Xiv asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda tarbiya va maktab



Yüklə 120,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix05.10.2023
ölçüsü120,22 Kb.
#125704
  1   2   3
2-ma\'ruza



XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda 
Movaraunnahrda tarbiya va maktab. 
XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda tarbiya va maktab. 
XIV-asr oxiri va XV-
asr O’rta Osiyo xalqlari ijtimoiy iqtisodiy
-siyosiy, 
madaniyma’naviy va ma’rifiy hayotidagi tub burilish, gullab
-yashnagan ikkinchi 
Uyg’onish davri bo’lib tarixda
abadiy qoldi. Ana shu paytlarda tarixda 
“Turon”, 
“Turkiston” va
“Movarounnahr”
nomi bilan mashxur bo’lgan vatanimiz jahon tsivilizatsiyasining 
beshiklaridan biri sifatida olam uzra dovruq taratdi. 
Movarounnahr, Samarqand, Toshkent, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termizning noyob 
tarixiy yodgorliklari, Buyuk Ipak yo’li, Sharq mutafakkirlari yaratgan bebaho 
ta’limotlar, Amir Temur va temuriylar davrida gullab
-yashnagan ilm-fan, 
me’morchilik, tasviriy san’at, naqqoshlik, musiqa, rivojlangan savdo
-iqtisodiy 
munosabatlar, barpo etilgan mustahkam qudratli davlat va uning ichki va tashqi 
siyosati Evropadagi Uyg’onish jarayoniga hayotbaxsh ta’sir etgani tarixiy 
haqiqatdir. O’sha kezlarda ilm
-
fan, madaniyat, me’morchilik va boshqa sohalarda 
erishilgan ulkan muvaffaqiyatl
ar o’zining ulug’vorligi, nafisligi, umumbashariy 
g’oyalarga boyligi, badiiy shakllarining xilmaxilligi, ma’naviy sofligi va etukligi bilan 
insoniyat aql-
idroki va tafakkurini yuksaklikka ko’tardi, G’arbni Sharq bilan 
yaqinlashtirdi. Shu jihatlarni ko’zda 
tutib tadqiqotchilar bu davrlarni madaniy 
ko’tarinkilikning “
oltin asri
” ikkinchi
Renesans 

 
Sharq Uyg’onish davri
deb 
nomlaydilar. Prezidentimiz ta’birlari bilan aytganda “Temuriylar davri haqiqatan 
xam ilm-fan, madaniyat va maorifning behad ravnaq topish
ini ta’minlagan Sharq 
Uyg’onish davri edi”.
Ikkinchi Sharq Uyg’onish davri madaniyati va ma’naviyati o’z
-
o’zidan, tasodifiy 
ravishda paydo bo’lgan emas. Uning o’ziga xos sabablari, qonuniyatlari, o’zaro 
uzviy bog’lanishda bo’lgan siyosiy
-ijtimoiy, iqtisodi
y, ma’naviy, g’oyaviy asoslari, 
omillari mavjud. 
XIV-asrning ikkinchi yarmidan XVI- 
asr boshlarigacha bo’lgan madaniy yuksalish

Uyg’onish davri haqida fikr yuritganda avvalambor o’sha davrlardagi tarixiy 
vaziyatni e’tiborga olishga to’g’ri keladi.
XIV-as
rning oxirlarida, Amir Temur siyosiy sahnaga endigina qadam qo’ygan 
kezlarda mamlakatda boshboshdoqlik, mahalliy siyosiy kuchlarning o’zaro 
qaramaqarshiligi, ayniqsa, avjiga chiqqandi. Uzoq davom etgan mo’g’ullar 


mustamlakachilik zulmi, Movarounnahr va Xur
osonda uzoq davom etgan o’zaro 
nizo va urushlar natijasida shahar va qishloqlar vayronaga aylangan, suv 
inshootlari buzib tashlangan, mamlakatning xo’jalik hayoti va madaniyatiga mislsiz 
talafot etkazilgan, olimu ulamolar, kosibu hunarmandlarning aksariyati qirib 
tashlangan, ma’naviyat va ma’rifatga kuchli zarba berilgan edi.
Chingizxon o’zining vahshiyona harbga havas izlarini qilich va o’t vositasida butun 
Osiyoda mangu qoldirdi. Xususan, Movarounnahr uchun sira ham unutilmas bo’ldi. 
Uning aksariyat aholi
sini qirib tamomladi, ko’p asrlar mobaynida o’zining 
madaniyati va turmush tarzi bilan shuhrat qozongan o’lkani shundayin bir 
vahshiylik holatiga tushirdiki, bu vahshiylik uning shonli o’tmishini hamda 
istiqbolini yo’qqa chiqardi.
Darvoqe, Osiyoning hech b
ir eri mo’g’ul bosqinchilarining buzg’unchiliklarini Jayxun 
va Sayxunning oralig’idagi ellar kabi dahshatli darajada his qilmadi. Binkent, 
Xo’jand, Jand, Buxoro va Samarqand kabi shaharlarga G’o’bi cho’li vahshiylarning 
Movarounnahrda san’at, tijorat va zi
roat bilan kasb etilgan asosli idora usulini 
birinchi marta ko’rdilar, talon
-
taroj, zo’rlashga bo’lgan chanqoqliklarini ilk bor shu 
erda qondirdilar. Shaharlar xarobazorga aylantirildi. Dehqonlar o’ldirilgan, mo’g’ul 
qo’shiniga majburiy jalb etilgan hunarmandlar g’olib mo’g’ullarning bo’m
-
bo’sh 
vatanini bezashga majburlab uzoq Sharqqa yuborilganlar. O’rta Osiyoning zabt 
etilishi bilan ilmfanga etkazilgan ziyon oz emas. “Ilm daraxtining asosi 
Makkada-
yu, ammo hosili Xurosonda pishadi”, degan arab maqoli bor.
O’rta asr 
dunyosidagi bu maqol hozirgi kun uchun g’ayritabiiy tuyulishi mumkin… Mo’g’ul 
bosqinidan so’ng O’rta Osiyoda ma’naviy hayot, afsuski so’ndi.
Mislsiz azob-
uqubatlar, tobelik va qaramlikdan, mo’g’ullar istilosi va istibdodidan, 
behad-
behisob zo’ravonlik va o’zbilarmonliklardan xalqning sabr
-
kosasi to’lgan edi. 
Ozodlik, mustaqillik ishiga rahnamolik qiladigan, o’lkamiz xalqlarini mo’g’ullar 
istibdodiga qarshi kurashda boshini boshiga qovushtiradigan siyosiy yo’lboshchiga 
hayotiy zaruriyat, ehtiyoj t
ug’ilib qolgan edi. O’sha kezlarda millatning dardlariga 
darmon bo’ladigan buyuk insonni tarix yaratgan edi. O’zbekiston Prezidenti Islom 
Karimov shunday deydi: “Bir yarim asrga yaqin davom etgan bu muddat qaramlik 
jafosini har 
tomonlama chekib kelgan oddi
y fuqarolardan tortib, ko’pchilik yirik siyosiy 
arboblaru din peshvolarigacha barcha-
barcha uchun nihoyatda og’ir davr bo’lgan. 
Jamiyat ozodlik va taraqqiyotga bo’lgan manfaatlarini o’zida mujassam etgan 
xaloskorga, etakchiga mushtoq edi. 
Taqdir taqozosi bilan Amir Temur ana shunday xaloskor va etakchi sifatida 
maydonga chiqdi”.
Birinchidan, bu ulug’ zot ona yurtini mo’g’ul bosqinchilaridan ozod qilib, er yuzida 
buyuk saltanat sohibi sifatida el va elatlarning boshini qovushtirib qudratli davlat 
barpo etmag
anda, davlat qudratli bo’lmaganda Sharq Uyg’onishi ham, betakror 


madaniy, ma’naviy yuksalishlar ham, boshqa tarixiy o’zgarish va rivojlanishlar, 
olamshumul yutuqlar ham bo’lmas edi.
Ikkinchidan, XIV 

asrning ikkinchi yarmidan boshlab Movarounnahr va Xurosonda 
yuzaga kelgan ijtimoiy-
siyosiy vaziyat, mo’g’ullar mustamlakachiligi zulmidan ozod 
bo’lib, davlat mustaqilligiga erishish madaniyat, ilmu fan rivojida yangi yuksak 
bosqichiga ko’tarilish –
Renesansga iqtisodiy zamin, moddiy shart-sharoit yaratdi. 
Yuzaga kelgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar tufayli ishlab chiqaruvchi kuchlar 
rivojlanib, ichki va tashqi savdo ravnaq topa boshladi, Xitoy va Hindiston, Frantsiya 
va Angliya, Rum va Ispaniya, Italiya, Misr va boshqa davlatlar bilan aloqalar 
o’rnatildi, mu
nosbatlar mustahakamlandi. Tashqi siyosatda xalqaro iqtisodiy-savdo 
aloqalari keng miqyosda yo’lga qo’yildi.


asrning birinchi yarmida bosqinchilar zulmi tufayli xarobalikka yuz 
tutgan, qal’alari, masjidlari, madrasalari qarovsiz holda qolgan, me’moriy 
obidalari vayronaga aylangan, ariqlari ko’milib ketib, bog’lari qurib bitgan 
Samarqand sohibqiron bobomiz dag’osi sharofati bilan er yuzining 
sayqaliga aylandi. Temuriylar saltanatining markazi va qudratining timsoli 
bo’lmish bu tabarruk maskan olamning etti iqlimida ma’lumu mashhur 
bo’ldi. Jahonning barcha hududlaridan ilm talab, ma’rifat talab insonlar, 
ahli donishlar Samarqand sari intilganlar. Dunyoning turli 
mamlakatlaridagi ne-
ne savdogarlar Samarqandda bo’lishini o’z
lari uchun 
sharaf deb bilganlar. 
Mojor olimi Xerman Vamberi Samarqand o’rta asr dunyosining asl 
madaniyma’anaviy va savdo markazlaridan biriga aylanib qolganligini quyidagicha 
ifodalagan edi: “Samarqandning butun Osiyo savdosida mol ombori o’rnini olganini
fahmlash juda oson deb o’ylayman… Bu erga Hindistondan juda ko’p attorlik va 
bo’yoq tijorat karvonlari kelib turardi. Xitoy bu erga ipak gazlamalar, chinni 
kosalar, qadahlar, mushk, qimmatbaho aqiq toshlar yuborardi. Mamlakatning 
shimol tarafidan noyob po
’stinlar kelar edi. Ushbu turli iqlimlarning mollari 
Samarqand bozorlarida toy-toy boylanib, 
Osiyoning eng katta shaharlariga va Buyuk Ipak yo’li orqali G’arbiy Evropaga 
jo’natilar edi. Savdogarlar bir yo’l bilan Xorazm, Astrobod, Nijniy
-Novgorod, 
Moskva y
o’li bilan Genza ko’liga borar edi. Ikkinchi –
Hirot 

Qazvin 

Tabriz 

Trabzun yo’li bilan
genuyaliklarning, venetsiyaliklarning, pizaliklarning savdo 
kemalariga tushib, Evropaga etardi. Nihoyatda qo’rqinchli, serurush zamonlar 
bo’lishiga qaramay, Temur
hokimyatining soyasi tushgan erlarning barchasida 
savdo juda jonli va sira xavfsiz edi. Biz qayta-qayta zikr etgan Ispaniya elchilari 
bunga eng ishonchli shohiddirlar.”

asr oxirlariga kelib Samarqand dunyoning eng go’zal va obod 
shaharlaridan biriga aylandi. Amir Temur va uning avlodlari Samarqandda 
ulkan binolar, madrasalar, masjidlar, xonaqohlar, saroylar, bozorlar, 


ko’priklar, xiyobonlar, shifoxonalar, hammomlar, kanallar, qal’alar 
qurishga alohida e’tibor berdilar. “Amir Temurning bevosita rahnamolig
ida 
bunyod etilgan Bibixonim jome masjidi, Go’ri Amir va Ahmad
Yassaviy, Zangiota maqbaralari, Oqsaroy va Shohi Zindadagi me’moriy mo’’jizalar, 
Bog’i Chinor, Bog’i Dilkusho, Bog’i Behisht, Bog’i Baland singari o’nlab go’zal 
saroybog’lar va boshqa inshootla
r shular jumlasiga kiradi. Bu obidalar, hech 
shubhasiz, inson tafakkuri va aql zakovatining buyuk timsollaridir”.
Bunyodkorlik ishlarining jadal sur’atlar bilan olib bori
-lishi, ichki va tashqi 
savdosotiqning avj oldirib yuborilganligi, soliqlarning tartibga solinishi, raiyat 
xavfsizligining ta’minlanganligi –
bularning barchasi mamlakatda ishlab 
chiqarishning rivojlanishiga hamda moddiy boyliklarning ko’pa
-yib, aholi turmush 
farovonligining yaxshilanib borishiga, mo’l
-
ko’lchilikka sabab bo’ldi.
Amir Temur farmoyishiga ko’ra, kasbu hunar va ma’rifat ahllari, dehqonlar 
qobiliyat va iste’ododlariga qarab davlat tomonidan ish va zarur miqdorda 
mablag’lar bilan ta’minlan
-
ganlar: “Yana shunday amr qildim, sarmoyasi qo’lidan 
ketib qolgan savdogarga o’z 
sarmoyasini qaytadan tiklab olish uchun xazinadan 
etarli miqdorda oltin berilsin. Dehqonlar va raiyatdan qaysi birining uy-imorati 
buzilib, tuzatishga qurbi etmay qolgan bo’lsa, unga ekin
-
tekin uchun zarur urug’ va 
asbob tayyorlab berilsin. Agar fuqarodan birining uy-imorati buzilib, tuzatishga 
qurbi etmasa, kerakli uskunalarni etkazib berib, unga yordam berilsin. Har toifa va 
har sinfda kimki o’z ixtiyori bilan sipohgarchilik xizmatiga kirishni istasa, uni 
askariy (xizmatga) olsinlar. Asl va shijoatli sipo
hiyzoda qaysi toifadan bo’lmasin, 
unga o’rin berib, qilgan xizmatiga va ishiga yarasha tarbiya qilinsinlar”.
Davlat tomonidan iqtisodiyotdni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan tadbirlar 
madaniy-
ma’naviy yuksalish uchun nihoyatda muhim ahamiyat kasb 
etdi. 
Uchinchidan XVI 

asrning ikkinchi yarmi va XV asrdagi Uyg’onishning manbai, 
boshlanishi ilk Uyg’onishga, IX
-XII asrlarga borib taqaladi. Chunki XVI 

asrning 
ikkinchi yarmi va XV asrdagi O’rta Osiyoning madaniy ko’tarinkiligi o’z printsiplari, 
xarak
teri, yo’nalishi, iqtisodiy bazasi jihatidan IX
-XII asrlar madaniyatining 
davomidir. XIV-
XV asrlar madaniyatida Xorazmiy, Farg’oniy, Forobiy, Ibn Sino, 
Beruniy asarlarini va ular orqali qadimgi grek ilmini o’rgandilar, ularga sharhlar 
yozadilar, ulardagi t
urli g’oyalarni rivojlantiradilar.

asr oxiri va XV asrdagi O’rta Osiyodagi Uyg’onish davri madaniy 
ko’tarinkiligini bu erdagi IX
-XII asrlardagi madaniy rivojlanishdan alohida 
olib, birdan vujudga kelgan hodisa deb talqin etish noto’g’ridir. IX
-XII 
asrlar va XIV-
XV asrlardagi madaniy ko’tarinkilikni bir protsessning ikki 
bosqichi, davri ko’rinishini tashkil etadi deb qaramoq zarur…

Yüklə 120,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə