Reja: Gidravlik va pnevmatik dvigatellar, ishlash printsipi, Gidravlik va pnevmatik dvigatellarni konstruktiv tuzilishi asosiy tavsiflari, qoʻllanish chegaralari. Boshqarish sistemalarini elementlari va qurilmalarini yangi konstruktsiyalari



Yüklə 49,8 Kb.
tarix21.10.2023
ölçüsü49,8 Kb.
#129506

Gidravlik va pnevmatik dvigatellar, ishlash printsipi, konstruktiv tuzilishi asosiy tavsiflari, qoʻllanish chegaralari

Reja:


    1. Gidravlik va pnevmatik dvigatellar, ishlash printsipi,

    2. Gidravlik va pnevmatik dvigatellarni konstruktiv tuzilishi asosiy tavsiflari, qoʻllanish chegaralari.

    3. Boshqarish sistemalarini elementlari va qurilmalarini yangi konstruktsiyalari, imkoniyatlari.


Tayanch so’z va iboralar: gidravlik dvigatellar, gidroturbina, gidrouzatma, gidromuftalar, gidrotransformatorlar, aktiv gidroturbinalar, reaktivgidroturbinalar.
Suyuqlikning harakat qonunlarini va texnikaning turli sohalarida qo’llanilishini o’rganuvchi fan gidravlika deyiladi. Gidravlika eng qadimiy fanlardan hisoblanadi. Arxeologik tekshirishlar insonlar juda qadim zamonlarda ham turli gidrotexnik inshootlar qurishganligini ko’rsatadi.
Gidrostatikaning asosiy qonunlari asosida ishlaydigan mashinalar gidrostatik mashinalar deb ataladi. Ularga gidroprosesslar, gidroakkumulyatorlar, domkratlar (gidroko’targichlar) va boshqalar kiradi. Quyida ularning ishlash prinsiplari haqida qisqacha ma’lumot beramiz.
Suyuqlik energiyasini mexanik energiyani bir turdan-ikkinchi turga aylantiruvchi qurilmalar gidromashinalar deyiladi. Gidromashinalar vazifasiga ko’ra quyidagilardan bo’linadi.

  1. Gidrostatik mashinalar: Bunda suyuqlikning muvozanat xolatidan foydalanib mexanik kuchni suyuqlikning potensial energiyasiga aylantirish usuli bilan kuchaytirib yoki susaytirib beradi. Gidropress, gidrokkumlyator, gidromulg’tiplikator.

  2. Nasosolar: Mexanik energiyani suyuqlik energiyasiga aylantirib beradi.

  3. gidrodvigatellar: Suyuqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradi.

  4. Gidroyuritgichlar: Mexanik energiyani suyuqlik vositasida bir harakatlanuvchi qismdan ikkinchi harakatlanuvchi qismga uzatadi.

Gidravlik dvigatellar deb, suyuqlik energiyasini mexanik harakatga aylantirib beradigan qurilmalarga aytiladi. Gidrodvigatellar hajmiy va markazdan qochma turlarga bo’linadi. Hajmiy gidrodvigatellarga kuch gidrosilindrlari misol bo’ladi, ular gidrouzatmaning asosiy qismlaridan biri bo’lib, xizmat qiladi. Ular biror hajmiy nasosdan berilayotgan suyuqlikning bosimi ta’sirida harakatga keladi.
Kuch gidrosilindrlari xaqida ma’lumotlardan gidromultiplikator va gidroplar xaqida ham ma’lumotlar berilgan.
Kurakli g’ildiraklar yordamida suyuqlik energiyasini mexanik harakatga aylantirib beradigan mashinalar turbinalar deb ataladi.
Turbinalar asosan gidroelektrostansiyalarda va gidrouzatmada asosiy qism bo’lib xizmat qiladi.
Gidroelektrostansiyalarda qo’llaniladigan turbinalar xaqida to’xtalamiz. Ta’minlovchi suv sig’imi yuqori be’f (to’g’on oldi suv ombori), qabul qiluvchi suv sig’imi (to’g’ondan keyingi xavza) quyi be’f deyiladi. Suv yuqori be’fdan truba orqali turbina bo’limiga kiradi va turbinani aylantirib, so’rish trubasi orqali quyi be’fga tushadi.
Turbinani hisoblashda N-bosim, N-quvvat, ɳ-F.I.K-asosiy parametrlar hisoblanadi.


Nst=Z1-Z2; V1V2- kirish va chiqishdagi tezliklar.
H1,2-kirish va chiqishdagi trubalar hamda maxalliy qarshiliklarda yo’qolgan bosim.
(1) ni soddalashtirish uchun
H=Hст -h1,2 (2)


Nazorat savollari:

  1. Gidravlik va pnevmatik dvigatellar, ishlash printsipini tushuntiring

  2. Gidravlik va pnevmatik dvigatellarni konstruktiv tuzilishi nimalardan iborat?

  3. Asosiy tavsiflari qaysilar?


Foydalaniladigan asosiy adabiyotlar va oʻquv qoʻllanmalar roʻyxati



  1. Dj Fruden. Handbook of Modern Sensors. – New Yourk: Sprinder Verlag.

2005.

  1. Arxipov A.M., Ivanov V.S., Panfilov D.I. Datchiki Freescale Semiconductor.

  2. Shipulin Yu.G. Элементы и устройства систем управления. Конспект

лекций. – Ташкент: ТашГТУ, 2017. – 280с

  1. Галиев А.Л., Галиева Р.Р., Элементы и устройства автоматизированных систем управления. Учеб. Пособие. – Россия: Стерлитамак, 2008 -220 с.

  2. Клим Ю.М. Типовые элементы систем автоматического управления. – М: Форум: ИНФРА-М, 2004. -384 с.

  3. Бабиков М.А., Косинский А.В. «Элементы устройства автоматики»-

М: Выс.шк. 2005.

  1. Yusupbekov N.R, Muxamedov B.I, Gulomov Sh.M. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish: texnika oliy oquv yurtlari talabalari uchun darslik. – T.: Oʻqituvchi, 2011. -576b.

Yüklə 49,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə