1. Abu Abdulloh Xorazmiyning pedagogik qarashlari. Abu Nasr Farobiy ma`naviy qarashlari va asarlari



Yüklə 473,27 Kb.
səhifə1/4
tarix19.10.2023
ölçüsü473,27 Kb.
#128291
  1   2   3   4
Abu Abdulloh Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy va boshqa buyuk allomalarning pedagogik qarashlari .


Tayyorladi: Boshlang`ich ta`lim sirtqi 510-guruh talabasi Safarova Feruza


Mavzu: Abu Abdulloh Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy va boshqa buyuk allomalarning pedagogik qarashlari .
Reja:
1.Abu Abdulloh Xorazmiyning pedagogik qarashlari.
2.Abu Nasr Farobiy ma`naviy qarashlari va asarlari. .
3. Abu Rayxon Beruniy ning didaktik qarashlari va asarlari
4. XIV Asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda movaraunnahrda tarbiya, maktab va pedagogic fikrlar rivoji.


Abu Abdulloh Xorazmiy(Abu Jaʼfar (Abu Abdulloh) Muhammad ibn Muso al Xorazmiy (783, Xiva – 850, Bagʻdod))ning didaktik qarashlari. Asarlari: «Al jabr va al-muqobala», «Hind arifmetikasi xaqida kitob», «Er satxini o’lchash», «Quyosh soatlari to’g’risida», «Yaxudiylar tarixi va ularning bayramlarini belgilash» va boshqalar.
Didaktik qarashlari:

  • Al-Xorazmiy bilish nazariyasiga muhim hissa qo’shdi. U birinchilardan bo’lib, induktsiya, deduktsiya, sinov-kuzatish va sinov metodlariga asos soldi.

  • U birinchi marta insonlar o’rtasidagi munosabatlarni matematik shakllarda ifodaladi.

  • Hindlarning o’nlik raqamlari Xorazmiy tufayli «Arab raqamlari» nomi bilan butun dunyoga yoyildi.

  • Xorazmiy xindlarning falakiyot jadvallarini tahlil etib, «Xorazmiy ziji» nomi bilan mashxur astronomik jadvallar tuzdi.



Abu Nasr Forobiy(Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlugʻ Tarxon Forobiy(873, Forob shahri — 950, Damashq))ning asarlaridagi pedagogik fikrlar. Asarlari: «Baxt-saodatga erishuv to’g’risida», «Fozil odamlar shahri», «Aql ma’nolari haqida», «Shaharni o’rganish haqida» va boshqalar.
Pedagogik qarashlari:

  • Forobiy birinchi bo’lib ta’lim va tarbiyaga ta’rif bergan olimdir: Ta’lim – so’z va o’rganish bilangina amalga oshiriladi. Tarbiya – esa amaliyot, ish-tajriba bilan amalga oshiriladi.

  • Ta’lim-tarbiya ikki yo’l bilan amalga oshiriladi: qanoatbaxsh, ilhomlantiruvchi so’zlar va majbur etish.

  • Har kimki ilm, hikmatni desa, uni yoshligidan boshlasin, so’zining ustidan chiqsin, yomon ishlardan saqlanadigan bo’lsin, hiyonat, makr va hiylalardan uzoq bo’lsin, diyonatli bo’lsin, ilm va ahli ilmdan mol-dunyosini ayamasin.

  • Inson yaxshi tarbiya ko’rmagan va turmushda yaxshi tajriba orttirmagan bo’lsa, u ko’p narsalarni nazarga ilmay va ulardan jirkanadi. Bunday narsalar unga noo’rin bo’lib ko’ringan narsalar zaruriy bo’lib chiqadi.


Yüklə 473,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə