…din-u davlat homiysi, shariat hamda millatning pushti panohidir


«Navoiy diniy ulamolarga qarshi bo‘lgan»



Yüklə 19,78 Kb.
səhifə2/2
tarix19.12.2023
ölçüsü19,78 Kb.
#152236
1   2
Hazrat Navoiy ibrati

1. «Navoiy diniy ulamolarga qarshi bo‘lgan»
Esimizda, sobiq tuzum davrida xalq og‘zaki ijodidan ham, o‘tmishdagi buyuk shoirlarning merosidan ham dahriyona, ateistik fikrlar qidirishga moyillik kuchli bo‘lgan. Navoiydan ham dahriy yasashga urinishlar bo‘lgan. Darsliklarda ham imkoni boricha diniy arboblar qoralangan she’rlar, nazmiy va nasriy parchalar berishga harakat qilinardi. Maktabda adabiyot xrestomatiyasidan Navoiyning mana bu matlali g‘azalini yod oldirishgani esimda:
Meni ishqdin man etar soda shayx,
Dema soda shayx, aytkim loda shayx,
May ustidagi qilcha qilmon hisob,
Agar suv uza solsa sajjoda shayx.
O‘qituvchimiz bu baytlarni «Navoiy shayxlarning, din arboblarining nodon, johilligini tanqid qilayapti. Shayx agar suv ustida joynamoz to‘shab namoz o‘qisa, men undan ko‘ra sharob, ya’ni aroqning ustida suzib yurgan qilni afzal bilaman» deb «sharhlagani» esimda.
Taassufki, u paytlarda bu baytlar tasavvufiy ma’noni anglatishini, Navoiy shayx deganda oqil ulamolarni emas, dinning mohiyatidan bexabar kimsalarni ko‘zda tutganini bilmasdik. May degani odamni aqlu hushidan ayiradigan 40 graduslik aroq emas, Yaratganga bo‘lgan ishqning, ma’rifatning timsoli ekanini keyinroq bilganmiz.
Zohid senga huru menga mayxona kerak,
Jannat senga bo‘lsin, menga mayxona kerak.
Bu misralar ham xuddi shunday talqin qilinardiki, butun boshli avlod Navoiyni dinga, ulamolarga, islomga qarshi bo‘lgan shoir sifatida tasavvur qilib qolgandi. Ammo aslida Navoiy o‘ta taqvodor inson bo‘lganini, shu bois Nizomiddin, ya’ni dinning quvvati, nizomi, tartibi degan unvon olgani, har bir asarini Allohga hamd, payg‘ambarimizga na’t aytish bilan boshlaganini keyinroq bildik. 
Yüklə 19,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə