Imom termiziy va shayxayn – imom buxoriy va imom muslimning hadis sanadini keltirishdagi farqlari


Imom Termiziyning “Sunani Termiziy” asaridagi



Yüklə 133,5 Kb.
səhifə4/4
tarix29.11.2023
ölçüsü133,5 Kb.
#141297
1   2   3   4
IMOM TERMIZIY VA SHAYXAYN – IMOM BUXORIY VA IMOM MUSLIMNING HADIS SANADINI KELTIRISHDAGI FARQLARI

Imom Termiziyning “Sunani Termiziy” asaridagi 
muallaq hadislar [9. b. 50]
Imom Termiziy hadis matnlarini ta‘liq asosida tartiblashdan imom Muslim kabi juda kam qo‘llanadi. Lekin shunday bo‘lsa-da imom Termiziy muallaq hadisni keltirishda o‘ziga xos bo‘lgan va imom Muslimdan farq qiladigan ikki usuli bor. 
Muallaq hadislarni keltirishda Imom Termiziyni o‘ziga xos uslubi
Imom Termiziy mullaq hadislarni ikki xil ko‘rinish bilan ifoda qilib o‘tgan.

  1. Bir hadisni sanadi va matnini bayon qilgach, u hadisga boshqa isnodini muallaq tarzda keltiradi.

١٥٢ - حدثنا أحمد بن منيع، والحسن بن الصباح البزار، وأحمد بن محمد بن موسى، المعنى واحد، قالوا: حدثنا إسحاق بن يوسف الأزرق، عن سفيان، عن علقمة بن مرثد، عن سليمان بن بريدة، عن أبيه، قال: أتى النبي صلى الله عليه وسلم رجل، فسأله عن مواقيت الصلاة؟....
وقد رواه شعبة، عن علقمة بن مرثد أيضا
[3, J. 1, b. 152] (85 hadis) 
“Bu hadisni Sho‘ba ham Alqama ibn Marsaddan rivoyat qilgan” , - degan ibora bilan hadis sanadini Sufyonga muallaq holda keltiradi.

  1. Bir hadisni isnodi ila keltirib, bu hadis boshqa isnoddan kelganiga quyida kelganga o‘xshash ibora bilan ishora qiladi.

١٣٦٤ - حدثنا قتيبة قال: حدثنا حماد بن زيد، عن أيوب، عن أبي قلابة، عن أبي المهلب، عن عمران بن حصين، أن رجلا من الأنصار أعتق ستة أعبد له عند موته،....
وقد روي من غير وجه، عن عمران بن حصين . 
[3, J. 1, b. 28] (1364, 585 hadislar ) 
Bu o‘rinda imom Termiziy hadis sanadi boshqa yo‘llardan Imron ibn Husaynga borib yetishiga ishora qiladi hamda sanadni to‘liq keltirmaydi. Bunga o‘xshash ko‘rinish faqat imom Termiziyga xosdir. Imom Muslimda esa sanad tugal qilib bog‘langan.


Abdulaziz Furzulov 
Buxoro Mir Arab Oliy madrasa o‘qituvchisi
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Sahih al- Buxoriy. J.1. - Bayrut: Dorul Ibn al-Kasir, ­­2002.

  2. Sahih al-Muslim. J.1. - Qohira: Dorut-toyyiba, 2007.

  3. Sunan at-Termiziy. J.1. - Karachi: Dorul-ilm, 2009.

  4. Imam at-Termiziy val muvozanatu baina jami’hi

vas-sahihain. Nuriddin Itr, ­- Qohira, 1964.

  1. Maorifus sunan. – Karachi, 1993.

  2. Muqaddimatu Ibn Saloh. 

  3. Tahzib ut-tahzib. - Qohira: 1993.

  4. Tadriybur roviy. J.2. - Dorul osima, 2003.

  5. Taysirul mustolahul hadis. Mahmud Tohhon. – Karachi, 1995.


Yüklə 133,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə