1. Tilning funksiyalari. Tilning komunikativ funksiyalari


Lison – tilning kishi miyasidagi til xotirasi markazida mavjud birliklardan va  ulardan foydalanish qoidalaridan iborat boylik. Nutq



Yüklə 11,04 Kb.
səhifə3/3
tarix28.11.2023
ölçüsü11,04 Kb.
#133366
1   2   3
Reja Tilning funksiyalari. Tilning komunikativ funksiyalari-fayllar.org

Lison – tilning kishi miyasidagi til xotirasi markazida mavjud birliklardan va 

ulardan foydalanish qoidalaridan iborat boylik. Nutq esa ana shu boylikdan


foydalanish jarayoni va shunday jarayonning hosilasi. Lison kishi miyasida mavjud
mavhum hodisa bo‘lib, uni aql bilan idrok qilamiz; nutq esa ana shu mavhum
hodisadan foydalanish jarayonida yuzaga keladigan moddiy hodisa bo‘lib, uni
talaffuz birliklari sifatida eshitamiz. Lisonga mansub, ya`ni til xotirasida mavjud
hodisalarga lisoniy birliklar deyiladi; lisoniy birlikning nutqda moddiy shakl olgan
holatiga nutqiy birlik deyiladi. Demak, har bir kishining miyasida lisoniy
birliklarning ramzlaridan va ulardan foydalanish qoidalaridan iborat boylik bor, har
bir kishi ehtiyojiga qarab bu boylikdan foydalanib nutq hosil qiladi. Inson tili
asosini tovush tashkil qiladi: tilda bor hodisalar tovushlarda reallashadi. Tovush til
birligi sifatida boshqa til birliklari uchun qurilish birligi bo‘lib xizmat qiladi. Nutq deganda so’zlash jarayoni va uning natijasi tushuniladi. Aslida - chi, nutq – bu insonnning eng oliy, murakkab, ruhiy vazifalardan biri bo’lib hisoblanadi. Odamning ijtimoiy mehnat jarayonida kishilar o’rtasida o’zaro fikr almashinuv vositasi sifatida vujudga kelgan spetsifik funksiyasi. Nutq organlari, odam organizmining nutq tovushlari hosil bo’lishida qatnashadigan turli qismlari. Aktiv nutq organlariga til, lab, yumshoq tanglay, passiv nutq organlariga esa tishlar, qattiq tanglay, burun bo’shlig’i kiradi. Nutqning tashqi va ichki, og’zaki va yozma turlari bor. Tashqi nutq asosan aloqa bog’lash maqsadlariga xizmat qiladi, shuning uchun u tinglovchilarga tushunarli qilib tuziladi. So’zlanmaydigan va yozmaydigan ichki nutq, ya’ni o’zi uchun bo’lgan nutq ong? O’zini bilish, tafakkur jarayonlarida g’oyat muhim ro’l o’ynaydi. Yozma nutq (xat yozish va o’qish) funksional jihatdan ichki nutq (yozilajak narsani ichida inchirlash, tovush chiqarmasdan o`qish) bilan chambarchas bog`liqdir.

http://fayllar.org
Yüklə 11,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə