Mavzu avtomobillarni ko’tarish-qarash qurilmalari reja



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə2/3
tarix21.10.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#130568
1   2   3
Avto. ko\'tarish qarash

3.Estakadalar
Estakadalar -temir betondan, metal konstruksiyalardan yoki yo’gochdan balandligi 0.7-1.4 m qilib ishlangan bo’lib, 20-25% qiyalikdagi chiqish va tushish rampalari bo’lgan ko’priklardan iborat bo’ladi. Ular boshi berk va boshi ochiq, hamda qo’z’galmas va qo’z’galuvchan bo’lishi mumkin. Avtomobilning ustidan, yonidan va tagidan birdaniga ish bajarish uchun ular chuqur bo’lmagan ko’rish chuqurlari bilan birgalikda jihozlanadi. Estakadalardan avtomobillarga dala sharoitlarida ТХK va Т ishlari bajarilganda, hamda avtomobillarni qo’lda yuvishda foydalaniladi.
4.Ko’targich va a’gdargichlar.
O’rnatilishi (6.1-rasm) bo’yicha ko’targichlar qo’z’galmas va harakatlanuvchan, ko’tarish mexanizmi bo’yicha mexanik, gidravlik va pnevmatik, ishga tushirilishi bo’yicha qo’l bilan boshqariluvchi va elektrotexnik, joylashishi bo’yicha pol ustida va ko’rish ariqchasida bo’lishi mumkin.
Ko’targichlarning bitta, ikkita, uchta va to’rtta ustunligi va avtomobillarni qiyalatuvchi turlari bo’lishi mumkin. Ko’targichdagi tayanch ramaning tuzilishi bo’yicha koleyali, koleyalararo va ko’ndalang ramali hamda tayanch traversali turlarga bo’linadi. Avtoservis korxonalarida elektromexanik va gidravlik ko’targichlar keng qo’llaniladi.

6 .1-rasm. Ko’targichlar tasnifi.


Elektromexanik ko’targichlar 1, 2, 4 va 6 ustunli bo’lib, ularning yuk ko’tarish qobiliyati 1,5-14 tonnagacha bo’ladi.




mod.17.1


mod.17.2



6.2-rasm. Ikki ustunli elektromexanik ko’targichlar.



Ikki ustunli elektromexanik ko’targich (6.2-rasm) 2 ta korobkasimon ustundan 1 va ko’ndalang birikmadan 7 iborat bo’lib, har bir ustun ichiga yuk ko’tarish gaykasi, harakatlanadigan yuruvchi vint joylashgan. Gaykaga koretka 2 o’rnatilgan bo’lib unga ushlagichlar 3 sharnir yordamida joylashtirilgan. Yuk ko’taruvchi vintlar elektrodvigatel 5 yordamida ustunlardan biriga o’rnatilgan reduktor 6 orqali harakatga keltiriladi, boshqa vintga harakat ko’ndalang birikma 7 ichiga o’rnatilgan zanjirli uzatma yordamida yetkaziladi. Ko’targichni boshqarish tugmachali uzgich-ulagich 4 yordamida bajariladi. Ko’tarish balandligi 1800 mm ni, ko’tarilish vaqti 45-60 s tashkil qiladi. Ikki ustunli ko’targichda avtomobil kuzov tayanchlari orqali ko’tarilganligi sababli, uning yurish qismiga ham xizmat ko’rsatish yoki ta’mirlash imkoniyati tu’giladi.


MDH davlatlarida 2 t yuk ko’tarish qobiliyatiga ega bo’lgan “P-133” va “P-145” modelli yengil avtomobillarni ko’tarishga mo’ljallangan elektromexanik ko’targichlar ishlab chiqariladi.
Avtoservis korxonasi sharoitida ko’targichlardan foydalanish ko’targich bilan jihozlangan xizmat ko’rsatish ishlari bajariluvchi ishchi postlarni har qanday tekis polli joylarda tashkil qilish imkonini beradi.
6.3-rasmda ikki ustunli fermali (b), to’rt ustunli elektromexanik (v) va ikki ustunli gidravlik (g) ko’targichlar keltirilgan.
Qo’z’galmas polda joylashuvchi ko’targichlar – bir, ikki, uch va ko’p plunjerli (silindrli) gidravlik hamda 2,4,8,12 t. va undan o’gir yuk ko’taruvchi bo’ladi.










a-to’rt uchtunli elektromexanik ko’targich chizmalari





b-fermali elektromexanik ko’targich

v-to’rt ustunli elektromexanik ko’targich



g-ikki ustunli gidravlik ko’targich

6.3-rasm. Ikki ustunli fermali (b), to’rt ustunli elektromexanik (a,v) va ikki ustunli gidravlik (g) ko’targichlar.









6.4-rasm. Avtomobillarni qabul qilish-topshirish va shinamontaj ishlari uchun ko’targich





mod.1542.05

mod. 5.1080

6.5-rasm. Ko’rish chuqurligi ko’targichlari

Katta yuk ko’taradigan yuk avtomobillariga ТХK va JТ ishlarida, yuk ko’tarishi 16 t. bo’lgan 2-plunjerli elektrogidravlik ko’targichdan foydalaniladi.


Ko’rish chuquridagi ko’targichlar (6.5-rasm) qo’rish chuquriga o’rnatilgan bo’lib, oldingi va ketingi ko’priklarni ko’tarib, qo’rish chuquridagi ishlarni bajarishga mo’ljallangan. 1542.05 rusumidagi ko’targichning tavsifi quyidagicha: turi qo’l nasosli; tirgak kengligi 760-1500 mm; o’girligi 130 kg; ko’tarish qobiliyati 2000 kg; stanina kengligi 700-1100 mm.
Ko’rish chuqurida joylashuvchi 5.1080 mod. ko’targichning xar xil turlari 6.1-jadvalda keltirilgan. Bunday ko’targichlar gidravlik va elektromexanik bo’lib, bir, ikki va to’rt ustunli bo’ladi. Bundan tashqari, bunday ko’targichlar qo’rish chuquriga qo’z’galmas qilib, yo’naltiruvchi to’sinlarga turli kranshteynlar yordamida o’rnatilib, ular roliklar yoki ‘gildirakchalar orqali harakatga keltirib, siljitib turiladi.
Bir plunjerli gidravlik ko’targich transmissiya agregatlarini avtomobildan yechib olish va o’rniga qo’yish uchun mo’ljallangan. Ana shunday maqsadlarga ko’targichdan foydalanishda, uning shtogi uchiga har xil ilgaklar o’rnatiladi. Ko’rish chuquriga o’rnatilgan ko’targich bo’ylama hamda ko’ndalang yo’nalish bo’yicha harakatlanib, 4 tonnagacha bo’lgan yukni 60 sm balandlikkacha ko’taradi, uzatmasi qo’lda.
A’gdargichlar -avtomobilga tag tomonidan xizmat ko’rsatish va ta’mirlashda avtomobillarni yonboshlatish (6.6-rasm) uchun xizmat qiladi. Eng ko’p yuk ko’tarish qobiliyati 2 t. va eng ko’p yonboshlatish burchagi 90 ni tashkil qiladi. Ular payvandlash, kuzov va bo’yoqchilik ishlarida hamda yengil avtomobillar tagiga zanglashga qarshi ishlov berishda ishlatiladi.



a)

b)





6.6-rasm. A’gdargich. a - umumiy ko’rinishi; b- a’gdarish jarayonida




Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə