Mavzu: Biznes va uning turlarini davlat tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash siyosati reja: Kirish



Yüklə 51,97 Kb.
səhifə1/13
tarix20.10.2023
ölçüsü51,97 Kb.
#128385
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
12 Mavzu Biznes va uning turlarini davlat tomonidan ijtimoiy-iqtis




Mavzu: Biznes va uning turlarini davlat tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy
jihatdan qo‘llab-quvvatlash siyosati
REJA:
Kirish

  1. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishni davlat tomonidan qo'llab- quvvatlashning xorij tajribasi

  2. O'zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikni davlat tomonidan qo'llab- quvvatlashning davlat mexanizmi

  3. Moliya - kredit vositasida qo'llab - quvvatlash. Kadrlar bilan ta' minot.

Xulosa
Foydalangan adabiyotlar

KIRISH
Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning asosiy omillaridan biri innovatsiyalardir. Innovatsion texnologiyalar yordamida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini chuqur qayta tuzish va ish unumdorligini yanada oshirish mumkin. Ma'lumki, bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi nafaqat milliy iqtisodiyotning o'sish sur'atlarini jadallashtirishda, balki bugungi kun uchun dolzarb hisoblangan aholini ish bilan ta'minlash va turmush darajasini oshirish masalalarini hal etishda ham etakchi o'rin tutmokda.
Kichik biznesning ixcham va harakatchanligi, bozor kon'yunkturasi o'zgarishlari va iste'molchilar ehtiyojlariga tez moslasha olishi uni jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish va inqirozdan keyin iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror rivojlantirish sharoitida yangi ish o'rinlarini yaratish va aholi daromadini oshirish borasida eng qulay va makbul vositaga aylantirmoqda.
Darhaqiqat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning izchil rivojlanib borishini ta'minlash orqali mamlakatimizda jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy tayanchi va poydevori bo'lgan o'rta sinfning shakllanishiga va uning tobora mustahkam bo'lib borishiga erishilmoqtsa.
Shunday ekan, endilikda kichik biznesni nafaqat son jihatdan ko'paytirish, balki uni avvalo sifat jihatdan ham rivojlantirishimiz, bu borada oddiy ishlab chiqarishdan ichki va tashqi bozorga yo'naltirilgan murakkab, yuksak texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishga o'tish masalasiga alohida e'tibor qaratishimiz darkor.
Yurtimizda fan, ta'lim va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvini yanada chuqurlashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining innovatsion rivojlanish yo'llarini ishlab chiqish orqali ilm-fan va ishlab chiqarish o'rtasida o'zaro foydali aloqalarni mustahkamlashga bo'lgan e'tibor yildan-yilga oshib bormoqda.



Yüklə 51,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə