Jahon xalqlari etnografiyasi



Yüklə 25,91 Kb.
tarix29.09.2017
ölçüsü25,91 Kb.
#2415

Aim.uz

Jahon xalqlari etnografiyasi” fanining maqsadi, vazifalari va tarixi
R e j a:
1.Kirish. Kursning maqsadi va vazifalari.

2.Etnografiya (etnologiya) fanining manbalari va tarixi.

3.Etnologiyada turli oqimlar va uning negizida yangi formalarning

shakllanishi.


Tayanch so`zlar:
Fanning maqsadi, vazifalari, tadqiqot ob'yekti. Qadimgi va o`rta asrlarda etnografiya ma'lumotlarining to`planishi. XX asr etnografiya fani taraqqiyoti. Evolyusiya maktabi, diffuzionizm va boshqa oqimlar. Etnologiya negizida yangi fanlarning shakllanishi. Moddiy va ma'naviy madaniyat.
ADABIYOTLAR:

1.Karimov I.A. «O`zbеkiston XX1 asr bo`sag`asida». T.1997.

2.Karimov I.A. «Tarixiy xotirasiz kеlajak yo`q», T.1998.

3.Karimov I.A. «Barkamol avlod orzusi». T.1999.

4.Karimov I.A. «Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir». T.1996.

5.Jabborov I.M. «Jahon xalqlari etnologiya asoslari». T.2002.

6.Tursunov S.N. va boshqalar. «Etnologiyadan o`kuv-mеtodik

qo`llanma». T.1999.

7. Its R.F. Vvеdеniе v etnografiyu. L., 1974.

8. Osnovo` etnografii pod rеdaktsiеy S.A.Tokarеva. M., 1986.

9. O`zbеkiston Milliy entsiklopеdiyasi. T., «O`zbеkiston milliy entsiklopеdiyasi milliy nashriyoti», 2001-2006 . 1-11-jildlar.

10.Jabborov I., Jabborov S. Jahon dinlari tarixi.

Toshkеnt, 2001.

11.Jabborov I.M. Etnografiya asoslari. T.,1981.

12.Jabborov I.M. Etnografiya va jahonning etnik qiyofasi.

T., 1982.

13. Bruk S.I. Nasеlеniе mira.M.,1981.

14. Sadoxin A. P. Etnologiya. Moskva 2000.

15. Jahon mamlakatlari. Qisqa ma'lumotnoma. T., Sharq. 2006.
Milliy mustakillik xalkimiz tarixida yangi uygonish davrini boshlab berdi. Rus chorizmi va totadlitar tuzum illatlari va tazyikidan xolos bulib, utmish tariximizni, ajdodlarimizning boy ilmiy-madaniy merosini yangicha rux iftixor va shijoat bilan xolisona urganishga kirishdik. Barcha jabxada bulayotgan isloxatlar singari ma'naviy xayotimizda xam chukur xamda yangicha tafakkur asosida keng tadkikot ishlari olib borilmokda. Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek: “Madomiki uz tarixini bilgan, undan ruxiy kuvvat oladigan xalkni yengib bulmas ekan. Biz xakkoniy tariximizni tiklashimiz, xalkimizni, millatimizni ana shu tarix bilan kurollantirishimiz zarur”.

Yurtboshimiz tarixchilar oldiga kuygan eng dolzarb va ustivor vazifalar – milliy davlatchiligimiz tarixi va uzbek xalkining etnogenezini tadkik etishda etnografiya (etnologiya)- elshunoslik (xalkshunoslik) fanining urni bekiyosdir. Etnografiya kup kirrali ijtimoiy fan bulib, uning asosiy tadkikot ob'yekti millatlar, xalklar va elatlar (etnoslar) xisoblanadi

Jaxon xalklari etnografiyasi fani yer yuzaidagi xalklarning kelib chikishi (etnogenezi), uziga xos moddiy va ma'naviy madaniyati, antropologik (irkiy) va lingvistik (til) belgilari, an'anaviyxujaligi, marosim va urf-odatlarini urganish jarayonida xar bir etnosning jaxon sivilizasiyasida uz urniga ega ekanligini kursatadi.

Bu fan yosh avlodni vatanga sadokatli, shonli va e'tikodli, komil inson kilib tarbiyalashda muxim urinda turadi. Yoshlar jaxon xalklari, kushni kardosh xalklar, xususan uzbek xalkining etnogenezi, etnik tarixi, an'anaviy turmush tarzi, umuman milliy va umuminsoniy kadriyatlarini etnologiya fani orkaligina egallaydi.

XX1 asr boshiga kelib jaxon axolisi soni 6 molrd.dan oshdi. Utgan XX asr mobaynida dunyoning etnik kiyofasi, unda yashovchi xalklarning takdiriga tub uzgarishlar ruy berdi. Birinchi va ikkinchi jaxon urushlari, oktabr inkilobi xalklar va millatlar takdirida ayanchli iz koldirdi. Xozirgi davrda jaxonda fanga ma'lum ikki mingdan ortik xalklar va elatlar yashaydi. Ayrim ma'lumotlarga karaganda yer kurrasida etnoslarning soni 3-4 mingga yetadi. Shulardan 257 tasi bir million kishidan ortik axoliga ega bulgan xalklardan iborat bulib, ular jaxon axolisining 96%ini tashkil kiladi. Eng kam sonli axoliga ega 1,5 mingga yakin xalklar dunyo axolisining atigi 1-2 %ini tashkil kiladi. Dunyo axolisi 3 mingga yakin tilda suzlashadi. Sayyoramizning avstraliya, Afrika, Amerika kit'alrida ibtidoiy jamiyat darajasida turgan urug-kabilalardan tortib, katta-kichik xalk va elatlargacha mavjuddir. Albatta, ular xam sekinlik bilan kabilaviy tuzum sharoitidan bozor munosabatlari girdobiga tortilmokda.

Xozirgi siyosiy va ilmiy terminlarning kupi kadimgi Gresiyada 2-2,5 ming yillar mukaddam paydo bulgan. Jumladan, “demokratiya” yoki “demografiya” suzlari grek tilidan olingan bulib, uning negizini “demos”, ya'ni “xalk” degan suz tashkil kiladi. Mazkur suzlardan tashkil topgan maxsus fan soxalari xam paydo bulgan. Masalan, “demografiya” fani jaxon axolisining soni, joylashishi, tugilishi, nikoxi, ulimi, jinsi, yosh tuzilishi, migrasion (kuchish) jarayoni va tabiiy usishi urganadi. Lekin, jaxondagi xalk va elatlar uz tili, kelib chikishi, moddiy va ma'naviy madaniyati, maishiy turmushi va ruxiyati bilan xam bir-birlaridan ajralib turadi. Xalklarning uzaro tafovuti va umumiyligi va uxshashligini, ularning uziga xos xususiyatlarini jiddiy urganuvchi maxsus fan soxasi “etnografiya”deb ataladi.

Etnografiya fani kadimgi grek suzlari – etnos (xalk) va grafo (yozish, ta'riflash) degan atamalardan tashkil topgan. Uning tub ma'nosini xalklarni takkoslash yoki xalkshunoslik kabilar tashkil etadi. Ba'zan etnografiya fani etnologiya, madaniy antropologiya yoki xalkshunoslik nomlari bilan ataladi. Tarixiy etnografiya yukolib ketgan xalk va elatlar, utmishdagi etnik jarayon, maishiy turmush va ma'naviy madaniyat xususiyatlarini tadkik etadi. Tarixiy yondashish xar bir predmetni urganish, tugri tushunishning birdan-bir ususli xisoblanadi. Shuning uchun etnografiya fanining moxiyati va jamiyatda tutgan urnini belgilash uchun uning tarixiga nazar tashlash zarur buladi.

Kadimdan xalklar savdo-sotik yoki urushlar tufayli bir-biri xakida anikrok ma'lumotlarga ega bula boshlagan. Sharkda Bobil, Ossuriya, Eron xukmdorlari uzlarini uluglash maksadida toshga bittirgan zafarnomalarda bosib olingan va buysundirilgan mamlakatlar xalklari xakida kuplab ma'lumotlar koldirgan. Kadimgi Gresiya va Rim mualliflari uz asarlarida kushni kabilalar va elatlarning etnik tuzilishi, turmushi va madaniyati tugrisida boy ma'lumotlar koldirishgan.

Etnografiya fani bilan kengrok shugullanish X1X asrda ancha rivojlandi, muxim axamiyatga ega bulgan ilmiy fikrlar shakllandi. Shuning uchun xam odatda etnografiya mustakil fan sifatida X1X asrda tashkil topgan deb xisoblaydilar. Usha paytda dastlabki etnografik jamiyatlar tuzildi. Maxsus tuplamlar va asarlarpaydo buldi. Yangi fanning tashkil topishi va rivojdlanishida tabiiy fanlardagi inkilob evolyusiya goyasining galabasi va boshkalar asosiy omil buldi. Etnografiyaning mustakil ilm soxasi bulib kolishi asosida asrlar davomida tuplanib kelgan etnografik bilimlar, jaxon xalklari tugrisidagi turli xil ma'lumotlar, tushuncha, goya va karashlar turli xil ma'lumotlar, tushuncha, goya va karashlar yotadi. Usha manbalarning ayrimlari tugrisida tuxtalamiz.

Eramizdan avvalgi XX asrda Misrda yaratilgan “Sinuxeta sarguzashtlari”, keyinrok tosh va kabrlarga bitilgan zafarnomalar, Tell-Amarneda topilgan arxiv xujjatlari, kadimgi shumer va ossuriya obidalaridagi yozuvlar, eron-axamoniy podsholari bittirgan jangovor solnomalar kushni mamlakatlar axolisi tugrisida nodir ma'lumotlarni bizgacha yetkazgan.

Yaxudiy va xristianlarning kadimiy mukaddas kitoblaridan Tavrotda tilga olingan turli elat va kabilalarning nomlari Yakin Sharkda yashovchi xalklarning gnesologiyasi bilan boglik kanligini kurish mumkin. tavrot eramizdan avvalgi XIII-U asrlar oraligida turli janrdagi xar xil adabiy asarlar yigindisidan tashkil topgan va taxminan U asrlarda tuplam shaklida yozilgan diniy koidalar kitobidir. Ayniksa, uning “Podsholar kitobi” va “Paygambarlar” nomli tarixiy kismlari yaxudiylar olib borgan urushlar tugrisidagi rivoyatlar juda boy etnografik ma'lumotlarni uzida saklagan. Nux paygambarning uch ugli – Sim, Xom, Iafetdan tarkalgan avlodlarning nomlari “jaxon xalklari shajarasi”ni tashkil kilgan degan goya asosida xatto dunyodagi tillarning klassifikasiyasi tuzilgan. Tavrotda tilga olingan xalklarning anik shajarasi bulmasada, Nux avlodlarining nomlari kupincha kadimgi badaviy kabilalari nomlariga uxshamaydi.

Demak, tavrotda insoniyat genealogiyasi birinchi marta tartiblangan. Insoniyatning yagona oiladan kelib chikkanligini tasdiklovchi rivoyatlar monogenetik nazariyani vujudga keltirgan. Diniy tusdagi afsonalarda olamni va barcha kishilarni uzaro boglik xolatda va ma'lum xududda yaratgan yakka-yagona xudodir, deyiladi. Afsonada dunyoda dastlab yagona til, yagona sheva bulgan deb xikoya kilinadi. Unga kura Sharkdan kelgan kishilar Bobil yurtidagi Sennaar tekisligida joylashgan, ular loydan yasalgan gishtni pishirib, shaxar kurganlar, samoga yetadigan minora tiklay boshlaganlar. Osmondan yerga tushib shaxarni tomosha kilgan xudo yagona tilda birlashgan xalk xar narsa kilishga kodir ekanligini kurib, ular kelajakda samoga – xudo dargoxiga chikishi xam mumkin deb. Davrgazab bulgan va xudoning farmoyishi bilan barcha xalklar, elatlar va tillar aralashtirilib, butun dunyoga sochib yuborilgan.

Adabiyotlarda “Bobil aralash-kuralashuvi” nomi bilan ma'lum bulgan bu afsona mantikiy jixatdan tarixda eng birinchi ommaviy etnografik konsepsiyadir.

Antik davrga kelib etnografik bilimlar ancha kengaygan. Gomerning “Odessiya” va “Illiada” dostonlarida Gerodotning mashxur “9 tomlik tarixi”da kushni elatlar tugrisida anchagina keng ma'lumotlar saklangan. Eramizdan avvalgi 1 asrda Strabonning “Geografiya” nomli ensiklopedik asarida, afinalik Fukidid asarlarida, Sukrotning atokli shogirdi Ksenofontning “Anabasis”ida, Arianning “Iskandarning yurishlari” asarida, Platon va Aristotel asarlarida afsonaviy Atlantida axolisi, kushni xalklar xakida nazariy muloxazalar bayon kilingan. Demokrit asarlarida 1-marta insoniyatning yovvoyi xolatdan madaniy xayotga uz mexnati va idroki tufayli erishgani yozilgan.

Tibbiyot ilmining asoschisi, mashxur olim va vrach Gippokrat etnografik dalillar asosida xalklarning urf-odailari, milliy ruxiyati va boshka tomonlari tugrisida muloxaza yuritadi.

Rimlik mutafakkirlardan Korneley Tasit, Lukresiy Karlar kadimgi germanlar va keltlar sarmatlar va skiflarning turmush tarzi, siyosiy va xarbiy tuzumi, ijtimoiy va oilaviy xayoti. Mashgalotlari, uylari, kiyimlari, axloki va tarbiyasi, taomi va uyinlari tugrisida ajoyib ma'lumotlar yozib koldirgan.

Shunday kilib antik davrda yukori madaniy saviyaga ega bulgan yevropaliklar boy etnografik bilimlarga ega bulgan. Ular Urta yer dengizi atrofida joylashgan xalklar, Shimoliy Afrika va Old Osiyo xalklari xakida anik ma'lumotlar tuplaganlar. Keyinchalik kuchmanchi kabilalarning xujumlari natijasida eramizning U-VII asrlarida geografik va etnografik bilimlarning kiskarib ketishi okibatida urta asrlarning deyarli butun 1-yarmi etnografik bilimlarning inkirozi davri buldi. Bunda xristian dinining xam katta xissasi buldi. Ruxoniylar ajdodlari yaratgan antik dunyo fani, adabiyoti va san'ati namunalarini, ibodatxona va obidalari “majusiy” deb atab, vayron kilgan, yukotib yuborgan edi.

1X-XII asrlarda arab tilida ijod kilgan Shark avtorlaridan ibn Xurdodbex, Al-Balxiy, Al-Istaxriy, Ibn Xavkal, Ma'sudi, Yokut singari yirik geograf va sayoxatchilar, vatanparvarlarimiz komusiy alloma Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Ibn Sino, Abu Said Abdukarim, ibn Muxammad Sa'moniy asarlarida Shark xalklari turmushi, xujaligi va madaniyati xakida noyob etnografik ma'lumotlar keltirilgan.

Temur va temuriylar davriga oid ba'zi etnografik lavxalarni ispan elchisi Rui Gonzales de Klavixo esdaliklarida, rus solnomalarida, maxalliy mualliflar Nizomiddin Shomiy, Abdurazzok Samarkandiy va boshkalarning asarlarida uchratish mumkin. Boburning “Boburnoma” asari xam muxim etnografik manba sifatida bir necha Yevropa tillariga tarjima kilingan.

Buyuk geografik kashfiyotlardan sung XU-XVII asrlar davomida etnografiya fani Markaziy, Shimoliy, Janubiy Amerika indeyslari, afrika va Osiyoning kup xalklari tugrisida keng ma'lumotlarga ega bulgan. Italyan gumanist yozuvchisi Pyetro Matir, meksikalik darvesh olim Bernardiko de Saagun, yepiskoplar Bartalome de Las Kasos va Diyego Landa asarlarida Amerika xalklari xakida keng ma'lumotlar tasvirlangan. Nemis mutafakkiri Iogan Gotfred Gerderning fikricha, insoniyat yaxlit, uning tarixi xam yaxlit jarayondir, xar bir xalk tarakkiyotda teng xukukka egadir. Gerder fikrlari keyinchalik Yevropa xalklarida milliy ruxning tiklanishiga zur ta'sir kursatdi.

XVII1 asr oxirlarida va 1808 yilda “Etnografiya” nomi bilan maxsus jurnallar chika boshladi. Bu terminni ilk bor XVII asr boshlarida, nemis yozuvchisi Iogann Zummer ishlatdi. X1X asr boshlarida fransuz tabiatshunosi va fizigi Jan_jak Amper gumanitar fanlarning umumiy klassifikasiyasi tizimini ishlab chikib,etnografiya faniga maxsus urin ajratgan. Rossiyada X1X asr urtalaridan rasmiy ravishda yangi fan deb tanilgan.

Etnografiyadagi okim va yunalishlarga keladigan bulsak, dastlab evolyusion nazariya xakida tuxtalish zarur. Evolyusion nazariyaning etnografiyadagi asosiy moxiyati insoniyat urugining birligiga va madaniyatning tugri chizik buylab, oddiylikdan murakkablikka tomon rivojlanishiga tayanadi. Evolyusion maktab vakillari uz goyalarini nikox – oila munosabatlari va din tarixini urganish orkali isbotlashga intilganlar. J.Pyobbok “Madaniyatning boshlanishi” nomli asarida nikox va oila tarixini jiddiy tadkiki kilib insoniyat tarixi yuksak rivojlanishdan iborat, degan fikrni bildiradi.

Rus etnograflari S.P.Tolstov, N.N.Mikluxo-Maklay va G.N.Potanin, D.N.Akuchin, N.N.Xaruzinlar xam evolyusion nazariya tarafdorlari sifatida e'tirof etiladi.

Xukmronlik, mustamlakachilik va irkchilik goyalari bilan sugorilgan diffuzionizm va biologik okim. Freydizm va sosiologik maktab, funksionalistik yunalish va Frans Boas maktabining paydo bulishi X1X-XX asrlar oraligida burjua etnografisining inkirozga yuz tutganligining dalilidir. L.Morgan ijtimoiy vokealarni tushunishda tarixiy materializmga yakinlashgan bulsa. mazkur yunalish va goyalar aslida Morganga karshi karatilgan gayri tarixiy goyalar bilan tulgan edi.



Xozirgi kun dunyo xalklari etnografiyasi fani xar tomonlama chukur ilmiy-metodik tomondan kayta ishlanmokda. Sobik sosialistik lagerning kulashi ijtimoiy fanlarda xam, xususan etnografiya fanida xam muxim uzgarishlar bulishiga olib keldi. Olimlar ushbu fan soxasidagi okimlar, yunalishlar, fikrlarni xolisona ilmiylik asosida kayta tadkiki etishib, yangi kullanmalar, adabiyotlar, darsliklar yaratish yulida izlanmokdalar.

Mazkur fan buyicha kuprok mustakillikdan keyingi davrdagi ukuv-kullanmalar, makolalar, ma'ruza matnlari, referatlardan foydalanishlarini talabalarga tavsiya etamiz.
Yüklə 25,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə