Qoraqalpoq tilining morfologik xususiyatlari



Yüklə 155 Kb.
səhifə1/9
tarix27.09.2023
ölçüsü155 Kb.
#124254
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
QORAQALPOQ TILINING MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI


QORAQALPOQ TILINING MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI
MUNDARIJA:
KIRISH………………………………………………………………………..….2
I BOB. QORAQALPOQ TILINING SHAKLLANISHI VA SIYOSIY HAYOTI…………………………………………………………………………..4

    1. Qadimgi tarixiy Qoraqalpoq tili yozuvi ………………………………..….4

1.2. Qoraqalpoqlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti……………………………..…..7
II BOB. QORAQALPOQ TILINING MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI……………………………………………………….…...…12
2.1. Qoraqalpoq tilining leksemalari………………….………….…….……..…12
 2.2.Qoraqalpoq tilining sinonimlari va antonimlari …………….……………..20
XULOSA……………………………………………………………………….…31
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………...…….33


KIRISH
Bugungi kunda ilm-fanning barcha sohalarida zamonaviy yondashuvlar asosida ilmiytadqiqot ishlari olib borilmoqda. Tilshunoslik, shu jumladan turkologiyada ham islohotlar negizida yangi ilmiy-nazariy qarashlar shakllanmoqda. Turkiy tillar qardosh tillar bo‘lganligi bois ularda o‘ziga xosliklar bilan birga umumiy jihatlar ham ko‘p. Turkiy tillarning grammatik belgilarini ilmiy tadqiq qilish har bir turkiy til lisoniy xususiyatlarining tarixiy daraklarini, rivojlanish usullarini aniqlash va yoritish imkonini beradi. Bu esa turkologiya uchun dolzarb masalalardan biri sanaladi. Lug‘at boyligida zamonaviyligi jihatidan ikki asosiy qatlam mavjud: zamonaviy qatlam va zamondosh qatlam. Ma’lumki, har qanday til oʻzaro munosabatga kirishar ekan, buning natijasida tilning leksikasida oʻzgarishlar yuzaga kela boshlaydi. Bu oʻzgarishlar til lugʻat boyligining yanada boyishida muhim ahamiyat kasb etadi. Tillardagi lugʻat tarkibni har tomonlama tahlil va tadqiq etish tilshunoslik sohasining rivojida kata rol oʻynaydi. Shu ma’noda oʻzbek va qoraqalpoq tillaridagi zamonaviy leksika mavzusi tilshunoslikning bugungi kundagi dolzarb masalasiga bag‘ishlangan. Mazkur maqola oʻzbek va qoraqalpoq tillarida yangi(zamonaviy) leksikasidagi oʻzlashma soʻzlar va ularning ma’no taraqqiyotini tadqiq etish hamda imlo masalasiga qaratilgan. Oʻzbek va qoraqalpoq tillari leksikasida oʻzlashma soʻzlarning tutgan oʻrni, ularning ma’no taraqqiyoti, tematik guruhi va leksikografik talqini kabilarni yoritish mavzuning dolzarbligini koʻrsatadi. Ikki til doirasida ularga boshqa tillarning ta’siri va bir-biriga ta’sirida leksikaning rivojlanishi masalasini yoritish muhim hisoblanadi. Zamonaviy qatlamga bugungi til amaliyotida odatdagi, rasmona deb qaraluvchi leksemalar kiritiladi. Bu qatlamdagi leksemalar na yangilik va na eskilik bo‘yog‘iga ega bo‘lmaydi. Leksemalarning ko‘pchiligi – xuddi shunday. Zamonaviy qatlamga mansub deb belgilashda leksemaning yakka shaxslar nutqidagi mavqeyi emas, balki umumtildagi mavqeyi asosga olinadi. Leksemani zamonaviy qatlamga kiritishda ularning nutqda ishlatilish miqdori ham asosga olinmaydi. Nutqda ko‘p ishlatiladigan leksema odatda zamonaviy qatlamga mansub bo‘ladi. Zamonaviy qatlamga, bulardan tashqari, nutqda oz ishlatiladigan leksemalar ham kiritiladi. Shunga qaramay terminlar zamonaviy qatlamga kiritilaveradi. Yangilik bo‘yog‘i bor leksemaga neologizm deyiladi (yunoncha neos - yangi) [1: 156]. Neologizm tilga umuman mansub bo‘lishi yoki yakka shaxs nutqiga xos bo‘lishi mumkin. Birinchisi umumtil neologizmi deb, ikkinchisi individual nutq neologizmi deb yuritiladi. Leksemikada, asosan, umumtil neologizmi o‘rganiladi. Individual nutq neologizmi uslubga xos hodisa deb qaraladi. O‘zbek va qoraqalpoq tili leksikasida yangi o‘zlashma so‘zlar o‘ziga xos tizimga ega. Ijtimoiy hayotdagi rivojlanishlar ta’sirida tilning lugat sarhadlari kengayadi va o‘sib boradi, ba’zan esa so‘zlar lug‘atlardan uzoq joy egallay olmay, tushib qoladi. O‘z navbatida, o‘zgarishlar yoki keskin rivojlanishlar madaniyat, san’at, fan va texnologiya taraqqiyoti tufayli sodir bo‘ladi. Istiqloldan soʻng oʻzbek tili va qoraqalpoqtili lug‘at boyligi ham shunday soʻzlar hisobiga kengaydi va taraqqiy etdi. Buning sababi sifatida quyidagilarni koʻrsatish mumkin. 1. Mustaqillikdan soʻng jamiyat hayotida siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy va boshqa sohalarda boʻlgan oʻzgarishlar.
2. Jahon miqyosidagi ilf-fan, texnik taraqqiyot ta’siri.
3. Xorijiy tilda muloqot qiluvchi yurtdoshlarimizning yangi (zamonaviy) oʻzlashma soʻz va terminlarni oʻz nutqlarida koʻplab qoʻllashlari.
Oʻzbek tilining izohli lug‘atida oʻzlashma soʻzlarning qaysi tilga tegishli ekani alohida shartli qisqartmalar asosida koʻrsatilar ekan, ularning oʻz tilidagi lug‘aviy ma’nosi va tilimizga oʻzlashganidan keyingi monosemantik yoki polisemantik xususiyati alohida koʻrsatib berilgan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, oʻzbek tilining izohli lug‘atida oʻzlashma soʻz olib kirgan tillar sifatida 16 ta til soʻzlaridan misollar berilgan. Bular sirasiga arab, fransuz, fors-tojik, golland, hind, ingliz, ispan, italyan, lotin, moʻg‘ul, nemis, polyak, rus, xitoy, yunon, chex tillari kiritilgan.[2: 208] Zamonaviy lekisika fan va texnologiya hamda iqtisodiyot sohalarining rivojlanishi bilan, ayniqsa, tez sur’atlar bilan ko‘payadi.

Yüklə 155 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə