O`zbekiston respublikasi davlat ramzlari: bayroq, madhiya va gerb


Davlat gerbidagi tasvirlar ma’nosining talqinida O‘zbekiston xalqi va davlat hokimiyatining qanday maqsadlari ifodasini ko‘rish mumkin?



Yüklə 69 Kb.
səhifə3/3
tarix23.09.2023
ölçüsü69 Kb.
#122877
1   2   3
18-davlat ramzlari

Davlat gerbidagi tasvirlar ma’nosining talqinida O‘zbekiston xalqi va davlat hokimiyatining qanday maqsadlari ifodasini ko‘rish mumkin?
– Gerb qalqonidagi tasvirlar – oliy irodaga ega tinchliksevar va sofdil (Humo qushining kumush rangi) xalq abadiy ozod, farovon va baxtu saodatda yashash uchun qayta tiklandi (Humo qushi), bu musaffo (daryolarning kumush rangi) va ozod (vodiylar va tog‘larning yashil rangi) diyor (vodiy, tog‘lar, daryolar) rivojlanishning (ko‘tarilayotgan quyosh) yuksak hayotiy kuchlariga (zarrin nur sochayotgan oltin quyosh) ega, deganidir.
Gerb chambaridagi tasvirlar – bu xalq o‘zining (bu yerga g‘o‘za shoxlari va bug‘doy boshoqlari bog‘langan Davlat bayrog‘i ranglaridagi shior lentasi talqini qo‘shiladi) ozodligi (g‘o‘zaning yashil shoxlari), sofdilligi (oq paxta), boyliklari (oltin chanoqlar, bug‘doy boshoqlari) bilan buyuk (chambar) ekanini anglatadi. 
Qalqon tepasidagi tasvirlar – xalqimizning taqdirida ulug‘ (sakkizqirra yulduzning oltin hoshiyasi) sharaf (sakkizqirra yulduzning ko‘k foni) keltiradigan keng qamrovli, ko‘pjihatli (sakkiz qirrali yulduz) buyuk o‘zgarishlar (yulduz) va tinchlik (yarim oy va yulduzning oq rangi) davri boshlandi (yarim oy), degan ma’nolarni ifodalaydi.
Shior lentasidagi tasvir va yozuvlar – bu boy («O‘zbekiston» yozuvining oltin rangi) xalq va davlatning nomi O‘zbekiston deb atalishidan dalolatdir.
O`zbekiston Respublikasining Davlat gerbini behurmat qilinganda O`zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda jazolanadi.
Madhiya – grekcha “gamn” so`zidan olingan bo`lib, u dasturiy harakterdagi she'rni tantanali qo`shiq qilib tarannum etilishi ma'nosida qo`llaniladi. Madhiyalarning bir necha turlari mavjud. Masalan, davlat, inqilob, harbiy, diniy va hokazo madhiyalar bor. Bularning ichida eng asosiysi davlat madhiyasi hisoblanadi.
Davlat madhiyalari hozirga zamon barcha mustaqil davlatlarida mavjud bo`lib, u davlat bayroq va davlat gerbi bilan bir qatorda davlatning rasmiy tantanavor ramzi bo`lib hisoblanadi.
O`zbekistonning o`z davlat madhiyasi uzoq ijodiy izlanishlar natijasida atoqli shoir Abdulla Oripov tomonidan yozilib, sa'nat arbobi Mutal Burxonov tomonidan kuy bastalandi va 1992 yil 10 dekabrda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilindi. Madhiyamizda o`zbek xalqining shodiyona fikr-o`ylari va his-tuyg`ulari bekamu ko`st o`z ifodasini topgan. 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida»gi qonunga binoan, O`zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi O`zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir.
O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ko`pchilik huzurida ijro etilgan taqdirda hozir bo`lgan kishilar madhiyani tik turib tinglaydilar.
Shunday qilib, yurtboshimiz haqli ravishda ta'kidlaganideq «Davlatimiz ramzlari – bayroq, tamg`a, madhiya O`zbekiston xalqlarining shon-sharafi, g`ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o`zida mujassamlashtirdi. Mana shu ramzlarni e'zozlash – o`zining qadr-qimmatini, o`z mamlakatiga va shaxsan o`ziga bo`lgan mustahkamlash demakdir».
Demak, O`zbekiston Respublikasining davlat ramzlari faqat o`zbek davlatigagina taalluqli bo`lib, mohiyati chuqur ma'noga ega shartli belgilar badiiy ifoda sifatida ma'lum bir ko`rinishlarda aks etadiki, bunday ko`rinish ohanglar, so`zlar, tabiat tasviri, ranglar, astrologik jismlar va boshqa turli shakllarda bo`lib, xalqimizning o`tmishi, istiqboli, g`ururi va faxrini o`zida mujassamlashtiradi. Shundan biz sanab o`tgan milliy davlat ramzlari olamshumul voqea, ular mustaqil O`zbekiston davlatining yorqin timsollari bo`lib, bu timsollar bugun, erta va buyuk kelajagimiz uchun munosib xizmat qilajak. Yurtboshimiz ta'kidlaganidek, “shu ramzlarni e'zozlash– o`zining qadr-qimmatini, o`z mamlakatiga va shaxsan o`ziga bo`lgan ishonchni mustahkamlash demakdir”.
Har bir xalq, har bir elat o`zi hurmat-ehtirom qiladigan tilga ega. Tilga bo`lgan munosabat ana shu tildan foydalanuvchi odamlarning ko`p yoki oz sonli ekanligiga bog`liq emasdir. Tilda ana shu tilning ijodkori bo`lgan xalqning, elatning tarixi va madaniyati aks etadi.
Til millatning ajralmas belgisi va davlat mustaqilligi ramzlaridan biridir. Shuning uchun ham O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida quyidagi normalar mustahkamlanagan:
«O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir.
O`zbekiston o`z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analari hurmat qilishini ta'minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi».
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bu moddasi o`zbek tilining qonuniy huquqlarini tiklashga qaratilgan bo`lib, unda avvalo O`zbekistondagi davlat tili o`zbek tili ekanligi bayon etilgan. Konstitutsiyamiz ushbu moddasining o`ziga xos yaratilish tarixi bor. Ma'lumki, 1989 yil 21 oktabrda O`zbekiston Oliy Kengashi O`zbekistonning davlat tili haqidagi qonunini qabul qildi, 1995 yil 21 dekabrda «Davlat tili xaqida»gi qonunning yangi tahriri amalga kiritildi. Sobiq SSSR davrida – «qizil imperiya» sharoitida, «markaz»ning tayziqi va ta'siri kuchli bo`lgan bir paytda ona tilimizga davlat tili maqomining berilishi katta jasorat edi. Bu o`sha vaqtlardayoq milliy istiqlol sari qo`yilgan dadil qadamlardan bo`lib, bu borada xalqimizning eng ezgu orzu-umidlari ro`yobga chiqdi. Bu o`zbek tilining 120 yillik siyosiy bosqindan ozod bo`lib, o`zining erkin va tabiiy taraqqiyot yo`liga tushib olishining debochasi edi.


O`zbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi. Fuqarolarning o`zaro muomala, tarbiya va ta'lim olish tilini erkin tanlash huquqini amalga oshirishiga to`sqinlik qiluvchi shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo`ladilar.
Davlat tilining muhim belgilaridan biri, uning barcha rasmiy ish yuritishda to`laligicha qo`llanilishidir. O`zbekistonning davlat tili haqidagi qonunga ko`ra, O`zbekiston hududida yashovchi har bir shaxsning davlat, jamoat idoralari va tashkilotlariga ish yuzasidan taklif, ariza hamda shikoyat bilan davlat tilida murojaat etish va javoblar olish huquqi ta'minlanadi. O`zbekistonda ishlovchi barcha mansabdor shaxslar, rahbar xodimlar o`z xizmat vazifalarini bajarish uchun respublika davlat tilini yetarli darajada bilishlari shart. Aholiga xizmat ko`rsatish ishlari bilan shug`ullanuvchi shaxslar ham o`z xizmat vazifalarini bajarish uchun davlat tilini bilishlari lozim. Respublikamizda qonunlar, qarorlar, farmonlar va boshqa hujjatlar bevosita davlat tilida tayyorlanib, qabul qilinmoqda va e'lon etilmoqda. Hozirgi vaqtda barcha turdagi yig`ilishlar, majlislar va kengashlarning o`zbek tilida o`tayotganligi Qonunning tobora hayotimizga singib ketayotganligini ko`rsatmoqda.
Kirill yozuvidan lotin yozuviga o`tilayotgani ham ona tilimiz ravnaqi yo`lidagi yana bir muhim qadamdir. Bu qachonlardir unutilgan tariximiz ummoniga to`liq kirish uchun keng imkoniyatlar ochadi.
Xullas, O`zbekistonning davlat tili haqidagi Qonuni va Konstitutsiyaning 4-moddasi o`zbek tilining yanada rivojlanishi, keng o`rganilishi, targ`ib qilinishi uchun yordam beradi. O`zbek tilining davlat tili sifatida yashayotganligi bugungi milliy istiqlolimizning muhim belgilaridan biridir.
Shunday qilib, Konstitutsiyamizning ushbu moddasida belgilangan me'yor bir tomondan, o`zbek tili va o`zbek xalqi hayotida tilning taraqqiyoti va xalqlarning ma'naviy kamolotida, milliy istiqlolga erishishida beqiyos omil bo`lib xizmat qilsa, ikkinchi tomondan esa, boshqa millat va elatlarning teng huquqligi saqlab qolinishida, ularning tillari, urf-odatlari va an'analarining hurmat qilinishi va yanada rivojlanishida muhim kafolatdir.
Yüklə 69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə