Imom termiziy va shayxayn – imom buxoriy va imom muslimning hadis sanadini keltirishdagi farqlari


Imom Buxoriyning “Al-Jome‘ as-sahih” asaridagi muallaq hadislar



Yüklə 133,5 Kb.
səhifə3/4
tarix29.11.2023
ölçüsü133,5 Kb.
#141297
1   2   3   4
IMOM TERMIZIY VA SHAYXAYN – IMOM BUXORIY VA IMOM MUSLIMNING HADIS SANADINI KELTIRISHDAGI FARQLARI

Imom Buxoriyning “Al-Jome‘ as-sahih” asaridagi muallaq hadislar
Imom Buxoriyning “Al-Jome‘ as-sahih” asarlarida muallaq hadislar ikkiga bo‘linadi:

  • Ma‘lum bir maqsadni ko‘zlab va sanad hamda matnni takroridan qochib sanad tark qilinadi. Boshqa bir o‘rinda esa xuddi shu sanadni keltiriladi.

  • Hadis sanadi tushirilib bayon qilinadi. Boshqa o‘rinda muttasil qilib ham keltirilmaydi. Bundan asosiy ko‘zlangan maqsad asar hujjat bo‘ladigan hadislardan ko‘proq qismini qamrab olishidir. Lekin bu hadislarni ichida sahih va zaiflari ham bor.

Imom Buxoriy muallaq hadislarni ikki xil ibora bilan bayon qilgan:
Birinchi ibora hadis bog‘langan kishiga nisbatan muhaddis tarafidan aniqlik siyg‘asi bilan qo‘llash. Quyidagilarga o‘xshash: 
قال رسول الله صلى عليه وسلم كذا، او فعل كذا ، أو قال إبن عباس كذا، روى أبو هريرة كذا ،
Bu siyg‘alar muhaddisdan hadis roviysi ishonchli va hadis sahih ekanligiga ishoradir. Ammo bu sahihlik hukmi sahobalardan keyingi tabaqa roviylariga nisbatan berilmaydi. Balki hadis roviylari va ularning ishonchli ekanligiga qaraladi.
Ikkinchi ibora muhaddis tomonidan aniq va qat‘iylik siyg‘asini ifoda qilmaydi. Balki ibora sahih va zaifda ham qo‘llanadi. Sahih hadisga misol bo‘lib kelgani:
ويذكر عن عبد الله بن السائب، «قرأ النبي صلى الله عليه وسلم المؤمنون في الصبح، حتى إذا جاء ذكر موسى، وهارون - أو ذكر عيسى - أخذته سعلة فركع» وهو صحيح أخرجه مسلم
Hadis zaif bo‘lib kelganiga misol:
«أن النبي صلى الله عليه وسلم قضى بالدين قبل الوصية» ويذكر
Imom Termiziy bu hadisni Horis A‘vardan, u esa Ali roziylallohu anhudan muttasil bog‘lab keltiradi [9. b. 30].  Bu kabi muallaq hadislar imom Buxoriyda ko‘pdir. Ularning adadi bir ming uch yuzi qirq bir hadisga yetadi. Bundagi asl maqsad qaysidir hukmga muqaddima yoki avvalda mazkur hukmni qo‘llab quvvatlash.
Imom Muslim “Sahih musnad” asaridagi muallaq hadislar
Imom Muslimni Sahihida muallaq hadislar juda kam uchraydi. Bunga tayammum bobida kelgan hadis misol.
١١٤ - (٣٦٩) قال مسلم، وروى الليث بن سعد، عن جعفر بن ربيعة، عن عبد الرحمن بن هرمز، عن عمير، مولى ابن عباس، أنه سمعه يقول: أقبلت أنا وعبد الرحمن بن يسار، مولى ميمونة زوج النبي صلى الله عليه وسلم. حتى دخلنا على أبي الجهم بن الحارث بن الصمة الأنصاري، فقال أبو الجهم: «أقبل رسول الله صلى الله عليه وسلم من نحو بئر جمل، فلقيه رجل فسلم عليه، فلم يرد رسول الله صلى الله عليه وسلم عليه، حتى أقبل على الجدار فمسح وجهه ويديه، ثم رد عليه السلام»
[2, J. 1, b. 28] (281 hadis) 
“Sahih musnad” asarida muallaq hadislarni kamligi yuqorida ta‘kidlab o‘tganimizdek Imom Muslim hadislarni sanad bilan quvvatlashni qasd qilgan. Shu jihatdan har bir hadisni sanadiga urg‘u bergan.

Yüklə 133,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə