Mavzu; Payvand konstruksiyalar turlari. Reja



Yüklə 26,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix23.12.2023
ölçüsü26,18 Kb.
#155424
  1   2   3
1 Mavzu PBTKD



1
-Mavzu; Payvand konstruksiyalar turlari. 
Reja: 
1.1. Payvand birikmalar turlari, kuchlanishlar va deformasiyalar fanini
rivojlanishi.. 
1.2.Payvandlash bilan tayyorlanadigan metall konstruksiyalar turlari. 
Tayanch so’z va iboralar
: mashinasozlik, metal konstruksiya, mashinasozlik 
buyumlari, metal, qotishma. 
1.1. Payvand birikmalar turlari, kuchlanishlar va deformasiyalar fanini
rivojlanishi. 
Yigirmanchi asrni 30 yillaridan boshlab mashinasozlikda, qurilishda metall 
elementlarni elektr yoyli payvandlash usuli keng tarqala boshladi. Xozirgi kunda 
metall konstruksiyalarni 85 % payvandlashni turli usullari yordamida tayyorlanadi.
Payvand konstruksiyalarni loyixalash o‘z xususiyatlariga ega. Metallarni 
payvandlash turli shakl va o‘lchamga ega zagotovkalarni (yarim maxsulot) olish 
texnologik jarayoni bo‘lib, ularga mexanik ishlov berish ko‘zda tutiladi. Shuning 
bilan birga payvandlash turli xil vazifalarni bajaradigan konstruksiyalarni yig‘ish 
va o‘rnatish usuli hisoblanadi. Oqilona konstruktorlik yechimlari va mukammal 
yig‘ish va payvandlash texnologik jarayoni natijasida yuqori ekspluatasion 
tavsifga ega payvand buyumlar olish mumkin.
Yangi detal va konstruksiyalarni yaratishda yangi xossalarga ega buyumlarga 
bo‘lgan talab ularni payvandlashda yangi texnologik usullarni qo‘llashni talab 
etadi. Bu esa konstruktorlar uchun yangi imkoniyatlarni beradi. Payvandlash soxa-
sidagi olimlar tomonidan payvand birikmalarni mukammal shakllari ishlab 
chiqilgan, ularni mustaxkamlikka xisoblash usullari yaratilgan.
1802 yilda rus olimi akademik V.V. Petrov elektr yoyini ixtiro qiladi va yoy 
yordamida metallarni qizdirish va suyuqlantirish mumkinligini isbotlaydi. 
1882 yilda rus muxandisi N.N. Benardos erimaydigan ko’mir elektrodi bilan 
elektr yoyli payvandlash usulini ixtiro qildi. 1888-1890 yillarda rus muxandisi 
N.G. Slavyanov esa eriydigan metall elektrod yordamida payvandlash usulini taklif 
qildi. Bu usullar xozirgi zamonda metallarni payvandlashda asos bo’lib xizmat 
qilmoqda.



Yüklə 26,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə