Xiv asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda tarbiya va maktab


Baxouddin Naqshband, Xoja Ubaydulloh



Yüklə 120,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix05.10.2023
ölçüsü120,22 Kb.
#125704
1   2   3
2-ma\'ruza

Baxouddin Naqshband, Xoja Ubaydulloh 
Ahror
(14041490) singari yirik siymolari o’zlarining asarlari va hikmatlari bilan 
jamiyatning ma’naviy poklanishi va rivojlanishi yo’lida faol xizmat qildilar. Ular o’z 
davrining sehrli kuchga ega bo’lgan donishmandi, ruhshunosi bo’lishgan. Odamlar 
ularga 
yuksak ixlos va e’tiqod bilan qarashgan.
Xoja Ahror shaxsining naqadar buyukligini hukmdorlarni o’zaro yarashtirib, behisob 
qon to’kilishlarining oldini olganligi misolida ko’rish mumkin. Samarqand hukmdori 
Sulton Ahmad, Toshkent hukmdori Sulton Mahmud va Andijon hukmdori Umar 
Umar Shayx Mirzo oralarida nizo chiqib, ming-minglarcha askarlar jangga shay 
bo’lib, bir
-birlariga qarshi tashlanay deb turgan paytda Xoja Ahrorning astoydil 
harakati bilan to’qnashuvning oldi olingan, aka
-uka hukmdorlar murosaga 
kelt
irilgan. Shu tariqa falokatning oldi olingan. O’zbekiston Prezidenti tomonidan 
ta’kidlanishicha, “Bu mutafakkir zot o’z davrida 25
-30 yil mobaynida Markaziy 
Osiyodagi xalqlarni birlashtirish, siyosatchilarning boshini qovushtirish orqali har xil 
to’qnashuv
larning oldini olish uchun bor kuch-
g’ayratini sarflagan, uning yuksak 
obro’
-
e’tibori bunda hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan. “Shayxlar shayxi” deb nom 
olgan bu ulug’ zotning gapini biror hukmdor, hokim, shahzoda ikki qilmagan. Nega 
deganda, xalq uni boshi
ga ko’targan. Biz ham bunday aziz ajdodlarimizni 
boshimizga ko’tarishga tayyormiz”.
Oltinchidan,
bu davrlarda, ayniqsa, XV asrda va XVI asr boshlarida tasviriy san’at 
sohasidagi katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Ana shu davrlarda Behzod, Mirak 
Naqqosh, Qosim Ali, Mahmud Muzaxxib, Xoja Muhammad Naqqosh, Shoh Muzaffar 
kabi iste’dodli mo’yqalam sohiblari etishdilar. Bizgacha saqlanib qolgan tasviriy 
san’at obidalari va yozma manbalar Movarounnahr va Xuroson tasviriy san’atining 
o’ziga xos uslubini, musavvirl
ar ijodiyotining xayoliy mahumlikdan hayotiylikka, 
realistik tasvirga tomon rivojlanib borganini ko’rsatadi.
Zamondoshlari tomonidan ikkinchi Moniy, keyinchalik g’arb olimlari tomonidan 
“Sharq Rafaeli” deb ulug’langan Kamolliddin Behzod ijodi va u asos sol
gan 
miniatyura maktabi ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi. 
U o’zining ijodi bilan butun 
Sharqdagina emas, balki Ovrupada ham mashhur bo’ldi.
Kamoliddin Behzod bo’yoqlarining mayin va go’zalligi, o’ta jonliligi, nafis va nozik 
chiziqlarning ko’zga yaqqol tashl
anganligi, tabiat manzaralari, hayvonot olami, 
inson va uning hayotiy jarayonlarini g’oyatda aniq, jozibador tasvirlay olganligi 
bilan O’rta Osiyo, Eron, Afg’oniston, Ozarboyjon va boshqa o’lkalar tasviriy san’ati 
taraqqiyotiga kuchli ta’sir etdi.

Yüklə 120,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə