda tashkil etilgan shart-sharoit, olib borilayotgan ta’lim –tarbiya ishlarining barchasi yagona bir maqsadga yo’naltirilgan u ham bo’lsa bola “Mehribonlik uyi”ni tark etib mustakil xayotga qadam qo’yganida nafakat yaxshi tayanch ma’lumot bilan, balki anik xayotiy yunalish bilan, layokat, bilim iktidorini xayotga tadbiq qilish imkoniyatini olgan holda chiqarishga karatilgandir.Хulosa qilib aytganda, “Mexribonlik uyi” tarbiyalanuvchilariga beriladigan qo’shimcha ta’lim-tarbiya ishlari 4 ta markaz orkali tashkil etilishi, ularning tarkibidagi to’garaklar, repititorlik xizmat, sport seksiyalari mashgulotlari zamonaviy interfaol usullar yordamida amalga oshirilishi, xar bir bolaning yoshi, xususiyatlari, qiziqishlari, salomatligi inobatga olinishi tarbiyaning insonparvarlik ruhida olib borilishiga ko’mak beradi.

Ta’lim-tarbiyada pedagogik yondashuv tamoyilidan kelib chiqib,juda ko’p maqsadlarni aniqlaydi. 20 ( 91 .54)


________________________-

20. Ziyomuhammadov Bo’ri “Pedagogik mahorat asoslari”.T:“TIB-KITOB” 2009.183 bet.

Хulosa qilib aytadigan bo’lsak,bugungi kunda Тermiz shahridagi 12-sonli Mehribonlik uyi belgilangan qarorlar va dasturlar asosida ish olib borib,tarbiyalanuvchilarni milliy g’urur ruhida tarbiyalash va har tomonlama kamol topishida faoliyat yuritmoqdalar.Shuningdek, olib borgan tajriba-sinov ishlarimizda anketa so’rovnomalari katta ahamiyatga ega bo’ldi.Ushbu anketa so’rovnomalarini namuna sifatida keltiramiz.

Тermiz shahar 12-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun anketa so’rovnomalar

Familiyangiz ………………………………………………………

Ismingiz ……………………………………………………………...

Otangizning ismi …………………………………………………….

Yoshingiz, sinfingiz…………………………………………………………..

Shaxsiy fikrlaringizni quyidagi savollar asosida ifodalang

Oila, ota-ona, aka-uka va qarindoshlarga munosabatingiz

1. Oila a’zolaringizni eslay olasizmi?

2. O’z oilangizni yaxshi ko’rasizmi?

3. Ota-onangizni sog’inasizmi? Yoki ularning o’rni bilinmaydimi?

4. Aka-uka,opa-singillaringizga mehringiz bormi? Ular bilan bir oilada yashashni orzu qilasizmi?

5.Siz hozir yashayotgan Mehribonlik uyi bilan uyingiz o’rtasida farq bor deb o’ylaysizmi?Agar farq bo’lsa nimada deb o’ylaysiz?



Odob doiralariga munosabati:

6.O’zingizga qanday baho bera olasiz? (Irodali, sabrli, tez achchiq, bo’sh, yolg’onchi,odobli va hakoza?

7.Siz har bir narsani salbiy fikrlaysizmi? Yoki ijobiy?

8.Siz har doim o’zingizni bir xil tutasizmi?Yoki vaziyatga qarab o’zgarasizmi?

9.Siz o’zingizga va odamlarga ishonasizmi?

10.Odob-axloq munosabatlarini egallash nimadan boshlanadi deb o’ylaysiz?



Davlat tomonidan ko’rsatilayotgan g’amxo’rliklarga sizning munosabatingiz.

11.Тug’ilib o’sayotgan vatan O’zbekiston haqida qanday fikrdasiz?

12.O’zingizni shu vatanni a’zosi deb o’ylaysimi?

13.Vatanimizning har bir narsasini qanday saqlashimiz lozim?

14.Ona Vatan deganda nimani tushunasiz?

Sizning vatan oldida qanday burchlaringiz bor

15. Mehnatga qanday munosabatdasiz?

16.Mehnatsiz yaxshi yashash mumkinmi?

17.Mehnat qilish sizga yoqadimi?

18.O’z ixtriyoringiz bilan mehnat qilasizmi? Yoki majburiy mehnat qilasizmi?

19.Sizga foydasi bo’lmagan mehnatni bajarasizmi? Yoki yo’q?

20.O’zingizning shaxsingizga qanday munosabatda bo’lasiz?

21.Ertalab kuningizni qanday boshlaysiz?

22.Kun davomida nimalarga e’tibor berasiz?

23.O’zingizga –o’zingiz baho bera olasizmi?

24.Kelajagingizni qanday tasavvur qilasiz?

25.Nimanidir orzu qilib,unga erishish uchun intilib yashaysizmi?



O’qib bilim olishga nisbatan qanday munosabatdasiz?

26.O’qib bilim olishga qiziqasizmi?

27.Izlanuvchanlik bilan bilim olish va ijodkor bo’lib, nimalardir yaratishingiz kerakmi? Yoki maktabga kelib shunchaki o’qib ketishingiz kerakmi?

28.Тo’garaklarga qatnashasizmi? badiiy kitoblar o’qiysizmi?

29.She’rlarni qay darajada yod olgansiz?

30.Kasb-hunar egallashga harakat qilyapsizmi? Kasb tanlash uchun bilimning ahamiyati bormi?



Boy ma’naviy meroslarimizga nisbatan munosabatingiz?

31.Vatataningiz,tilingiz,millatingiz bilan faxrlanasizmi?

32.Ajdodlarimizdan meros bo’lib kelayotgan boy ma’naviy madaniy merosimizga qanday qaraysiz?

33.O’zbek xalqining urf-odatlarini,an’analarini o’rganib borasizmi?

34.Ajdodlarimiz merosini o’rganib,ulardan qanday xulosa chiqarasiz?

35.Тashabbuskor bo’lishni istaysizmi? Тashabbuskorlikni nimalarda namayon etishingiz mumkin?



Kelajakda kim bo’lmoqchisiz?

36.Qaysi kasb egasi bo’lmoqchisiz?

37.Orzu qilgan kasbingizga erishish uchun nimalar qilishingiz kerak?

38.Siz o’ylagan kasbingizga erishishda bilimning ahamiyati bormi?

39.Kasb egallash bilan birga hunar egallashni muhim deb o’ylaysizmi?

40.Kimga o’xshashga havas qilib shu kasbni tanladingiz?


Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni shallantirish uchun olingan dastlabki so’rovnomalar va ko’rsatgichlar

5 -jadval



Darajalar

Mezonlar


O’quvchilar soni 85 nafar

Тajriba sinfi 45

Nazorat sinfi 40

ijobiy

salbiy

ijobiy

salbiy

1.

Quroni Karim hamda Hadisu sharif orqali


26

19

15

25

2.

Umumxalq bayramlarimizni nishonlash orqali


12

33

18

22

3.

Хalq og’zaki ijodi orqali


22

23

5

35

4.

Milliy ruknda tayyorlangan kino va teatrlar,matbuot va ommaviy axborot vasitalari orqali


14

31

7

33

5.

Milliy urf-odatlarimiz va qadriyatlarimiz asosida


20

25

10

30

6.

Davlat ramzlari tasnifida


10

35

4

36

7.

Ajdodlar tarixi va merosini o’rganish orqali


18

27

8

32

8.

Milliy sport o’yinlari orqali


7

38

3

37

Birinchi galdagi natijalardan ma’lum bo’ldiki, Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalashga ahloqiy me’yorlar, tartib qoidalar, fanlar, tadbirlarning mohiyatini to’laqonli tushuntirish qobiliyatiga ega emasliklari sababli berilgan savollarga to’liq javob bera oladilar. Javob berishga harakat qilgan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalash ong va faoliyat mohiyatini to’g’ri talqin etish imkoniyatiga ega emaslar, shu bois ular milliy g’ururni tarbiyalashga qaratilgan faoliyatini tashkil eta olmaydilar. Mazkur holatni keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlashga bo’lgan intilish natijasida shu narsa ma’lum bo’ldiki, o’quvchilarning deyarli barchasi yuqorida qayd etilgan milliy g’ururni tarbiyalashga bilimlar va ular mazmunini o’zida namoyon etuvchi manbalar haqida to’liq ma’lumotga ega emaslar.



Тajriba-sinov so’nggida Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni tarbiyalashga oid dunyoqarashlari yana bir bor aniqlandi va oldingi holatidan tubdan farqlanuvchi ko’rinish sodir bo’ldi. Mazkur holatni quyidagi jadvaldan ko’rish mumkin.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə