Imom al-Buxoriy va Imom at-Termiziy hadislarining ahamiyati



Yüklə 291,42 Kb.
səhifə1/3
tarix10.06.2023
ölçüsü291,42 Kb.
#116544
  1   2   3
Karimboyev Xudoybergan Dinshunoslik

Imom al-Buxoriy va Imom at-Termiziy hadislarining ahamiyati

Karimboyev Xudoybergan 931-22

Hadis ilmining rivojlanishida Imom-al Buxoriyning o'rni

  • Hadis ilmining rivojlanishida Imom-al Buxoriyning o'rni
  • “Sahih” yo'nalishining asoschisi, eng yetuk va mashhur muhaddis Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriydir. Imom Buxoriy hadis ilmida “Amir ul-mo''minin”.“Imom al-muhaddisiyn” (“Barcha muhaddislarning peshvosi”) degan sharafli nomga sazovor bo'lgan.U 810 yil, 13 mayda (ba'zi manbalarda 810 yil, 20 iyulda) (hijriy 194 yil shavvol oyining 13 kuni) Buxoroda tug'ilgan.Go'dakligida otadan yetim qolgan. Ukuv muassasasida savod chiqargan, 5-6 yoshidanoq arab tili va kitoblaridan ularni yodlay boshlaydi. Al-Buxoriy hadis ilmini katta qiziqish bilan o'rgana boshlaydi.Yoshlik chog'idan boshlab turli roviylardan eshitgan hadislarni yodlab borar edi.Abdulloh ibn ol Muborak, Vaqi' ibn Jarroh kabi olimlar to'plagan hadislarni yod olgan, hadis rivoyatchilari haqidagi bahslarda qatnashgan.

Al-Buxoriy 825 yilda, o'n olti yoshida onasi va akasi bilan Hijozga safar qiladi. Makkayu Mukarrama va Madinayu Munavvarada bo'lib, haj ibodatini ado etadi. Balx, Barsa, Kufa, Bag'dod, Xume, Damashq, Misr, Makka va Madinada bo'lib, safar jarayonida muhaddislardan hadis o'qir edi. Olti yil Hijozda qolib, hadis ilmidan ta'lim oladi. Shu bilan birga, Damashk, Qohira, Basra, Bag'dod shaharlarida mashhur olimlardan fiqh ilmidan dars oladi, o'zi ham bahs va munozaralarda qatnashadi, tolibi ilmlarga dars ham beradi. Imom Buxoriy iste'dodli, o'tkir muhofazali, ziyrak olim bo'lgan.“Manbalarga ko'ra, Bag'dodda istiqomat qilgan paytida ko'pincha oyning nurida ijod qilib, qorong'i kechalari sham yorug'ida kitob o'qir ekan.Agar tunda behosdan biror-bir fikr-mulohaza kelib qolsa, shamni yoqib darhol fikrini qog'ozga tushirar, shu taxlitda ba'zi kechalari shamni yigirma martagacha o'chirib-yoqar ekan”. Rivoyatlarga ko'ra “U qaysi bir kitobni qo'lga olib, bir marotaba mutolaa qilsa, hammasi yod qolaverardi”. Imom Buxoriyning o'z so'ziga ko'ra, 100 ming sahih (ishonchli) va 200 ming g'ayri sahih (ishonchsiz) hadisni yod bilar ekan.

  • Al-Buxoriy 825 yilda, o'n olti yoshida onasi va akasi bilan Hijozga safar qiladi. Makkayu Mukarrama va Madinayu Munavvarada bo'lib, haj ibodatini ado etadi. Balx, Barsa, Kufa, Bag'dod, Xume, Damashq, Misr, Makka va Madinada bo'lib, safar jarayonida muhaddislardan hadis o'qir edi. Olti yil Hijozda qolib, hadis ilmidan ta'lim oladi. Shu bilan birga, Damashk, Qohira, Basra, Bag'dod shaharlarida mashhur olimlardan fiqh ilmidan dars oladi, o'zi ham bahs va munozaralarda qatnashadi, tolibi ilmlarga dars ham beradi. Imom Buxoriy iste'dodli, o'tkir muhofazali, ziyrak olim bo'lgan.“Manbalarga ko'ra, Bag'dodda istiqomat qilgan paytida ko'pincha oyning nurida ijod qilib, qorong'i kechalari sham yorug'ida kitob o'qir ekan.Agar tunda behosdan biror-bir fikr-mulohaza kelib qolsa, shamni yoqib darhol fikrini qog'ozga tushirar, shu taxlitda ba'zi kechalari shamni yigirma martagacha o'chirib-yoqar ekan”. Rivoyatlarga ko'ra “U qaysi bir kitobni qo'lga olib, bir marotaba mutolaa qilsa, hammasi yod qolaverardi”. Imom Buxoriyning o'z so'ziga ko'ra, 100 ming sahih (ishonchli) va 200 ming g'ayri sahih (ishonchsiz) hadisni yod bilar ekan.

Yüklə 291,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə