Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʻlim vazirligi university of Tashkent for Applied Sciences



Yüklə 61,18 Kb.
səhifə5/12
tarix28.11.2023
ölçüsü61,18 Kb.
#134784
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
FOLKLOR ISHCHI DASTURI

9-Mavzu: O‘zbek xalq ertaklari. (2soat)
Ertak istilohi haqida tushuncha. Ertaklarning janr genezisi, ijro etish tartibi. Ertak va hayot haqiqati. Ertaklar tasnifi, badiiyati o`ziga xosligi. Ertak turlari va tarbiyaviy ahamiyati. Ertak umumfolklor hodisasi sifatida eng qadimiy epik janrlardan bo`lib, M.Qoshg`ariy o`z «Devonu lug`otit turk» asarida turkiy xalqlarda uning «etuk» atamasi bilan yuritilishi. Unga ko`ra, etuk «biror voqeani og`zaki hikoya qilish»ni anglatadi. Biroq jonli so`zlashuvda O`zbekistonning turli joylarida, chunonchi, Namangan viloyatining Janubiy qismida «ertangi» deb yuritiladigan bu hodisa – ertangi bo`lib o`tgan, qadimgi zamonlardan qilinajak hikoya ma’nosini anglatsa, Samarqand, Farg`ona va Surxondaryoda bu hodisa –matal, Xorazmda –varsoqi, Buxoroda – ushuk, Toshkentda – cho`pchak, yana boshqa bir qator maskanlarda – hikoya, hikoyat, og`zaki hikoya, o`trik yoki o`tirik, afsona deb yuritilsa-da, folklorshunoslikda ertak ilmiy istilohi qabul qilingan va muqim muomaladadir.
«Ertak» so`zi «er», aslida «ir» («yir», jir) so`ziga o`xshatishni bildiruvchi «-tak» qo`shimchasining qoshilishidan tarkib topgan bo`lib, qo`shiqqa o`xshash degasn ma’noni anglatadi. Negaki, ertaklarning saj`li boshlanmasi qo`shiqqa o`xshab ketadi. Shuningdek, ba’zi ertaklar tarkibida she’riy qismlar ham uchrab turadi. Bu o`rinda “Musicha”, “Yoriltosh” ertaklarini eslash kifoya. Lekin ertakda she’riy parchalar uchrashi odatiy hol emas. Shu sababli ertak xalq nasri namunasi hisoblanadi.
10- Mavzu: O‘zbek xalq qo‘shiqlari. (2 soat)
Xalq qo‘shiqlari haqida umumiy ma’lumot. “Qo`shiq” istilohi, janriy xususiyatlari, badiiy – kompozitsion belgilari. Mehnat qo`shiqlarining tabiati, tasnifi. Lirik qo`shiqlarning o`ziga xos tabiati va ijro xususiyatlari. Tarixiy qo`shiq janri tabiati va uning o`zbek fol’klorida tutgan o`rni.Terma janri tabiati va ichki ko`rinishlari.
Qo`shiq” atamasining ilmiy istiloh holatiga keltirilganligiga juda ko`p asrlar bo`lgan. Zero, u keng ma’noda xalq poeziyasini anglatsa, tor ma’noda xalq lirikasi shaklini – janrini ifodalaydi. Bu holatni qoraqalpoq, ozarbayjon va uyg`ur folklorida bo`lganidek, tojik folklorida ham kuzatish mumkin. Chunonchi, tojikcha “surud”, qoraqalpoqcha “Qo`siq”, ozarbayjoncha “Qo`shma” va uyg`urcha “Qo`shoq” istilohlari shunday estetik mohiyatga ega.
B.Sarimsoqovning fikricha, mehnat qo`shiqlarining tarixiy taraqqiyoti uch bosqichda kechgan:
1. Mehnat qo`shiqlarining vujudga kelish jarayoni. Bu jarayon ibtidoiy jamoa tuzumining ilk davridayoq boshlanib, uning so`nggi bosqichlarida yakunlangan. Mazmunan ular u yoki bu harakatga undaydi, jamoa bo`lib harakat qilishga chorlavchi xitoblardan tashkil topgan.
2. Mehnat taqsimotining yuzaga kelishi va mehnat turlarining har biriga oid qo`shiqlarning yaratilish bosqichi.
3. Ijtimoiy mehnat taqsimotining tugallanishi, sinfiy jamiyatning qaror topishi va mehnat qo`shiqlarida ijtimoiy tengsizlik motivlarining rivojlanish bosqichi. Shu davrdan boshlab mehnat qo`shiqlarida g`oyaviy-estetik vazifa yetakchilik qila boshlagan. Mehnat jarayoni bilan bevosita bog`liq holda qo`shiqlar yaratila boshlangan.

Yüklə 61,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə