Polisaxaridlarning umumiy formulasi (C6H10O5)n



Yüklə 130,56 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix19.12.2023
ölçüsü130,56 Kb.
#151964
biokimyoab labo 7



Polisaxaridla 
Polisaxaridlar Polisaxaridlarning umumiy formulasi (C6H10O5)n 
bo‘lsa ham tuzilishi bo‘yicha bir-biridan farqlanadi. Shuning 
uchun ularni gomopolisaxaridlar va geteropolisaxaridlarga 
bo‘lishadi ularning monomerlari orasidagi glikozid bog‘larning 
tabiatiga qarab ham farqlanishini yaqqol ko‘rish mumkin. Ayrim 
polisaxaridlar o‘simlik va hayvon organizmlarida, ularning tana 
tuzilishini hosil qilishda qatnashadi va mexanik mustahkamligini 
ta’minlaydi. 
Ularga 
kletchatka 
(o‘simliklarda), 
xitin 
(hasharotlarda) 
moddalari 
kiradi. 
Polisaxaridlarning 
o‘simliklardagi kraxmal va inulin, 111 hayvonlardagi glikogen 
kabi vakillari oziq mahsulotidir. Bulardan tashqari bakteriyalar va 
zamburug‘lar tarkibida ham geteropolisaxaridlar uchraydi. 
Polisaxaridlarning ko‘pchiligi oqsillar bilan murakkab birikmalar 
hosil qiladi, glukoproteinlar, mukoproteinlar shular jumlasidandir. 
Kraxmal. U o‘simliklarda fotosintez jarayonida hosil bo‘lib, 
o‘simliklarning donida, ildizmevalarida, tuganak mevalarida va 
boshqa qismlarida zahira oziq modda sifatida (kraxmal 
donachalari holida) jamg‘ariladi. Uning miqdori bug‘doyda 75%, 
guruchda 80%, kartoshka to‘ganaklarida 12-24%, o‘simlik 
barglarida 4% atrofida bo‘ladi. Kraxmal sovuq suvda erimaydi, 
lekin 60-80°C gacha isitilgan suvda bo‘kadi va kraxmal kleysteri 
deb ataladigan kolloid eritmaga aylanadi. Kraxmal molekulasi 
kimyoviy sof modda emas, uning 96-97% ini amiloza va 
amilopektin kabi polisaxaridlar, qolgan qismini mineral moddalar 
(asosan, fosfat kislota), yuqori yog‘ kislotalari (stearainat, palmitat 
va boshqalar) tashkil etadi. Kartoshka kraxmali tarkibida amiloza 
polisaxaridi 19-22%ni, amilopektin esa 78-81%ni tashkil etadi. 
Bundan tashqari amilozaga nisbatan amilopektin yuqori 
molekulali polimerdir. Agar amilozaning molekulyar massasi 


2.104 - 2.105 atrofida bo‘lsa, ya’ni million u.b. atrofida bo‘lsa, 
amilopektinning mol massasi 1·105–2·106 , ya’ni yuz million u.b. 
atrofida bo‘ladi. Agar har ikkala polisaxarid ham gidrolizlansa D - 
glukoza molekulalari ajralib chiqadi. Amiloza suvda eriydi va yod 
ta’sirida to‘q ko‘k rang hosil qiladi, amilopektin esa suvda 
erimaydi, yod ta’sirida binafsha rang hosil qiladi. Kraxmal 
kleysterining yopishqoqligi amilopektin hususiyatidan kelib 
chiqadi. Agar amiloza polisaxaridi amilaza fermenti ta’sirida 
gidrolizlansa, disaxaridlardan maltoza hosil bo‘ladi: Disaxarid 
maltozaning tuzilishida 1,4 bog‘ i bilan birikkan D - glukoza 
bo‘lganidan, polisaxarid amilozaning tuzilishini ham shunday 
izohlash mumkin: Amiloza molekulasi, ko‘pincha, 200-300 
glukoza birligidan tuzilgan. Shoxlanmagan uzun polimer zanjirdir. 
112 Amilopektinning molekulasi ham D - glukopiranoza 
qoldiqlaridan tashkil topgan, lekin uning polimer zanjiri 
shoxlangan ya’ni 1 --> 4 (1) bog‘ lardan tashqari 1,6 (2) bog‘lar 
ham mavjud: Shunisi tavsifliki, agar kraxmal kislota ishtirokida 
asta-sekin qizdirilsa, u gidrolizga uchraydi va molekular massalari 
bir-biridan 
farq 
qiladigan 
polisaxaridlar 
– 
dekstrinlarvaengso‘ngidamaltozavaglukoza 
hosil 
bo‘ladi: 
Reaksiyaning o‘tishini yod ta’sirida aniqlash mumkin. Kraxmal 
yod ta’sirida ko‘k rangga bo‘yaladi, gidroliz davom etishi bilan, 
aralashmaning ranggi dastlab binafsha, qizgish binafsha, 
amilodekstrin qizil eritrodekstrin va nihoyat rangsizlanib 
axrodekstrin qoladi va keyin yod bilan rangli birikma hosil 
qilmaydi. Kraxmal oziq-ovqat sanoatida, spirt, kley ishlab 
chiqarishda keng qo‘llaniladi. Glikogen yoki hayvon kraxmali 
ham(C6H10O5)n tarkibli murakkab polisaxariddir. U odam va 
hayvonlarda eng muhim vazifa - karbonsuvlar zaxirasini tashkil 
etadi. Ayniqsa, u jigarda 10% gacha, mushaklarda – 


(C12H22O11)n 4,0-4,5% gacha jamg‘ariladi. Tuzilishi jihatidan 
glikogen tarmoqlangan polimerdir, u D - glikopiranozalardan, 
uzun zanjirlarda 1,4, tarmoqlangan zanjirlarda 1,6-bog‘lar bilan 
birikkan. Har bir 1,6- bog‘lanishlarga D - glyukopiranozaning 8-
12 ta qoldig‘i birikkan bo‘ladi. Uning molekular massasi 3*105 
dan 1*108 gacha. Kislotali gidrolizida α - glukoza, α - maltoza va 
α - izomaltoza ajraladi. Jigardagi glikogen miqdori ovqatlanishga, 
fiziologik holatga qarab keskin o‘zgarib turadi. Erkin ajratib olish 
va xossalarini o‘rganish uchun, uni hayvonlarning jigaridan 
o‘yuvchi ishqor (NaOH)ning ta’sirida gidrolizlab, spirt bilan 
cho‘ktirilib olinadi. Kletchatka(selluloza) o‘simliklar dunyosida 
keng tarqalgan polisaxariddir. Uning hisobiga biosferadagi organik 
birikmalarning 50% i 113 to‘g‘ri keladi. O‘simliklarning 
yog‘ochligi 50%, paxta tolasini -96-100% kletchatkadan tashkil 
topgan. Molekulasining tuzilishi bo‘yicha, xuddi glikogendagiga 
o‘xshab, 1,4- bog‘lardan D- glyukopiranozaning ketma-ket 
birikishidan hosil bo‘lgan, bu uzun zanjirlar bir-biriga nisbatan 
yonma-yon(paralell) joylashgan bo‘lib, ular o‘rtasida vodorod 
bog‘lari yotadi. U suvda erimaydi, biroq misning ammiakli 
tuzlarida yaxshi eriydi, molekulyar massasi taxminan 2.103 - 
2.106 atrofida. Uning molekulasida vodorod bog‘lari bilan hosil 
bo‘lgan ipchalar ya’ni mikrofibrillalar lignin, gemiselluloza, 
pektin kabi moddalar bilan birgalikda o‘simlik hujayrasining 
devorini tuzadilar, bu tuzilma ko‘p qavatlidir. Shuning uchun 
o‘simlik hujayralarining devori mustahkam bo‘ladi, bu 
mustahkamlik o‘simlik yog‘ ochligining mustahkamligini ham 
ta’minlaydi. Kletchatka muhim amaliy ahamiyatga ega, u paxta - 
qog‘oz to‘qimalarni, qog‘oz, sun’iy ipak, himoyalovchi 
moddalarni ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Xitin 
geteropolisaxaridlar jumlasiga kirib tabiatda keng tarqalgan, 


tuzilma 
xususiyatli, 
polisaxariddir. 

hashoratlar 
va 
qisqichbaqasimonlarning qattiq po‘stining asosiy qismini tashkil 
etadi. Uning tuzilishi kletchatkaning tuzilishiga o‘xshaydi, biroq 
uning molekulasi tarkibida kletchatkadagi glukozaqoldig‘i o‘rniga 
N - asetil -β - glukozamin keladi. Xitin erkin holda uchramaydi, 
faqat u oqsillar, anorganik tuzlar bilan birikkan holda uchraydi. 
Anorganik tuzlardan uning tarkibida karbonat(CaCO3 va 
boshqalar)lar, lipidlar, pigmentlar bilan birikkan holda uchraydi. 
Molekulasi 1,4 glikozid bog‘lari bilan birikkan N - 
atsetilglukozaminlardan hosil bo‘lgan deb qaraladi. Xitin tayanch, 
himoya va mexanik vazifalarni bajaradi. U chumoli kislotada 
yaxshi eriydi. Eng muhim geteropolisaxaridlarning,vakillari bo‘lib 
gialuronat kislotasi, xondrotinsulfatkislotasi misol bo‘la oladi. 
Gialuronat kislotasi ko‘zning shishasimon moddasida, paylarda, 
bakteriyalarning kapsulalarida ko‘p uchraydi. Molekulasi tarkibida 
N - atsetil - D - glukozamin va D - glyukuronat kislota 
qoldiqlaridan tashkil topib, ular 1:1 nisbatda 1, 3 va 1,4 - glikozid 
bog‘lar orqali birikkan bo‘ladi. Uning moll massasi 1·105 - 1·106 
atrofida bo‘ladi. Xondroitinsulfat kislota ham hujayralararo 
shilimshiq moddalarni hosil qilishda ishtirok etadi. U tog‘ayda, 
paylarda, ko‘zning muguz 114 pardasida ko‘p miqdorda uchraydi. 
U oqsil kollogen bilan mustahkam majmuali birikma hosil qiladi. 
Moll massasi 50 000 atrofida. 15-Mavzu. Polisaxaridlarni ajratib 
olish va ularga xos ayrim reaksiylar Darsning maqsadi. 
Polisaxaridlarni biomateriallardan ajratib olish, gidrolizlash va 
ularga oraliq mahsulotlariga xos reaksiyalarni o‘tkazish yo‘li bilan 
ularning kimyoviy xossalarini o‘rganish va nazariy bilimlarni 
mustahkamlash. 42-ish. Polisaxaridlarni ajratib olish Kerakli 
biomaterial:Kartoshka tuganagi, yangi suyilgan quyonning jigari, 
mushagi Kerakli jihozlar:suv hammomi, probirkalar uchun shtativ, 


pipetkalar, probirkalar, o‘lchov silindri, gaz gorelka yoki spirt 
lampa,termostat, olovga chidamli kolba,chinni hovoncha, shisha 
maydachalari, analitik tarozi,sovitgich, mikroskop Kerakli 
reaktivlar: 1 % li kraxmal eritmasi,10 % li Na2SO4 eritmasi, 
Lyugol eritmasi(tayyorlash: 500 ml li o‘lchov kolbasi 20 g kaliy 
yodid va 10 g yod kristali solib, 200 ml suvda eritiladi, so‘ng 
hajmi distillangan suv yordamida 500 ml ga yetkaziladi), Feling 
reaktivi (tayo’rlash yoqorida keltirilgan), KOHning 30 % li 
eritmasi, 10 % li natriy sulfat eritmasi, trixlorsirka kislotaning 5 va 
10 % li eritmasi, etil spirti, fiziologik eritma. 1-tajriba. Kraxmalni 
ajratib olish Ishni bajarish tartibi. Ikki dona kartoshka tuganagidan 
olib po‘chog‘ i archiladi va qirg‘ichdan o‘tkazib maydalanadi. 
Siqib suvi ajratib olinib, filtrlanadi va so‘ng quritiladi. Kraxmal 
donachalarini mikroskop ostida bir tomchi Lyugol eritmasi qo‘shib 
bo‘yash asosida kuzatiladi. Ajratib olingan kraxmalni sovuq va 
issiq suvlarda eruvchanligini tadqiq qilinadi. Sovuq suvda u 
erimaydi, issiq suvda esa eriydi. Eriydigan kraxmal dastlabki 
kraxmalga nisbatan destruksiyalangan (uni polimerizatsiya 
darajasi dastlabki kraxmaldan pastroq bo‘ladi). Dastlabki 
(odatdagi) kraxmal eruvchi kraxmal (amidulin)ga aylanishini 
sovuq sharoitda uzoq muddat suyultirilgan kislotalarda saqlash 
yoki oz muddatda kislotada tutib turib keyin qizdirish yo‘li bilan 
ta’minlash mumkin. Quritilgan kraxmal keyingi reaksiyalarda 
ishlatish uchun olib qo‘yiladi. Tajriba uchun ishlatishda iliq 
suvdagi eritmasi tayyorlanadi. 

Yüklə 130,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə