Mavzu; Payvand konstruksiyalar turlari. Reja


Payvand кonstruksiyalar xaqida tushunchalar



Yüklə 26,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix23.12.2023
ölçüsü26,18 Kb.
#155424
1   2   3
1 Mavzu PBTKD

Payvand кonstruksiyalar xaqida tushunchalar 


Panjarali konstruksiyalar sterjenlar sistemasidan tashkil topgan bo‘lib, ular 
tugunlarda biriktiriladi va cho‘zilish yoki siqilish kuchlari bilan yuklanadi. Bunday 
konstruksiyalar qatoriga 
fermalar, karkaslar, armatura setkalari, minora 
konstruksiyalarini kiritish mumkin. 
Fermalar xuddi balkalar singari ko‘ndalang egilishga ishlaydi. Balkalar 
konstruksiya shakllari fermalarga nisbatan sodda ko‘rinishga ega bo‘lib, lekin katta 
prolyotlarda fermalarni qo‘llash iqtisodiy tomondan afzal hisoblanadi.
Vazifasiga ko`ra fermalar tom yopuvchi, kranlar uchun, ko`priklar uchun 
va boshqa turlarga bo`linuishi mumkin. 
Ferma sterjinlarini biriktirish 
payvandlash orqali amalga oshiriladi. 
Sharnirli ferma deb
o‘zaro sharnirlar yordamida birlashgan geometrik 
o‘zgarmas sterjenlar sistemasiga aytiladi. Qo‘yilgan tashqi kuchlar ta’sirida 
sistemada elastik deformatsiya natijasida ko‘chish hosil bo‘lsa, sistema o‘zgarmas 
deyiladi.
Tarixiy nuqtai nazardan balkalar uzluksiz o‘zgarib borgan. Dastlab-ki 
bosqichlarda balkalarni primitiv stanoklarda nisbatan unga katta bo‘lmagan 
ko‘ndalang kesimlarda prokatka yo‘li bilan tayyorlash amalga oshirilgan.
Ikki tavrlilarni prokatka qilish katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Prokat qilish 
sharoiti ularga kerakli metallarni berish, imkoniyatini bermas edi, polkalari 
kengligi unchalik katta emas, devorlari unchalik qalin emas edi.
Balkalarni bunday xili metalni foydalanish yuzasidan maqbul emas edi. 
Cho‘yan buqilib ishlaydigan balkalarda eng zo‘rikadigan joyi polkalardir. 
Devorlari unchalik zo‘rikmaydi. Metalni asosiy massasi polkalarda bo‘lishi, 
ozrog’i devorlarida bo‘lishi lozim..
Ustun deb, 
baland vertikal asoslarga aytiladi. Ular katta prolyotdagi 
qavatlararo yoki tom yopmalarini, bino sinchlarini (karkaslarini), estakada va ish 
maydonlarini, quvur tizimlarini va hokazolarni asosi sifatida qo‘llaniladi.
Bu asoslarga tushadigan og‘irlik nuqtai-nazaridan ular markaziy siqilgan va 
markazdan tashqari siqilgan ustunlarga bo‘linadi.


Markaziy siqilgan ustunlar unga ta’sir etuvchi og‘irlik kuchini ustunning o‘qi 
bo‘ylab tarqatadi va natijada bu kuch ustunning balandligi bo‘yicha ta’sir etadi.
Markazdan tashqari siqilgan ustunlar esa og‘irlik kuchini ustunning o‘qi 
bo‘ylabgina emas, balki oraliq masofalarga ham tarqatadi va uni egilishdan 
saqlaydi.
 
Ustunga ta’sir etuvchi egilish holati shuningdek konstruksiyaning qattiq 
to‘qimalaridagi boshqa elementlar ta’siri yoki ko‘ndalang kuch ta’siri ostida ham 
vujudga kelishi mumkin. O‘zining maqsadiga qarab ustun uchta asosiy qismdan: 
yuqori qism, sterjen va bazadan iborat.
Ustun bazasi yoki bashmagi og‘irlik kuchini sterjendan poydevorga 
(fundamentga) beradi va ustunni poydevorda mustahkam turishini ta’minlaydi.
Konstruktiv loyihalashtirishga qarab ustunlar butun va ko‘ndalang ulanuvchi 
qisman bo‘lingan ustunlarga ajraladi.
Nazorat savollari 
1. Payvandlash yordamida qanday konstruksiyalar tayyorlanadi? 
2. Payvandlangan metall konstruksiyalar ishonchliligi qanday o’zgardi? 
3.Payvand konstruksiyalarni loyixalashda nima e’tibor beriladi?
4.Ustun, sharnirli ferma deb nima aytiladi?

Yüklə 26,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə