Qoraqalpoq tilining morfologik xususiyatlari


I BOB. QORAQALPOQ TILINING SHAKLLANISHI VA SIYOSIY HAYOTI



Yüklə 155 Kb.
səhifə2/9
tarix27.09.2023
ölçüsü155 Kb.
#124254
1   2   3   4   5   6   7   8   9
QORAQALPOQ TILINING MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI

I BOB. QORAQALPOQ TILINING SHAKLLANISHI VA SIYOSIY HAYOTI
1.1. Qadimgi tarixiy Qoraqalpoq tili yozuvi
Qoraqalpoq tili — turkiy tillar qatoriga kiradi. Qoraqalpoq tilida gaplashuvchilar soni 1 yaqin. Qoraqalpoģiston Respublikasida istiqomat qiluvchi qoraqalpoq xalqining ona tilidir. Qoraqalpoq tili — Oʻzbekiston Respublikasining tarkibidagi Qoraqalpoģiston Respublikasining rasmiy tilidir. Bu toʻģrisida maxsus qonun chiqarilgan. Qonunda qoraqalpoq tili Qoraqalpoģistonning barcha hududida davlat tili sifatida foydalanishga imkon berilgan.
Oʻzbekiston hududida qoraqalpoq tilida gaplashuvchilar (qizil)
Qoraqalpoq tili — turkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub tillardan; qozoq va noʻģay tillari bilan birgalikda qipchoq tillarining qipchoqnoʻģay guruhchasini tashkil etadi. Qoraqalpoģiston Respublikasining davlat tili (oʻzbek tili bilan birga). Asosan, Qoraqalpoģistonda, shuningdek, Xorazm, Navoiy, Buxoro viloyatlari hamda Qozoģiston va Turkmanistonning unga qoʻshni hududlarida, Rossiya Federatsiyasi va Afģonistonda tarqalgan. Qoraqalpoq tilida soʻzla-shuvchilarning umumiy soni 883 ming kishidan iborat (oʻtgan asrning 90-yillary oʻrtalari). Qoraqalpoq tili, asosan, 2 ta: shimoli-sharqiy va janubi-gʻarbiy lahjalarga boʻlinadi; bu lah-jalar fonetik jihatdan oʻzaro farqlanadi. Adabiy Qoraqalpoq tili 20-asrning 1-yarmida shimoli-sharqiy lahja asosida shakllangan.
Qoraqalpoq tilining oʻziga xos belgilari: unlilar ohangdoshligi — singarmonizm mavjud, mas, Atlarshmz (otlarimiz). kunler — (kunlar); umumturkiy ch undoshi sh bilan; sh esa s undoshi bilan almashadi, mas, qash (qoch), tas (tosh), bas (bosh). Ayrim soʻzlarda ģ undoshi oʻrnida v; g undoshi oʻrnida y ishlatiladi, mas, tav (toģ), tiy (teg) va boshqa Qoraqalpoq tilida, boshqa koʻpchilik turkny tillarda boʻlganidek, umumturkiy soʻzlardan tashqari, arab, eroniy, rus tillaridan oʻzlashgan soʻzlar ham ancha-gina.
Qoraqalpoq tili yozuvi isloh qilingan arab grafikasi asosida 1924-yilda shakllanti-rilgan. 1929—40 yillarda lotin grafikasiga asoslangan qoraqalpoq yozuvi amalda boʻlgan boʻlsa, 1940-yildan rus grafikasi asosidagi yozuv joriy etilgan. 1999-yildan lotin grafikasi asosidagi yozuvga oʻtish ishlari amalga oshirilmoqda.

Yüklə 155 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə