Imom termiziy va shayxayn – imom buxoriy va imom muslimning hadis sanadini keltirishdagi farqlari



Yüklə 133,5 Kb.
səhifə1/4
tarix29.11.2023
ölçüsü133,5 Kb.
#141297
  1   2   3   4
IMOM TERMIZIY VA SHAYXAYN – IMOM BUXORIY VA IMOM MUSLIMNING HADIS SANADINI KELTIRISHDAGI FARQLARI

IMOM TERMIZIY VA SHAYXAYN – IMOM BUXORIY VA IMOM MUSLIMNING HADIS SANADINI KELTIRISHDAGI FARQLARI


Hadislarning sanadi islom ummati daqiqa e‘tibor qaratgan ishlardan biridir. Islom ulamolari har bir hadisning sanadi va uning roviysini sinchiklab o‘rganib chiqqanlar. Shu zaylda tadqiq etganlarki, inson hayoliga kelishi mumkin bo‘lmagan qirralarga ham e‘tibor berganlar. Bir hadis isnodini bilish uchun qancha qancha roviylar ko‘plab umrini safarda o‘tkazdi. Buning bariga birgina sabab – Islom dinini kelgusi avlodga sof yetkazish va Rosuli akram sollallohu alayhi vasallamning so‘zlariga yolg‘onni o‘zi tugul uni soyasini ham yaqin yo‘latmaslik edi. Isnod dindan ekanligi borasida Imom Muslim va Imom Termiziy Abdulloh ibn Muborakdan quyidagi rivoyatni keltirganlar: Isnod dindandir. Agar isnod bo‘lmaganda har kim xohlagan so‘zini aytaverar edi [2, J.1 s. 12]Shu tariqa isnod Islom ummatining shioriga aylangan. Hamda o‘ziga xos bir xususiyat bo‘lib qolgan. Boshqa dinlarda isnod va unga e‘tibor berish, o‘z nabiylariga muttasil bog‘lanish asl holda saqlanmagan. Hofiz Abu Ali Hayoniy isnod islom ummatiga xos xususiyat ekanligi haqida quyidagi xabarni aytadi: “Alloh taolo Islom ummatini undan oldin bir kimga bermagan uch narsa bilan xosladi – isnod, nasab, e‘rob” [8, J. 2, b. 605].
Muhaddis imomlar hadislarni o‘z kitoblariga kiritishda isnodlarga e‘tibor qaratib hamda taftish qilib, so‘ngra hadisni isnodi bilan rivoyat qilganlar. Bu ish ularga asl maqsadga aylanib, isnodning qandayligiga qarab ularning kitoblarini holati ham ma‘lum bo‘lgan. Zero isnodga qarab hadisga sahihlik yo zaiflik hukmi berilgan.
Ma‘lumki Imom Termiziy imom Buxoriy va imom Muslimni ustoz deb bilgan. Imom Buxoriy Nishopur da besh yil muqim turgan vaqtda uch yuzdan ortiq hadis va sanadga oid ilmlarni o‘zlashtirgan. Imom Buxoriydan ulkan manfaat olgan. Buni imom Buxoriyni o‘zi ham e‘tirof etgan [7, J. 9, b. 389]. Imom Muslimdan esa ramazon oyiga oid bir hadisni (333- hadis) bevosita rivoyat qilgan [3, J. 4, b. 687]. Shu bilan birga imom Termiziy bu buyuk ikki imom rivoyat qilgan shayxlardan bevosita hadis rivoyat qilgan [3, J. 1, b. 8]. Quyida bu uch imomning hadis isnodini keltirishdagi o‘zaro farqlarini keltiriladi.
Imom Muslim o‘zlarining Sahihi Muslim deb mashhur bo‘lgan Sahih musnadlarida hadislarning isnodini keltirishga alohida ahamiyat qaratadi. O‘zining shayxlaridan bir qanchasini va hadis u kishiga yetib keladigan hadis yo‘llarini keltirib, bir ma‘nodagi hadislardan turlisini aytib o‘tadi. Hamda ma‘noda bir bo‘lgan hadisning isnodini bir-biriga bog‘lab bayon qiladi. Bir hadisdagi roviylarni boshqa-boshqa bo‘lishi va ularni birlashadigan sanadini ham zikr qilib o‘tadi. Eng muhimi shundaki, bir hukmga aloqador hadislarni bir o‘rinda jamlab, yetarlicha izohlab beradi. 
Imom Muslimdan so‘ng Imom Termiziy o‘zining “Jome’” asarida hadislarni jamlashda xuddi shu yo‘nalishni tutgan. O‘zi bevosita hadis tinglagan shayxlarni, u kishiga yetib keladigan hadis yo‘llarini, bir masalaga oid barcha hadislarni bir o‘rinda jamlab keltiradi. Shu bilan bir qatorda imom Termiziyni o‘ziga xos bo‘lgan, oldin misli ko‘rilmagan uslublari ham ko‘zga ko‘rinadi.
Imom Buxoriy “Al-jome‘ as-sahih” asaridagi xos yo‘li - hadislardan olinadigan fiqhiy hukmlarni bayon qilish hamda ularni bobma-bob qilib tartiblash bo‘lgan. Ma‘lum bir fiqhiy hukmga mos tarjimat-ul bob qo‘yib, shunga muvofiq hadislani keltirgan. Ularni sahobayi kirom va tobeinlarning so‘zi bilan quvvatlagan. Ayrim o‘rinlarda o‘zaro afzal va a’lo bo‘lgan hukmlarni aytib o‘tgan. Natijada hadis va fiqhda eng ishonchli hamda keng qamrovli asar bo‘lgan.
Imom Buxoriy, imom Muslim va imom Termiziyni hadislarni jamlashdagi uslublaridan kelib chiqib aytish mumkinki, imom Termiziy bu ikki zotdan ulkan manfaat olgan. Hadislarni isnod ila keltirish va hadis roviylarni qay o‘rinda boshqa-boshqa va qaysi o‘rinda birlashishga doir uslubni imom Muslimdan hamda hadislarning fiqhiy hukmlarini ochib berish va ularni fiqhga doir qilib tartiblashni ham Imom Muslimdan o‘zlashtiradi [4, b. 12].
Imom Termiziy roviylarni martabasi teng hamda ularning rivoyatini lafzi va ma‘nosi bir bo‘lsa ularni bir tizimda jamlaydi. Bu jamlash ikki xil ko‘rinishga ega:

  1. Shayxlar orasini bog‘lovchi harflar vositasida bog‘lash

Imom Termiziy hadisni isnod jihatdan bir roviyga borib yetadigan bir qancha shayxlardan rivoyat qilgan bo‘lsa, shayxlarni o‘zaro bog‘lovchi yordamida uzviy bog‘laydi. So‘ngra hadisni isnodini va uning matnini keltiradi. Bunga misol:
٧٠٦ - حدثنا هناد، ويوسف بن عيسى، قالا: حدثنا وكيع، عن أبي هلال، عن سوادة بن حنظلة، عن سمرة بن جندب قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: «لا يمنعنكم من سحوركم أذان بلال، ولا الفجر المستطيل، ولكن الفجر المستطير في الأفق»: «هذا حديث حسن»[3, J. 1, b. 15] (706, 339 hadis) 
Bu hadisda imom Termiziyning shayxlari Hannod va Yusuf ibn Iyso bo‘lib, bu ikki shayxni orasini bog‘lovchi harf “و” bilan bog‘laydi. 

  1. Bir isnoddan boshqasiga belgilar yordamida o‘tish.

Imom Termiziy bir hadis isnodini roviylardan madoris sanad ( Hadis sanadidagi ko‘plab roviylar unda jamlanadigan asos roviy) bo‘lgan roviyga yetkazib, so‘ngra, o‘sha hadisni boshqa isnodini ayni o‘sha roviyga yetkazib keltiradi. Sanadlarni bir qanchasini bir-biriga bog‘lab keltirgach hadis matnini olib keladi. Bunga misol qilib quyidagi hadisni keltiramiz.
٣ - حدثنا قتيبة، وهناد، ومحمود بن غيلان، قالوا: حدثنا وكيع، عن سفيان، ح
وحدثنا محمد بن بشار قال: حدثنا عبد الرحمن بن مهدي قال: حدثنا سفيان،
عن عبد الله بن محمد بن عقيل، عن محمد ابن الحنفية، عن علي، عن النبي صلى الله عليه وسلم، قال: «مفتاح الصلاة الطهور، وتحريمها التكبير، وتحليلها التسليم» 
[3, J. 1, b. 8]
Bu ikki isnoddagi roviylarning barchasi Sufyonga borib to‘xtaydi va birlashadi. So‘ngra Sufyondan yuqoridagi roviyni keltiradi. 
Bir isnoddan boshqasiga ko‘chish muhaddislar istilohida “Tahvil” deb ataladi. Bu amal har bir isnodning hadisdagi matni bir xil bo‘lsa joiz bo‘ladi. 
Ammo roviylar o‘rtasida hadis lafzdagi ma‘noni o‘zgartirmaydigan ayrim farqlar bo‘lsa, hadis ulamolari rivoyatun bilma‘no [9. b. 133] bilan joiz deydilar. Ammo imom Termiziy bunga omonatdorlik ko‘zi bilin qarab, o‘zaro farqlarini bayon qiladi. Roviylarni hadis lafzidagi nozik farqlariga turli ishoralar berib ketadi. Ular: 
٦٢١ - حدثنا زياد بن أيوب البغدادي، وإبراهيم بن عبد الله الهروي، ومحمد بن كامل المروزي - المعنى واحد - قالوا: حدثنا عباد بن العوام، عن سفيان بن حسين، عن الزهري، عن سالم، عن أبيه، أن رسول الله صلى الله عليه وسلم كتب كتاب الصدقة[3, J. 1, b. 4, ] (621,334 hadislar) 
Bu isnoddagi roviylarning hadis lafzidagi nozik farqlari borligini imom Termiziy المعنى واحد – “umumiy lafz bir ma‘nodadir”, - deya ishora qilganlar. Bu ishora shu ma‘nodaki, bu hadis matnini roviylardan biri zikr qilgan, lekin ayni kimga tegishli ekani ma‘lum emas.
Yana bir boshqa ishorasi:
٧٢٤ - حدثنا نصر بن علي الجهضمي، وأبو عمار والمعنى واحد واللفظ لفظ أبي عمار قالا: أخبرنا سفيان بن عيينة، عن الزهري، عن حميد بن عبد الرحمن، عن أبي هريرة قال: أتاه رجل، فقال: يا رسول الله هلكت. قال: «وما أهلكك؟»، قال: وقعت على امرأتي في رمضان [3, j. 1, b. 28] (724,345 hadislar)
والمعنى واحد واللفظ لفظ أبي عمار
Bu hadisdagi roviylar matnining ayrim farqlariga “umumiy lafz bir ma‘noda. Matn Abu Ammorga tegishli”, - deya ishora qilganlar. Bu so‘z – “bu hadis matnini roviylarning barchasi zikr qilgan, lekin men shulardan Abu Ammorning matnini tanlab oldim”, - degan ma‘noda. Bularning hammasi imom Termiziyni omonatdorligi va hadis ilmida mohirligi belgisidir. Shu bilan birga muhaddis roviylarini hadis lafzidagi ayrim farqlarini bilmasligi ahli hadislar tomonidan ayb deya e‘tiborga olinadi [6, b. 90].

Yüklə 133,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə