Bu səhifədəki naviqasiya



Yüklə 18,22 Kb.
səhifə1/3
tarix11.12.2023
ölçüsü18,22 Kb.
#143688
  1   2   3
бббббббббббббббб


Bu səhifədəki naviqasiya:
O’rta Osiyo hududlarida eng qadimgi quldorlik davlatlarini tashkil topishi.
Quldorlik jamiyati - insoniyat tarixida ibtidoiy jamiyat oʻrniga kelgan tuzim. Q.j.da — quldorlar va qullar bilan ayni paytda erkin dehqonlar, hunarmandlar va b. ijtimoiy guruhlar ham mavjud boʻlgan. Eng qad. quldorlik davlatlari (Misr, Shumer) mil. av. 4-ming yillik oxiri — mil. av. 3-ming yillik boshida vujudga kelgan. Q.j. Yunoniston (mil. av. 5—4a.larda) va Qad. Rimda (mil. av. 2-a. — mil. 2-a.) yuksak darajada rivojlangan. Davr oʻtishi bilan bu jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishiga toʻsiq boʻla boshlagan. Qullar qoʻzgʻolonlari quldorlikning yemirilishini tezlashtirgan.
O’rta Osiyo hududlarida eng qadimgi quldorlik
davlatlarini tashkil topishi.
Mamlakatimiz xududida eng qadimgi sinfiy mamlakatlarning yuzaga kelish tarixi bo’yicha O’rta Osiyo muhim o’rin egallaydi. Eramizgacha III-II ming yilliklardayoq O’rta Osiyo davlatlari bilan old Sharq davlatlari O’rtasida ayrim munosabatlar mavjud bo’lishiga qaramay, O’rta Osiyoda Nil vodiysi, Janubiy Mesopatamiya va boshqa joylardagi davlatlar ko’rinishidagi davlatlar bor-yo’qligi to’g’risida xozircha xech qanday ma’lumot uchragan emas. Bu albatta tasodifiy emas, O’rta Osiyo xududlarida dastlabki sinfiy jamiyatlarning iqtisodiy asosi bo’lib xizmat qiluvchi voha dehqonchiligi o’z xususiyatiga old Sharq taraqqiyoti voha dehqonchiligidan farq qiladi. Daryolarning muntazam toshib turishi, o’zidan keyingi hosildor loyqa qatlamni qoldirishi tufayli old Osiyoda sug’orish ishlarini olib borish uchun birinchi (bronza) singari ma’dandan yasalgan mehnat qurolidan foydalanish imkoni tug’ildi.

O’rta Osiyo sharoitlarida esa birinchi mehnat quroli yordamida katta dar--yolardan ekin maydonlariga suv xaydab kelishi albatta, imkoniyatdan tashqari gap edi. O’rta Osiyoda aholi temir ma’danidan keng foydalana boshlagandan keyingina yirik sug’orish tuzilmalarini yaratishi mumkin bo’ldi.


Bu temir qurollar paydo bo’lishining yirik sug’orish (irrigatsiya) tuzulmalari va shahar ko’rinshidagi yirik manzilgoxlarning yaratila boshlanishi, arxeologik ma’lumotlar isbotlab turibdi.
O’rta Osiyo xududlarida birinchi ijtimoiy-iqtisodiy tuzimining inqirozga uchrashi va dastlabki davlatlarning bunyodga kelish davri xaqida muhim ma’lumotlar bor. Masalan, Hozirgi O’rta Osiyo xalqlari ajdodlarining «Muqaddas kitob» deb nom olgan, «Avesto» da ana shunday ma’lumotlarni uchratish mumkin. Kitobda kohinlar, jangchilar, dehqonlar va xunarmandlar xaqida so’z ketadi. Olovga ishonuvchi koxinlar tabaqasi, jangchilar tabaqasi, dehqonlar tabaqasi to’g’risida, bir necha bor eslatib o’tiladi. Quldorlik jamiyati kishini, kishi tomonidan ekspluatatsiya qilinishiga asoslangan, birinchi sinfiy jamiyatdir. Bu jamiyat shunisi bilan tavsifga loyiqki, quldorlar va qullar asosan qarama-qarshi sinflar bo’lib, ular O’rtasidagi doimiy kurash, mazkur jamiyat tarixini harakatga keltiruvchi kuch bo’lib kelgan. Demak, ana shu sinfiy kurash tufayli jamiyatning butun tuzilishi iqtisodiy, xuquqiy normalar, turmushi, urf-odati, texnikasi va bilim darajasi, etikasi, dini, falsafasi va ijtimoiy qarashlari to’la kuch bilan namoyon bo’lgan.
Bu tuzumda qullikning 3 xil asosiy xususiyatlari mavjud bo’lgan:



Yüklə 18,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə