Jahon iqtisodiyotini rivojlanishida sug’urtaning o’rni va ahamiyati. Reja: Sug’urta bozori infratuzilmasining sug’urta bozori rivojlanishidagi ahamiyati



Yüklə 5,34 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü5,34 Kb.
#139441
Jahon iqtisodiyotini rivojlanishida sug’urtaning o’rni va ahamiy-fayllar.org


Jahon iqtisodiyotini rivojlanishida sug’urtaning o’rni va ahamiyati

Jahon iqtisodiyotini rivojlanishida sug’urtaning o’rni va ahamiyati.

REJA:

1. Sug’urta bozori infratuzilmasining sug’urta bozori rivojlanishidagi ahamiyati.

2. Shimoliy Amerika sug’urta bozori rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari.

3. AQShning yirik sug’uta kampaniyalari hamda ularning tashkiliy tuzilishi.

TAYYORLADI: SULAYMONOV SUXROB

Sug’urta bozori infratuzilmasining sug’urta bozori rivojlanishidagi ahamiyati


    • Ma’lumki, har qanday bozorda sotuvchi va xaridor bo’ladi hamda ular o’rtasida tegishli tovarlar (xizmatlar) ayirboshlanadi. Xuddi shunday, sug’urta bozorida ham sotuvchi (sug’urtalovchi) va xaridor (potentsial sug’urtalanuvchi) ishtirok etadi. Bu erda potentsial sug’urtalanuvchi tushunchasini qanday izohlash mumkin , degan o’rinli savol tug’ilishi mumkin. Gap shundaki, basharti, potentsial sug’urtalanuvchini to’g’ridan to’g’ri sug’urtananuvchi, deb atasak katta xatoga yo’l qo’ygan bo’lamiz. Negaki, amaldagi qonunlarga muvofiq, sug’urta kompaniyalari bilan bevosita shartnoma tuzgan, fuqarolik salohiyatiga ega bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslarga sug’urtalanuvchilar deyiladi. Aksincha, sug’urta “mahsulotini” sotib olishga ehtiyoji bor, ammo hali sug’urtalovchilar bilan tegishli sug’urta munosabatlariga kirishmagan shaxslar potentsial sug’urtalanuvchilar deb ataladi. Endi, sug’urtalovchilar haqida gapiradigan bo’lsak, sug’urtalovchi - bu mamlakat xududida sug’urta faoliyatini amalga oshirish huquqi berilgan hamda sug’urtalash o’zi uchun asosiy faoliyat turi hisoblangan yuridik shaxslardir. Ko’rinib turibdiki, sug’urta kompaniyasi tegishli faoliyat yuritishi uchun vakolatli davlat organining litsenziyasiga ega bo’lishi va sug’urtaga bog’liq bo’lmagan operatsiyalar bilan shug’ullanmasligi zarur.

O’zimiz yoki bolalarimizga kiyim-kechak sotib olish uchun buyum bozoriga boramiz. Aytaylik birorta kiyim, aniqrog’i, kuylak sotib olmoqchimiz. Bozorda kuylakning har xili mavjud, baholari xam, narxi xam turlicha. Biz, albatta, sifati yaxshisini va bahosi arzonini sotib olamiz. Sug’urta bozorida ham aynan shu jarayon yuz beradi.

O’zimiz yoki bolalarimizga kiyim-kechak sotib olish uchun buyum bozoriga boramiz. Aytaylik birorta kiyim, aniqrog’i, kuylak sotib olmoqchimiz. Bozorda kuylakning har xili mavjud, baholari xam, narxi xam turlicha. Biz, albatta, sifati yaxshisini va bahosi arzonini sotib olamiz. Sug’urta bozorida ham aynan shu jarayon yuz beradi.

Sug’urta kompaniyasi o’z mahsulotni bozorda sotar ekan, zimmasiga katta mas’uliyat olganligini unutmasligi kerak. Chunki, sug’urtalovchi ozgina sug’urta mukofoti evaziga yirik mikdordagi riskni qabul qilib oladi va sug’urta hodisasi ruy berganda zimmasidagi sug’urta qoplamasini to’lashi shart. Shu o’rinda, biz sug’urta kompaniyasiga murojaat qilishni istagan yoki muayyan sug’urta xizmatiga ehtiyoj sezgan shaxslarga sug’urta shartnomasini tuzishdan oldin sug’urta kompaniyasining moliyaviy axvoli, balansi bilan albatta tanishib chiqishlarini maslahat qilamiz.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, boshqa tovarlar va xizmatlar kabi, sug’urta xizmatining ham bahosi talab va taklif asosida paydo bo’ladi hamda bu baho o’zining pastki va yuqori chegaralariga ega. Sug’urta tushumlarining miqdori sug’urta to’lovlari va sug’urta tashkilotlari xarajatlari miqdoriga teng bo’lishi sugurta baxosining pastki chegarasini bildiradi. Bunday sharoitda sug’urta kompaniyasi asosiy faoliyatdan foyda ololmaydi. Ko’p hollarda sug’urta bozoridagi keskin raqobat, sug’urta tashkilotlarining potentsial mijozlarni jalb etish maqsadida tarif stavkalarini kamaytirishga majbur etadi. Chet mamlakatlarda, sug’urtalovchilar sug’urta faoliyatidan zarar ko’rganda, bu zarar investitsiyadan keladigan daromad hisobidan qoplanadi.

Sug’urta bozori hududiy joylashuviga qarab xalqaro, mintaqaviy va milliy sug’urta bozorlariga bo’linadi. Milliy sug’urta bozori biron-bir mamlakat hududidagi sug’urta muassasalarini va ularni faoliyatini o’z tarkibiga oladi. Jahondagi eng yirik milliy sug’urta bozori Amerika Qo’shma shtatlaridir. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda yig’iladigan sug’urta tushumlarining 43 foizdan ortig’i AQSh hissasiga to’g’ri keladi. Bu erda hayotni sug’urta qiluvchi 2600 dan ortiq va boshqa umumiy turdagi sug’urta xizmatlarini ko’rsatuvchi 3800 ta kompaniya faoliyat ko’rsatmoqda. Ulardan ba’zi birlari dunyo sug’urta bozorida ham oldingi o’rinlardadir. Masalan, “Prudenshial of Amerika” kompaniyasi mamlakat ichki bozorida birinchi va 1992 yil boshida mavjud aktivlari, to’plagan sug’urta mukofotlari bo’yicha uchinchi o’rinni egalladi. Mintaqaviy sug’urta bozori deganda savdo, iqtisodiy va boshqa jihatlardan o’zaro yaqin munosabatda bo’lgan bir nechta mamlakatlarning ichki bozori tushuniladi. Evropa Ittifoqining sug’urta bozori yirik mintaqaviy bozordir.



http://fayllar.org
Yüklə 5,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə