Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʻlim vazirligi university of Tashkent for Applied Sciences



Yüklə 61,18 Kb.
səhifə4/12
tarix28.11.2023
ölçüsü61,18 Kb.
#134784
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
FOLKLOR ISHCHI DASTURI

7-Mavzu: Xalq dostonlari. (2 soat)
Doston atamasining izohi va janr tabiati. Dostonchilik-professional san’at turi. Baxshi atamasi, baxshichilik san’ati va uning tiplari. Dostonchilik maktablari. Dostonlarni to`plash, yozib olish, nashr ettirish va ilmiy tadqiq etish masalasining ahvoli. Qahramonlik dostonlari. Romanik dostonlar. Ishqiy romanik dostonlar. Jangnoma dostonlar va Tarixiy dostonlar. Maishiy romanik va kitobiy dostonlar. Alpomish dostoni xususida.
Baxshilar. Xalq og`zaki ijodining yuksak professional san’at turi — doston va dostonchilikning paydo bo`lishi, taraqqiyoti baxshilar nomi bilan bog`liqdir. H.T.Zarifovning yozishicha, baxshi mo`g`ulcha va buryatcha baxsha, bag`sha so`zlaridan olingan bo`lib, ustod, ma’rifatchi degan ma’nolarni beradi. O`zbeklarda baxshi — keng ma’noda xalq dostonlarini kuylovchi, yodda saqlovchi va nasldan naslga o`tkazuvchi san’atkor. Xalq orasida baxshi so`zi turli xarakterdagi ikki vazifani bajaruvchi shaxsga nisbatan qo`llangan. Adabiyotshunoslik dostonlarni mumtoz poeziyada she’riy qissa, xalq og’zaki ijodida esa she’riy-nasriy qissa deya qaraladigan liro-epik janrlardan biri tarzida sifatlaydi. Xalq dostonlarida epik tasvir ko’pincha nasr bilan, lirik kechinmalar she’r bilan ifodalanadi. Mumtoz poeziyaga mansub dostonlarda esa bulardan tashqari, metafora, ramz, majoziy tasvir, kuchli fantaziya singari badiiy san’at vositalari etakchilik qiladi.
8-Mavzu: Qahramonlik dostonlarining g`oyaviy-badiiy xususiyatlari. Alpomish –qadimiy qahramonlik eposi (2soat)
Dostonlar tasnifi. O`zbek xalq dostonlari nihoyatda ko`p tarkibli bo`lib, uzoq asrlar davomida yaratildi va turli ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda kuylanib keldi. Bu hol ularni muayyan turlarga bo`lib o`rganishni taqozo etadi. Dostonlar dastlab V.M.Jirmunskiy va H.T.Zarifov, keyinroq M.S.Saidov, B.I.Sarimsoqovlar tomonidan tasnif qilindi. Jumladan, V.M.Jirmunskiy va H.T.Zarifovlar o`zbek xalq dostonlarini qahramonlik, jangnoma, tarixiy, romanik hamda kitobiy kabi turlarga ajratadilar.1 M.S.Saidov esa o`zbek og`zaki an’anaviy dostonlarini qahramonlik, sof muhabbatni kuylovchi, romanik, jangnoma va tarixiy kabi turlarga ajratadi.2 B.I.Sarimsoqov esa xalq dostonlarining tarixiylik tamo-yillariga asoslanib, ularni qahramonlik, romanik va tarixiy kabi uch turga bo`ladi. Uning tasnifiga ko`ra, jangnoma va kitobiy dostonlar romanik dostonlarning bir ko`rinishidan iborat.3 Darhaqiqat, eposning tarixiylik tamoyillari, voqelikni aks ettirish tarzi xalq dostonlarini qahramonlik, romanik va tarixiy dostonlar kabi uch yirik turga bo`lib o`rganish zarurligini taqozo etmoqda.



Yüklə 61,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə