Xorazm Ma'mun akademiyasi



Yüklə 3,98 Mb.
tarix19.12.2023
ölçüsü3,98 Mb.
#152217
Raxmatillayev Ibodulla


Xorazm Ma'mun akademiyasi
Xorazm mamun akademiyasiʼ, Maʼmuniylar akademiyasi — Xorazmda 10-asr oxiri — 11-asr boshlarida faoliyat koʻrsatgan ilmiy muhit. Maʼmuniylar davlati (992—1017) tarixi bilan bevosita bogʻliq.
Xorazm mamun akademiyasiʼ, Maʼmuniylar akademiyasi — Xorazmda 10-asr oxiri — 11-asr boshlarida faoliyat koʻrsatgan ilmiy muhit. Maʼmuniylar davlati (992—1017) tarixi bilan bevosita bogʻliq.
Siyosiy, iqtisodiy, harbiy qudratga erishgan xorazmshoxlar davlati mamlakatni birlashtirish, unda tartib oʻrnatish boʻyicha tadbirlarni boshlab yuborgan. Kun tartibida davlat ichki va tashki siyosatini olib borishda mafkuraviy masalalarni hal qilish turgan.
Ali ibn Maʼmun (997—1010) dono va zukko maslahatchilarga muhtoj boʻlgan. Uning baxtiga togʻasi, Abu Nasr ibn Iroq oʻz davrining oʻta bilimdon olimi boʻlgan. 1004-yilning boshida Ibn Iroq taklifi bilan Beruniy Gurganjga qaytib kelgan; Maʼmun saroyida ilm ahli uchun yaxshi sharoit yaratib berilgan. Bu 2 shaxs Yaqin va Oʻrta Sharkdagi koʻplab olimlar bilan shaxsiy yozishmada boʻlganlar. Ularning taklifi bilan Nishopur, Balx, Buxoro va hatto arab Iroqidan koʻplab olimlar Gurganjga kelishgan.
Shu tariqa 1004-yildan boshlab Gurganjda "Dorul hikma va maorif" (baʼzi bir manbalarda "Majlisi ulamo") nomini olgan ilmiy muassasa toʻla shakllangan.
Bu ilmiy muassasada xuddi Afinadagi "Platon", Bagʻdoddagi "Bayt ulhikmat" akademiyasi faoliyatiga oʻxshab ilmning barcha sohalarida tadqiqot va izlanishlar olib borilgan, juda koʻp manbalar toʻplangan, tarjimonlik ishlari bajarilgan hind, yunon, arab olimlarining ishlari urganilgan;AlXorazmiy, AlFargʻoniylarning oʻlmas asarlari, ilmiy ishlaridan foydalanilgan va tadqiq qilingan. 18—20-asr tarixchi olimlari tomonidan ilmiy muassasa har tomonlama oʻrganilgan va oʻz faoliyati nuqtai nazaridan bu dargoh oʻz davrining akademiyasi boʻlganligi isbotlangan va unga "Maʼmun akademiyasi" nomi berilgan.
.Xorazm maʼmun akademiyasi asosini quyidagi olimlar tashkil etgan: Abu Nasr Mansur ibn Ali ibn Iroq al Jaʼdiy (10-asr — 1034), Abulxayr ibn Hammor (941 — 1048), Abu Saxl Iso ibn Yahʼyo al Masihiy al Jurjoniy (970—1011), Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al Beruniy, Abu Ali al Husayn ibn Abdulloh ibn Sino, Abu Ahmad ibn Muhammad ibn Yaʼqub ibn Miskavayh (1030-yil v.e.), Abu Mansur Abdulmalik ibn Muhammad ibn Ismoil as Saolibiy al Naysaburiy (961 — 1038), Ahmad ibn Muhammad asSahriy (1015-yilv.e.), Abu Ali al Hasan ibn Horis alHububiy alXorazmiy (10—11-asrlar), Abu Abdulloh Muhammad ibn Homid al Xorazmiy (10—11-asrlar)
Akademiya aʼzolarining aksariyati olim sifatida Markaziy Osiyoda shakllanganlar. Ularning ilmiy faoliyati, asarlari tufayli Qad. Xorazm badiiy sanʼati, adabiyoti, astronomiyasi, matematikasi, sugorish madaniyati yutuklari jahon tamadduni xazinasiga kirgan va butun insoniyat manfaatlariga xizmat qila boshlagan.
X.Xorazm maʼmun akademiyasining yana bir zabardast krmusiy olimi Ibn Sino jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan.
X.Xorazm maʼmun akademiyasining yana bir zabardast krmusiy olimi Ibn Sino jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan. Xususan, uning "Tib qonunlari" asari butun dunyoga mashhur boʻlgan. Xorazmda Ibn Sino, asosan, mat. va astronomiya bilan shugʻullangan. Olimning Aristotel taʼlimoti xususida Beruniy bilan va oʻzining shogirdi Baxmanyor bilan yozishmalari tarixda mashhurdir.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xorazm Maʼmun akademiyasini qaytadan tashkil etish toʻgʻrisida"gi farmoni (1997-yil 11 noyabr) Oʻzbekistonning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, uning jahon ilmiy hamjamiyatidagi oʻrnini mustahkamlash, mintaqalarda fanni yanada rivojlantirish hamda isteʼdodli va fidoyi olimlarni qoʻllabquvvatlash, yuqori intellektual muhit yaratishdagi milliy anʼanalarni rivojlantirishda quyilgan muhim qadam buldi.
1997-yil noyabr oyida akademiyaning tarkibida arxeologiya, tarix va falsafa, til va adabiyot, biologiya muammolari boʻlimlari tashkil qilinib, 9 ilmiy mavzu boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borildi.
Arxeologiya, tarix va falsafa boʻlimining xodimlari "Xorazmda qadimgi va oʻrta asrlar oʻzbek davlatchiligi tarixi", "Oʻzbek xalqining etnik tarixida Xorazm vohasining oʻrni", "Xorazm viloyati arxeologik yodgorliklarini tadqiq qilish" mavzulari boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borishdi.
Yüklə 3,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə