«Avesto» – ajdodlarimiz yaratgan ilk yozma tarixiy manba 5-sinf Tarix fani darsligi asosida 10-mavzu



Yüklə 2,78 Mb.
tarix23.12.2023
ölçüsü2,78 Mb.
#156347
Avesto» – ajdodlarimiz yaratgan ilk yozma tarixiy manba

«Avesto» – ajdodlarimiz yaratgan ilk yozma tarixiy manba

5-sinf Tarix fani darsligi asosida 10-mavzu

«Avesto» haqida.


Miloddan avvalgi IX—VIII asrlarda qadimgi
Xorazm diyorida ezgulik dini – zardushtiylik vujudga keldi.

Bu dinning nomi uning asoschisi Zardusht nomidan olingan.

Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto» deb ataladi. Kitobda Ahuramazda («donishmand», «yuksak», «daholi») dunyoni yaratgan xudo deb e’tirof etiladi.

Eron ahamoniylari podshosi Doro III davrida «Avesto» 12 ming qoramol terisiga tilla bilan yozildi va xazinada saqlandi.

Keyinchalik, makedoniyalik Aleksandrning bosqinchilik yurishlari chog‘ida uning katta qismi yoqib yuborildi.

Astronomiya va tibbiyot ilmlariga oid qismlari esa yunon tiliga tarjima qilindi.

Oradan bir necha asrlar o‘tib, yurtimizda islom dini keng tarqalgach, «Avesto» unutildi.

«Avesto» O‘rta Osiyo, birinchi navbatda, O‘zbekistonning o‘tmish tarixi, shuningdek, ajdodlarimizning e’tiqodi, urf-odatlari haqidagi eng qadimgi yozma manba sifatida o‘rganiladi.

“Avesto»ning mazmuni”


«Avesto»da ta’kidlanishicha, dunyo ezgulik (yaxshilik) va yovuzlik (yomonlik) asosiga qurilgan.
Ezgulik
Yovuzlik

Barcha yovuzliklarni (o‘lim, qahraton qish, zararkunanda hasharotlar va shu kabilar) yovuzlik homiysi Axriman yuboradi.


Axriman

Ahuramazda esa hayotni, ezgulikni, yorug‘likni va adolatni himoya qiladi.


Ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurashda oxir-oqibat ezgulik g‘alaba qozonadi.
Ahuramazda

Biroq, buning uchun kishilar – yolg‘on gapirmasliklari, bergan va’dalarining ustidan chiqishlari va insonlarga faqat yaxshilik qilishlari lozim.

«Avesto»ning 2700 yilligi.


«Avesto» nafaqat bizning, balki jahon
madaniyatining ham nodir merosi hisoblanadi.

Shuning uchun ham xalqaro YUNESKO tashkiloti O‘zbekiston hukumatining tashabbusi bilan 1999-yilda «Avesto»ning 2700 yilligini nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.


Yüklə 2,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə