Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʻlim vazirligi university of Tashkent for Applied Sciences



Yüklə 61,18 Kb.
səhifə8/12
tarix28.11.2023
ölçüsü61,18 Kb.
#134784
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
FOLKLOR ISHCHI DASTURI

Askiya. Askiya istilohi arabcha «zakiy» so`zidan olingan bo`lib, «so`zamol zakovatli, o`tkir zehnli» degan ma’nolarni anglatadi. Askiya istilohi «zakiy» so`zini ko`plik shaklida «azkiyo» deb qo`llashdan va keyinchalik talaffuzda “z” tovushining jarangsizlanishi oqibatida kelib chiqqan.
Askiya – o`zbek folklorigagina xos janr. Bu janr boshqa xalqlar folklorida uchramaydi. Shu jihatiga ko`ra askiya o`zbek folklorining janrlar tizimida alohida diqqatni tortadi hamda o`zbek folklorining milliy o`ziga xos tarkibini belgilaydi. U, asosan, to`y-tomoshalarda, xalq yig`inlarida, sayllarda, bayramlarda, gap-gashtaklarda ijro etiladi.
Askiya - so`zga chechan, hozirjavob, hazil-mutoyibaga moyil, zakovatli, topqir, badihago`y kishilar ma’naviy musobaqasidir. Shuning uchun askiya professional ijroga moslashgan. Askiya ijrochilari askiyaboz, askiyachi deb yuritiladi. Askiya aytishuvida har kim ham ishtirok etavermaydi, chunki askiyachilikda so`z o`yiniga usta, so`z va jumlalardagi ko`chma ma’noni ilg`ab olishga qodir, hozirjavob, shama’ va piching qila bilish san’atkorligiga ega bo`lish talab etiladi. Zero, askiya so`z va jumlalardagi tagdor kesatiq, istehzo, piching, pisanda, mazax, shama’ va boshqa yumorga moyil rang-barang ko`chma ma’nolarni ilg`ab olib unga munosib javob topa bilishdan iborat so`z o`yini san’atidir.
Askiya tarafma-taraf bo`lib ijro etishga asoslangan. Tarafma-taraf bo`lib askiya aytishni boshlagan askiyabozlarni tinglovchilar ommasi kuzatib turadi va tomonlardan qay biri mantiqli ilmoqli luqmasi bilan ustun kelsa, kulgi –qahqaha bilan ularni ma’qullab, chapak chalib, olqishlab boradi. Shu xususiyati tufayli askiya tomonlar tortishuviga aylanib boradi.
15-Mavzu: Xalq teatri va askiya san`ati (2 soat)
Askiya istilohi arabcha «zakiy» so`zidan olingan bo`lib, «so`zamol zakovatli, o`tkir zehnli» degan ma’nolarni anglatadi. Askiya istilohi «zakiy» so`zini ko`plik shaklida «azkiyo» deb qo`llashdan va keyinchalik talaffuzda “z” tovushining jarangsizlanishi oqibatida kelib chiqqan.
Askiya – o`zbek folklorigagina xos janr. Bu janr boshqa xalqlar folklorida uchramaydi. Shu jihatiga ko`ra askiya o`zbek folklorining janrlar tizimida alohida diqqatni tortadi hamda o`zbek folklorining milliy o`ziga xos tarkibini belgilaydi. U, asosan, to`y-tomoshalarda, xalq yig`inlarida, sayllarda, bayramlarda, gap-gashtaklarda ijro etiladi.
Askiya - so`zga chechan, hozirjavob, hazil-mutoyibaga moyil, zakovatli, topqir, badihago`y kishilar ma’naviy musobaqasidir. Shuning uchun askiya professional ijroga moslashgan. Askiya ijrochilari askiyaboz, askiyachi deb yuritiladi. Askiya aytishuvida har kim ham ishtirok etavermaydi, chunki askiyachilikda so`z o`yiniga usta, so`z va jumlalardagi ko`chma ma’noni ilg`ab olishga qodir, hozirjavob, shama’ va piching qila bilish san’atkorligiga ega bo`lish talab etiladi. Zero, askiya so`z va jumlalardagi tagdor kesatiq, istehzo, piching, pisanda, mazax, shama’ va boshqa yumorga moyil rang-barang ko`chma ma’nolarni ilg`ab olib unga munosib javob topa bilishdan iborat so`z o`yini san’atidir.



Yüklə 61,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə