Mavzu; Payvand konstruksiyalar turlari. Reja


Payvandlash bilan tayyorlanadigan metall konstruksiyalar turlari



Yüklə 26,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix23.12.2023
ölçüsü26,18 Kb.
#155424
1   2   3
1 Mavzu PBTKD

1.2.Payvandlash bilan tayyorlanadigan metall konstruksiyalar turlari. 
Mashinasozlik buyumlari va metal konstruksiyalarni loyixalash va ishlab 
chiqarish xaqidagi fan mashinalar, apparatlar, qurilish konstruksiyalari bosh 
tizimlari va tuzilishini to’g’ri loyixalanishini o’z ichiga oladi, loyixalash esa o’z 
navbatida mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. 
Payvand konstruksiyalarni loyixalashda progressiv texnikani ta’minlovchi 
tajribadan foydalanish, ko’p tarqalgan konstruksiyalarni qo’llash katta axamiyatga 
ega. Payvand konstruksiyalarni yaratish birinchi o’rinda metallni to’g’ri 
tanlanishini talab etadi, bu esa payvandlash jarayonlarini texnologiyaga mosligini 
va loyixalanayotgan konstruksiyani metall sig’imini ta’minlaydi. Bunday talablar 
xar xil xossalarga ega materiallar: po’latlar, rangli metall qotishmalar, keramika
polimer materiallardan foydalanishni taqozo etadi. 
Payvand birikmalarni loyixalashda payvandlanuvchi materiallarni texnologik 
mustaxkamligini xisobga olish zarur: bular qatoriga payvandlashda darzlarga 
qarshilik, ekspluatasion mustahkamlik, o’zgaruvchan yuklanishlarda kuchlanishlar 
to’planishiga sezgirlik, qovushqoqlik, zarbga qarshilik kabi xossalar kiradi. 
Payvand konstruksiyalarni loyixalashda payvandlash texnologik jarayonlarini 
to’g’ri tayinlash, yoyli va kontaktli payvandlash bilan birga elektron nur, lazer, 
diffuziya, ultratovush yordamida payvandlash usullaridan keng foydalanish, 
loyixalanayotgan konstruksiyani sinash va nazorat qilishning golografik usullarini 
qo’llash zarur xisoblanadi. 
Payvandlashning eng sodda usullari qadim zamonlardan ishlab chiqarishda 
qo’llanilib kelingan. Metallarni biriktirish bronza asrida vujudga kelgan. 
Payvandlash usullari bu vakt davomida juda sekin rivojlangan, shuning uchun 
payvandlash usullari va qo’llaniladigan jixozlarning o’zgarishini ko’rish qiyin. 
Mashinasozlikda, qurilishda, neft-gaz sanoatida metal konstruksiyalarni 
axamiyati kattadir. Chunki metallarni material sifatidagi afzalliklari etarli. Yuqori 
mustaxkamlik, ishonchlilik, bardoshlilik kabi xossalari metallarni ko‘p soxalarda 
qo‘llash imkonini beradi.

Yüklə 26,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə