Mavzu: Mahsulot sifatini yaxshilashda metrologik ta’minotning vazifalari. Bajardi: Qurbonov G’anisher



Yüklə 5,44 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü5,44 Kb.
#147482
Mavzu Mahsulot sifatini yaxshilashda metrologik ta’minotning va-fayllar.org


Mavzu: Mahsulot sifatini yaxshilashda metrologik ta’minotning vazifalari

Mavzu: Mahsulot sifatini yaxshilashda metrologik ta’minotning vazifalari.

Bajardi:Qurbonov G’anisher

REJA:


  • Mahsulot sifatining metrologik ta’minoti.

  • Metrologik ta’minotning o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadlari.

  • Ishlab chiqarishni metrologik ta’minoti.

1.Mahsulot sifatining metrologik ta’minoti.

Mahsulot sifati metrologik ta’minotiga xos masalalar soniga:


  • o‘lchash, sinash, nazorat qilish paytida baholanishi kerak bo‘lgan tavsiflarni tanlash;

  • o‘lchash, sinash va nazorat qilish jarayonlarini rejalash, o‘lchash, sinash va nazorat qilish usullarini ishlab chiqish va metrologik attestatsiyalash;

  • o‘lchash, sinash va nazorat qilish jarayonlarini tegishi o‘lchash vositalari bilan ta’minlash;

  • o‘lchash vositalarini metrologik to‘g‘ri holatda ushlab turish;

  • o‘lchash, sinash va nazorat qilish jarayonlarini bajarish va natijalarini ishlash;

  • o‘lchash, sinash va nazorat natijalarini olish va foydalanish bilan bog‘liq mutaxassislarni tayyorlash va ular malakasini oshirish.

Ushbu tavsifdan kelib chiqib aytish mumkinki, metrologik ta’minotning vazifasiga quyidagilar yuklatilgan:

Ushbu tavsifdan kelib chiqib aytish mumkinki, metrologik ta’minotning vazifasiga quyidagilar yuklatilgan:


  • o‘lchash vositalarining ishga yaroqliligini tashkil etish, ta’minlash va tadbiq etish;

  • o‘lchashlarni amalga oshirish, uning natijalarini qayta ishlash va tavsiya etish borasidagi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va tadbiq etish;

  • hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish;

  • o‘lchash vositalarining davlat sinovlari;

  • o‘lchash vositalarining va uslublarining metrologik attestatsiyasi va hokazolar.

2.Metrologik ta’minotning o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadlari.

Metrologik ta’minotning o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadlari:


  • mahsulot sifatini, ishlab chiqarish va uni avtomatlashtirishning samaradorligini oshirish;

  • detallar va agregatlarning o‘zaro almaShuvchanligini ta’minlash;

  • moddiy boyliklarning va energetik resurslarining hisobini olib borish ishonchliligini ta’minlash;

  • atrof-muhitni himoya qilish;

  • salomatlikni saqlash va hokazolar.

.

.

Меtrologik ta’minot


Qonunlashtiruvchi metrologiya
O’lchashlar birligini ta’minlash
Vazifaviy
metrologiya
Ме’yoriy-texnikaviy hujjatlarni ishlab chiqish
O’lchanayotgan parametrlarni optimallashtirish
Sinov qurilmalarini atestatlash
O’lchash vositalarini qiyoslash va turini tasdiqlash
Техnikaviy hujjatlarni metrologik ekspertizasi
Маhsulotning tajriba namunasini metrologik ekspertizasi

3.Ishlab chiqarishni metrologik ta’minoti.

O‘lchashlarning metrologik ta’minoti – bu mamlakatda zaruriy etalonlar, namunaviy va ishchi o‘lchash vositaarini yaratish; ularni to‘g‘ri tanlash va qo‘llash; metrologik qoida va me’yorlarni ishlab chiqish va qo‘llash; iqtisodiyotda, vazirlik (mahkama)larda, korxonalarda, ish joylarida talab etilgan o‘lchash sifatini ta’minlash uchun metrologik ishlarni bajarishga yo‘naltirilgan metrologik va boshqa xizmatlarning faoliyatidir.

Ishlab chiqarishni metrologik ta’minoti asosan quyidagilardan iborat:

Ishlab chiqarishni metrologik ta’minoti asosan quyidagilardan iborat:


  • o‘lchashlar holatini tahlil qilish;

  • belgilangan aniqlikga mos keluvchi o‘lchash vositalari (etalonlar va ishchi o‘lchash vositalari) foydalanish va o‘lchanayotgan kattaliklarning nomenklaturasini o‘rnatish;

  • o‘lchash vositalari qiyoslash va kalibrlashdan o‘tkazish;

  • o‘rnatilgan aniqlik me’yorlarini ta’minlash uchun o‘lchashlarni bajarish uslubiyotini ishlab chiqish;

  • konstruktorlik va texnologik hujjatlarni metrologik ekspertizadan o‘tkazish;

  • zaruriy me’yoriy hujjatlarni (xalqaro, davlat, tarmoq va tashkilot standartlarini) joriy qilish;

  • metrologik nazoratni o‘tkazish.

Korxonada metrologik ta’minotning asosiy vazifalari quyidagicha:

Korxonada metrologik ta’minotning asosiy vazifalari quyidagicha:


  • 1) mahsulotni ishlab chiqish, ishlab chiqarish va sinashda o‘lchashlar birliligini ta’minlash;

  • 2) texnologik qurilmalarning xarakteristikalarini nazorati, texnologik jarayonlarining parametrlari, mahsulot sifati ko‘rsatkichlarini nazarot qilishda o‘lchashlar aniqligini optimal normalar va o‘lchanayotgan parametrlarning ratsional nomenklaturasini o‘rnatish va tahlil qilish;

  • 3) o‘lchash vositalariga metrologik xizmat ko‘rsatish: hisobini yuritish, saqlash, qiyoslash, kalibrlash, o‘rnatish, ta’mirlashni tashkillashtirish va ta’minlash;

  • 4) zaruriy aniqlikni kafolatlovchi o‘lchashlarni bajarish uslubiyotini ishlab chiqish va ishlab chiqarish jarayoniga joriy etish;


http://fayllar.org
Yüklə 5,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə