O`zbekiston respublikasi davlat ramzlari: bayroq, madhiya va gerb



Yüklə 69 Kb.
səhifə1/3
tarix23.09.2023
ölçüsü69 Kb.
#122877
  1   2   3
18-davlat ramzlari


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT RAMZLARI: BAYROQ, MADHIYA VA GERB.
Har qanday mustaqil davlatning belgilari jumlasiga uning timsoliy ramzlari ham kiradi.
Ramzlar- shartli belgilar bo`lib, ular qadim zamonlardayoq turli xalqlarda u yoki bu hodisa, olam, mavjudot, odamlar tasvirini ifodalagan. Ramzlar bevosita xalq, millat hayoti, an'analari, ruhiyati, folklori, tarixi bilan chambarchas bog`liqdir.
Davlat ramzlari – bu mustaqil davlatning muhim tashqi belgilarini o`zida mujassamlantiradi. Davlat ramzlarida xalqning azaliy orzusi, uning ezgu niyatlari, bugungi hayot mazmuni aks etadi.
O`zbekiston Respublikasining bayrog`i, gerbi va madhiyasi. Har bir mustaqil davlat o`z bayrog`i, gerbi va madhiyasiga ega bo`ladi. Konstitutsiyamizning 5-moddasida davlatimiz bayrog`i, gerbi va madhiyasining huquqiy asoslari belgilab berilgan. Yo`lboshchimiz ta'kidlaganidek, “Davlatimiz ramzlari - bayroq, gerb va madhiya O`zbekiston xalqlarining shon sharafi, g`ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o`zida mujassamlashtiradi” va ular haqida maxsus qonunlar qabul qilingan. O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risidagi qonun 1991 yil 18 noyabrda, Davlat gerbi to`g`risida qonun 1992 yil 2 iyulda, Davlat madhiyasi to`g`risidagi qonun 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan.


O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzlari muqaddas bo`lib, ularni har qanday yo`l bilan taxqirlash qonun bilan javobgarlikka tortiladi.
Davlat ramzlari xaqida gapirar ekanmiz, avvalo ularning mohiyati, nima uchun zarurligi va tarixiy kelib chiqishi haqida ham bilib olish kerak. Shundagina ularning davlat hayetida tutgan o`rni va ahamiyati tushunarli bo`ladi.
Davlag bayrog`i – O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi 407-XII-sonli «O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan. Bu tavsiri qonun tomonidan (ko`pincha Konstitutsiya bilan) o`rnatiladigan, biror davlatni boshqa davlatlardan farqlovchi rasmiy belgisi, nishonidir U davlat mustaqilligi, suvereniteti ramzi hisoblanadi Davlat bayroqlari, ularning rangi, tuzilishi va emblemalari o`zboshimchalik bilan, ixtiyeriy suratda belgilanmaydi Ular ma'lum ramziy ahamiyatga ega bo`lishi kerak.
Davlat bayrog`i davlat muassasalari, elchixonalar, konsulliklar, missiyalar, bojxonalar va shu kabi qarorlarning binosida ko`tariladi. Elchixonalar, missiyalar, konsulliklar milliy bayramlari kuni o`z mamlakatlarining bayroqlarini osib qo`yadilar. Davlat bayroqlari, shuningdek xalqaro konferensiyalar ochilishida, rasmiy marosim-uchrashuvlar vaqgida, xalqaro sport sovrinlari berilayettan vaqtda va xokazo holatlarda ham ko`tariladi.
Mustaqil O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i 1991 yil 18 noyabrda Oliy Kengash tomonidan qabul qilingan qonun bilan tasdiqlangan.




O`zbekiston Respublikasining davlat bayrog`i muqaddas hisoblanib, u davlatimiz mustaqilligining ramziy belgisidir. Qonunda ko`rsatilganideq bayrog`imiz xalqaro maydonda O`zbekiston Respublikasi delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga safari chog`ida, xalqaro tashkilotlarda, konferensiyalarda, jahon ko`rgazmalarida, sport musobahalarida ko`tarilib, yurtimizni ulug`laydi. Respublikamiz bayrog`i doimiy suratda – O`zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni binosida, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari binosida, O`zbekiston Respublikasi hukumati – Vazirlar Maxkamasining binosida, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va hukumati binosida, mahalliy Kengashlar va Respublikamiz doimiy vakolatxonalari binolarida ko`tariladi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i — bayroqning butun uzunligi bo‘ylab o‘tgan to‘q moviy rang, oq rang va to‘q yashil rangli uchta endan tarkib topgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi matodir.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining uzunligi 250 santimetrga, kengligi 125 santimetrga teng. Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarning kengligi bir xil. Har bir en 40 santimetrga tengdir. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining o‘rtasidagi oq rangli enning chetlaridan kengligi 2,5 santimetrga teng qizil hoshiyalar o‘tkazilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining yuqori qismidagi moviy rangli enning yuz tomoni va orqa tomonida dastaga yaqin joyida oq rangli yangi oy va uning yonida o‘n ikkita oq rangdagi besh qirrali yulduz tasvirlangan.

Oq rangli yangi oy va o‘n ikkita oq rangli besh qirrali yulduzning tasviri moviy rangli yuqori enning o‘rtasidan 70x30 santimetrga teng to‘g‘ri to‘rtburchakka sig‘adigan qilib joylashtirilgan.

Oq rangli yangi oy vertikal holatda do‘ng tomoni dastaga qaratilgan, dastadan 20 santimetr masofada joylashtirilgan bo‘lib, diametri 30 santimetrli doiraga sig‘adi.

O‘n ikkita oq rangli besh qirrali yulduz diametri 6 santimetrli doiraga sig‘adi. Doiralar orasidagi masofa 6 santimetr. Yulduzlar uzunasiga va tikkasiga quyidagi tartibda joylashadi: yuqori qatorda uchta, o‘rta qatorda to‘rtta va quyi qatorda beshta yulduz. Quyi qatordagi yulduzlar yangi oyning pastki uchidan 3,5 santimetr masofada joylashadi.


Gerb termini «erbo» so`zidan olingan bo`lib, shohlar va hukmdorlarga davlat, sarhad, hudud va boshqa nasldan naslga meros qoluvchi mulk belgisini anglatadi.
Avvalo, tamg‘a, ya’ni gerb tarixi haqida to‘xtalsangiz?
– O‘zbekiston hududida paydo bo‘lgan ilk davlat va huquq ramzlaridan biri tamg‘alar bo‘lgan. Tamg‘alar dastlab qadimgi urug‘larni bir-biridan farqlovchi belgilar vazifasini bajargan bo‘lsa, keyinchalik davlatga taalluqlilikni ifodalab, bayroq, muhr, pullar, yorliqlar va boshqalarda aks ettirilgan.
Amir Temur davlatida tamg‘a – bir-biriga bog‘langan uch xalqadan iborat tasvirdan iborat bo‘lgan. Bu tasvir tangalar, muhrlarga tushirilgan. Tamg‘ada uch xalqa tasviridan tashqari “rosti-rusti” iborasi ham yozilgan. Ushbu ibora Oqsaroy darvozasining peshtoqida ham bo‘lgan.
Uning mazmuni ayrim tadqiqotchilar tomonidan “agar adolatli bo‘lsang, har bir ishda omad yor bo‘ladi” degan ma’noda ta’riflangan bo‘lsa, boshqalari tomonidan “kuch – adolatdadir” sifatida tavsiflanadi. Har ikki talqin ham bu ibora davlatni adolatli boshqarish to‘g‘risida davlat shiori bo‘lganligini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining ishlab chiqilishi va qabul qilinishi jarayoni qanday muddat va bosqichlarni qamragan?
– 1991 yil 15 fevralda «O‘zbekiston davlat bayrog‘i va davlat gerbi emblemalarini ishlab chiqish to‘g‘risida»gi parlament qarori qabul qilingan.
Davlat bayrog‘i, gerbi va madhiyasini ishlab chiqish bo‘yicha konstitutsiyaviy komissiyaning ekspert guruhi tuzilgan. Uning tarkibida Fanlar akademiyasi prezidenti M. Salohiddinov, xalq yozuvchisi P. Qodirov, akademiklar A. Asqarov va B. Ahmedov bo‘lgan.
Davlat bayrog‘i va gerbi chizmalari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish maqsadida maxsus parlament komissiyasi tuzilgan. Parlament komissiyasi tarkibiga taniqli rassom va san’atshunoslar, madaniyat va san’at arboblari, jumladan, B. Jalolov, R.Ahmedov, J.Umarbekov, N. Ahmedova, shuningdek, huquqshunos va siyosatshunos olimlar kirgan.
Davlat gerbi loyihasiga tanlov o‘tkazilgan. 1991 yil iyun oyida e’lon qilingan gerb loyihasiga dastlabki tanlovda mutaxassislar bilan birga keng jamoatchilik ham ishtirok etgan.
Davlat gerbi loyihasi umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilingan. Muhokamalarda turli ijtimoiy qatlam vakillari ishtirok etgan, barcha viloyatlardan ko‘p sonli maktub, loyiha, taklif va istaklar kelgan.
Davlat gerbi loyihalarini yaratishda B. Jalolov, T. Komilov, S. Qurbonov, I. Sattorov, A. Satnikov, B. Nishonov kabi san’atkor va ijodkorlar salmoqli hissa qo‘shgan.

Yüklə 69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə