1. Tilning funksiyalari. Tilning komunikativ funksiyalari



Yüklə 11,04 Kb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü11,04 Kb.
#133366
  1   2   3
Reja Tilning funksiyalari. Tilning komunikativ funksiyalari-fayllar.org


Reja: Tilning funksiyalari. Tilning komunikativ funksiyalari

1-amaliy mashg‘ulot. Tilning funksiyalari. Me’yorlashtirilgan tillar. Adabiy til va shevalar. Til va nutq


Reja:

1. Tilning funksiyalari. Tilning komunikativ funksiyalari.


2. Tilning ematsional funksiyalari
3. Tilning akkumulyativ funksiyalari
4. Til va jamiyat. Meyorlashtirilgan tillar.
5. Adabiy til va shevalar
6. Til haqida tushuncha. Lison tushunchasi. Nutq.


Funksiya (lot. functio — bajarish, amalga oshirish) (tilshunoslikda) — muayyan til, til birligi, lisoniy shaklning u yoki bu vazifani bajarish qobiliyati; tilning kishilik jamiyatidagi roli, vazifasi; til tizimining barcha sathlarida uning birliklari oʻrtasidagi bogʻliqlik yoki munosabatlar. Tilning asosiy F.lari: kommunikativ (muomala, aloqa qilish F.si), bilish, aks ettirish, shakllantirish, aloqa oʻrnatish, nominativ (borlikdagi narsa va hodisalarni nomlash, atash), ekspressiv (ifoda, bayon F.si), apellyativ (murojaat, undash, daʼvat F.si) va boshqa Til F.lari qatorida uning sathiy F.lari — fonologik, morfologik va boshqa F.lari ham koʻrsatiladi. Funksional nuqtai nazardan til tizimi koʻp oʻlchovli tuzilma boʻlib, uning namoyon boʻlish shakllari (ogʻzaki va yozma til), ijtimoiy maqsadvazifasi (adabiy til, ijtimoiy guruxlar tillari, argo va boshqalar), estetik yunalganligi (poetik til) va boshqa jihatlari farklanadi. Til quyidagi funksiyalarni bajaradi

KOMMUNIKATIV funksiya;aloqa ,muomala qilish uchun xizmat qilish tilning eng muhim funksiyasidir. Kishilar til orqali bir –birlarini tushunadilar.bu tilning kommunikativ yani ijtimoiy funksiyasidir.

EKSPRESSIV YANI EMOTSIONAL FUNKSIYA;kishilar bir birlariga til yordamida ta’sir qiladi.His –hayajon ,istak, ruhiy kechinmalarni isxor etish vositasi. modal so’z,ritorik so’roq gap kabi vositala ekspressivlikni kuchaytiradi.

-AKKUMULATIV funksiya tilda to’plangan tajriba va bilimlarini kelajak avlodga yetkazish funksiya.
Til kishilarning eng muhim aloqa vositasi.Til odamlarning bir-birlari bilan muomalada bo’lishi uchun yordam beradigan eng muhim vositadir.Tilsiz jamiyat, jamiyatsiz til bo’lishi mumkin emas, shuning uchun til ijtimoiy hodisa hisoblanadi, ya’ni til yakka odamga emas, balki butun jamiyatga daxldor bo’lib, shu jamiyat a’zolari yordamida shakllantirilib, rivojlanib boradi. Til va jamiyat bir-biriga ta’sir qilib turadigan, birining rivojiga boshqasi hissa qo’shadigan hodisalar bo’lganligi uchun jamiyatda yuz bergan o’zgarishlar tezlik bilan tilda ham aks etishi tabiiydir. Til kishilik jamiyatining asrlar davomidagi butun tarixiy jarayonida ma’lum bir guruh tomonidan emas, balki butun jamiyat va jamiyatning a’zolari tomonidan shakllantirilgan ijtimoiy hodisadir. Shu bilan birga, til biror davrning, biror ijtimoiy-iqtisodiy jamiyatning mahsuli bo’lmay, balki butun jamiyat tarixi jarayonidagi bir qancha davrlarning mahsuli bo’lib, jamiyatdagi turli tabaqa vakillari uchun bab-baravar xizmat qiladi.


Yüklə 11,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə