Mahsulot sifatini boshqarish. Xorij tajribasi Reja



Yüklə 47,29 Kb.
səhifə1/9
tarix22.03.2024
ölçüsü47,29 Kb.
#181045
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mahsulot sifatini boshqarish. Xorij tajribasi Reja-fayllar.org


Mahsulot sifatini boshqarish. Xorij tajribasi Reja

Mahsulot sifatini boshqarish. Xorij tajribasi
Reja:

1. Sifatni boshqarishda tizimli yondashuvning ahamiyati va zaruriyati.

2. Sifatni boshqarish modellari tasnifi va xususiyatlari. Sifatni boshqarishda tizimli yondashuvni joriy etish tajribasi.
3. ISO 9000 xalqaro standarti asosida sifatni boshqarish yondashuvlari va nazariy fikrlarning uyg‘unlashtirilishi.

1. Sifatni boshqarishda tizimli yondashuvning ahamiyati va zaruriyati.
Menedjer o‘z firmasi buyumlari raqobatbardoshligini o‘rgangandan keyin, ular raqobatbardoshligini oshirish va erishilgan darajada ushlab qolish uchun zarur bo‘lgan aniq chora-tadbirlarni bajarishga kirishishi zarur. Bu yo‘nalishda ish tovar raqobatbardoshligini boshqarishga yondashish jihatlarini tanlashdan boshlanadi. Bunday yondashishlardan bir nechtasi ma’lum: tizimli, majmuiy, funksional.
Tizimli yondashish — asosida ob’ektlarni yaxlit tizim sifatida o‘rganish yoki maxsus ilmiy bilish va ijtimoiy amaliyot uslubiyatidir. Tizimli yondashishning eng muhim tamoyillari quyidagilardan iboratdir:

  • qarorlar qabul qilish jarayoni oxirgi maqsadlarni aniq belgilash va ravshan ifodalashdan boshlanadi;


  • doirasida har bir xususiy echimning barcha oqibatlari va o‘zaro bog‘lanishlari aniqlanadigan butun muammo bir butunlik yagona tizimdek ko‘riladi;


  • maqsadga erishishning imkoni bo‘lgan muqobil yo‘llarni aniqlash va tahlil qilishning xosligi;


  • ayrim kichik tizimlarning maqsadlari butun tizim maqsadlari bilan to‘qnashishi mumkin emas.




Tizim — ma’lum yaxlitlik birlikni hosil qiladigan munosabat va aloqalarda bo‘lgan elementlar majmuasi. Tizimli tahlil tamoyillaridan kelib chiqib, marketing tadqiqotlari asosida avval tovar yoki xizmatlar parametrlari shakllantiriladi: nima chiqarmoq, qanday sifat ko‘rsatkichlari va qanday sarflar bilan, kim uchun, qaysi muddatda, kimga va qanday narxda sotmoq kerak. Xozirda ISO - sistemasiga muvofiq sifat sertifikatini ertangi kuni xaqida xam o‘ylayapti, bu doimo investitsion va innovatsion soxalarda aktiv ishtrok etish va O‘zbekiston markasi obro‘sini oshirishdir. Xalqaro ISO - sistemasi talablari asosida muvofiqlik sertifikati olinsa maxsulot sifati va samaradorlik quyidagi bosqichlarda namoyon bo‘ladi.

Yüklə 47,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə