Международный научный журнал № 1(100), часть 1
«Научный Фокус» май, 2023
884
ZULFIYA QUROLBOY QIZINING “KELIN” VA “RASHK”
HIKOYALARIDA FOJIAVIYLIK
Saubatov Sanjar Asqar o`g’li
Qoraqalpoq davlat universiteti Adabiyotshunoslik
o`zbek adabiyoti 2-kurs magistranti
Annotatsiya:
Mazkur maqolada o`zbek adabiyotining yirik vakili Zulfiya Qurolboy
qizining “Kelin” va “Rashk” hikoyalari qahramonlari misolida ularda kechayotgan ichki
kechinmalar va fojiaviy hayoti haqida fikr bildiriladi
Kalit so`zlar:
fojia, fojiaviylik, ichki kechinma, “Kelin”, “Rashk” hikoyalari tahlili
Zulfiya Qurolboy qizi hikoyalarini o'qir ekanmiz, undagi qahramonlarning hayoti
chigal va iztiroblarga to`la tasvirlangan. Misol uchun yozuvchi qalamiga mansub
“Rashk” va “Kelin” hikoyalari mavzu jihatdan va undagi ayol obrazlarining taqdiri
o`xshashligi
jihatdan farq qilmasa ham, lekin o`ziga xos individual xususiyatlarga
egaligi bilan bir-biridan ajralib turishi va ayollarning fojiaga to`la hayoti ochib berilgan.
Ularning turmush o`rtoqlari o`z ayoliga nisbatan qilgan hurmatsizliklari biri
ikkinchisini takrorlamaydi.
“Rashk” hikoyasidagi Xosiyat kelinning eri Sherali ham, “Kelin” hikoyasidagi
Xoldor kelinning eri Fayzimurod ham o`z oilasiga xiyonat
qiladi va xotinini tashlab
ketadi. Lekin bu fojiaviy taqdirni ikki kelin ikki xil qabul qiladi, turmush o`rtog’lariga
nisbatan munosabatlari ham turlicha bo`ladi. “Kelin” hikoyasidagi Xoldor turmush
o`rtog’i kechalari uyiga kelmay qo`ygan bo`lsa ham indamay ishlarini qilib yuraveradi.
Hattoki erining cho`ntagidan begona bir ayolning manzili yozilgan qog’ozni topib olsa
ham hech kimga aytmaydi, eridan ham bu manzil kimniki ekanligini so`ramaydi ham. U
tabiatan “soddagina, to’porigina, indamas, kamsuqum, mehnatkash ayol. Ertalabdan
kechgacha qaynota-qaynonasining xizmatini va ro`zg’or tashvishlari deb yelib-yugurib,
charchamaydi”. To`rt farzandi bilan ovvora bo`lib o`ziga
qarash xayoliga ham
kelmaydi. Qaynonasi Muslim momo farzandining cho`ntagidan chiqqan begona ayol
manzilini qidirib topib, o`g’lining ikkinchi xotini – Oygulni ko`rganda bu ikki ayolni bir-
biriga solishtiradi. Shunda kelini Xoldorning hissiz ko`zlari-yu mehnatdan qavarib qop-
qora bo`lgan qo`llari, tirnoqlari ko`z oldiga keladi. “Kelinim bechora ertalabdan
kechgacha huzur-halovat yo`q, go`r bo`larmidi”, deydi ichida. Xoldor bechora hatto
erini durustroq tergashni ham eplolmaydi. Muslim momo
bir kuni keliniga qattiq
tayinlaganidan keyin eri ishdan qaytgach bir haftadan beri qayerda yurganini so`rab
surishtirmoqchi bo`ladi. Ammo eri bo`lsa “men bilan ishing bo`lmasin. Molning tagini
tozalab, tappi yopib yuraver. Shundan boshqa narsa qo`lingdan kelmaydi” deb baqirib
beradi.
“Rashk” hikoyasidagi Xosiyat kelin esa Xoldordan farqli o`laroq, yoshligidan juda
go`zal bo`lgan. Yangi kelinlik davrida hamqishloqlari kelinchakning chiroyini ko`rishga
Международный научный журнал № 1(100), часть 1
«Научный Фокус» май, 2023
885
kelaverib, bezor qilishadi. Turmush o`rtog’i Sherali ham doimo ayolining atrofida
parvona bo`ladi. Lekin birin-ketin uch farzandni dunyoga keltirib, Xosiyat o`zgarib
ketadi. Avvalgi husnidan va chiroyidan asar ham qolmaydi. U ham Xoldor kelin kabi
erta tongdan kechgacha ro`zg’or tashvishlari bilan ovvora bo`ladi: sigir sog’ish, hovli
supurish,
non yopish, uy tozalash, tushlik ovqat, kechki ovqat, mollarning tagini
tozalash, tezagini yig’ib tappi qilish va boshqalar. Turmush o`rtog’ining butkul o`zgarib
ketganligini sezgan eri Sherali har zamonda uni tanqid qiladi. Birinchi marta “Sal
o`zingga qarab yursang bo`lmaydimi?”, deganida Xosiyat e`tabor ham bermaydi. Yana
bir safar: “Tuzukroq ko`ylaging yo`qmi? Egningdagining rang-ro`yi qolmabdi-ku” deya
aytgan e’tiroziga Xosiyat ham keskin javob beradi: “Atlas ko`ylak kiyib,
mol tagini
tozalaymanmi?”, deb javob berdi. Uchinchi bor Sherali ayoliga “Ustingdan tezakni hidi
kelyapti, bor yaxshilab yuvib kel”, deb yarim kechasi ayolini tashqariga chiqarib
yuborgandan keyin Xosiyat o`zini xo`rlangan, ayollik nafsoniyati toptalganini va
qo`lidan hech narsa kelmaydigan bechoraday his qiladi o`zini. U bu oilaga kelin bo`lib
tushganidan beri birinchi marta yig’laydi. Xosiyatni yozuvchi Xoldorga nisbatan
aqlliroq qilib tasvirlaydi. U turmush o`rtog’ining nima xohlayotganini darrov
tushunadi. Erining gaplari ta’sir qilib, ertasiga Xosiyat yangi ko`ylagini kiyib, pardoz-
andoz qilib ko`chaga chiqadi. Lekin u o`zini boshqacha his qiladi, qo`li hech bir ishga
kelishmaydi, uydagilar ham undagi bu o`zgarishdan hayron qolishadi. O`sha kuni ovqat
solaman deb qaynonasining xitoy chinnisidan yasalgan idishini sindirib qo`yadi.
Qaynonasining bir og’iz gapi Xosiyatdagi barcha o`zgarishlarni yo`q qiladi: “Sen qosh-
ko`zingni bo`yaguncha ishingga puxta bo`l”, deb baqiradi. Xosiyat obrazida ayollarga
xos noziklik,
shirin orzular, his-tuyg’ular bor. Buni muallif birgina xolat orqali
ko`rsatadi. Bu ayolning birgina orzusi bor edi. U erining unga atir-upalar, taqinchoqlar
sovg’a qilishini, o`zidan yoqimli ifor taralishini xohlardi. Buni bo`lsa hech kimga
aytmas, faqat bir o`zi qolganida ichidan o`tkazib qo`yardi. Lekin o`zi bunday narsalarga
pul sarflashni xohlamas undan ko`ra ro`zg’origa ishlatishni xohlardi. Turmush o`rtog’i
bo`lsa ayolining istagini tushunmasdi. Birinchi hikoyamizdagi Xoldor erining ikkinchi
ayoli borligini,erining Xoldor bilan birga yashashni xohlamasligini bilib ham indamay,
har kungi ishlarini qilib yurardi. Turmush o`rtog’i bolalarini o`zi bilan olib ketmoqchi
bo`lsa ham qarshilik ko`rsatmasdi. Ammo ikkinchi hikoyamizda ayolimiz Xosiyat kelin
erining begonga ayolga ilakishib qolganini sezgach ich-ichidan siqiladi, rashk qiladi.
Erining o`sha ayolni uyiga olib kelganida xo`rligi kelib yig’laydi. Ikkalasining bog’da
bir-biriga suykalib turganini ko`rib o`zini tutolmaydi. O`zining
bunday fojiaviy
taqdirini bilgan ayol hovlida bog’langan quturgan itni qo`yib yboradi. It oshiq-
ma’shuqlar o`tirgan tomonga qarab qattiq hurib ketadi. Xulosa qilib shuni aytish
mumkinki bu ikkala ayol ham garchi bir xil vaziyatga tushgan holda tasvirlangan bo`lsa
ham ikki obraz bir-biriga also o`xshamaydi. Xoldor haddan ziyod sodda, jahl nimaligini
bilmaydi, atrofdagilarning unga nisbatan qilgan ishlari nafsoniyatiga ham tegmaydi,
hech kimga qarshilik ham qilmaydi. Xosiyat esa nisbatan aqlliroq, o`zligini
anglagan,
o`zgalarning munosabatini, tanqidlarni to`g’ri qabul qiladi va kerakli xulosani