1. Abu Abdulloh Xorazmiyning pedagogik qarashlari. Abu Nasr Farobiy ma`naviy qarashlari va asarlari



Yüklə 473,27 Kb.
səhifə2/4
tarix19.10.2023
ölçüsü473,27 Kb.
#128291
1   2   3   4
Abu Abdulloh Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy va boshqa buyuk allomalarning pedagogik qarashlari .

Abu Rayhon Beruniy(Abu Rayhon Beruniy Muhammad ibn Ahmad (973, Kat, Xorazm, — 1048, Gʻazna))ning ilmiy-pedagogik qarashlari. Asarlari: «Minerologiya», «Geodeziya», «Hindiston», «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Saydana» va boshqalar.
Ilmiy-pedagogik qarashlari:

  • Beruniy insonni tabiatning eng oliy kamoloti deb qaraydi. U insonning ma’naviy qiyofasidagi barcha axloqiy xislatlarni yaxshilik va yomonlik kabi ikki turga bo’ladi.

  • Beruniy ta’limotiga ko’ra inson kamolotida uch narsa muhim rol’ o’ynaydi: 1.Irsiyat. 2.Muhit. 3.Tarbiya.

  • Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo’llari, usullari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. U o’kuvchiga bilim berishda:

- o’quvchini zeriktirmaslik;
- bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o’rgatavermaslik;
- uzviylik, izchillik;
- yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko’rgazmali bayon etish va xokazoga e’tibor berish kerakligini uqtiradi.
Abu Ali ibn Sino(Abu Ali al-Husayn ibn Abdullah ibn Sina al-Balhi( 980. Buxoro,Afshona qishlogʻi - 1037.Eron,Hamadon))ning pedagogik qarashlari. Asarlari: «Tadbir al-Manozil», «Tib qonunlari» «Axloq haqida risola», «Burch haqida risola», «Al-konun», «Ishq hakida risola», «Xay ibn-Yakzon», «Donishnoma» va boshqalar.
Ta’lim-tarbiyaga doir qarashlari:

  • Ibn Sinoning fikricha insonlar xulq-atvorida birmuncha nuqsonlar bor. Bular: aldash, rashk, o’ch olish, adovat, bo’xton, irodasizlik kabilardir.

  • U fanlar tavsifi haqida ham fikr bildirgan. Olim birinchi o’ringa tibbiyot fanlarini ko’yadi. Falsafani esa ikki guruhga-nazariy va amaliy guruhga bo’ladi. U birinchi guruhga etika, iqtisod, siyosatni kiritadi. Ikkinchi guruhga fizika, matematika, metafizika dunyo qonuniyatlarini o’rganuvchi barcha fanlarni kiritgan.

Ibn Sino bilim olishda bolalarni jamoa bo’lib maktabda o’kitish zarurligini ko’rsatadi va ta’limda kuyidagilarga rioya etish zarurligini ta’kidlaydi: 1) bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib ko’ymaslik; 2) ta’limda engildan qiyinga ori shorkali bilim berish; 3) olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo’lishi; 4) o’qitishda jamoa bo’lib maktabda o’qitishga e’tibor berish; 5) bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish; 6) o’qitishni jismoniy mashqlar bilan ko’shib olib borish.
Mahmud Qoshg’ariy(Mahmud ibn al-Husayn ibn Muhammad al-Koshgʻariy(1028/29.Qirg`iziston,Barsxon sh – 1101/26.Koshgʻar yaqinida,Oʻpalda))ning “Devonu lug’otit-turk” asarida ta’lim-tarbiya masalalari. Maqollar:
«Odamning olasi ichida – yilqiniki tashqi(sirti)da».
«Ho’kizning ortin oyog’i bo’lguncha, buzoqning boshi bo’lgan yaxshiroq»
«Tirishqoqning labi yog’liq, erinchoqning boshi qonlik».
«Odobning boshi – til».
«Ilon o’zining egriligini bilmay, tuyaning bo’ynini egri deydi».
«Ko’kka suzsa yuzga tushun».
«Bir qarg’a bilan qish kelmas».
«Keng to’n to’zimas, kengashli bilig artamas”.
«Kichikda qatiqlansa ulg’adu sevinur».
«Erdamsizdan qurt chertilur».
Yusuf Xos Xojib(tax.1020/21, Bolosogʻun — ?)ning “Qutadg’u bilik” asari – pandnoma asar sifatida.
«Qutadg’u bilig» baxt-saodatga eltuvchi bilim, ta’lim degan ma’noni bildiradi. Demak asar nomidan ham uning pand-nasihat, ta’lim-tarbiyaga oid yetuk didaktik asar, har tomonlama yetuk insonni tarbiyalaydigan darslik ekanligi yaqqol ko’rinib turibdi. «Qutadg’u bilig» asari Sharqda pandnoma turkumidagi an’anaviy kitob tuzish tartibiga rioya qilingan holda tuzilgan.
Avval nasriy muqadddima, so’ng 73 bobdan iborat kitobning mundarijasi beriladi. Dastlabki o’n bir fasli debocha bo’lib, hamd, na’t va Qoraxonni madh etish, ta’lim maqsadi, o’n ikki burj, tilning ahamiyati, muallifning uzri, ezgulik haqida, bilim olishning ahamiyati, kitobga nom berilishi, keksalikdan afsuslanish kabi fasllardan iboratdir. O’n ikkinchi fasldan boshlab asosiy voqea bayoni e’tirof etiladi. Lekin asarda to’rt qahramon – Kuntug’di – adolat ramzi, vazir – Oyto’ldi – davlat va baxt ramzi, vazirning o’g’li O’g’dulmish – aql ramzi, sifatida, O’zgurmish – vazirning qarindoshi – qanoat timsoli o’rtasidagi munozara asosida xayotiy masalalar bir-biriga bog’langan holda bayon etilib, kitobni yozishdan o’z oldiga ko’ygan maqsadga bo’ysundiriladi.

  • O’quv qayda bo’lsa, ulug’lik bo’lar,

Bilim kimda bo’lsa, buyuklik bo’lar.

  • O’quv qut beradi, bilim – shon-sharaf,

Shu ikkov tufayli ulug’dir inson.

Yomonlar nasibi – el-yurt qarg’ishi.

  • Kishiga chiroydir uyat-andisha,

U asrar nojo’ya ishdan hamisha.

  • Yomonlik qilganning ulushi – o’kinch,

Yomonga yaxshi bo’l, mayli har qachon.

  • Oq sut bilan kirsa qaysi bir qiliq,

O’lim tutmaguncha o’zgarmas yo’riq.

Yüklə 473,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə