Imom termiziy va shayxayn – imom buxoriy va imom muslimning hadis sanadini keltirishdagi farqlari



Yüklə 133,5 Kb.
səhifə2/4
tarix29.11.2023
ölçüsü133,5 Kb.
#141297
1   2   3   4
IMOM TERMIZIY VA SHAYXAYN – IMOM BUXORIY VA IMOM MUSLIMNING HADIS SANADINI KELTIRISHDAGI FARQLARI

Imom Muslim o‘zi hadis tinglagan shayxlardan bir qanchasini sanab, ularni bir isnodda jamlagan. Imom Muslim bir ma‘nodagi hadis isnodini jamlashda imom Termiziydan ancha farq qilib, ko‘plab isnodni bir hadisda jamlab keltiradi. Xuddi shuningdek, imom Muslim ham roviylarning hadis lafzlaridagi ayrim farqlarga ishoralar berib ketgan. Umumiy ma‘no bir lekin lafz turli ekanligiga quyidagicha ishora qilgan:
٢٤ - (١٧) حدثنا أبو بكر بن أبي شيبة، ومحمد بن المثنى، ومحمد بن بشار، وألفاظهم متقاربة، قال أبو بكر: حدثنا غندر، عن شعبة، وقال الآخران: حدثنا محمد بن جعفر، حدثنا شعبة، عن أبي جمرة، قال: كنت أترجم بين يدي ابن عباس، وبين الناس، فأتته امرأة، تسأله عن نبيذ الجر 
[2, J. 1, b. 47] 
Imom Muslim وألفاظهم متقاربة، degan ibora bilan roviylarning hadis matnidagi lafzlari bir-biriga o‘xshash, lekin isnod esa shayxlardan yuqoridagi roviylarda turlicha bo‘lgan. Buni imom Termiziy  قال أبو بكر: حدثنا غندر، عن شعبة، وقال الآخران: حدثنا محمد بن جعفر degan ibora bilan ochib beradi.
Hadis lafzi ayni bir roviyga tegishli ekanini quyidagi iboralar bilan izohlagan.
٢٢٣ - (١٣٩) حدثنا قتيبة بن سعيد، وأبو بكر بن أبي شيبة، وهناد بن السري، وأبو عاصم الحنفي
واللفظ لقتيبة، قالوا: حدثنا أبو الأحوص، عن سماك، عن علقمة بن وائل عن أبيه
، قال: جاء رجل من حضرموت ورجل من كندة إلى النبي صلى الله عليه وسلم
 [2, J. 1, b. 61] (223,123 hadislar)
Imom Muslim hadis rivoyat qilgan roviylarni lafzi turli lekin ma‘nosi bir xilligi shu bilan birga mazkur hadis lafzi Qutayba ibn Saidga tegishli ekanini ifoda qilib beradi. 
Imom Buxoriy Al-Jome‘ as-Sahih asari
Imom Buxoriy bobdagi hadis roviylar isnodini jamlab keltirishga va hadis yo‘llarini bayon qilishga kirishmagan. Ba‘zan roviylarning hadis matnidagi xilma-xilligini bayon qilganini ko‘riladi. Misol:
٦٨٢ - حدثنا يحيى بن سليمان، قال: حدثنا ابن وهب، قال: حدثني يونس، عن ابن شهاب، عن حمزة بن عبد الله، أنه أخبره، عن أبيه، قال: لما اشتد برسول الله صلى الله عليه وسلم وجعه ........... تابعه الزبيدي، وابن أخي الزهري، وإسحاق بن يحيى الكلبي، عن الزهري، وقال عقيل، ومعمر، عن الزهري، عن حمزة، عن النبي صلى الله عليه وسلم
[1, J. 1, b. 682] (682, 137 hadislar)
Bu hadisda Imom Buxoriy roviylarni Ibn Shihob Zuhriyga bog‘lab, hadis matnidan so‘ng, Zuhriyga bir necha roviylarni bog‘lab keltiradi. Lekin imom Buxoriy qarashida eng sahihi bo‘lgan sanadni matnga bog‘laydi. Qolgan sanadlarni unga qo‘llab-quvvatlovchi qilib keltiradi. Bundan ma‘lum bo‘ladiki, imom Buxoriy hadis jamlashdagi usuli imom Muslim va imom Termiziydan o‘zgacha bo‘lgan. U zot hadislarni tartiblashda fiqhga monand jamlab tartiblagan. Zero u zotning hadis jamlashdagi asl maqsadi hadisning fiqhiy hukmi va undan xulosa chiqarish bo‘lgan. Shunga ko‘ra hadis sanadi va yo‘llariga jiddiy ahamiyat qaratmagan [4. b. 188]. 
Imom Termiziy hadis sanadi va matnini keltirib, uni ortidanoq boshqa sanadlarni bayon qiladi. U sanadlarni matniga مثله va نحوه so‘zlar bilan ishora qiladi. Bunga misol:
٢٧٥٥ - حدثنا محمود بن غيلان قال: حدثنا قبيصة قال: حدثناسفيان، عن حبيب بن الشهيد، عن أبي مجلز، قال: خرج معاوية، فقام عبد الله بن الزبير وابن صفوان حين رأوه. فقال: اجلسا، سمعت رسول الله صلى الله [ص: ٩١] عليه وسلم يقول: «من سره أن يتمثل له الرجال قياما فليتبوأ مقعده من النار» وفي الباب عن أبي أمامة: «هذا حديث حسن» حدثنا هناد قال: حدثنا أبو أسامة، عن حبيب بن الشهيد، عن أبي مجلز، عن معاوية، عن النبي صلى الله عليه وسلم مثله  
[3, J. 1, b. 13] (2755, 284 hadislar)
Bu hadis ikki sanadni jamlaydi. Avvalgi sanadda matnni ham zikr qilib, keyingi sandda matnga مثله deya ishora qiladilar.
١٠٨٠ - حدثنا سفيان بن وكيع قال: حدثنا حفص بن غياث، عن الحجاج، عن مكحول، عن أبي الشمال، عن أبي أيوب قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: " أربع من سنن المرسلين: الحياء، والتعطر، والسواك، والنكاح ". وفي الباب عن عثمان، وثوبان، وابن مسعود، وعائشة، وعبد الله بن عمرو، وأبي نجيح، وجابر، وعكاف.: «حديث أبي أيوب حديث حسن غريب». حدثنا محمود بن خداش البغدادي قال: حدثنا عباد بن العوام، عن الحجاج، عن مكحول، عن أبي الشمال، عن أبي أيوب، عن النبي صلى الله عليه وسلم نحو حديث حفص
[3, J. 1, b. 475] (1080 hadis) .
Bu hadisda ham imom Termiziy hadis sanadini va matnini keltirib, keyingi sanadda matnga نحوه deya ishora qiladi.
Shunga o‘xshash rang-baranglikni imom Muslimning “Jome‘”larida ham ko‘ramiz. U zot ham bir necha sanadlarni jamlab matnni zikr qilgandan so‘ng, qolgan sanadni keltirib matnga نحوه va مثله deya ishora qilib bayon qiladi. 

Yüklə 133,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə