Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʻlim vazirligi university of Tashkent for Applied Sciences



Yüklə 61,18 Kb.
səhifə1/12
tarix28.11.2023
ölçüsü61,18 Kb.
#134784
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
FOLKLOR ISHCHI DASTURI






OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʻLIM VAZIRLIGI
University of Tashkent for Applied Sciences








TASDIQLAYMAN”
TAFU oʻquv ishlari prorektori
______________B.Rajabov
2022 yil “___” __________



O‘ZBEK FOLKLORI
fanidan
ISHCHI DASTUR
(sirtqi bo‘lim uchun)

Fanning kodi:




B1107O‘ZFOL

Bakalavriat yoʻnalishi:




60111400-Oʻzbek tili va adabiyoti

Semestr:




1





Toshkent -2022




Fan/modul­ kodi
B1107O‘ZFOL

O‘quv yili
2022-2023

Semestr
1




Fan/Modul­ turi
Majburiy

Ta’lim tili
O‘zbek




1.

Fanning nomi

Auditoriya mashg‘ulot lari (soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama (soat)

O‘zbek folklori

32

30

42

2.



I. Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad – o‘zbek folklorining o‘zbek xalqi urf-odatlari bilan chambarchas bog‘liqligi haqida talabalarga ma’lumot berish. O‘zbek folklori fanining adabiyotshunoslik fanini rivojlanishidagi ahamiyati, adabiy-nazariy tafakkur tarixidagi o‘ziga xosliklar, poetik tafakkurga xos belgilar, badiiy ijod qonuniyatlari va ijod psixologiyasi, folklor janrlarining ijtimoiy hayotdagi o‘rni, badiiy asarni qabul qilish masalalari haqida bilimga ega bo‘lish.
Modul-kredit tizimida ta’lim olayotgan talabalar “O‘zbek folklori” fanini 1-kursning birinchi semestrida o‘qib o‘rganadilar. Talabalar yakuniy davlat attestatsiyasida “O‘zbek folklori” fanidan imtihon topshirishi belgilab qo‘yilgan.
Fanning vazifasi - mazkur fan doirasida talabaga o‘zbek folklorining tarix, falsafa, etnografiya, psixologiya va boshqa ijtimoiy fanlar bilan bog‘liqligini; doston, mif, afsona, rivoyat kabi folklor janrlarining adabiyot, umuman, inson tavakkurini rivojlanishidagi ahamiyatini tushuntirish fanning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.


II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.1. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:


1-Mavzu: O`zbek folklori xususida. (2 soat)


O‘zbek xalq og‘zaki ijodi faninning maqsad va vazifalari. Folklor – so‘z san’atining boshlang‘ich namunasi. Bashariyat tafakkurining ilk badiiy janri. Xalq –folklorning ijodkori; folklor - jamoa ijodi; folklor – og‘zaki ijod. Folklorda an’anaviylik, variantlilik, ijodiy metod. Folklorshunoslik - folklor haqidagi fan. Folklor namunalarining qadimgi yozma obidalar orqali yetib kelishi. O‘zbek folklori va folklorshunosligining taraqqiyot davrlari.
O‘zbek folklori materiallarining yozib olinishi tarixi. O‘zbek bilim jamiyatining tashkil topishi va faoliyati. XX asr o‘zbek folklorshunosligi.
Mif – mustaqil folklor janri sifatida. Mif va uning janr tabiati. Folklor asarlarini janriy belgilarini aniqlash mezonlari. Mifda syujet shakli. Tasvirlangan voqelikning mavzu ko‘lami. Mif talqinida voqelarni tasvirlash uslubi. Mifda obraz. Mifalarning tasnifoti. Afsona− mustaqil folklor janri sifatida. Afsona va uning janr tabiati. Afsonada syujet shakli. Tasvirlangan voqelikning mavzu ko‘lami. Afsona talqinida voqelarni tasvirlash uslubi. Afsonada obraz. Afsona va mifning ijro uslubi va ijro o‘rni.



Yüklə 61,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə