…din-u davlat homiysi, shariat hamda millatning pushti panohidir



Yüklə 19,78 Kb.
səhifə1/2
tarix19.12.2023
ölçüsü19,78 Kb.
#152236
  1   2
Hazrat Navoiy ibrati


Hazrat Navoiy ibrati

Hazrat Navoiy Davlatshoh Samarqandiy ta’biri bilan aytganda, “…din-u davlat homiysi, shariat hamda millatning pushti panohidir”. Alisher Navoiy nafaqat asarlari, balki hayot tarzlari bilan ham o’rnak va namuna bo’lganlar. “Mahbub ul-qulub” asarlarida : “Hilm-axloqli odamning qimmatbaho libosi va u kiyim turlarining eng chidamli matosidir”, – deb izohlagan mutafakkir hayoti davomida ana shunday axloqiy sifatlarga amal qilganlar. Xondamirning “Makorim ul-axloq “ asarida u zotning yelkalariga yopishib olgan chumolini o’z ini atrofiga tashlab kelganlari va bu bilan o’zlari bilmagan holda Xudoning bir jonivoriga jabr-zulm qilib qo’yish xavotiridan xalos bo’lganliklari keltiriladi.


“ Saxovat insoniyat bog’ining hosildor daraxti, balki u daraxtning foydali mevasidir. Saxovat odamiylik mulkining mavj urib turgan dengizidir, balki u to’lqinli dengizning bebaho gavharidir”. Shoir saxovati ham tahsinga loyiqligi quyidagi hikoyatda keltirilgan. Alisher Navoiy Sabzavor qal’asida g’alla zaxira qilayotgan shahzoda Muhammad Muhsin Mirzoga Sabzavordagi barcha g’allalarni tortiq qiladilar va noiblardan biriga yozgan maktublarida “Xudoga qasam qilib aytamanki, agar har bir bug’doy doni o’rniga bir donadan marvarid bo’lganida edi, u kishidan ayamagan va ularning hammasini tortiq qilib, o’z shahzodamning qalbiga mehr va muhabbat urug’ini ekkan bo’lardim”,- deya faxrlanadilar.
Alisher Navoiy ustozlarini cheksiz muhabbat bilan tilga oladilar. Dostonlarining muqaddima qismida ularga bag’ishlab maxsus boblar yozadilar, ulug’laydilar. Ganja shahi ganj fishon, payrav-ul, Shah bu so’z iqlimi aro, Xusrav-ul. Jomiyni esa: Ulki bukun qutbi tariqatdur ul, Koshifi asrori haqiqatdur ul, – deya e’zozlaydilar. Ularning izidan borib “Xamsa” yozishga chog’lanar ekanlar, turkiylar ham forsiylar kabi “Xamsa” dan bahramand bo’lishlarini istaydilar: Forsi o’ldi alarga ado, Turk ila qilsam ani ibtido. Forsi el topti chu xursandliq, Turki dog’i topsa bahramandliq.
Ustozlarining “Xamsa”larini o’t, suv, havo; sarv, gul, lolaga o’zinikini esa tuproq hamda o’tinga qiyoslaydiki, bu Hazrat shaxsidagi hilm, kamtarlik fazilatidir: Bo’lsa o’t-u suv-u havo dilpazir, Ul aro tufrog’ ham erur noguzir. Sarv-u gul-u lola xaridori bor, Lek o’tinning dag’i bozori bor.
Alisher Navoiy go’zal fikrni ifodalashda shakl va mazmun uyg’unligiga alohida e’tibor qaratganlar va bu mavzu bugun ham dolzarb: Nazmki ham surat erur xush anga, Zimnida ma’ni dog’i dilkash anga.
Shoir baytlar qa’riga shunday latif mazmun joylaganlarki, ularning sharhi bir olam zavq beradi. Hazrat dostonlarining barcha qahramonlari ilmli, ziyoli, kashfiyotlar qilishga intiluvchi. Farhod tilsimga duch kelarkan, ilmini hayotga tatbiq etishni istaydi. Dedi: “Har ishniki qilmish odamizod. Tafakkur birla bilmish odamizod. Iskandarga hamisha besh yuz olim hamroh edi. U Hirot, Samarqand shaharlarini bunyod qiladi. Olimlar uning topshirig’i bilan usturlob va ko’zgu yasaydilar. O’z navbatida , Alisher Navoiy qurdirgan Xusraviya, Ixlosiya madrasalari va Xalosiya xonaqohida dunyoning turli mamalakatlaridan bir necha ming talaba kelib, bilim olib o’z yurtlariga qaytganlari, Hirot shahriga mudarrislik qilayotganlarini Xondamir ta’kidlaydi.
Alisher Navoiy Farhod obrazi orqali komil inson haqidagi orzu-o’ylarini ifodalar ekan, uning ismiga ham komillik sifatlarini singdiradi. Shahzodaning jamolidan taralgan farri shohiy, ya’ni shohlik nuri osmondan yergacha yoritar edi. Shuning uchun unga Farhod deb ism qo’ydilar: “Himmat” dan-h, “iqbol”dan-“alif”, davlatdan-“d” ni olsak, hod-to’g’ri yo’l ko’rsatuvchi, yo’l boshlovchi, yetakchi ma’nosini beruvchi so’z hosil bo’ladi “hod”ni “far”dan keyin qo’ysak , “Farhod” so’zi hosil bo’ladi. Demak, Farhod – to’g’ri yo’l ko’rsatuvchi nur. Jamolidin ko’rungach farri shohiy, Bu fardin yorudi mah to ba mohi. Qo’yib yuz himmat-u iqbol-u davlat, Hamul far soyasidin topdi ziynat, Bu javharlarg’a chun isnod topdi, Murakkab aylagach, “Farhod” topdi. Bu farni hodiyi baxt etgach irshod, Ravon shahzoda otin qo’ydi “Farhod”. Uning xalq uchun yonib-kuyishi, hunar o’rganishi, qo’lga kiritgan boyligini otasiga topshirishi, to`rt qasr qurilishida qatnashishi , tog’ qazishi, Arman yurtini himoya qilishi ismining yuqoridagi ma’nosini ochib beradi.
Ishq ustodi esa uning pokiza zotida ishqni ko’rgach, firoqdan “f”ni, rashkdan “r”ni, hajrdan “h”ni, ohdan “alif”ni, darddan “d”ni olib, “Farhod” ismini qo’ydi. Bu nav’ ermas, ato qo’ymodi otin Ki, ko’rgach ishq aning pokiza zotin, Anga farzona Farhod ismi qo’ydi, Hurufi ma’xazin besh qism qo’ydi. Firoq-u rashk-u hajr-u oh ila dard, Biror harf ibtidodin aylabon fard. Borin ustodi ishq etgach murakkab, Tarakkubdin bu ism o’ldi murattab
Farhodning ustodlari :Mulkoro, Boniy,Moniy, Qoran, Suhaylo, Suqrot uni ishq sirlaridan voqif etdilar va nafsga qarshi kurashuvchi ma’rifat yo’lini ko’rsatdilar. Dostondagi ajdarho, dev, sirli tilsim-nafs timsollari; Xusrav va Sheruya-nafs lashkarlaridir. Farhod-komillik sari odimlayotgan solik. Shirin-Farhod uchun jismda jon kabi asralguvchi iymon. Arman yurti – iymon qo’rg’oni. Sirli tilsim-qalb.
Doston tilsimini shu tarzda o’quvchiga yetkazib bersak, go’zal ma’naviy sifatlarni shakllantiramiz.
Aqlan yetuk, ma’nan barkamol, jismonan baquvvat yosh avlodni tarbiyalashda Alisher Navoiy ibrati beqiyosdir.
Alisher Navoiy nomi asrlardan beri xalqimizning birligi, buyukligi, faxru iftixori timsoli bo‘lib kelmoqda. Shu paytga qadar necha-necha avlodlar bu buyuk zotning merosidan bahramand bo‘lib o‘sdi. To dunyo bor ekan, insoniyat bor ekan, o‘zbek millati yasharkan, Navoiy nomi ham u bilan tengma-teng yashashi muqarrar.
Navoiy nomidan uzoq va yaqin o‘tmishda turli maqsadlarda foydalilgani, uning shaxsi, merosi, qarashlari turlicha talqin etilganini ham bilamiz. Yaqin o‘tmishda Alisher Navoiy shaxsiyatida sovet mafkurasiga mos va xos ideal inson yaratishga urinishlar ham bo‘ldi. Navoiy ijodidan kommunistik g‘oyalarga xos jihatlarni izlashdi, uning tarjimai holini ham o‘sha davrga moslab «qaytadan yozishdi», shu asosda kitoblar yozildi, sahna asarlari, filmlar yaratildi.
Bundan tashqari, Navoiy asarlari, g‘azallarini o‘zlaricha sharhlab, undan ma’no-mazmun chiqaradiganlar ham ko‘p. Biroq, kim qanday talqin qilishidan qat’i nazar, Navoiyning buyukligi zarracha o‘zgarmaydi.
Biz ayni paytgacha Navoiy haqida ko‘pchilik ongida shakllanib qolgan xato tasavvur va tushunchalarga munosabat bildirishni lozim topdik. Xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yiladigan bo‘lsa, oldindan avvalo hazrat ruhidan, shuningdek, barcha mushtariylardan uzr so‘rab qolamiz. 

Yüklə 19,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə