Mavzu avtomobillarni ko’tarish-qarash qurilmalari reja



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə1/3
tarix21.10.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#130568
  1   2   3
Avto. ko\'tarish qarash


MAVZU-6. AVTOMOBILLARNI KO’TARISH-QARASH QURILMALARI
Reja:

    1. Ko’tarish-qarash qurilmalarining turlari.

    2. Ko’rish chuquri.

    3. Estakadalar.

    4. Ko’targich va a’gdargichlar.

    5. Garaj domkratlari.

Ko’tarish-qarash jihozlariga ko’rish chuqurlari, estakadalar va ko’targichlar kiradi.


Avtomobillarga ТХK va JТ da foydalaniladigan qo’rish jihozlari, ishchi joyini joylashishiga qarab, quyidagi guruhga bo’linadi.
6.1-jadval

Ko’tarish-qarash jihozlari turlari, nomi

Ish joyining joylanishi

Avtomobilning joylanishi

Ko’rish chuqurlari, ko’targichlar

Pol sathida va undan past pol sathida va undan yuqori

Pol sathida, yoki balandda

Estakadalar

Yana shunday

Yana shunday

A’gdargichlar (yonboshlatgichlar)

Pol sathida

Pol sathida

2.Ko’rish chuquri
Ko’rish chuquri - eng ko’p tarqalgan (universal) qarash qurilmasi bo’lib, bir vaqtning o’zida avtomobilda pastdan, yonboshdan va yuqoridan ish bajarilishiga imkon yaratadi. Avtomobilni, ko’rish chuquriga kirish va undan chiqishiga qarab, ular boshi berk yoki o’tuvchi ko’rinishda bo’ladilar.
Boshi berk va boshi ochiq postlar hamda oqimli qatorlar ko’rish chuqurlari bilan jihozlanadi. Ular kengligi bo’yicha ensiz va enli turlariga bo’linib, kengligi avtomobil enidan kam bo’lsa ensiz deb, keng bo’lsa enli deb ataladi.
Ko’rish chuqurlarining tuzilishi avtomobillarning turiga bo’gliq bo’lib, uzunligi avtomobil uzunligidan 0,5-0,8 m uzun, chuqurligi esa yengil avtomobillar uchun 1.4-1.5 m, yuk avtomobillar va avtobuslar uchun 1.2-1.3 m bo’ladi Eni esa avtobus va yuk avtomobili uchun 0.9-1.1 m, yengil avtomobillar uchun 0.8 m bo’ladi. Ko’rish chuqurlariga past kuchlanishli yoritgichlar (42 V) o’rnatiladi, ular har 1 metr uzunlikka 200 m3soat hajmidagi, harorati 16-25S, tezligi 2-2,5 ms bo’lgan 45 burchak ostidagi yo’nalishda havo oqimi bilan shamollatib turiladi. Chiqindi gazlarni chiqarish uchun maxsus quvurlar o’rnatiladi. ТХ vaТ jarayonida avtomobil dvigatellarini ishlatish zaruriyati tu’gilsa, bu quvurlar avtomobilning tovush so’ndirgichiga ulab qo’yiladi.
Ko’rish chuqurlari, ularda bajariladigan ish turiga qarab ko’targichlar, harakatlanuvchi voronkalar, moy quyish qurilmalari bilan jihozlanadi.
Ensiz qo’rish chuquri tuzilishi jihatidan oddiy bo’lib, avtomobillarda ТХK va JТ ishlarini bajarishda barcha qulayliklarga ega. Bunday chuqurlar bilan o’zaro bo’glanish bo’lishi uchun yoki chuqur ustidagi maydoncha bilan qulay aloqa bo’glash uchun, chuqurlar bir - biri bilan yonbosh tomonidan ariq bilan tutashgan bo’ladi. Ensiz ko’rish ariqchalari yoru’g emasligi hamda ba’zi bir agregatlarni yechish va o’rnatishning qiyinligi, enli ariqchalar esa ko’p joy egallashi kabi kamchiliklarga egadirlar.
Boshi berk qo’rish chuqurlarining usti ochiq bo’ladi.
O’tuvchi ko’rish chuqurlarga tushish, kirish va chiqish uchun usti berk chuqurlar bilan tutashtiriladi.
Usti ochiq chuqurlar eni 1 metrdan kam va 2 metrdan oshiq bo’lmasligi kerak, chunki unga chilangarlik verstagi va boshqa dastgohlar o’rnatiladi, kurish chuqurlarini bo’glovchi ariqlarning balandligi 1,2-1,6 m, berk chuqurning balandligi 1,8 metrdan kam bo’lmasligi lozim.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə