Notiqlik san’ati va liderlik fanidan 2-mustaqil ish mavzusu



Yüklə 25,91 Kb.
səhifə2/2
tarix27.08.2023
ölçüsü25,91 Kb.
#120979
1   2
2-mustaqil ish.Jo\'rayeva Mohira

Asosiy qism
Notiqlik san’atining shakllari ham mavjud bo‘lib, bular monologik va diologik notiqlik hisoblanadi. Monologik notiqlikka m a’ruza, muzokora kabilar kirsa, diologik notiqlik — bahs, munozara, suhbat kabilami qamrab oladi. Notiq monologik nutqida tayyor matndan foydalanish imkoniyatiga ega. Biroq diologik notiqlik bundan mustasno. Buning ustiga munozara va bahs jarayonida amal qilinishi lozim bo‘lgan omillarga qa’iy amal qilish talab etiladi. Bular quyidagilar: milliy-madaniy qoidalarga amal qilish, milliy etikaga rioya qilish, raqibining gapini bo^lmaslik, suhbatdoshga hurmat, reglamentga rioya qilish, eng muhimi, sabrli, bardoshli bo'lish, o'zini tuta bilish, tiliga to‘g‘ri kelgan har bir so‘zni aytishdan o‘zini tiyish, har bir so‘zni o‘ylab gapirish, ya’ni “yetti o‘lchab, bir kesish”, kesganda ham A. Oripov aytganidek:
Mana, o‘tib olding asal oyidan,
Endi suv ichgaysan turmush soyidan,
Yetti o‘lchab bir kes, yetmish o‘lchab kes,
Lekin kes, Yoshulli, aytgan joyidan.

Notiq o‘z nutqining grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilishi, shu davr adabiy til normasiga mos kelishi, mazmunli hamda sodda, aniq va mantiqli bo‘lishiga jiddiy e’tibor berishi kerak. Shundagina uning nutqi ommaga tushunarli bo‘ladi, ommaning uning fikri va mulohazalarini tushunishi oson bo'ladi. Biroq tushunarlilikning o‘zi hali yetarli emas. Nutq ta’sirchan ham bo'lishi kerak. Ta’sirchanlikni esa yuqorida sanab o'tilgan grammatik jihatdan to‘g‘rilik, soddalik, aniqlik, mantiqiylik kabilar ta’minlay olmaydi. Ta’sirchanlikni ta’minlash uchun ulardan tashqari tilning tasviriy vositalarini mukammal bilish va ulardan foydalana olish zarurdir. Tilning tasviriy vositalari hisoblangan metafora, metonimiya, sinekdoxa, o‘xshatish, epitet, takror, adabiy ko'chirmalar va boshqalaming o‘mi beqiyosdir. Ayniqsa, ohangning roli o‘zgachadir. Quyidagi misollarga e’tibor beraylik: Odam bo‘l, otang kabi ahmoq bo‘lma — Odam bo‘l otang kabi, ahmoq bo‘lma; Bu ahmoq prokurorning gapini qaytarib o'tiribdimi, hali. Bu, ahmoq, prokurorning gapini qaytarib 65 o‘tiribdimi, hali?; Tramvayga ikki bolali xotin chiqdi — Tramvayga ikki, bolali xotin chiqdi.


Yoqimli va jarangdor ovozga ega notiq o‘z tinglovchilarini ovozining shiradorligi bilan ham asir etadi. Bunday muvaffaqiyatga erishish uchun notiq o ‘z ovozining kuchini, shiradorligini, yoqimliligini bilishi zurur. Lozim bo‘lganda undan foydalana bilish malakasiga ega bo‘lishi kerak. 0 ‘z ovozida kamchilik sezgan notiq uni yo'qotishga harakat qiladi. Buning uchun ovozdan foydalanish va uni yaxshilash texnikasi ustida hamma vaqt uzluksiz mashq qilib borishi lozim bo‘ladi. Chunki bir-ikki mashq bilan ovozni yaxshilab bo‘lmaydi. Notiqning ovozida quyidagi xususiyatlar bo‘lmog‘i lozim:
— jarangdorlik (tovushning tozaligi va tembrning yorqinligi);
— keng diapazonlik (ovozning eng pastlikdan eng yuqorigacha bo'lgan
darajasi);
— havodorlik (erkin so‘zlaganda yaxshi eshitiluvchanlikka ega bo'lishi);
— ixchamlik, harakatchanlik;
— chidamlilik (uzoq ishlash qobiliyatiga ega bo'lish);
— moslashuvchanlik (dinamika, tembr, melodikaning eshitilish sharoitiga
moslasha olishi);
— qarshi shovqinlarga nisbatan barqarorlik (xalaqit beruvchi shovqinga
qarshi tembr va tessituaraning o‘zgarib turishi);
— suggestivlik (ovozning hayajonni ifodalash va bu orqali, qanday so‘z
aytilayotganidan qat’i nazar, tinglovchining xulqiga ta’sir qilish
xususiyati).
Nutq texnikasi deyilganda nutqni tinglovchi yoki o'quvchiga yetkazishda qo'llaniladigan vositalar tushuniladi. Nutq ikki xil ko'rinishda bo‘lganidan uning texnikasini ham ikki xil ko‘rsatish mumkin:

1. Og'zaki nutq texnikasi.


2. Yozma nutq texnikasi.
Og'zaki nutq texnikasi tovush, bo‘g‘in, so‘zlarni, uning shakllarini talaffuz etishni yaxshilash borasida nutq organlarini faollashtiruvchi mashqlami anglatadi. Bunga nafasdan foydalanish, tovush tem brlarini yaxshilash, diksiyaga e’tibor berish va undoshlami talaffuz etish, ohang kabilar kiradi.
Nutqning to‘g‘riligi uning adabiy til normalariga mosligidir. Adabiy til normalari ko‘p tarmoqli bo'lgani uchun nutqning to‘g‘riligi ham bir qancha shartlami o'zida qamraydi. To‘g‘ri, nutq o‘zida adabiy tilning fonetik, talaffuz, lug‘aviy so‘z yasalishi, gram m atik (m orfologik, sin tetik ), uslubiy norm alarini mujassamlashtirgan bo'lishi lozim. Bulaming birortasidan biroz chetlashgan nutq ham to‘g‘ri nutq bo‘la olmaydi. Nutqning to‘g‘riligi uning eng muhim aloqaviy fazilatidir. Nutq to‘g‘ri bo'lmasa, boshqa kommunikativ fazilatlari ham buziladi. Nutqning tuzilishi to‘g‘ri bo‘lmaganda, uning mantiqiyligi, aniqligi, o'rinliligi kabilar haqida gapirib ham bo'lmaydi.
Notiqlik san’ati — ijtimoiy hodisa. Ayniqsa, ommaviy chiqishlarda notiqning nutqi va uslubi muhim ahamiyatga ega. Ommaviy chiqishlar hamma uchun, uning tinglovchilari: oddiy dehqondan tortib, injenergacha, pedagogdan tortib tibbiyot xodim igacha, o ‘quvchidan tortib talabagacha, boringki, jamiyatimizda taraqqiyot uchun xizmat qiladigan ommaga mo‘ljallanadi. Go'yoki badiiy asar o ‘z bahosini faqat adabiy tanqidchidangina emas, o'quvchilar ommasidan kutgani kabi ommaviy chiqishlarda so‘zlanadigan nutqning tinglovchilari turli toifadagi odamlar bo'lishi mumkin. Aniqroq aytadigan bo'lsak, teleko'rsatuvlardagi nutqday, ko‘pchilikka manzur bo‘ladigan (televedeniyedagi hamma ko‘rsatuvlarni ommabop deyish qiyin) sodda uslubdagi yoshu qari tushunadigan va uni eshitib fikrlaydigan aniq, ravon va xalq tilidagi va dilidagi nutq bo‘lishi kerak. Ommaviy chiqishlardagi nutqda to‘g‘rilik, ma’nan yetuklik va lo‘ndalik kabi sifatlar o‘z aksini topmog‘i lozim. Nutqning to‘g‘riligi — adabiy til normalariga mosligidir. Nutq o‘zida adabiy tilning fonetik, talaffuz, lug‘aviy so‘z yasalishi, grammatik (morfologik, sintetik), uslubiy normalarini mujassalashtirgan bo'lishi lozim. Adabiy til uchun begona unsurlari bo'lmagan, axloq normalari tan olmaydigan so'zlardan xoli bo'lgan nutq sof nutq hisoblanadi. Ommaviy chiqishlarda notiq o‘z nutqining adabiy normalar darajasida bo‘lishiga erishmog‘i lozim. 0‘z shevasiga xos bo'lgan til vositalarini nutqqa o‘rinsiz olib kirish nutqni buzadi. Shunisi ham borki, adabiy tilda varianti bo'lmagan, biroq shevada mavjud bo'lgan so‘zlami, fikmi oydinlashtirish maqsadida olib kirilsa va izohlansa, nutqqa sayqal bag‘ishlaydi. Chunki tilimizning behisob boyligi shevalarda mujassam. Hali ham ular umumxalq mulki bo‘lgan adabiy tilga olib kirilgan emas. Bu o'rinda A.Qahhorning Qo‘qon shevasidagi “sinchalak” so'zini butun boshli asarining nomi darajasiga ko‘tarishini eslash kifoya.
Sitseronning fikricha, notiq shunchaki sud ishlarining barcha qonun-qoidalarini yaxshi biladigan qonunparast emas, balki davlat ishlarini chuqur tushunadigan, xalq qayg'usiga hamdardlik qila oladigan davlat arbobi bo‘lmog‘i kerak. Shuning uchun notiqlik san’atiga qiziqqan har bir kishi faqat Ritorika ilmiga oid ibtidoiy bilimlar bilan cheklanmasdan va o‘zining tabiiy iste’dodiga ishonib qolmasdan, doimo turli fanlami o‘qib-o‘rganmog‘i, ilm va madaniyatning yuqori cho‘qqilariga intilmog‘i darkor. Bundan tashqari, «Notiqlar haqida» asarining muallifi notiqlarning odamlar 28 diliga qo'rquv, g‘azab va qaygu sola bilishi va aksincha, bu xildagi hayajonli holatlardan kishilarni xalos qilib, ularning ruhida xotirjamlik, mehr-shafqat hislarini uyg'ota olishi kerakligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, agar notiq odamlarning turli-tuman xarakterlarini sezmasa, inson tabiatidagi umumiy xususiyatlarni bilm asa va har bir kishini goh bezovta qiladigan, goh tinchlantiradigan sabablarni tushunmasa hech-qachon o‘zining maqsadaga erisha olmaydi.
Sitseron bu fikmi davom ettirib, «kimki jo‘n narsalar haqida oddiygina, kundalik voqealar haqida o'rta darajada, ulug‘ hodisalar haqida esa zavq-shavq bilan gapirsa, shu odam so‘z san’atining chinakam ustasi bo‘ladi» deydi.
Qadimgi yunonlaming fikriga ko‘ra, Lisiy butun ijodi davomida uch yuzga yaqin nutq yozgan. Shundan bizgacha sud nutqlaridan iborat o‘ttiz to'rttasi saqlanib qolgan. 18 Lisiy logograflik kasbi davomida unga ishi tushib kelgan kishilaming hojatini bitirishdan oldin, ularning dunyoqarashini, psixologiyasi va tabiatini chuqur o'rganib, keyin ularga o‘z qo'llaridan va tillaridan yozganday qilib nutq yozib beradi. 0‘sha paytda Afina sudida ishtirok etuvchi kishilaming ko‘p qismi davlat qonunlaridagi murakkabliklarni chuqur tushunmaganlar. Juda ko‘pchiligi tahsil ko'rmagan kishilar bo‘lgan. Shu sababli ular so‘zga chechan, so‘zamol odamlarning sud hay’atini aldab ketishlaridan cho‘chishib, ilmoqdor va balandparvoz so‘zlarga gumonsirab qarashgan.

Xulosa
Demak, notiq har bir so‘zning sodda shaklini tanlamog‘i, sheva va jargon so‘zlardan foydalanishning afzal tomonlari va meyyorini bilishi kerak. 152 Notiq o'z ma’ruzasida tinglovchilar hushyorligini oshiruvchi turli savollar qo'yishi va uni lo‘nda qilib esda qoladigan sodda usul bilan tushuntirmog‘i muhim ahamiyat kasb etadi. Notiq ommabop nutqda til im koniyatlaridan samarali foydalanishni bilishi uning o‘ziga xos uslubidagi mahoratidan darak beradi. Ko‘p ma’noli va ma’nodosh so'zlardan foydalanganda, uni shevadagi variantlariga qiyoslash ham samarali foyda beradi. Ayniqsa, notiq mavzuni o'z so'zlari bilan (kitobiy emas) so'zlash mahoratini egallagan bo'lishi kerak. Ommabop nutqqa xos yana bir m uhim jih at nutq jarayonida hayotiy m isollardan foydalanishdir, bunda ma’ruza o'qilayotgan joyning, hududning o'zidan kelib chiqadigan hayotiy misollardan foydalansa ayni muddao bo'ladi. Demak notiq uchun mas’uliyat og'ir. U Andijonda ma’ruza o'qiydimi, Qarshi yoki Buxoro, Xorazmda o'qiydimi, o'sha hududning tashqi va ichki faktik materiallarini aniq bilmog'i, agar bilmasa, o'sha “materiallami” o'qib, eshitib o'rganmog'i darkor. Shuningdek, shu hudud bilan bog'liq rivoyat va afsonalardan o'mida foydalanish nutqning yanada jozibali bo'lishini ta’minlab tinglovchilarning e’tiborini oshiradi. Ayniqsa, nutqda milliylik va mahalliy xususiyat saqlanishi muhimdir.


Fan o‘qituvchisi: O.O.Parpiyev
Bajardi: Jo’rayeva Mohira
Yüklə 25,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə