Qoraqalpoq tilining morfologik xususiyatlari


II BOB. QORAQALPOQ TILINING MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI



Yüklə 155 Kb.
səhifə5/9
tarix27.09.2023
ölçüsü155 Kb.
#124254
1   2   3   4   5   6   7   8   9
QORAQALPOQ TILINING MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI

II BOB. QORAQALPOQ TILINING MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI
2.1. Qoraqalpoq tilining leksemalari
Bugungi kunda maishiy leksikaning so‘zlashuv tilida va hatto badiiy asarlarda ham juda ko‘plab qo‘llanayotganiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Bular, ayniqsa, kundalik ishlatadigan buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari va kiyimkechak nomlari bilan bog‘liq. O‘zbek va qoraqalpoq tillariga bunday leksemalarning o‘zlashishi yoki tilning ichki imkoniyatlari asosida yuzaga kelayotgan bunday atamalar so‘zlashuv tilida juda faol bo‘lsa ham hanuz o‘z izohini yoki muqobilini topib adabiy tilga kiritilgani yo‘q. Maqolada shu kabi masalalarga to‘xtalinib, ular misollar yordamida izohlanib berilgan. Maishiy va axborot-kommunikatsiya sohalarida keng qo‘llanilayotgan bu leksemalar xalqqa tushunarli va sodda qilib izohlab o‘tilgan. Misollarda keltirilgan bu leksemalar ikkala tilda ham birday qo‘llanilib, faqat ayrim jihatlari bilangina ma’nosida o‘zgarish yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. Maqolada keltirilgan misollar vaqtli matbuot va jurnalistikaga doir materiallar asosida yig‘ilgan. Sayt [ingl. site – o‘rin, joy] leksemasi hozirda faol leksemadir. Internetda muayyan mavzu yo‘nalishi bo‘yicha to‘plangan va shakllantirilgan, doimo yangilanib, to‘ldirib boriladigan, o‘z nomi (sarlavhasi)ga ega bo‘lgan ma’lumotlar yig‘indisi ma’nosida ishlatiladi, o‘rni bilan elektron sahifa leksemasi bilan ma’nodoshlik hosil qiladi. Viktorina –muayyan bir soha doirasida yoki bir necha sohalar yuzasidan o‘tkaziladigan savol-javob orqali o’tkaziladigan tanlov. Viktorinada faqat savol-javob emas balki har turdagi shartlar asosida ham olib borilib, bir necha qatnashchilar orasidan g‘olibni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Virtual –har qanday axborotni yuborish, qabul qilish va qayta ishlash amallarini masofadan turib internet orqali amalga oshirish jarayoni nazarda tutiladi. Maktublar, arizalar, shikoyatlarni tegishli muassasaga yuborishda bevosita joylardan turib jo‘natishni ta’minlash. press-sekretar [ingl. presse-secretary] leksemasi esa prezident yoki bosh vazirning matbuot bo‘yicha kotibi ma’nosida matbuot kotibi leksemasi bilan erkin almashinish xususiyatiga ega. Reportyor [ingl. reporter] leksemasi tilimizga arab tilidan o‘zlashgan muxbir leksemasi bilan erkin almashish xususiyatiga ega.[3: 19] Desert – restoranlar, kafelar yoki ziyofatlarda asosiy taomlardan keyin tortiladigan yengil parhezbop yeguliklar. Desertga har xil go‘shtsiz salatlar yoki shirinliklar kirishi mumkin. Fransuzlarda desertga, asosan, bir bo‘lak shokoladli shirinlik tortiladi. Brifing –mas’ul hodimning yoki tegishli shaxsning ommaviy axborot hodimlariga tashkil qiladigan matbuot anjumani. Brifingning matbuot anjumanidan farq qiladi. Odatda, brifing 5-15 daqiqa davom etadi va matbuot anjumanidagi kabi jurnalistlar savol berishmaydi. Istisno tariqasida tushunarsiz masalaga oydinlik kiritish uchun ko‘pi bilan ikkita savol berilishi mumkin. Brifingda ko‘tarilgan masalaga oid ma’lumotlar, hisobotlar beriladi. Dispetcher –bir necha aloqa liniyalarini bir liniyaga yoki o‘zaro bog‘lovchi shaxs tushuniladi. Simsiz mobil aloqalar bo‘lmagan paytda bu termin o‘rniga kommutator termini ishlatilgan. Hozirda dispetcherlik ko‘plab sohalarga targ‘ib qilinmoqda. Mustaqallikdan so‘ng tilimizga yangi so‘zlarning kirib kelishi qanchalik tezlashgan bo‘lsa, ko‘pgina so‘zlarning tilimizning leksik qatlamidan chiqib ketishi shunchalik tezlashdi. Shu bilan bir qatorda tilimizga flesh, multimedia, blutus, multimillioner, intranet, peyjering kabi neologizmlar ham kirib keldi.
XVIII asrdan boshlab qoraqalpoq yozma adabiyoti shakllanadi va rivojlana bordi. XVIII – XIX asrning 1-yarmida qoraqalpoq adabiyotining ko’zga ko’ringan qator namoyandalari qalam tebratganlarkim, ularning nomlari bugungi kunda ham ardoqlanadi. Ulardan biri Jiyen Jirov (1730-1784) edi. U mashhur baxshi sifatida kamol topdi. Ayni paytda she’rlar ham bitdi. "Hoy yigitlar, yigitlar", "Xayr endi, do’stlar", "Yuragimda ko’p dog’im", "Tuyani ber" kabi she’rlarida jamiyatdagi nohaqliklarni tanqid qiladi. Jiyen Jirov hajviy she’rlar ustasi ham edi. U "Hoy xonimiz, xonimiz", "Xon yonida to’ralar" kabi hajviy she’rlarida hukmron tabaqalarning kirdikorlarini, xalqqa o’tkazgan jabr-zulmlarini fosh etadi. Qoraqalpoqlar-erksevar xalq. Shuning uchun ham ular doimo o’z erklari uchun ozodlik kurashi olib borganlar. Ma’lumki, qozoq xoni Abulxayrga qarshi olib borilgan urushda qoraqalpoqlar yengilib qolgan edi. Bu mag’lubiyat natijasida ular azob-uqubatlarga duchor etilgan. Xususan, Sirdaryo bo ‘ylaridagi qoraqalpoqlar har yoqqa tarqab ketganlar. Ularning bir qismi Toshkent atrofiga (Chirchiq bo’ylariga), boshqa bir qismi esa Qizilqum orqali Xorazmga (Orol dengizining janubiy sohillariga) ko’chib ketganlar. Mana shu ko’chishlarning guvohi bo’lgan Jiyen Jirov "Darbadar el" nomli doston yozib, qoraqalpoqlarning mashaqqatli davri tarixini bayon etgan.) U "Alpomis", "Qirqqiz", "Qo’blon", "Qurbonbek" dostonlarini mahorat bilan kuylagan. Qoraqalpoq adabiyotining ko’zga ko’ringan vakillaridan yana biri Kunxo’ja Ibrohim (1799-1880) edi. Uning butun umri muhtojlikda o’tgan. Shoirning "O’roqchilar", "Oq q qamish", "Cho’ponlar" kabi she’rlari xalq orasida keng tarqalgan bo’lib, ularda qoraqalpoq xalqining Xiva xonligi tobeligiga tushib qolgan davrdagi og’ir ahvoli, erksiz turmushi o’z ifodasini topgan. "El bilan", "Boy bolasi", "Mening bolam" she’rlarida esa hukmron tabaqalar kirdikorlarini fosh etadi. "Unutmasman" hamda "Tuya ekansan" she’rlarida u Xiva xoni ustidan kuladi. Ajiniyoz Qo’siboy o’g’li (taxallusi Zevar) (1824-1878) qoraqalpoq xalqining atoqli shoirlaridan biridir. Mo’ynoqdagi eski maktabda o’qigan. Keyin Xivadagi Sherg’ozixon madrasasida ilm olgan. Shoirning "Bo’zatov" dostonida qoraqalpoq xalqining boshqa yurtlarga ko’chib ketishga majbur etilganligi katta mahorat bilan tasvirlangan. Ajiniyoz shoirning "Kerak", "Bo’ladi", "Bo’lmasa", "Yaxshi", "Yigitlar" she’rlarida vatanparvarlik, insonparvarlik g’oyalari falsafiy qarashlari ifodalangan. Ajiniyozni butun O’rta Osiyoga tanitgan "Qiz Mengesh bilan aytishuv" asari edi. 1999-yilda Ajiniyoz tavalludining 175 yilligi nishonlandi.

Qoraqalpoq xalqi adabiyoti uning asoschisi Berdaq (1827-1900) (taxal-lusi; asl ismi Berdimurod qarg’aboy o’g’li) nomi bilan mashhurdir. Berdaq avval ovul maktabida, so’ngra madrasada tahsil ko’rgan. U Navoiy, Fuzu-liy, Mahtumquli, Kunxo’ja asarlarini chuqur mutolaa qilgan, ulardan o’rgan-gan. Berdaq tarixni, xalq og’zaki ijodini mukammal o’zlashtirib oladi.

,,Undiradi och xalqdan, Yetimlar yig’lar xo’rlikdan, Boy omon qoldi soliqdan, Tuhmat to’lov bo’ldi soliq.”

Uning ijodi 18-19 yoshlarda do’mbira chertib, she’r aytishdan boshlangan. 25 yoshida u is’te-dodli shoir sifatida xalq orasida tanildi. Uning ,,Bo’lgan emas”, ,,Umrim” va ,,Soliq” kabi she’r-larida mehnatkash xalqning og’ir hayoti o’z aksini topib, Xiva xonlari, amaldorlari zulmiga qarshi xalq noroziligi ifodalangan. Xususan, ,,Soliq” she’-rida bunday deb nola qilinadi:

bo’ri hech vaqt o’z dardini bildirmas, yaxshi odam dushmanini kuldirmas, qo’ldan kelsa unga davron surdirmas, er yigitning joni qurbon xalq uchun.


Yüklə 155 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə