3-labaratoriya ishi
Faol va nofaol teri sezgisida shaklni idrok etish.
SEZGIRLIK ChEGARASINI O‘RGANISh.
Maqsad: Muskul sezgisining farq qilish chegarasini aniqlash.
Jihoz: 1 grammdan 500 grammgacha bo‘lgan har xil qadoq tosh va metall plastinkalar.
Sezgirlikning farq qilish chegarasini aniqlash maqsadida ham minimal o‘zgaruvchilar metodidan foydalaniladi. Farq qilish chegarasini aniqlash maqsadida dastlab etalon qo‘zg‘atuvchini ajratib olish kerak. Dastlab etalon qo‘zg‘atuvchi, keyin o‘zgaruvchi qo‘zg‘atuvchilar bir vaqtda beriladi. Tekshiriluvchi “katta”, “kichik” yoki «teng» deb javob berishi kerak bo‘ladi. Natijalarni tahlil qilish uchun javoblar o‘zgarishi “kichikdan tengga” “tengdan katta”ga o‘tishining chegarasini aniqlash zarur bo‘ladi. “katta” va “ kichik” degan javoblarning o‘rtacha qiymati topiladi. Ular o‘rtasidagi farq noaniqlik intervalini belgilaydi. Noaniqlik intervalining teng yarmi qidirilayotgan farq qilish chegarasini topish imkonini beradi.Ишнинг бориши:
Tekshiriluvchi ko‘zi yumuq yoki bog‘lab berkitib qo‘yilgan holda o‘ng va chap qo‘liga bittadan qadoq toshni olib, ularning vaznini chamalaydi. Har ikkala toshni u qo‘ldan bu qo‘lga almashtirib, chamalab, salmoqlab ko‘rishi ham mumkin. Dastlab har ikkala toshning vazni baravar (masalan, 600 grammdan) bo‘lishi kerak. Tekshiriluvchining bir qo‘lidagi qadoq tosh taqqoslash uchun «o‘zgarmas me'yor» bo‘lib xizmat qilsa, ikkinchi qo‘lidagi qadoq toshlarning vazni sekin-asta (1, 2, 3 va h.k. grammgacha) orttirib boriladi va tekshiriluvchidan toshlarning qay biri og‘irlashganligini dam-badam so‘rab boriladi. Muayyan vaqt o‘tgach, tekshiriluvchi ikkala qo‘lidagi toshlar vazni o‘zgarganini sezadi. Tekshiriluvchi tomonidan farqlab olingan qo‘shimcha og‘irlik miqdori undagi muskul sezgisini farqlash chegara ko‘rsatkichi bo‘lib hisoblanadi. Har bir ko‘rsatkich bayonnomada qayd etib borilishi kerak.
Б А Ё Н Н О М А №3
Текширилувчи: ______________________________________________
Текширувчи:________________________________________________
Текширилувчининг руҳий ҳолати:______________________________
Сана:_______________________________________________________
Тартиб рақами
|
Тавсия қилинаётган қўзғовчи(грамм ҳисобида)
|
Текширилувчидан олинган кўрсаткич
|
Доимий
|
Ўзгарувчи
|
1
|
600
|
601
|
|
2
|
600
|
602
|
|
3
|
600
|
603
|
|
4
|
600
|
604
|
|
5
|
600
|
606
|
|
6
|
600
|
610
|
|
7
|
600
|
612
|
|
8
|
600
|
615
|
|
9
|
600
|
617
|
|
10
|
600
|
618
|
|
11
|
600
|
619
|
|
12
|
600
|
620
|
|
13
|
600
|
620
|
|
14
|
600
|
620
|
|
15
|
600
|
620
|
|
Har bir tekshiriluvchida uning yoshi, tajribasi, hatto shug‘ullanadigan ish faoliyatiga bog‘liq holda sezgirlik chegarasi o‘zgarishi mumkin. Mazkur ko‘rsatkichga qarab sezgirlik chegarasi haqida xulosa chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: |